Авторы

  • Дилшод Ражабов
    Самостоятельный cоискатель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp338-346

Ключевые слова:

государственные органы неправительственных некоммерческих организаций международные документы и правила международного договора систематизирование

Аннотация

В Республике Узбекистан рассмотрены конституционно-правовые основы взаимодействия государственных органов с негосударственными некоммерческими организациями Проанализирована система конституционно-правовых основ взаимодействия государственных органов с негосударственными некоммерческими организациями в Республике Узбекистан на основе действующих Конституции и Законов Республики Узбекистан, подзаконных актов, а также на основе научных взглядов ученых в данной сфере. В настоящее время в нашей стране определена необходимость систематизации нормативно-правовых актов, регулирующих взаимодействие государственных органов с негосударственными некоммерческими организациями. Выдвинуты предложения по систематизации законов и подзаконных актов, регулирующих взаимодействие государственных органов с негосударственными некоммерческими организациями.


background image

24

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal bases of interaction between state bodies and non-
governmental non-profit organizations in the Republic of
Uzbekistan

Dilshod RAJABOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2023

Received in revised form

15 April 2023
Accepted 25 April 2023

Available online

15 May 2023

In the Republic of Uzbekistan, the constitutional and legal

bases of interaction between state bodies and non-

governmental non-profit organizations are considered in the

article. The system of constitutional and legal bases of the

interaction of state bodies with non-governmental non-profit
organizations in the Republic of Uzbekistan is analyzed on the

basis of the current Constitution and Laws of the Republic of

Uzbekistan, by-laws, and on the basis of scientific views of

scientists in this field as well. In our country, the need for
systematization of regulatory legal acts regulating the

interaction of state bodies with non-governmental non-profit

organizations has been currently determined. Proposals have

been put forward to systematize laws and by-laws regulating

the interaction of state bodies with non-governmental non-
profit organizations.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp338-346

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

государственные органы,
неправительственных
некоммерческих
организаций,

международные
документы и правила
международного договора,

систематизирование

.

O‘zbekiston

Respublikasida davlat organlarining nodavlat

notijorat tashki

lotlari bilan o‘zaro munosabatlarining

huquqiy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

davlat organlari,

nodavlat notijorat
tashkilotlari,

milliy qonunchilik

tizimi,

O‘zbekiston Respublikasida davlat organlarining nodavlat

notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarining

konstitutsiyaviy-

huquqiy asoslari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston

Respublikasida davlat organlarining nodavlat notijorat

tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy

-

1

Independent Applicant, Tashkent State University of Law. E-mail: dilshodbek.rajabov@inbox.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

339

xalqaro hujjatlar va xalqaro
shartnoma qoidalari,

tizimlashtirish

huquqiy asoslari tizimi amaldagi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi va Qonunlari, qonunosti hujjatlari va bu borada
ilmiy qarashlarini bayon etgan olimlarning fikrlari asosida tahlil

qlingan. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat organlarining

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini

tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini tizimlashtirish
zarurati mavjudligi aniqlandi. Davlat organlarining nodavlat

notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga

soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini tizimlashtirish

bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Правовые основы взаимодействия государственных
органов с негосударственными некоммерческими
организациями в Республике Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Ключевые

слова:

государственные органы,
неправительственных

некоммерческих
организаций,
международные

документы и правила
международного договора,
систематизирование

В Республике Узбекистан рассмотрены конституционно

-

правовые

основы

взаимодействия

государственных

органов

с

негосударственными

некоммерческими

организациями

Проанализирована

система

конституционно

-

правовых

основ

взаимодействия

государственных

органов

с

негосударственными

некоммерческими

организациями

в

Республике

Узбекистан на основе действующих Конституции и

Законов Республики Узбекистан, подзаконных актов, а
также на основе научных взглядов ученых в данной сфере.

В настоящее время в нашей стране определена

необходимость систематизации нормативно

-

правовых

актов, регулирующих взаимодействие государственных
органов

с

негосударственными

некоммерческими

организациями.

Выдвинуты

предложения

по

систематизации

законов

и

подзаконных

актов,

регулирующих взаимодействие государственных органов с

негосударственными некоммерческими организациями.

Hozirgi kunda milliy qonunchiligimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining

konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun va qonunosti hujjatlarining
samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo

nalishda mustaqilligimizning dastlabki yillarida

hattokki, mustaqilligimizga erishilmagan davrdayoq bu sohaning qonunchilik bazasi
yaratilishi ishlari boshlab yuborilgandi (1991-yil 15-fevraldan qabul qilingan O

zbekiston

Respublikasining

Jamoat birlashmasi to

g

risida

gi Qonuni).

Darhaqiqat, bugungi kunda O

zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

ro

yxatga olinib,

Lex.uz

nomli elektron qonunchilik milliy bazasida joylashtirilgan

nodavlat notijorat tashkilotlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining soni 500 dan
ortiqdir.

