Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Formation of legal awareness and legal culture in the
training system of public education employees
Raximakhon BOYMIRZAYEVA
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received
December
2022
Received
in
revised
form
15
December
2022
Accepted
20
January
2023
Available
online
15
February
2023
In this article, we decided to analyze the legal consciousness
and legal culture that currently has its place in our society,
because we believe that it is possible to achieve the formation of
leaders and pedagogues in the public education system through
the provision of legal knowledge in the process of professional
development. In the study, the main source of the law and legal
documents was determined. By studying the opinions and
judgments of the representatives of the field, it was found that
the problems of forming the legal consciousness and legal
culture of general secondary school teachers in the system of
professional development have been understudied. The results
of the research were analyzed through questionnaires, and it
was shown that students have a high desire to acquire legal
knowledge in the process of professional development in the
public education system. Based on these grounds, a clear and
realistic proposal and recommendation was given.
2181-
1415/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1/S-pp146-153
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
leading
and
pedagogical
personnel,
listeners,
legal
knowledge,
legal
information,
analysis
of
laws,
educational
module
“
Legal
issues
”.
Huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini xalq
ta’limi
xodimlarining malaka oshirish tizimida shakllantirish
ANNOTATSIYA
Kalit
so‘zlar
:
rahbar va pedagog kadrlar,
tinglovchilar,
huquqiy bilim,
huquqiy axborot,
qonunlarni tahlil etish,
“Huquq
masalalari”
o‘quv
moduli.
Ushbu maqolada hozirda jamiyatimizda
o‘z
o‘rniga
ega
bo‘lgan
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni xalq
ta’limi
tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning malaka oshirish
jarayonida huquqiy bilim berish orqali shakllantirishga
erishishda deb hisoblaganimiz uchun tahlil qilishga qaror qildik.
Tadqiqotda asosiy manba sifatida qonun va qonunosti hujjatlari
belgilandi. Soha vakillarining fikrlari va mulohazalarini
1
Senior lecturer, Department of State Law and Management, Law Faculty, Namangan State University.
Namangan city, Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
147
o‘rganish
orqali, malaka oshirish tizimida umumiy
o‘rta
ta’lim
maktabi
o‘qituvchilarining
huquqiy ong va huquqiy
madaniyatini shakllantirishdagi muammolar kam
o‘rganilgan
deb topildi. Tadqiqot natijalari
so‘rovnomalar
orqali tahlil
etilib, xalq
ta’limi
tizimida malaka oshirish jarayonida
tinglovchilarning huquqiy bilimlarni olishga
bo‘lgan
istaklari
yuqori ekanligi namoyon
bo‘ldi.
Shu asoslarga tayanib, masala
yuzasidan aniq va real taklif hamda tavsiyalar berildi.
Формирование
правосознания
и
правовой
культуры
в
системе
подготовки
работников
народного
образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые
слова:
руководящий
и
педагогический
состав,
слушатели,
правовые
знания,
правовая
информация,
анализ
законов,
учебный
модуль
«Правовые
вопросы».
В
данной
статье
мы
решили
проанализировать
правовое
сознание
и
правовую
культуру,
которая
в
настоящее
время
занимает
свое
место
в
нашем
обществе,
так
как
считаем,
что
добиться
формирования
руководителей
и
педагогов
в
системе
народного
образования
можно
через
предоставление
правовых
знаний
в
процесс
профессионального
развития.
В
ходе
исследования
был
определен
основной
источник
права
и
правовых
документов.
Путем
изучения
мнений
и
суждений
представителей
отрасли
установлено,
что
проблемы
формирования
правосознания
и
правовой
культуры
учителей
общеобразовательной
школы
в
системе
повышения
квалификации
изучены
недостаточно.
Результаты
исследования
были
проанализированы
с
помощью
анкетирования,
и
было
показано,
что
студенты
имеют
высокое
стремление
к
получению
правовых
знаний
в
процессе
повышения
квалификации
в
системе
народного
образования.
На
основании
этих
оснований
были
даны
четкие
и
реалистичные
предложения
и
рекомендации.
