UYALI ALOQA TIZIMI GSM STANDARTIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING KRIPTOGRAFIK JIHATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada uyali aloqa tizimida keng tarqalgan GSM 
standarti va unda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash tizimi, GSM standartida 
foydalaniladigan shifrlash algoritmlari va ularning kriptografik asoslari keltirilgan.

SYNAPSES: Insights across the disciplines
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14646013
CC BY f
25-31
44

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alimardonov Shohruh Erkin o‘g‘li. (2025). UYALI ALOQA TIZIMI GSM STANDARTIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING KRIPTOGRAFIK JIHATLARI. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(1), 25–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/64578
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada uyali aloqa tizimida keng tarqalgan GSM 
standarti va unda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash tizimi, GSM standartida 
foydalaniladigan shifrlash algoritmlari va ularning kriptografik asoslari keltirilgan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

25

Synapses:

Insights Across the Disciplines

UYALI ALOQA TIZIMI GSM STANDARTIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASHNING KRIPTOGRAFIK JIHATLARI

Alimardonov Shohruh Erkin o‘g‘li

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

va aloqa harbiy instituti Radioelektron razvedka va kurash kafedrasi kursant

Annotatsiya: Ushbu maqolada uyali aloqa tizimida keng tarqalgan GSM

standarti va unda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash tizimi, GSM standartida
foydalaniladigan shifrlash algoritmlari va ularning kriptografik asoslari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: uyali aloqa tizimi, GSM standarti, abonent terminali, bazaviy

stansiya, autentifikatsiya, autentifikatsiya markazi, shifrlash algoritmi, kriptokalit,
shifr matn, ochiq matn, registr, takt boshqaruvi.

Аннотация: В данной статье описывается стандарт GSM и его система

защиты данных, алгоритмы шифрования, используемые в стандарте GSM, и их
криптографическая основа, которые широко используются в системах
мобильной связи.

Ключевые слова: система мобильной связи, стандарт GSM, абонентский

терминал, базовая станция, аутентификация, центр аутентификации,
алгоритм шифрования, криптовалюта, зашифрованный текст, открытый
текст, регистр, управление тактами.

Abstract: This article describes the GSM standard and its data protection

system, encryption algorithms used in the GSM standard and their cryptographic basis,
which are widely used in mobile communication systems.

Keywords: mobile communication system, GSM standard, subscriber terminal,

base station, authentication, authentication center, encryption algorithm,
cryptocurrency, cipher text, plain text, register, tact control.

Uyali aloqa tiziming ikkinchi avlodi hisoblanadigan GSM standarti

1991-yilda Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti tomonidan taklif etilgan
va shu yilning o‘zida Yevropaning 17 davlatida umumiy uyali aloqa standarti sifatida
qabul qilingan. Hozirgi vaqtda GSM tizimi qamrovi va obunachilari soni bo‘yicha
dunyoda

yetakchi

o‘rinni

egallaydi.

Shu

jihatdan

ushbu

standartda

foydalanuvchilarning ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash, tarmoqqa noqonuniy
ulanish, qonunga xilof ravishda tarmoq hosil qilish va abonentlarning huquqlarini


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

26

Synapses:

Insights Across the Disciplines

buzishni

oldini

olish

doimiy

e’tibor

qaratilish

zarur

masala

hisoblanadi [2].

Abonentlarning ma’lumotlari xavfsizligi ta’minlash uchun GSM standartida

xavfsizlik tizimi joriy etilgan bo‘lib, u 3 algoritm asosida tashkil etiladi:

А3 — autentifikatsiya algoritmi;

А8 — kriptokalit generatsiyasi algoritmi;

A5 — bazaviy stansiya bilan abonent terminali o‘rtasidagi ma’lumot

maxfiyligini ta’minlovchi raqamli nutq shifrlash algoritmi [3].

A3 va A8 algoritmlari abonent terminalida joylashtiriladigan sim – karta orqali

amalga oshiriladi, abonent terminali (telefon) da A5 algoritmiga ega ASIC chipi
mavjud bo‘ladi. Bazaviy stansiyalar ham A5 algoritmiga ega ASIC chipi va mobil
abonentini aniqlash va sessiya kalitini yaratish uchun A3, A5, A8 algoritmlaridan
foydalanadigan autentifikatsiya markazi bilan jihozlanadi [6].

