SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
123
OVQAT HAZIM QILISH ORGANLARI SISTEMASINING
GISTOMORFOLOGIK TUZILISHI VA ÁHAMIYATI.
Muratbava Biybimaryam Jalǵasbay qizi
Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik
va Biotexnologiyalar Universtiteti oqituvchisi.
Kuanishbaeva Gùlbazar Baxtiyarovna
Xojeli tumani 29-maktab biologiya pán oqituvchisi.
Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik
va Biotexnologiyalar Universtiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13852512
Ovqat hazm qilish organlari kompleksi eng qadimgi va ko‘plab organlarni
o‘z ichiga oluvchi eng massiv sistemadir. Bu organlar atrof-muhitdan ovqat
moddalar va suvni qabul qilish, ovqat moddalarni mexanik va biokimyoviy
ishlash natijasida parchalanishi, kerakli oziqa va mineral moddalar hamda suvni
qon va limfaga so‘rilishi, keraksiz moddalarni tashqi muhitga chiqarilishi uchun
xizmat qiladi. Tuzilishiga ko‘ra ovqat hazm qilish organlari bezlarga ega bo‘lgan
naydir. Bu nayning ikki uchi ochiq bo‘lgani uchun ichki yuzasini tana yuzasining
davomi, ichidagi massani tashqi muhit, ovqat hazm qilish vazifasini esa
organizmning tashqi muhit bilan aloqalaridan biri, deb qarash lozim.
Ovqat hazm qilish organlari ko‘pdan-ko‘p nerv apparatlari bilan
ta`minlangan. Ular ovqat moddalar ta`sirida vujudga keladigan kimyoviy,
mexanik ta`sirotlarni qabul qiladi, me`dada ovqat moddalar bo‘lmagan paytda
esa markaziy nerv sistemasiga signallar yuborib ochlik hissini uyg‘otadi.
Endoderma birlamchi ichakning shakllanishi uchun dastlabki asos bo‘lib
xizmat qiladi. Undan ovqat hazm qilish organlari shilliq pardasining epiteliy
qavati va bezlar hosil bo‘ladi. Mezodermadan zardob pardani qoplovchi epiteliy
(mezoteliy) hosil bo‘ladi. Atrofdagi mezenxima silliq muskul va biriktiruvchi
to‘qimani hosil qiladi.
Embrion birlamchi ichak nayining har ikki uchi avval berk (ko‘r) bo‘ladi.
Keyinroq oldingi tomonda og‘iz qo‘ltig‘i, orqa tomonda orqa chiqaruv teshigi
qo‘ltig‘i hosil bo‘ladi. Avvaliga ichak bo‘shlig‘i bu qo‘ltiqlardan maxsus to‘siqlar
bilan ajralib turadi. So‘ngra bu to‘siqlar asta-sekin yupqalashadi va teshiladi,
birlamchi ichakning ikki uchi esa ochiq bo‘lib qoladi. Keyinchalik birlamchi
ichakning tez o‘sishi natijasida u embrion tanasiga nisbatan uzun bo‘ladi, bir
necha bukilish va halqalar hosil qiladi. Ichakning ichki yuzasi ham notekis bo‘lib
qoladi. So‘rg‘ichlar, bezlar va shilliq pardaning burmalari yuzaga keladi.
Bularning hammasi ovqat hazm qilish shiralari ishlab chiqaruvchi va so‘ruvchi
yuzalarning kattalashishiga olib keladi. Birlamchi ichak turli bo‘limlarining bir
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
124
tekis o‘smasligi va turli vazifalarni bajarishga ixtisoslashuvi natijasida ovqat
hazm qilishning turli bosqichlarini amalga oshiradigan bo‘limlar yuzaga keladi.
Shilliq pardani qoplovchi epiteliyning o‘sib chiqishi natijasida yirik ovqat hazm
qilish bezlari hosil bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish nayi devori tuzilishining umumiy xarakteristikasi. Ovqat
hazm qilish nayining turli bo‘limlari tabaqalanish natijasida birlamchi ichakdan
hosil bo‘lganligi uchun ularning tuzilishida bir qator o‘xshashliklar mavjud.
Ularning devori barcha naysimon organlar devori kabi uch parda: ichki, o‘rta va
tashqi pardalarga ega (153-rasm).
Ovqat hazm qilish nayi barcha bo‘limlarining ichki pardasi shilliq ishlab
chiqaruvchi epiteliy bilan qoplangan shilliq pardadir. Bu organlarda shilliq
parda to‘rtta: qoplovchi, xususiy, muskul va shilliq osti qavatlaridan iborat.