KIRISH
Fuqarolarning huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak
darajada
bo‘lsagina,
ular ijtimoiy hayotda
bo‘layotgan
o‘zgarishlarga
faol munosabatda
bo‘lishadi,
shaxsiy fikrlarini bildirgan holda, jamiyat taraqqiyotiga
o‘z
hissalarini
qo‘shishi
mumkin
bo‘ladi.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish,
o‘z
navbatida, davlat va
jamiyat hayotini isloh qilish, amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlildan
o‘tkazish,
davr talablaridan kelib chiqib, ularga tegishli
o‘zgartirishlar
kiritish, eskirgan va
taraqqiyotga
to‘siq
bo‘layotgan
me’yorlarni
bekor qilish bilan bevosita
bog‘liqdir.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda
tasdiqlangan
“Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy
dasturi”
qabul qilingan.
“Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy
dasturi”da
qayd etilishicha,
“huqu
qiy
ta’lim
uzluksiz
bo‘lib,
yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor
bo‘lishi,
ma’naviy
va
ba’zi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
148
huquqiy normalar
to‘g‘risida
boshlang‘ich
tushunchalar olishi, kelgusidagi
ta’limi
davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy
xususiyat kasb etishi
zarur” [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 9-
yanvardagi “Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksalti
rish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PF
–
5618-
son Farmoniga muvofiq, “jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish “shaxs –
oila
–
mahalla
–
ta’lim muassasasi –
tashkilot
–
jamiyat” tamoyili
bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi” [2]. 2019
-yil 13-
dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ
–
4551-son qarori huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi dolzarb
vazifalarni belgilab berdi.
Jamiyatda aholi huquqiy ongi va madaniyati darajasining yuksakligi
–
demokratik
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Huquqiy ong sub’yektiv ongning shakllaridan biri bo‘lib, u insonlarda
huquq talablari yuzasidan ijobiy yoki salbiy munosabatni ishlab chiqishiga ta’
sir etadi.
Huquqiy ong tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: huquqiy ong bu jamiyatning
taraqqiyot darajasi bilan belgilanadigan ijtimoiy ongning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lgan,
insonlarning huquq, siyosiy-huquqiy hodisalar, yuridik amaliyot, huquqiy tizim va
istalayotgan, kutilayotgan huquq haqidagi fikrlari, o‘ylari, his
-
tuyg‘ulari, qarashlari, iztirob
-
kechinmalari hamda baholari va tasavvurlari majmuasidir.
Shu o‘rinda huquqiy ongga huquqiy manbalarda berilgan ta’riflarga e’tibor qaratamiz:
professor Z.M.
Islomov huquqiy ong tushunchasiga shunday ta’rif beradi: “Huquqiy ongni
mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga
munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g‘oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida
ta’riflash mumkin” [3]. Fikrimizcha, ushbu ta’rifda huquqiy ong nimalar, ya’ni fandagi omillar
asosida shakllanishi masalasi e’tibordan chetda qolgan.
Professor Yu.A.
Dmitriyevning ta’rificha, “huquqiy ong bu insonlarning va ularning
turli uyushmalarining hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga
nisbatan qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari, hislari yig‘indisidir” [4]. Ushbu ta’rifda huquqiy
o
ngning muhim funksiyasi bo‘lgan, Z.
Islomov ta’kidlab ketgan, baholash faoliyati e’tibordan
chetda qolgan.
Rossiyalik huquqshunos olim A.N.
Golovistikovaning huquqiy ongga bergan ta’rifi
Yu.A.
Dmitriyevning ta’rifi bilan bir xil, ya’ni “huquqiy ong bu ins
onlarning va ularning turli
uyushmalarining hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga
nisbatan qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari, hislari yig‘indisidir”
[5]. Bu ikki muallifning ta’rifi
tasodifan aynan bir xil bo‘lib, unda insonlarnin
g kutilayotgan, xohlanayotgan, Z.M. Islomov
ta’biri bilan aytganda, “orzu qilinayotgan huquqqa” nisbatan munosabatlari hamda huquqiy
ong shakllanishining omillari nazardan chetga qolgan.
Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Shu bois,
huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning huquqiy hayoti, uning huquqiy voqeligi, normativ-
huquqiy hujjatlar, huquqiy ong rivojida erishilgan ma’naviy
-axloqiy va huquqiy qadriyatlar
tizimi hamda unga muvofiq tarzda qaror topadigan qonunga itoat
go‘ylik va mamlakatda
huquqiy-
tartibot muhitini o‘rnatish uchun ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning
amalga oshirilishi tushuniladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
149
Ma’lumki, jamiyatning ma’naviyati, madaniyati, shu jumladan, huquqiy madaniyati
nihoyatda murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning madaniyati
umuminsoniy ma’naviy
-
ahloqiy qadriyatlarning tarixan shakllangan tizimi bo‘lib, unga
muvofiq ravishda hayot tarzi qaror topadi va insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar
tartibga solinadi. Huquqiy madaniyatni inson ongida shakllantirish va uni
rivojlantirishdagi eng birinchi qadam, bu huquqiy madaniyat tushunchasini insonning o‘z
qarashlari orqali anglay olishidir. Inson huquqiy madaniyat deganda o‘z ongida nimalarni
idrok etsa, o‘sha qarashlariga sodiq qolishiga ha
rakat etadi,
o‘
z qarashlarini himoya qiladi
va, bu orqali, mazkur insonda shaxsiy fikrlar vujudga keladi. Demak, birinchi navbatda,
huquqiy madaniyatning vujudga kelishining eng birinchi belgilaridan biri, bu
–
insonning
shaxsiy fikrga ega bo‘lishidir. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar sohasida davlatimiz
siyosatining eng ezgu maqsadi
–
yoshlarni shaxsiy fikrga ega qilib, tarbiyalash
harakatlarining naqadar muhim omil ekanligidan darak beradi.
“Huquqiy madaniyat” tushunchasi ko‘proq huquqiy voqelikning ahamiya
tlilik
darajasini, uning tobora rivojlanish holatini, unga madaniy taraqqiyot yutuqlari singib
borishini tavsiflaydi. Zero, huquqiy madaniyat shaxs erkinliklari va xavfsizligini, inson
huquqlarini ta’minlash sharti, uning huquqiy himoyalanganligi va fuqaro
viy faolligining
kafolati hisoblanadi, hokimiyatni insonning huquqiy maqomini ta’minlashga safarbar etadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim
-
tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tib
or qaratish,
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish zarurdir.
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
Jamiyatda aholi huquqiy ongi va madaniyati darajasining yuksakligi
–
demokratik
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Huquqiy ong bu jamiyatning taraqqiyot darajasi bilan
belgilanadigan ijtimoiy ongning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lgan, i
nsonlarning huquq,
siyosiy-huquqiy hodisalar, yuridik amaliyot, huquqiy tizim va istalayotgan, kutilayotgan
huquq haqidagi fikrlari, o‘ylari, his
-
tuyg‘ulari, qarashlari, iztirob
-kechinmalari hamda
baholari va tasavvurlari majmuasidir. Ma’lumki, jamiyatning
ma’naviyati, madaniyati, shu
jumladan, huquqiy madaniyati nihoyatda murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir.