GSM standartida xavfsizlik tizimi quyidagi tartibda ishlaydi. Uyali aloqa

abonent terminali bazaviy stansiya orqali umumiy tarmoqqa ulanadi. Bunda abonent
terminali bazaviy stansiyaga o‘zining haqiqiyligini ta’minlash uchun autentifikatsiya
jarayoni amalga oshiriladi, ya’ni bazaviy stansiya 128 bitli tasodifiy bitlar hosil qilib
abonent terminaliga uzatadi. Abonent terminali qabul qilingan 128 bitli sonli
ketmaketlikni A3 algoritmi va autentifikatsiy akaliti yordamida shifrlaydi. Hosil
bo‘lgan shifr matnning 32 bitini olib, autentifikatsiya markaziga uzatadi.
Autetifikatsiya markazida ham shu jarayon bo‘ladi. Faqat . autetifikatsiya markazi
o‘zida hosil bo‘lgan va abonent terminalidan kelgan shifrmatnlarni o‘zaro solishtiradi.
Agar shifr matnlar o‘zaro teng bo’lsa abonent haqiqiy deb topiladi [6].

Keyingi bosqichda abonentning aloqa o‘rnatishi uchun A8 algoritmi yordamida

64 bitli sessiya kaliti hosil qilinadi va A5 algoritmi orqali aloqa vaqtida davomida
ma’lumotlar shifrlanadi.

Ovozli ma’lumotlar xavfsizligi A5 oqimli shifrlash algoritmi orqali amalga

oshirilib, bugungi kunda A5 oilasiga mansub 3ta shifrlash algoritmi mavjud:

A5/1 – oqimli shifrlash, bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan turi.
A5/2 – oldingi shifrlash algoritmining varianti bo‘lib, u A5/1 ga juda o'xshaydi,

lekin A5/1 ning juda zaiflashgan versiyasi sifatida o‘ylab topilgan.

A5/3 – blokli shifrlash turi bo‘lib, eskirgan A5/1 algoritmini almashtirish uchun

2002 – yilda ishlab chiqilgan. Biroq, hozirda u faqat 3GPP tarmoqlarida ishlatiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

27

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Algoritmda bir qancha zaifliklar topilgan, lekin amaliy hujumlar haqida hozircha aniq
ma’lumotlar mavjud emas [4].

A5 shifrlash algoritm oilasida A5/1 oqimli shifrlash algoritmi GSM

standartining xavfsilik tizimida alohida o‘ringa ega bo‘lib, quyida ushbu algoritmga
to‘xtalamiz.

A5/1 oqimli shifrlash algoritmi bo‘lib, GSM standartida mobil qurilma bilan

bazaviy stansiya o‘rtasida ma’lumot maxfiylilgini ta’minlab beradi.

1-rasm. Uyali aloqa tizimida ochiq va yopiq ma’lumotlarni uzatish

A5/1 oqimli shifrlash algoritmida psevdotasodifiylik 3 siljish registri (R1, R2,

R3) orqali amalga oshiriladi. Siljish registrlari mos ravishda 19, 22 va 23 bitli
o‘lchamda (umumiy 64 bit) bo‘ladi. Registlardagi siljishlar ma’lum funksiya (

majority

deb ham ataladi:

(𝑎

1

, 𝑎

2

, 𝑎

3

) = 𝑎

1

𝑎

2

⋁𝑎

2

𝑎

3

⋁𝑎

1

𝑎

3

) – har bir registrda nazorat biti

mavjud: birinchi registrda 8-bit (

𝑎

1

), ikkinchi va uchinchi registrda 10-bit (

𝑎

2

va

𝑎

3

)

[3].

2-rasm. A5/1 oqimli shifrlash algoritmida siljish registrlarida takt boshqaruvi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

28

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Bitlar o‘ngdan chapga raqamlanadi. Navbatdagi taktda

𝑚

funksiyaning holatiga

mos keladigan registlar holati o‘zgartiriladi. Siljishni boshqarish funksiyasi va

𝑚(𝑎

1

, 𝑎

2

, 𝑎

3

)

quyidagicha o‘zaro bog‘langan:

𝑐(𝑥)

= (

𝑎

1

𝑚

,

𝑎

2

𝑚

,

𝑎

3

𝑚

).

(

1

)

Registlarning oxirgi bitlari 2 modul bo‘yicha yig‘indisi hisoblanadi. Yig‘indi

natijasi yangi

𝛾

bitni hosil qiladi.

𝛾

bit ochiq matnga qo‘shiladi va shifr matn hosil

qilinadi. Bir kalitda 114 bit

𝛾

hosil qilinadi [6].

