Авторы

  • Go‘zal Qodirova
    O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46544

Ключевые слова:

aksept oferta shartnoma shartnoma taraflari shaxslar.

Аннотация

Maqolada shartnoma tushunchasi, tarkibiy elementlari hamda uning bugungi kunda munosabatlardagi ahamiyati tahlil qilingan. Shaxslarning shartnoma tuzishdagi ishtiroki va o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilingan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

SHARTNOMA TUSHUNCHASI VA UNING AHAMIYATI

Qodirova Go‘zal Qodir qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12282015

Annotatsiya:

Maqolada shartnoma tushunchasi, tarkibiy elementlari hamda uning bugungi

kunda munosabatlardagi ahamiyati tahlil qilingan. Shaxslarning shartnoma tuzishdagi ishtiroki
va o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilingan

Kalit so‘zlar:

aksept, oferta, shartnoma, shartnoma taraflari, shaxslar.


THE CONCEPT OF CONTRACT AND ITS IMPORTANCE

Kadirova Guzal is the daughter of Kadir

National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences

Jurisprudence: direction of business law Stage 2 student

Annotation:

the article analyzes the concept, structural elements of the contract and its

importance in relations today. The participation and specifics of individuals in the conclusion
of the contract are discussed

Keywords:

accent, offer, contract, contract parties, persons.

ПОНЯТИЕ ДОГОВОРА И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

Кадирова Гузал Кадир кизи

Национальный университет Узбекистана

Факультет социальных наук

Юриспруденция: направление делового права

Студент 2-го курса

Аннотация:

В статье анализируется Понятие договора, его структурные элементы, а

также его значение в отношениях на сегодняшний день. Обсуждается участие и
специфика лиц в заключении договоров

Ключевые слова:

Акцепт, оферта, договор, стороны договора, лица.

Shartnoma huquqiy tartibga solish vositalari ichida universal, demokratik vosita hisoblanadi.
Shartnoma fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini
vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi hisoblanadi. Odatda har
qanday shartnoma ixtiyoriylik asosda vujudga keladi va shartnomalarda huquq va
majburiyatlarni belgilashda mulkiy manfaatlar va shaxsiy ne’matlarni taqsimlashda oʻziga xos
muvozanat, uygʻunlik oʻz mujassamini topadi.
Shartnoma tushunchasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning o‘tmishi turli tuman
o‘zgarishlarga boy ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Dastlabki shartnoma turlariga narsalarni
teng qiymatda ayirboshlash haqidagi kelishuvlarni kiritsak bo‘ladi. Avval ular sodda
ko‘rinishda paydo bo‘lib, keyinchalik jamiyatda munosabatlar murakkablashib, turfa xillashib
borgani sari uning ham tuzilishi o‘zgara boshladi. Umuman olganda dastlabki shartnomalar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