Jamiyatning madaniyati umuminsoniy ma’naviy
-ahloqiy qadriyatlarning tarixan
shakllangan tizimi bo‘lib, unga muvofiq ravishda hayot tarzi qaror top
adi va insonlar
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Huquqiy madaniyatni inson ongida
shakllantirish va uni rivojlantirishdagi eng birinchi qadam, bu huquqiy madaniyat
tushunchasini insonning o‘z qarashlari orqali anglay olishidir. Inson hu
quqiy madaniyat
deganda o‘z ongida nimalarni idrok etsa, o‘sha qarashlariga sodiq qolishga urinadi,
o‘z qarashlarini himoya qiladi va, bu orqali, mazkur insonda shaxsiy fikrlar vujudga
keladi. Demak, birinchi navbatda, huquqiy madaniyatning vujudga kelishining eng
birinchi belgilaridan biri, bu
–
insonning shaxsiy fikrga ega bo‘lishidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining huquqiy ong va huquqiy
madaniyatini shakllantirish omillaridan biri bu malaka oshirish kurslarida ularga
beriladigan huquqiy bilimlardir. Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish va qayta
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
150
tayyorlash hududiy markazlarid
a turli yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari ta’lim olish
jarayonida umumiy huquqiy tushunchalarni olishga erishadilar. Ularga barcha toifa
malaka kurslari uchun 2018
–
2021-
o‘
quv yillari davomida 4 soatli va rahbar kadrlar
uchun 8 soat hajmda “Ta’lim
-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-
me’yoriy
asoslari” o‘quv modulidan huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya beriladi. Umumiy o‘rta
ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘quv modulini o‘zlashtirish jarayonida huquqiy ongga ega
bo‘ladilar. Fikrimizcha, xalq ta’limi xod
imlarining malakasini oshirish tizimida, huquqiy
bilim berish jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o‘rgatilishi lozim:
–
birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog‘langan bo‘lishi kerak;
–
ikkinchidan, olingan bilimni hayotga ta
е
biq etish
mahorati o‘rgatiladi;
–
uchinchidan, shaxs doim o‘z ustida ishlashi, izlanishi, biror natijaga ega
bo‘lishlikka harakat qilishi kerak;
–
to‘rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish xislatlariga ega bo‘lishni
shakllantirish;
–
beshinchidan, tinglovchi
joriy qonunlardan umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi;
–
oltinchidan, bilim oluvchi tomonidan olgan o‘z huquqiy bilimlariga rioya qilgan
holda, jamiyatda huquqiy madaniyatning rivojlanishiga hissa qo‘shishi kerak.
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning
boshqarilishini; huquqqa bog‘liq
tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib
chiqish asoslarini; huquqbuzarlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik
tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma’lumotlarni bili
b olishlari lozim. Olingan
huquqiy bilimlar shaxsga o‘z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi. Buning
uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan tashqari o‘z ustida ishlab, qo‘shimcha
manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak. Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat
hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular
davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan
alohida qiziqadi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun o‘qituvchilari avvalambor o‘zi yaxshi
huquqiy bilimga ega bo‘lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo‘lishi shart. Agar
o‘qituvchining ma’lumoti u yoki bu huquq sohasi bo‘yicha to‘la bo‘lmasa, tinglovchiga
maxsus manbalar yoki mutaxasislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana
shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon,
o‘
z kasbini sevadigan, uning huquqiy
asoslarini biladigan mutaxassislar malakalarini oshiradilar.
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Malaka oshirish tizimida tinglovchilar kontingentini xa
lq ta’limi xodimlarini va
rahbar kadrlari hamda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari tashkil etadi. Xalq ta’limi
tizimida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda
muammolarni o‘rganish maqsadida 2020
-yil may oyidan 2022-yil sentabr oyiga qadar
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hududiy malaka oshirish markazlarining kurs
tinglovchilari o‘rtasida “Malaka oshirish jarayonida huquqiy bilim olish darajasi”,
“Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni qanday tushunasiz?”, “Xalq ta’limida
pedagoglarni
huquqiy madaniyatini shakllantirish omillarini nimada ko‘rasiz?”, “Siz huquqiy bilimni
qayerda olasiz?”, “Malaka oshirish kurslarida “Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish
kerakmi?” kabi mavzular doirasida tayyorlangan so‘rovnomalar o‘tkaz
ildi.
2020-yil may oyidan 2022-
yil sentabr oyiga tinglovchilar fikrini o‘rganish
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hududiy malaka oshirish markazlarining
barcha toifa kurs tinglovchilari o‘rtasida jami 756 nafar respondent qamrovida o‘tkazildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
151
Anketalashning har bir kurs doirasida 25-27 nafar tinglovchi qatnashdi.
Tinglovchilarning aksariyati umumiy o‘rta ta’lim maktabi fan yo‘nalishi o‘qituvchilari
tarkibida amalga oshirildi. Barcha fiklar o‘rganildi. Respondentlar oliy ma’lumotli, o‘quv
ishlari b
o‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosarlari, umumta’lim maktabi fan o‘qituvchilarining mutaxassis, 1
-toifali, oliy
toifali, yoshi va jinsi jihatdan turli nisbatda tanlandi.
