O’ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI.

Аннотация

Ushbu maqolada axborot psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi, diniy tahdidlar va ularning kelib chiqishi va sabablari, manaviy tahdid tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar, milliy nizo turlari va tahdidlar to’g’risida so’z yuritiladi. Shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni, axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilish haqida mulohazalar yuritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
14-18
28

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Axmedov , A. T., Igamberdiyev, . D., Erkinjonova, N. ., Valiyeva, G. ., & Abdujabborov , U. . (2024). O’ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI. Наука и инновации в системе образования, 3(14), 14–18. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/61049
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada axborot psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi, diniy tahdidlar va ularning kelib chiqishi va sabablari, manaviy tahdid tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar, milliy nizo turlari va tahdidlar to’g’risida so’z yuritiladi. Shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni, axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilish haqida mulohazalar yuritiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

14

O’ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA’NAVIY VA

HUQUQIY ASOSLARI.

Axmedov A. T.

Igamberdiyev D.S.

Andijon davlat pedagogika insitituti

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchilari

Erkinjonova Niginabonu Elyorjon qizi

Valiyeva Gulsanam Bahromjon qizi

Abdujabborov Umidaxon Oybekjon qizi

Aniq fanlar fakulteti Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14357099

Annotatsiya:

Ushbu maqolada axborot psixologik xavfsizlik tushunchasi

va tasnifi, diniy tahdidlar va ularning kelib chiqishi va sabablari, manaviy tahdid
tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar, milliy nizo turlari va tahdidlar to’g’risida
so’z yuritiladi. Shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni, axborot-psixologik
tahdidlardan himoya qilish haqida mulohazalar yuritiladi.

Kalit so’zlar:

etnik muammolar, globallashuv, falsifikatsiya metodi,

mafkuraviy kurash, ijtimoiy xavfsizlik, milliy xavfsizlik, ichki xavfsizlik, tashqi
xavfsizlik, milliy tahdidlar tolerantlik, bag’rikenglik, g’oyalar.

Аннотация:

В статье рассматриваются понятие и классификация

информационной психологической безопасности, религиозные угрозы, их
истоки и причины, понятие моральной угрозы: подходы и интерпретации,
виды национальных конфликтов и угроз. Обсуждается защита личности,
организаций и общества в целом от информационных и психологических
угроз.

Ключевые слова:

этнические проблемы, глобализация, метод

фальсификации, идеологическая борьба, социальная безопасность,
национальная

безопасность,

внутренняя

безопасность,

внешняя

безопасность, национальные угрозы, толерантность, толерантность, идеи.
Abstract: This article discusses the concept and classification of information
psychological security, religious threats and their origins and causes, the
concept of moral threat: approaches and interpretations, types of national
conflicts and threats. Protection of individuals, organizations and society as a
whole from informational and psychological threats is discussed.

Key words:

ethnic problems, globalization, falsification method,

ideological struggle, social security, national security, internal security, external
security, national threats, tolerance, tolerance, ideas.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

15

Axborot tizimida “falsifikatsiya mеtodi” (fеyk)dan foydalanish. Axborot

manbalaridan foydalanishda shaxs madaniyatini takomili. Ko‘pmillatli jamiyatda
tolеrantlik, bag‘rikеnglik g‘oyalariga tajovuz va taxdidlar. Hozirgi dunyoda
tеrrorizm, ekstrеmizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash.
Axborot almashinuvining rеgulyativ funksiyasi, xavf-xatar va tahdidlar. Axborot
almashinuvida mikro, mеzo, makro darajalari. Globallashuv sharoitida tinchlik
va barqarorlikka taxdid soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot xurujlarini
bartaraf etishning zamonaviy mеxanizm va tеxnologiyalari. Xavfsizlik
tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik,
biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir.
Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining
sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Ijtimoiy xavfsizlik –
jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni
ta’minlash organlari, davlat muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining
turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga
imkon berish bilan bog‘liq vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bunda ayrim-alohida
tabaqa yoki aholi qatlamining manfaatlari, ya’ni, ularning yaxshi yashashlari,
uzoq umr ko‘rishlari, bir xududdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishiga aloqador
xavfsizlik nazarda tutilmaydi.
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror
taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning
oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini
bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza
qilishni nazarda tutadi. Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi:
umuminsoniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi
xavfsizlik tahlil etilganda avvalo ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik,
kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni
oldini olish nazarda tutiladi.
Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va
kafolatlariga aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga
yo‘l qo‘ymaslikka bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning
oldini olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy,
tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya
qilishni nazarda tutadi. Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot
texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha
davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

16

almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning
o‘ziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo bo‘ldi.

Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot

manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi.
Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan
ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun
ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan
hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga
xizmat qilmasliklari kerak. Axborot xurujlari turlicha bo‘lgani uchun unga
nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot,
mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy)
amalga oshiriladi.

Axborot xurujlari

– bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga

yo‘naltirilgan ta’sir bo‘lib, uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning
normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy
guruhlarning g‘arazli niyatlaridan kelib chiqadi. Bugungi kunda axborot juda
keng tarqalgan bo‘lib, har taraflama rangbarang ma’nolarda tushuniladi. U
ishtirok etmagan bilim sohasini topish qiyin. Axborot orqali yuzaga kelgan
psixologik mojarolar sharoitida davlat axborot siyosatining vazifasi jamiyatni
salbiy axborot, psixologik xurujdan ishonchli saqlash, qat’iy himoya qilish
mexanizmini yaratish bilan belgilanadi.Har bir yangi axborot-psixologik mojaro
himoya qilinayotgan jamiyat uchun yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi xam
mumkin. Axborot-psixologik xavfsizlik bu bevosita siyosiy mojarolarning oldini
olish, eng avvalo, insonning o‘zini o‘zi tushunishi va fuqarolararo
munosabatlarni yuksak ma’naviy-ma’rifiy mezonlar asosida shakllantirish,
axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruhini,
yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo
qiladi. XX asrning ikkinchi yarmi tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va
telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish davri, hayotning deyarli
barcha jabhalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot
makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta’sir ko’rsatgan va
ko’rsatayotgan omili sifatida e’tirof etilmoqda. E’tiborli jihati, mamlakat ichida va
tashqi dunyoda faol axborot almashinuviga odamlar ehtiyoji juda ortib
bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi, uning potensiali
va imkoniyatlarining o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil
yo‘nalishlarda keng tarzda ishlatilishi, yangi - XXI asrdagi odamzot taraqqiyotini
aniqlab beruvchi muhim omillardan biri bo’lishiga asosdir. Din – jamiyatdagi
shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

17

shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g‘oya va mafkuralar bilan
niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir.
Bu jarayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish yo‘nalishlari
turli tumandir. Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra turli
ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga
yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari
bo‘lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy
bo‘linishida bo‘lib qolmoqda. Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat, yoki xalq,
millat, elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin
bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy
harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini
qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga singdirishi. Globallashuv jarayonining
chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil
noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytamizki, O’zbekistonda axborot xavfsizligi mamalakatning
ma’naviy va huquqiy tizimlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu soha nafaqat
texnologik, balki etika va qonunlar bilan ham mustahkamlanmoqda. Axborot
xavfsizligining ma’naviy asoslari, avvalo, fuqarolarning axborotdan to’g’ri va
mas’uliyatli foydalanishiga asoslanadi. Umuman olganda, Ozbekistonda axborot
xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari bir-biri bilan uzviy bog’langan
bo’lib, jamiyatni axborot xavflaridan himoya qilishga, fuqarolarning huquqlarini
ta’minlashga va axborot texnologiyalarining xavfsiz rivojlanishiga qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Toshtemirov R.A., Virtual haqiqat va uning insonga ta’siri, Ta’lim va
innovatsion tadqiqotlar, Xalqaro ilmiy-metodik jurnal, 2-qism, 2023, 306-
309 B.,
2.Toshtemirov R. A., (2023). Media education is an important factor in
protecting young people from negative information. SCHOLAR,
Multidisciplinary Scientific Journal, Volume 1, ISSUE 29, 2023, Pp 187–195.
3.F Muminov, Sh.Barotov, Ochiq axborot tizimlarida axborot -psixologik
havfsizlik, Toshkent -2013.
4.А.В.Федоров, Медиаобразование и Медиаграмотность, 2011.5.Murotova N.,
Jurnalistika media va axborot savodxonligi, Toshkent -2019.
Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li (2022). YURIDIK SHAXSLARNING
UMUMIY YIG'ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

18

OQIBATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2 (1), 430-447.
Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH
VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA
QILISH VOSITASI SIFATIDA.

Библиографические ссылки

Toshtemirov R.A., Virtual haqiqat va uning insonga ta’siri, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, Xalqaro ilmiy-metodik jurnal, 2-qism, 2023, 306-309 B.,

Toshtemirov R. A., (2023). Media education is an important factor in protecting young people from negative information. SCHOLAR, Multidisciplinary Scientific Journal, Volume 1, ISSUE 29, 2023, Pp 187–195.

F Muminov, Sh.Barotov, Ochiq axborot tizimlarida axborot -psixologik havfsizlik, Toshkent -2013.

А.В.Федоров, Медиаобразование и Медиаграмотность, 2011.5.Murotova N., Jurnalistika media va axborot savodxonligi, Toshkent -2019.

Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li (2022). YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG'ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (1), 430-447.

Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA.