Авторы

  • Zafar Sobirov
    O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2-sonli Toshkent akademik litsey tarix fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.115567

Ключевые слова:

Zaratushtra ko’pxudolik dinlari “Mazdayasna” “Behdin” AxuraMazda “Goxlari” “Yasht” Bratarvaxsh Kavi Vishtaspa so’g’diylar ostadon.

Аннотация

Ushbu maqola insoniyat sivilizatsiyasidagi ilk diniy e’tiqodlardan biri bo’lmish zardushtiylik dinining paydo bo’lish sabablari,ushbu din paydo bo’lishi va dinning tarqalishi haqida so’z yuritiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

164

ZARDUSHTIYLIK DININING VUJUDGA KELISH SABABLARI

Sobirov Zafar Karimovich

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2-sonli

Toshkent akademik litsey tarix fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15803998

Annotatsiya:

Ushbu maqola insoniyat sivilizatsiyasidagi ilk diniy

e’tiqodlardan biri bo’lmish zardushtiylik dinining paydo bo’lish sabablari,ushbu
din paydo bo’lishi va dinning tarqalishi haqida so’z yuritiladi.

Annotation:

This article discusses the origins of Zoroastrianism, one of the

earliest religious beliefs in human civilization. It explores the reasons for the
emergence of this religion, its development, and the spread of Zoroastrianism.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматриваются

причины

возникновения зороастризма — одной из первых религиозных верований
в истории человеческой цивилизации. Освещаются процессы зарождения
этой религии, её развитие и распространение.

Kalit so‘zlar:

Zaratushtra, ko’pxudolik dinlari, “Mazdayasna”, “Behdin”,

AxuraMazda, “Goxlari”, “Yasht”, Bratarvaxsh, Kavi Vishtaspa, so’g’diylar,ostadon.

Keywords:

Zoroaster, polytheistic religions, Mazdayasna, Behdin, Ahura

Mazda, Gathas, Yasht, Bratarvakhsh, Kavi Vishtaspa, Sogdians, ossuary.

Ключевые

слова:

Заратуштра,

политеистические

религии,

«Маздаясна», «Бехдин», Ахура-Мазда, «Гаты», «Яшты», Братарвахш, Кави
Виштаспа, согдийцы, оссуарий.

Tarixdan ma’lumki dunyoda juda ko’plab dinlar mavjud bo’lgan. Ularning

ba’zilari esa hozirga qadar saqlanib qolgan. Bu mavzuda gap boshlar ekanmiz
avvalo “Din bizga nimaga kerak?”- degan savol paydo bo’ladi. Gap shundaki
nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy hayotni diniy e’tiqodsiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Negaki din bo’lmasa insoniyat ham bo’lmaydi. Din bu
jamiyatni bir maromda ushlab turuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Chunki din bo’lmasa jamiyatda har xil buzg’unchilik, talonchilik, jinoyat, faqat
bugungi kun bilan yashash kabi bir qancha salbiy g’oyalar jamiyatning har bir
jabhasiga o’zining ulkan ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.

Ayni paytda din tarixning har bir bosqichida xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy

rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Osiyoning
markaziy qismida shunday bir yorug’lik paydo bo’ldi-ki bu narsa o’sha davr
insoniyat taraqqiyotiga ta’sir o’tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy
Osiyo qabilalarining ijtimoiy tuzumi o’zgarayotgan va diniy qarashlari hamda
jamiyatga ro’y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Amudaryo
bo’ylarida yangi ta’limot vujudga keldi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

165

Bu ta’limot o’lkada shakllangan ko’pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga,

atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o’rin tutgan jonli
hayvonlarni qirib, ko’p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta’limot edi.
Bu ta’limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu
amal kabi g’oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi.
Ushbu din dualizmga asoslangan, ya’ni olam ikki ibtido; yorug’lik va qorong’ulik,
yaxshilik va yomonlikning to’xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi.
Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din eradan avvalgi VII-VI
asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning
payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning
asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik paydo bo’lgan davr
birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U
urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va
mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng
Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy
madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan,
shulardan o’zbek elati tashkil topgan.

Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan

oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini
bo’lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom
egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha
tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.[1]

Zardushtiylik miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda

vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining
eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va
bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi uqidan
ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda
tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida
birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar
yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki,
ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq
echilgan masalalar emas.

Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli

ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi
hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga
sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil»


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

166

kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham
ulug’langan.

Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan

yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura»
qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu –
«Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra,
Zarduts, Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida
Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud.
Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb
hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan miloddan avvalgi
1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M.
Boys ta’kidlashicha, u miloddan avvalgi 1500-1200 yillar orasida yashagan.

Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka

negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos
soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki
xil qarash bor.[2] Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya
(hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan
joyi hisoblanadi.

Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy

Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning
muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-
pahlaviy tilida bo’lganligidir.

E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi –

Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni miloddan avvalgi XI
asrdan to miloddan avvalgi XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta
Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib,
unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm
hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar.

Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan

va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi
hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor
muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-
vej»)da yoqildi», deyiladi.[3] «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi
Xorazmnikiga to’g’ri keladi.

Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi

bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda
hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

167

chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv),
«baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.

Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan

tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi
aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon
to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab,
o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan
shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka
qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u
rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi.[4] Aksincha, bog’lar,
ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar.

Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni

o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu
dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p
bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga
tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga
qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim
o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va
barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda
insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon
ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi:
fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy
kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi
shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn
marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» –
daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini
tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora
o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-
biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy
dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon,
Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi
hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan
og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim
qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta
ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

168

zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan,
arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi
diniy jamoalar mavjud. Zardushtiylar olov,tuproq, suv va yulduzlarga
sig’inishgan,ularni

muqaddas

hisoblashgan.”Zardushtiylik”so’zi

xam

Zardusht(turli tillarda Zaratushtra,Zoraastr) ismidan kelib chiqqan. U
miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o’tgan tarixiy
shaxs.Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi Zoroastr shaklida jaranglaydi.
(yunoncha”Astron”-“yulduz”), negaki Yunonistonda uni birinchi galda
donishmand,munajjim sifatida bilishgan.Zardushtiylik tarqala boshlagan
paytlarda ibodatxonalar va odamlar duo matnlarini o’rganish uchun maxsus
kitoblar ham bo’lmagan.Diniy marosimlar ochiq osmon ostida ,gulxan yonida
yoki uydagi o’choq olovi o’rtasida o’tkazilgan.Avval turli qabilalarni
istilochilarga qarshi kurashda birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat
qilgan.Zardushtning so’nggi va’zlari din xizmatchilari-kohinlar tomonidan yozib
olingan.Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib ,dindorlarga o’qib
berishgan.Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o’tgach,barcha diniy
marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo’lgan bir
kitobda jamlandi.Bu kitobning nomi”Avesto”bo’lib ,”qat’iy belgilangan qonun -
qoidalar degan ma’noni anglatadi. Avesto (parfiyoncha:apastakmatn:ko’pincha
“Zend-Avesto keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qoralanadi . Dehqonchilik esa
yaxshilik belgisi sifatida rag’batlantiriladi. Zardushtiylik oqimida olov
gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi.Zardushtiylik oqimida murdani
tuproqqa ko’mish yoki kuydirishni ta’qiqlaydi.Bu oqim jonning o’lmasligini
,uning abadiyligini tan oladi, Jannat va do’zaxni ham e’tirof etadi.Otashkada
zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning
markaziy qismida shunday bir yoruglik paydo bo;ldi-ki bu narsa o’sha davr
insoniyat taraqqiyotiga ta’sir o’tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy
Osiyo qabilalarining ijtimoiy tuzumi o’zgarayotgan va diniy qarashlari hamda
jamiyatga ro’y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon
pasttekisligida, aniqrog’i Amudaryo bo’ylarida yangi ta’limot vujudga keldi. Bu
ta’limot o’lkada shakllangan ko’pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof
muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o’rin tutgan jonli
hayvonlarni qirib, ko’p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta’limot edi.
Bu ta’limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu
amal kabi g’oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi.
Ushbu din dualizmga asoslangan, ya’ni olam ikki ibtido; yorug’lik va qorong’ulik,
yaxshilik va yomonlikning to’xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