Qoplovchi qavat turli bo‘limlarda o‘ziga xos tuzilgan epiteliy to‘qimadir. Xususiy
qavat biriktiruvchi yumshoq to‘qimadan iborat. Shilliq pardaning muskul qavati
silliq muskul bo‘lib, hujayralar odatda sirkulyar va uzunasiga joylashgan
qavatlar hosil qiladi. Shilliq osti qavat ancha yaxshi taraqqiy qilgan biriktiruvchi
yumshoq to‘qimadan iborat. Ushbu qavat yo‘q organlar (tilning ustki tomoni,
qattiq tanglay, milklar)da shilliq parda burmalar hosil qila olmaydi. O‘rta parda
silliq muskul to‘qimadan iborat bo‘lib, muskul parda deb ataladi. Ko‘pincha bu
parda ichki, muskul hujayralari sirkulyar va tashqi, muskul hujayralari
uzunasiga (bo‘ylama) joylashgan qavatlarga ega. Tashqi parda ko‘krak va qorin
bo‘shliqlaridagi organlarda zardob pardadir. Zardob pardaning asosi
biriktiruvchi tolador to‘qima bo‘lib, mezoteliy uning yuzasini qoplaydi va qo‘shni
organlar bilan ishqalanishni kamaytiradi. Bo‘shliqlardan tashqaridagi organlar
(masalan, qizilo‘ngachning bo‘yin qismi)da tashqi parda adventitsiya bo‘lib,
atrofdagi organlar bilan tutashib o‘sib ketadi.
Ichak nayining arterial tomirlar sistemasi bir-biri bilan tutashib ketgan
shilliq osti qavatdagi, muskul parda qavatlari orasidagi va zardob parda ostidagi
arterial to‘rlardan iborat. Shilliq osti qavatda venoz to‘r ham mavjud. Bezlardan
qon olib keluvchi venalar ham shu to‘rga quyiladi. Bu to‘rdan kattaroq venalar
boshlanib, boshqa pardalardan qon olib ketuvchi venalarga qo‘shiladi. Limfa
tomirlari ham ko‘p miqdorda uchraydi. Xususiy qavat, shilliq osti qavat va
zardob pardada limfa tomirlarining to‘rlari mavjud.
Ovqat hazm qilish nayi devori simpatik va adashgan nervlarning tarmoqlari
bilan innervatsiya qilinadi. Bu nervlarning tarmoqlari uchta chatishma: zardob
parda osti, muskul parda ichi va shilliq osti qavat nerv chatishmalarini hosil
qiladi. Ushbu chatishmalarda nerv tolalari bog‘lamchalari bir-biri bilan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
125
kesishgan joylarda uzun aksonli va teng o‘simtali nevrotsitlarga ega gangliylar
bor.
Og‘iz bo‘shlig‘i.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat maydalanadi, so‘lak bilan
ho‘llanadi, luqma hosil bo‘lib, osonlik bilan yutiladigan va qizilo‘ngach orqali
me`daga o‘tadigan holga keladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi fermentlar ta`sirida kam
miqdorda bo‘lsa ham, kraxmalning parchalanishi yuz beradi. Og‘iz bo‘shlig‘i
organlarining tuzilishi ko‘p jihatdan ana shu vazifalarni bajarishga
muvofiqlashgan: shilliq parda ko‘p qatlamli yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib,
bezlarga ega va nerv terminallariga boy.
Og‘iz bo‘shlig‘i dastlab og‘iz qo‘ltig‘i shaklida hosil bo‘lib, uning atrofida
beshta bo‘rtma yuzaga keladi. Bulardan biri - peshona bo‘rtmasi toq, yuqorigi va
pastki jag‘ bo‘rtmalari juft bo‘ladi. Yuqorigi va pastki jag‘ bo‘rtmalarini ajratib
turuvchi ariqcha keyinchalik og‘izning burchaklariga aylanadi. Peshona
bo‘rtmasi jag‘ bo‘rtmalari bilan qo‘shilib, yuqorigi jag‘ va labni hosil qiladi. Pastki
jag‘ bo‘rtmalari esa pastki jag‘ va labni shakllantiradi. Peshona bo‘rtmasida
mavjud bo‘lgan juft hidlov chuqurchalarining chuqurlashishi va og‘iz qo‘ltig‘iga
ochilishidan keyin birlamchi og‘iz hosil bo‘ladi. Keyinroq bir-biriga tomon
o‘suvchi tanglay burmalari o‘zaro qo‘shilib, qattiq va yumshoq tanglay hosil
bo‘lgach, og‘iz bo‘shlig‘i ikki qavatga ajraladi. Bulardan yuqorigisi burun
bo‘shlig‘i, pastkisi ikkilamchi og‘iz bo‘shlig‘idir. Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘ining
shilliq pardasi teri ekdotermasi va mezenximasidan kelib chiqadi, anatomik
jihatdan esa terining davomidir. Shilliq parda gistologik tuzilishiga ko‘ra,
epidermisga o‘xshash epiteliy va dermaga to‘g‘ri keladigan biriktiruvchi to‘qima
qavatiga ega. Shilliq parda kuchli mexanik ta`sirotlarga uchraydigan joylarda
epiteliy qalin, kuchli muguzlanadi, biriktiruvchi to‘qima qavati qalin va
so‘rg‘ichlar hosil qiladi, ta`sirotlar kuchsiz joylarda esa shilliq parda yupqadir.