3-rasm. A5/1 oqimli shifrlash algoritmida shifrmatnni hosil qilish tartibi

Chiziqli teskari aloqa funktsiyalarini polinomlar orqali ifodalash qulay bo‘lib,

registrning har bir bitiga

𝑥

o‘zgaruvchining mos keladigan darajasini belgilash orqali

amalga oshiriladi. A5/1 shifrida teskari aloqa funktsiyalari o'rnatiladi quyidagi
polinomlar bo‘yicha ifodalanadi [3]:

𝑥

19

+ 𝑥

18

+ 𝑥

17

+ 𝑥

14

+ 1

R1 uchun

𝑥

22

+ 𝑥

21

+ 1

R2 uchun

(

2

)

𝑥

23

+ 𝑥

22

+ 𝑥

21

+ 𝑥

8

+ 1

R3 uchun

Misol uchun registrda 18-, 17-,16- va 13-raqamli bitlar yig‘indisi hisoblanadi va

natija o‘ng chetki biti uchun yangi qiymat sifatida qabul qilinadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

29

Synapses:

Insights Across the Disciplines

4-rasm. Psevdotasodifiylikni ta’minlashda siljish registrlarida bitlarning siljishi

Algoritmni ishga tushirishdan ma’lumotlar 114 bitli kadrlarga bo‘linadi, so‘ng

registrlar quyidagi tartibda ishga tushiriladi:

1. R1=R2=R3=0 ya’ni registlarga nol (0) lar yuklanadi.
2. Algoritm kirishiga A8 algoritmi orqali hosil qilingan seans kaliti va kadr

raqami kiritiladi.

3. Initsializatsiya jarayonida 64 takt davomida kalitning navbatdagi biti

registrning kichik biti bilan XOR – lanadi va har bir taktda registlrada siljish amalga
oshiriladi. Keyingi 22 taktda XOR amali kadr raqami bilan bajariladi. 100 taktda
registrlar siljishi boshqariladi.

4. 228 bitli (114+114) taktda uzatiladigan ma’lumotlar (114 bit) shifrlanadi va

qabul qilingan ma’lumotlar (114 bit) deshifrlanadi.

5. Initsializatsiya jarayoni qaytadan boshlanadi va yangi kadr raqamidan

foydalaniladi [6].


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

30

Synapses:

Insights Across the Disciplines

5-rasm. A 5/1 algoritmi umumiy chizmasi

A5/1

A5/2

A5/3

Xulosa

Har qanday aloqa tizimida ham ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash birinchi

navbatda turadi. Shu jihatdan aloqa tizimida ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya
va identifikatsiyalash jarayonlari muhim omil hisoblanadi. Ushbu masalalar ham GSM
standartida muhim ahamiyatga ega.

GSM standartining ishlab chiqilishida buzib bo‘lmaydigan (ayniqsa real vaqtda)

kuchli shifrlash apparati maqsad qilingan. Amalga oshirilgan ishlanmalar, to‘g‘ri
bajarilgan holda, uzatilgan ma’lumotlarning yuqori sifatli shifrlanishini ta’minladi.
GSM standartida oqimli shifr algoritm qo‘llanilishi real vaqtda kriptokalitni topish,
shifr matnni deshifrlash va ma’lumotlarni ruxsatsiz olish imkonini bermaydi. Lekin
so‘nggi vaqtlarda ma’lumotlarni noqonuniy olish usullarining ko‘payishi, zamonaviy
texnologiyalarning rivojlanishi GSM standartida ham ma’lumotlarni olish, qayta
tiklash imkonini bermoqda.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

31

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” gi

Qonuni, №822, 1999 yil 20 avgust.

2. О сокращении ключевого пространства шифра a5/1 и обратимости

функции следующего состояния в поточном генераторе, C.А.Кисел¨ев,
Н.Н.Токарева, “Дискретный анализ и исследование операций” Март-апрель 2011.
Том 18, № 2. C. 51–63.

3. Сети и стандарты мобильной связи, Данилов В. И., учебное пособие,

Санкт-Петербург 2015 г., С.19-47.

4. Системы подвижной радиосвязи, Кшиштоф Веселовский, М.: Горячая

линия – Телеком, 2006 г.

5. https://ru.wikipedia.org/wiki/A5_(алгоритм_шифрования).

6. https://habr.com/ru/Безопасность GSM сетей: шифрование данных.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” gi

Qonuni, №822, 1999 yil 20 avgust.

О сокращении ключевого пространства шифра a5/1 и обратимости

функции следующего состояния в поточном генераторе, C.А.Кисел¨ев,

Н.Н.Токарева, “Дискретный анализ и исследование операций” Март-апрель 2011.

Том 18, № 2. C. 51–63.

Сети и стандарты мобильной связи, Данилов В. И., учебное пособие,

Санкт-Петербург 2015 г., С.19-47.

Системы подвижной радиосвязи, Кшиштоф Веселовский, М.: Горячая

линия – Телеком, 2006 г.

https://ru.wikipedia.org/wiki/A5_(алгоритм_шифрования).

https://habr.com/ru/Безопасность GSM сетей: шифрование данных