SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 1 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
9
Synapses:
Insights Across the Disciplines
YO‘QOLGAN MA’BADNING SEHRI
Nasirilloyeva Husniya Muzaffar qizi
Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya
Hind yozuvchisi Sudha Murti qalamiga mansub “The Magic of the Lost Temple” (
o‘zbek tilida “Yo‘qolgan Ma’badning Sehri”) kitobi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiluvchi
mo‘jizaviy va tarbiyaviy asardir. Ushbu kitob allaqachon yoshlar va kattalar qalbini
zabt etgan. Sarguzashtli tarixga boy bu asar hind merosini ulug‘lab, o‘quvchilarga
qiziquvchanlik, intiluvchanlik, matonat va oila qadriyatlari haqida umumiy saboqlar
beradi.
Kalit so‘zlar:
yo‘qolgan ma’bad, Sudha Murti, bolalar adabiyoti, hind madaniyati,
madaniy meros, sarguzasht hikoyasi, qadimiy suv ombori, qishloq hayoti, avlodlararo
munosabatlar, yosh qizlarni qo‘llab –quvvatlash, madaniyat va an’ana, interaktiv
o‘quv tajribasi, tarixiy yodgorliklar, qiziquvchanlik, oila qadriyatlari.
Kirish:
Hind madaniyat ulug‘lovi- kitobning muhim jihatlaridan yana biri bu hind
qishloq hayotining yaqqol tasvirlab berish. Nooni qishloq manzaralarini go‘zalligini,
oddiy yashashning quvonchini va qishloq jamoasining birligini aks ettiradi. Sudha
Murti barchaga an’anaviy amaliyotlar, taomlar va Hindistonning noyob arxitektura
inshooti, qadimiy suv omborlari, oila qadriyatlari, an’analar bilan tanishish imkonini
beradi.
1. Sarguzasht ruhi-kitob o‘rtalarida hayajonli va qiziqarli sarguzasht hikoyalari
mavjud. Ma’badni qidirish va topish jarayoni sir-sinoatga to‘la va muallif realizm va
fantastikani g‘aroyib tarzda uyg‘unlashtirgan. Noonining bunday qiziquvchanligidan
boshqa sarguzasht sevar bolalar ham ilhomlanib ulkan hayrat olamiga qadam
qo‘yishlari tayin.
2. Avlodlararo munosabatlar- Nooni va uning buvi-buvasi o‘rtasidagi mehr-muhabbat
munosabatlari kitobning asosiy qismi hisoblanadi. Ularning donoligi va mehri hikoya
davomida Nooniga yo‘l ko‘rsatadi . Hamda, qishloqdagi bolalar bilan paydo bo‘lgan
do‘stlik, hayotiy qadriyatlarni o‘rgatadi. Og‘zaki an’analarni saqlash ahamiyatini ham
ko‘rsatadi..
3. Tarix va merosni qadrlash- kitob qadimiy inshootlar va madaniy merosning
ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu orqali muallif o‘quvchilarni tarixni o‘rganishga va
madaniyatni hurmat qilishga undaydi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 2, Issue 1 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
10
Synapses:
Insights Across the Disciplines
4. Yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash- Nooni o‘z qiziquvchanligi va jasorati bilan o‘ziga
xos qahramon obrazini yaratadi. U o‘z qiziqishlariga qat’iyat bilan ergashadi,
qiziqishlari ortidan oxirigacha ergashadi va bilim olishga intiladi. Bu obraz yosh qizlar
uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
5. Tabiatga yaqinlik- Nooni shaharga qaraganda qishloq tabiati va havosini his qilib
uni go‘zalligini, tinchligi va jonli olamni qadrlashni o‘rganadi. Undagi barcha
ajoyibotlar bilan tanishib ularga ko‘ngil qo‘yadi. Bu esa ekologik ongni rivojlantirishga
qaratilgan dars hisoblanadi.
6.Yozuvchi uslubi- Sudha Murti kitobni sodda va ravon tilda yozgan, shu jihatdan
uning asarlari ajralib turadi, shuning uchun ham yosh o‘quvchilar uchun ham o‘qish
oson. Asar ham hazilomuz ham hissiy jihatdan ta’sirchan. Muallif asardagi voqealarni
ajoyib tarzda tasvirlaydi, o‘qiyotgan inson o‘zini qahramonlar bilan birga voqealar
ichida bo‘lganday his qiladi. Nashr etilgandan beri “ Yo‘qolgan Ma’bad Sehri” keng
e’tirofga sazovor bo‘ldi va bir nechta tillarga tarjim qilindi. U shuningdek, tarixiy
yodgorliklarni saqlash kerakligi to‘g‘risida barchani xabardor qilib, da’vat etdi.
Xulosa.
Bu asar oddiy bolalar kitobidan ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi; u merosni,o‘z
madaniyatini qadrlashga, qiziquvchanlikni o‘stirishga, do‘stlik ahamiyatini
tushunishga, tabiat bilan uyg‘un yashashga ,an’analarni va o‘tmishni kelajak avlod
uchun saqlab qolishga undaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Sudha Murti, "The Magic of the Lost Temple"
Kitobning mazmuni, asosiy mavzulari va qahramonlarning sarguzashtlari haqida
ma’lumot olish uchun asosiy manba sifatida ishlatildi.
2. Sudha Murti ijodi haqida umumiy ma’lumot
Muallifning bolalar adabiyotidagi o‘rni va yozuv uslubiga oid tahlillar uchun Hindiston
bolalar adabiyotiga oid sharhlar va maqolalardan foydalanildi.
3. Madaniy va tarbiyaviy adabiyot tahlillari
Kitobdagi tarix, madaniyat va tabiatni qadrlash mavzularini yoritish uchun bolalar
adabiyoti haqida nazariy manbalar tahlil qilindi.
4. O‘zbekcha tarjimalar va adabiyot tahlillari.