169

Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan
avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo’lishiga oid turli xil
qarashlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht
asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo’lgan deb
hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo’lgan.
Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 15001200- yillar oralig’ida
yashab o’tgan va Markaziy Osiyoda (ya’ni Xorazm hududida) mavjud bolgan
diniy e’tiqodlarni isloh qilib yangi bir din boʻlmish zardushtiylik diniga asos
soldi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va
urug’aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi
davlat birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt
davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo’lgan.
Ular ta’sirida jamiyatda tutgan o’rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko’ra bir-
biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa
mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat
va ibtidoiy e’tiqod mos kelmagan. Shu bois diniy e‟tiqodni ijtimoiy hayotda yuz
berayotgan o’zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa
mazkur talablarga mos diniy ta’limot va o’ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga
kelgan. Zardushtiylik dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat -
tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o’z qiyofasiga
ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga
ko’ra guruhlashtirilgan qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi; - jamiyat
ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga
kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining
yangi davr talablariga mos kelmay qoldi; - ma’naviy tajribani umumlashtirish va
ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur
edi. [5] Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi
hisoblanmish “Avesto”“ da ushbu dinning nomi “Mazdayasna” dini deb atalgan.
Bu so„zni “Mazdaga sig’nmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” so’zi “donish,
oqil, donishmand” kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya’ni “Eng
yaxshi din” deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq
Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini
anglatuvchi “Axura” so’zi qo’shilishi natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi
hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo bo’ldi. Zardushtiylik dini paydo bo’lgan
davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik jamiyati davri endi paydo


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

170

bo’layotgan davr edi. U urug’chilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga,
zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avvalo O’rta
Osiyodan tashqari Eron, Afg’oniston, Ozarbayjon, Yaqin va O’rta Sharqning bir
qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik dinini paydo bo’lgan zamin
Xorazm vohasida qadimdan bir qancha turkiy elatlar yashab kelgan. Bu din mil.
avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o‟zidan oldingi urug’ qabilachilik dinlari
negizida paydo bo’lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli tadqiqotlarda
turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma’nosi- “sariq tuya sohibi”, “zarg’in
yorug’lik egasi”), Zarduts, Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi.[6]
Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi to’g’risida ham aniq yechimga
kelinmagan. Ba’zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e’tirof etishsa, ba’zilari
esa ularda farqli o’laroq uni afsonaviy shaxs deya ta’kidlashadi. U Quyi
Amudaryo hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urugʻlaridan boʻlmish
Spitama urug’idan bo’lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga
turli xil qabilalarning turli xudolarga sig’inishi natijasida ular o’rtasidagi
urushlarning ko’payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan
qurbonlik (qurbonlikka odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko’rsatadi va
30 yoshidan boshlab yagona oliy xudo Axura-Mazdaga sig’inish kerakligini
targ’ib qila boshlaydi.

Xulosa qilib aytish mumkinki maqolada zardushtiylik dinining paydo

bo‘lishi, uning asoschilari, asosiy g‘oyalari va diniy matnlari, shuningdek, uning
tarixiy ahamiyati va tarqalish jarayoni tahlil qilinadi. Zardushtiylik dini qadimgi
Sharq sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://cyberleninka.ru/article/n/zardushtiylik-dinida-olamni-

yaratilishihaqidagita-limotlar/viewer
2.

A.V.Narbekov. “

Dinshunoslik

asoslari”. Toshkent-2012. 81-

bet.
3.

http://xorazmiy.uz

4.

https://qomus.info/oz/encyclopedia/z/zardushtiylik/

5.

A.Sagdullayev, B.Aminov, O„.Mavlonov, N.Norqulov. “O„zbekiston tarixi:

davlat va jamiyat taraqqiyoti”. I-qism. “Akademiya” nashriyoti. Toshkent- 2000.
19-bet.
6.

M.Is‟hoqov.

“Avesto,

uning

insoniyat

taraqqiyotidagi

o„rni”

konferensiyasidagi tezislar to„plamidan. O„zR FA. 2001-yil. 5-bet. 7.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zardushtiylik

Библиографические ссылки

A.V.Narbekov. “ Dinshunoslik asoslari”. Toshkent-2012. 81-bet.

A.Sagdullayev, B.Aminov, O„.Mavlonov, N.Norqulov. “O„zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti”. I-qism. “Akademiya” nashriyoti. Toshkent- 2000. 19-bet.

M.Is‟hoqov. “Avesto, uning insoniyat taraqqiyotidagi o„rni” konferensiyasidagi tezislar to„plamidan. O„zR FA. 2001-yil. 5-bet. 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Zardushtiylik