Shilliq pardada mayda so‘lak bezchalari juda ko‘p. Hujayralarining morfo-
fiziologik xossalariga ko‘ra, oqsilli - zardob so‘lak ishlab chiqaruvchi va shilliq
bezlar farq qilinadi. Ularning ko‘pchiligi aralash bezchalar hisoblanib, murakkab
naycha-alveolyar yoki alveolyar tuzilishga ega.
Lablar.
Lablar terining og‘iz bo‘shlig‘i chetidagi burmasi bo‘lib, bu erda
epidermis og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining epiteliy qavatiga aylanadi.
Ko‘pchilik hayvonlarda epiteliy anchagina yupqalanishiga qaramasdan muguz
qavatini yo‘qotmaydi. Biriktiruvchi to‘qimaning qa`rida tuzilishi va ishlab
chiqaruvchi sekretining xarakteriga ko‘ra, turli hayvonlarda turlicha bo‘lgan lab
bezlari mavjud. Yirtqichlar yuqori labining teri yuzasi bezlarga ega emas,
cho‘chqalar va kavshovchilarda murakkab naychasimon zardob bezlarga boy.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
126
Lablarda chuqur joylashgan va anatomik jihatdan shakllangan ko‘ndalang-
targ‘il muskul - og‘izning aylana muskuli mavjud. Lablar sezuv organlari
bo‘lganligidan ularda ko‘plab sezuvchi nerv terminallari uchraydi. Kapsulasiz
nerv terminallaridan tashqari, bu erda kapsula bilan o‘ralgan, asosan
kolbachalar shaklidagi, biriktiruvchi to‘qimada bir tekis tarqalib joylashmagan
retseptorlar bor. Epiteliyda daraxtsimon tarmoqlanuvchi nerv tolalari,
cho‘chqalar tumshuqchasida sezuvchi menisklar mavjud.
Lunjlar.
Lunjlarning tashqi pardasi teri, o‘rta pardasi ko‘ndalang-targ‘il
muskullar, ichki, shilliq pardasi esa lablarning shilliq pardasiga o‘xshashdir.
Itlarda shilliq parda pigmentga ega. Shilliq pardada bezlar va ko‘plab so‘rg‘ichlar
uchraydi. Lunj bezlari turli hayvonlarda tuzilishi va sekreti xarakteriga ko‘ra
turlicha bo‘lib, muskullar orasida joylashadi. Ularning chiqaruv yo‘llari shilliq
parda orqali o‘tib og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi.
Qattiq tanglay.
Qattiq tanglay juda pishiq, suyak pardasiga birlashib
ketuvchi, ko‘ndalang g‘ovlarga ega shilliq pardadir. Epiteliy kuchli muguzlangan.
Xususiy qavat biriktiruvchi zich to‘qima bo‘lib, vena tomirlariga boy. Otlarda bu
venalar ma`lum sharoitlarda shishish qobiliyatiga ega.
Yumshoq tanglay.
Yumshoq tanglay shilliq pardaning burmasi bo‘lib, og‘iz
va halqum bo‘shlig‘i orasiga chiqib turadi. Uning asosi ko‘ndalang-targ‘il muskul
to‘qimadir. Og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan yuzasidagi shilliq parda og‘iz bo‘shlig‘i shu
pardasining davomi bo‘lib, epiteliy ostidagi ancha qalin biriktiruvchi to‘qimada
shilliq bezlarning paketlari va tanglay bodomchalari joylashgan. Halqum
yuzasining shilliq pardasi burun bo‘shlig‘inikiga o‘xshash tebranuvchi epiteliy
bilan qoplangan, biriktiruvchi to‘qima yupqaroq, shilliq bezlar kamroq uchraydi.
Milklar.
Milklarning shilliq pardasi bezlar va limfa tugunchalariga ega
emas. Epiteliy kuchli muguzlangan. Epiteliy osti biriktiruvchi to‘qima jag‘
suyagining pardasiga tutashib ketgan.