Jumladan, respondentlarning jin
siga ko‘ra, 30,% erkaklar, 70% esa –
ayollar; yashash
joyiga ko‘ra, 54,4% shaharda, 45,6% qishloqda istiqomat qiluvchilarni tashkil qildi. Xuddi
shuningdek, yoshiga ko‘ra 28% 22 dan 30 yoshgacha, 32,3% 31 dan 40 yoshgacha,
22,5% 41 dan 50 yoshgacha, 18,8%
51 dan 65 yoshgacha, ma’lumotiga ko‘ra, 4,7% o‘rta
-
maxsus, 95,3% oliy ma’lumotlilarga ega bo‘lgan respondentlar ishtirok etishdi.
2020-
yilda o‘tkazilgan so‘rovnomalarda “Siz huquqiy bilimni qayerda olasiz?”
degan mazmundagi savolga ushbu
so‘rovnoma bo‘yicha ishtirok etgan respondentlarning
56,6% televideniyedan, 23,1% Internetdan, 7,5% ijtimoiy tarmoqlardan, 7,3% “Huquqiy
axborot” telegram kanalidan, 2,8% bosma OAVdan, 2,2% radiodan, 0,6% esa boshqa
manbaalardan xabardor bo‘lishi haqida ma’lumot bergan. Ko‘rinib turibdiki, televediye
orqali huquqiy axborotdan xabardorlik aholi orasida qolgan ko‘rsatkichlarga nisbatan
yuqorili.O‘z o‘rnida aytish mumkinki, hozirda aksariyat xalq ta’limi xodimlarini huquqiy
bilimlari huquqiy axborotni olish ma
nbalariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.
2021-
yilda o‘tkazilgan so‘rovlarda ham “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
qanday tushunasiz?” degan savol qo‘yilgan bo‘lib, respondentlarning 60 % qonunlarda
ko‘rishlarini, 30% huquqiy adabiyotlarda aks etganligini, 1
0% ishtirokchi esa savolga
mantiqan va mazmunan to‘g‘ri yondashgan holda ma’lumot bergan.Yuqoridagi
ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, jamiyatdagi ilg‘or fikrli hisoblangan pedagoglar
toifasi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda qonun hujjatlarini
o‘rganishga bog‘lanmoqda .
So‘rovnomalarning uchinchi bosqichida 2022
-
yilda xalq ta’limi pedagog
kadrlarining malaka oshirish tizimidagi muhim jarayonlar hisobga olingan holda tuzilgan
“Siz huquqiy bilimni qayerda olasiz?”, “Malaka oshirish kurslarida “Huquq masalalari”
o‘quv modulini o‘qitish kerakmi?” mavzusi bilan bog‘liq savollarga javob berishda,
respondentlarning 90 % huquqiy bilimlarning aksariyatini malaka oshirish tizimidagi
ijtimoiy-
huquqiy modullar orqali egallashlarini ta’kidlasalar, 10% ishtirokchi esa, malaka
oshirishda
n tashqari qo‘shimcha mustaqil o‘zlari izlashlari va ommaviy axborot
vositalaridan olishlari haqida ma’lumot bergan. So‘rovlarning “Malaka oshirish kurslarida
“Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish kerakmi?” mavzu bo‘yicha respondentlar
97,6 % malaka
oshirish kurslarida “Huquq masalalari” o‘quv modulini o‘qitish kerak
ekanligini keltirib o‘tishgan va 2.3% tinglovchilar bu masalada javob berishga qiynalgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar xalq ta’limi xodimlarining huquqiy bilim va ko‘nikmalar
muhimligi, shuningdek, qonunga rioya etishning ustuvorligi qadriyatlariga sodiq
qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi dinamik
xarakterga ega bo‘lib, har 3
-
4 yilda ma’lum darajada yangilanish xususiyatiga ega. Shu
o‘rinda, bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab,
bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda qonun ustuvorligining
yanada mustahkamlanishiga erishish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
152
XULOSALAR
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida
tinglovchilarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda
huquqiy asoslaridan biri bo‘lgan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Konsepsiyasi”[6]da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, malaka oshiris
h jarayonida
tinglovchilarga huquqiy bilim asoslarini targ‘ib qilish, pedagoglarni o‘z huquqlarini
himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan yangi tizimlar joriy
etishda huquqiy muammolarni hal etishga amaliy ko‘maklashuvchi “Yuridik klinika”,
“Huquqiy xizmat”, “Yuridik yordam”, “Huquqiy axborot xizmati” kabi yo‘nalishlardagi
elektron platformalarni tashkil qilish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bunda asosiy maqsad
xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning huquqiy ong
ini
rivojlantirish, ularda huquqiy masalalar yuzasidan muammolarni tahlil etish, masalaga
tegishli bo‘lgan qonun va qonunosti hujjatlariga murojaat qilish va undan kerakli
javoblarni olish orqali huquq va erkinliklarini ta’minlash, ro‘yobga chiqarishga eri
shishni
o‘rgatishga qaratilgan pedagogik vazifalarni faoliyatga olib kirish kerak. Bu masalaning
pedagogik ahamiyati unda jamiyatda pedagoglarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash
hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion
usullarini
joriy etish muhim o‘rin tutadi. Biz ularni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan,
Huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullariga bizningcha, maqsadli
auditoriyalarni tashkil etish, bunda ta’limning barcha turidagi xodimlar (davlat
xizmatc
hilari, pedagoglar va boshqalar) uchun huquqiy ta’limni qamrab olgan malaka
oshirish kurslarini tashkil etish.