ko‘rinishlari qadimiy sivilizatsiyalar Misr, Mesopotamiyada paydo bo‘la boshlagan. Ushbu
shartnomalar esa o‘z paydo bo‘lgan davridan ma’lumki, loy taxtachalarga yozilgan.
Keyinchalik bugungi kunda biz foydalanadigan shartnomalarning prototipi Qadimgi Rimda
yaratildi. Bundan tashqari, rimliklar shartnomaviy nizolarni sud orqali hal qilishning
mustahkam tizimini ishlab chiqdilar, shartnomalar bajarilishini va nizolar adolatli va xolis hal
qilinishini ta'minladilar. Ushbu huquqiy yangiliklar birgalikda zamonaviy shartnoma huquqi va
bugungi kundagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi prinsiplar uchun asos yaratdi.
Garchi shartnomalar qadim-qadimdan fuqarolik huquqida, oila huquqida, mehnat huquqida va
xalqaro huquqda qoʻllanilib kelinayotgan boʻlsa ham, bugungi kunda undan huquqni boshqa
tarmoqlarida ham foydaydalanish holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, jinoyat huquqida
yarashuv, jinoyat protsessida sud bilan guvoh oʻrtasidagi, sud bilan sudlanuvchi oʻrtasidagi
kelishuvlar buni yaqqol misoli hisoblanadi. FKning 8-moddasi talabiga koʻra, shartnomalar
taraflar oʻrtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir.
Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi toʻla
ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u
tufayli yetkazib berilishi lozim boʻlgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday
transportlarda yetkazilishini, toʻlov amaldagi qanday shakllarda boʻlishini mutlaqo oʻzlari,
mustaqil hal qiladilar.
Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi1 .
Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan.
Unga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning ma’nosi
shundan iboratki, hech kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi.
Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning oʻzaro
manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya’ni, xalq tili bilan
aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
javobgarlikdan koʻra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni
tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) toʻlaroq foydalanishga jalb qilmoqda.
Shartnomalar toʻlov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama
ragʻbatlantiradi, oʻz navbatida taraflarning mas’uliyatini oshiradi, xoʻjalikning debitorlik va
kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa, oʻz
navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning moʻl-koʻlligiga garovdir.
Ta‘kidlash lozimki, mamlakatimizda 1998-yil 29-avgustda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi, shartnomalarni
tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular, oʻz navbatida, tuzilgan shartnomalarni
tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda. Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning
fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan oʻzaro
kelishuvidir. Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biror-bir yuridik faktga asoslangan,
moddiy manfaatlar toʻgʻrisidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) oʻzaro
kelishuvini aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi.
Bu oʻrinda u oʻzining birinchi ma’nosi–yuridik fakt sifatida koʻriladi va oʻrganiladi. Yuridik
harakatlar, oʻz navbatida huquq yoʻl qoʻygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki
tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi koʻrsatilgan edi. Ikki tomonlama
bitimlarning hammasi (oldi-sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Shartnoma


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

52

tushunchasidagi asosiy belgi va shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan
oʻzaro kelishuvlaridir.
Taraflarning har biri tomonidan shartnoma boʻyicha olinadigan huquq va burchlar har xil boʻlsa
ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan, biror-bir narsaga nisbatan egalik
huquqi oʻtkaziladi yoki biror-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi.
Ba’zi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu
adabiyot, fan va san’at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan
shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinosstenariyalar va boshqa
shartnomalar uchun xarakterlidir. Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va
burchlarinigina, chunonchi, mualliflik haqi toʻgʻrisidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik
uchun javobgarliknigina belgilamay, balki shaxsiynomulkiy huquqlarni ham, masalan, muallif
oʻz asarida nomini koʻrsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga oʻzgartirish kiritishga
ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.

References:

1.

Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. 2-qism. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2019. 684-b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. (ikkinchi qism). Adliya

vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 912-b.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 3-jild. (ikkinchi qism). Adliya

vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 800-b.
4.

Imomov N.F. Yuridik shaxs mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini (nazariy masalalar).

Monografiya. –Toshkent: TDYU, 2017. 156-b.
5.

Oqyulov O., Ro‘zinazarov Sh.N., Imomov N.F. Fuqarolik qonunchiligining rivojlanishi va

takomillashtirish istiqbollari (axborottahliliy material). –Toshkent: TDYI, 2015. 111-b.

Библиографические ссылки

Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. 2-qism. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2019. 684-b.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild. (ikkinchi qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 912-b.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 3-jild. (ikkinchi qism). Adliya vazirligi. –Toshkent: Baktria Press, 2013. 800-b.

Imomov N.F. Yuridik shaxs mohiyatining fuqarolik-huquqiy talqini (nazariy masalalar). Monografiya. –Toshkent: TDYU, 2017. 156-b.

Oqyulov O., Ro‘zinazarov Sh.N., Imomov N.F. Fuqarolik qonunchiligining rivojlanishi va takomillashtirish istiqbollari (axborottahliliy material). –Toshkent: TDYI, 2015. 111-b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)