Tishlar
og‘iz bo‘shlig‘ining silliq pardasida bo‘lib uning yordamida
hayvonlar ozuqani ushlaydi va maydalaydi. Taraqqiy etgan tishda uch qism: tish
toji, bo‘yinchasi va ildizi bo‘ladi. Toj tishning jag‘dan chiqib turgan qismi ildizi
jag‘ suyak chuqurchasida, bo‘yinchasi ular orasidagi milk bilan qoplangan
qismidir. Toj ichidagi tish bo‘shlig‘ini qon tomirlari va nervlarga ega tish pulpasi
to‘ldirib turadi. Tish bo‘shlig‘i ildiz ichiga qarab davom etib ildiz ildiz kanalini
hosil qiladi. Tishning asosiy to‘qimasi dentinning ustini-tepa qismida emal ildiz
qismiga sement qoplaydi.
Dentin shakli o‘zgargan juda qattiq suyak to‘qimadir. Dentin ichiga
adontoblistlarning faqat o‘simtalari kirib boradi. Ular dentin naychalari ichida
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
127
yotadi va radial yunolentda dentin yuzasiga yetib boradi. Dentin naychalaridan
yon tomirchalar ajralib, bir-biri bilan anastomozlar hosil qiladi.
Emal tishning tuzilmasi hisoblanib judakam miqdorda (3-4%) organik
moddalardan tashkil topgan. Uzun ingichka tayoqchalar shaklidagi emal
ildizchalari enammeloblastlarning hosilasidir.Prizmalarning joylashishi radial
kanalidan biroz chetda, “biroz” egilgan bo‘lib bir-biriga zich tegib yotadi.
Emalning yuzasini yupqa kitikula pardasi qoplagan.
Sement tarkibi va gistologik tuzilishiga ko‘ra dag‘al tolali suyakni eslatadi.
Sementning oziqlanishi tish chuqurchalar tomondan bo‘lib sement chuqurcha –
devoriga teshib o‘tuvchi tolalar vositasida birikkan tish pulpasi ko‘p dirildoq
modda qoplagan.
Til.
Til kurtagi embrionda juda barvaqt, birinchi va ikkinchi jabra yoylari
orasida, qalqonsimon bez kurtagi old tomonida joylashgan toq bo‘rtma holida
paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu bo‘rtma oldinga qarab o‘sib, ikkita yon g‘ovlar
hosil qiladi.
Qalqonsimon bez kurtagi ketida hosil bo‘luvchi bo‘rtma yon g‘ovlar bilan
qo‘shilib, bir butun organ - tilga aylanadi.
Tilning shilliq pardasi (154-rasm) og‘iz bo‘shlig‘ining boshqa organlaridek
ko‘p qatlamli, yassi, tilning ustki tomonida kuchli muguzlanuvchi epiteliy bilan
qoplangan. Biriktiruvchi to‘qima epiteliyga o‘sib kirib, anchagina uzun
so‘rg‘ichlar hosil qiladi. Tilning yon tomonlari, osti va shilliq pardaning og‘iz
bo‘shlig‘i tubiga o‘tadigan qismi so‘rg‘ichlarga ega emas. Tilning ustki yuzasidagi
so‘rg‘ichlar shakliga ko‘ra ipsimon, zamburug‘simon, novsimon va bargsimon
so‘rg‘ichlarga bo‘linadi. Ipsimon so‘rg‘ichlar mexanik vazifa bajaradi, ya`ni
og‘izdagi ovqat parchalari silqib tushib ketmasligini ta`minlaydi va mexanik
ta`sirotlarni sezishga yordam beradi. Yirtqichlarda ular halqum tomonga egilgan
bo‘lib, ilgak shaklidadir. Ot va cho‘chqalarda ipsimon so‘rg‘ichlar ingichka va
juda uzun. Kavsh qaytaruvchilarda bu so‘rg‘ichlarning usti kuchli muguzlangan
epiteliy bilan qoplangan.
Foydalanilgan ádabiyotlar:
1. Shodiyev N.Sh., Dilmuradov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya»
Darslik. Cholpan nomidagi nashiryot –matbaa ijodiy uyi.Toshkent, 2015yil.
2. Tóxtayev Q.R., Azizova F.X., Abduraxmonov M., va b. «Sitologiya, gistologiya va
embriologiya» Darslik . Taffakur-bóstoni nomidagi nashiryot –matbaa ijodiy
uyi.Toshkent, 2018yil.
3. Ibrohimov Sh.I., Shodiyev N.SH., Isayev M., Daminov A .S.
«Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik .Toshkent,2006 yil
4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Ózbekistoning Erkin va farovon
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
128
yashaylik , ‘’Tahkent,Tasvir’’ nashriyat uyi,2021 yil.- 52 bet.
5. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik –milliy
g’oyamizning poydevoridir. Toshkent, ‘’tasvir ‘’ nashiriy uyi,2021 yil .-36 bet