Ikknchidan,
pedagoglarning mehnat faoliyat va hayotiy holatlarda yuzaga
keladigan muammoli masalalar bo‘yicha huquqiy yechim taklif etiladigan “y
uridik
klinika” platformasini yaratish va ishga tushirish.
Uchinchidan,
xalq ta’limi rahbar va pedagog kadrlarini o‘z huquqiy bilim
darajasini sinash maqsadida Internet tizimida turli bosqichlarga ega bo‘lgan “Huquqiy
test” loyihasini yaratish; Internetda
gi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram,
Youtube va h.k.) davlat organlari va tashkilotlarning kanallarini tashkil qilish va ushbu
kanallarda veb-
texnologiyalardan keng foydalangan holda, soha faoliyati yo‘nalishlaridan
kelib chiqib, huquqiy targ‘ibot
materiallarini joylab borish.
To‘rtinchidan,
qonun hujjatlari mazmunini qisqacha tahliliy yoritish, shuningdek,
aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirishga doir huquqiy materiallarni berib borish.
Beshinchidan,
mamlakat aholisi ko‘p foydalanadigan ijtim
oiy tarmoqlarda
so‘rovlar o‘tkazish orqali huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasini tahlil qilish va
uning natijasida huquqiy axborotni manzilli yetkazish ishlarini tashkil etish.
Oltinchidan,
pedagoglarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish vositalari:
huquqiy mavzularni tizimli, tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida
tarbiyalashga doir teleko‘rsatuvlar; huquqiy targ‘ibot sohasida faoliyat yurituvchi
ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio); huquqiy davriy nashrlar;
fuqarolarning huquqiy saviyasini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning
oldini olishga qaratilgan tahliliy tok-shou, bahs-
munozara yo‘nalishidagi ko‘rsatuv va
eshittirishlarni efirda berib borish.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini xalq
ta’limi xodimlarining malaka oshirish tizimida shakllantirishda “Huquq masalalari”,
“Ta’lim tizimining me’yoriy
-
huquqiy asoslari ” o‘quv modullari har bir kurs uchun 4 soat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
153
hajmda masofadan (onlayn) o‘qish va an’anaviy (oflayn) o‘qitish tizimida huquq sohasiga
tegishli eng dolzarb masalalar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va kontekstlarini
elektron platformaga joylashtirib borish orqali samarali natijaga erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.
–
1997.
–
№ 9. –
227-modda.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 9-
yanvardagi “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PF–
5618-son Farmoni.
3.
Исломов
З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. –
Тошкент: Адолат, 2007. –
Б.
537.
4.
Ю.А.
Дмитриев. Правосознание и правовая культура. / Теория государства
и права. Под. ред. Пиголкина. –
Москва: Юрайт
-
Издат, 2006. –
С.
547.
5.
Головистикова
А.Н. Правосознание и правовая культура. / Проблемы
теории государства и права. –Москва: Изд.ЭКСМО, 2005. –
С.
658.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 9-yanvardagi PF
–
5618-son
Farmonining I ilovasi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi”.