O

zbekiston Respublikasining

Normativ-huquqiy hujjatlar to

g

risida

gi (yangi

tahriri) Qonunining 5-moddasiga ko

ra normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

quyidagicha tasniflanadi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

340

a)

O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi;

b)

O‘zbekiston

Respublikasining qonunlari;

c)

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

d)

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

e)

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

f) vazirliklar, davlat

qo‘mitalari

va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

g) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Tadqiqotchi D.R.Xolmanova tomonidan mamlakatimizdagi nodavlat notijorat

tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, ushbu
qonunchilik tizimini quyidagicha tasniflashni ilgari suradi:

-

O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan normalar;

-

O‘zbekiston

Respublikasining kodekslarida belgilangan normalar;

-

O‘zbekiston

Respublikasining qonunlari:

a) universal tipdagi qonunlar;
b) maxsus tipdagi qonunlar;
- qonunosti hujjatlari;
- xalqaro hujjatlar [1, 17-18-betlar].
Fikrimizcha, mazkur tasniflashda xalqaro hujjatlarning maqomi ierarxik nuqtai

nazardan

o‘z

o‘rnini

topmagan. Zeroki,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat

notijorat

tashkilotlari

to‘g‘risida”gi

Qonunining 3-moddasida ushbu sohadagi xalqaro hujjatlar va

milliy qonunchilik hujjatlarining

o‘zaro

nisbati quyidagicha belgilangan:

“Agar

O‘zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari

to‘g‘risidagi

O‘zbekiston

Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan

boshqacha qoidalar belgilangan

bo‘lsa,

xalqaro shartnoma qoidalari

qo‘llaniladi.”.

Demak,

O‘zbekiston

Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarning

konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi qonunchilik tizimini yoki normativ-
huquqiy hujjatlar tizimini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:

Milliy qonunchilik tizimi:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan normalar;

2.

O‘zbekiston

Respublikasining qonunlarida belgilangan normalar:

a)

O‘zbekiston

Respublikasi kodekslarida belgilangan normalar;

b) umumiy qonunlar;
c) maxsus qonunlar.
3.

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

4.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va

farmoyishlari;

5.

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

6.

vazirliklar, davlat

qo‘mitalari

va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari;

7.

mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Xalqaro hujjatlar va xalqaro shartnoma qoidalari.
1.

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan normalar.

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining avvalgi tahririda jamoat

birlashmalarining konstitutsiyaviy asoslariga

e’tibor

qaratilgan

bo‘lsa,

hozirgi yangi

tahrirda qabul qilingan

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasida 69-modda fuqarolik

jamiyati institutlari, shu jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning

o‘zini

o

‘zi

boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

341

fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi bayon etilgan. Mazkur moddaning yangi
tahrirda bayon etilishi nodavlat notijorat tashkilotlarining konstitutsiyaviy
institutsiyalashuvini aniq belgilab

qo‘yi

lib, ularga fuqarolik jamiyatining muhim

institutlari sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi. Bundan tashqari, yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasimizning 30 [2, 3-bet], 39, 69, 70, 71, 72, 73, 74, 75-moddalarida davlat
organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan

o‘zaro

munosabatlarining umumiy va

rahbariy qoidalari belgilab quyilgan.

Xorijiy mamalakatlar konstitutsiyalarini qiyosiy-huquqiy tahlil qilganimizda

bunday holatga duch kelmaymiz.

Ya’ni

ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi

konstiutsiyaviy-huquqiy normalarni faqatgina bir yoki ikki moddada mustahkamlab

qo‘yilganining

guvohi

bo‘lamiz.

Xususan, Chexiya Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga

ko‘ra,

erkin

uyushish huquqi kafolatlanib, har kim boshqa shaxslar bilan birgalikda uyushmalar,
jamiyatlar va boshqa birlashmalarga birlashish huquqiga egaligi belgilab quyilgan [3, 60-
bet].

Germaniya Federativ Respublkasi Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, barcha

nemislar uyushma va jamiyatlar tuzish huquqiga ega

bo‘lib,

maqsadi va faoliyati jinoyat

qonunlariga qarshi chiqadigan yoxud konstitutsiyaviy tuzum yoki xalqning
hamjihatligiga qarshi

yo‘naltirilgan

birlashmalar taqiqlanishi mustahkamlangan [4,

st.582].

Yaponiya Konstitutsiyasining 21-moddasiga

ko‘ra,

yig‘ilish

va birlashish erkinligi

shuningdek,

so‘z,

nashr va barcha shakldagi fikr bildirish erkinligi kafolatlanadi deb

belgilangan [5, st. 361].

Shuningdek, Konstitutsiyada belgilangan nodavlat notijorat tashkilotlar

to‘g‘risidagi

normalar ularning huquqiy maqomi va faoliyatining konstitutsiyaviy

prinsiplarini belgilab bergan asos

bo‘ladi.

Ushbu prinsiplarning quyidagicha tavsiflash

mumkin:

- nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatining asoslaridan biri

hisoblanishi;

- nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati qonunga muvofiq amalga oshirilishi;

O‘zbekiston

Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda

ro‘yxatdan

o‘tkazilg

an

jamoat birlashmalarigina sifatida

e’tirof

etilishi;

- Konstitutsiyaviy tuzumni

zo‘rlik

bilan

o‘zgartirishni

maqsad qilib

qo‘yuvchi,

O‘zbekistonning

davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi

chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni

targ‘ib

qiluvchi,

fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining

sog‘lig‘iga,

ijtimoiy

axloqqa tajovuz qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning tuzilishi va faoliyati
taqiqlanishi;

- davlat nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga

rioya etilishini

ta’minlashi

va ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy

imkoniyatlar yaratib berishi;

- davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatiga aralashishiga

yo‘l

qo‘yilmasligi;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar

faoliyatiga aralashishiga

yo‘l

qo‘yilmasligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

342

- nodavlat notijorat tashkilotlarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini

ta’qiqlab

yoki

cheklab

qo‘yish

faqat sud qarori asosidagina amalga oshirilishi.

2.

O‘zbekiston

Respublikasining qonunlarida belgilangan normalar:

a)

O‘zbekiston

Respublikasi kodekslarida belgilangan normalar.

O‘zbekiston

Respublikasi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarni ikki guruhga

ajratilib, ularning bir guruhini notijorat tashkilotlar tashkil etadi. Bunda asosan, ushbu
guruhga fuqarolik-huquqiy munosabat

sub’ekti

sifatida baho beriladi. Ushbu kodeksning

74-75-moddalarida bu haqida bayon etilgan.

O‘zbekiston

Respublikasining Soliq kodeksida ham nodavlat notijorat tashkilotiga

ta’rif

berilib, ular soliq munosabatlarning

sub’ektlaridan

biri sifatida baho beriladi.

Mazkur kodeksning 58-moddasida bu haqida keltirilgan.

Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotilarini himoya qilishga qaratilgan

normalar

O‘zbekiston

Respublikasining

Ma’muriy

javobgarlik

to‘g‘risidagi

kodeksining

2021-, 239-, 2391-, 240-moddalarida

ma’muriy

huquqbuzarliklarga hamda

O‘zbekiston

Respublikasining Jinoyat kodeksining 79-, 144-, 175-, 213-, 214- moddalarida jinoiy
javobgarlik asoslari belgilangan.

b) umumiy qonunlar.

Nodavlat notijorat tashkilotlaring barcha shakllari uchun

umumiy qoidalarni belgilovchi bir qancha qonunlar mavjud.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlari

to‘g‘risida”gi

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari

to‘g‘risida”gi

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Homiylik

to‘g‘risida”gi

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Ishtimoiy

sheriklik

to‘g‘risida”gi

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Jamoatchilik

nazorati

to‘g‘risida”gi

Qonuni shular jumlasidandir.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlari

to‘g‘risida”gi

Qonuni

1999-yil 14-aprelda qabul qilingan

bo‘lib,

ushbu Qonun nodavlat notijorat tashkilotining

huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, uni tuzish tartibi, davlat

ro‘yxatidan

o‘tkazish

tartibi, faoliyatining iqtisodiy asoslari, faoliyatini

to‘xtatish

va tugatish, javobgarlik kabi

masalalarni tartibga soladi.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlari faoliyatining

kafolatlari

to‘g‘risida”gi

Qonuni 2007-yil 3-yanvarda qabul qilingan

bo‘lib,

ushbu Qonun

nodavlat notijorat tashkilot faoliyati kafolatlaring umumiy masalalari, ular faoliyatining
asosiy kafolatlari shakllari, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
ular faoliyatini davlat tomonidan

qo‘llab

-quvvatlash shakllari va javobgarlik borasidagi

huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Homiylik

to‘g‘risida”gi

Qonuni 2007-yil 2-mayda

qabul qilingan,

O‘zbekistonda

homiylik faoliyati va homiylarning huquqiy maqomi,

homiylik tashkilotlarini tashkil etish, faoliyat yuritishi,

to‘xtatish

va tugatishning huquqiy

asoslari, homiylikning amalga oshirilishida davlatning ishtirok etishi, xalqaro homiylik
faoliyati kabi masalalarni huquqiy tartibga soladi.

O‘zbekiston

Respublikasining

O‘zbekistonda

“Ishtimoiy

sheriklik

to‘g‘risida”gi

Qonuni 2014-yil 25-sentyabrda qabul qilingan, ijtimoiy sheriklik sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat

bo‘lib,

bugungi kundagi sotsial-iqtisodiy

rivojlantirishga doir dasturlarni amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda,
mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik
jamiyati institutlarining davlat organlari bilan

o‘zaro

munosabatlari chegaralarini aniq


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

343

belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bilan

bog‘liq

ijtimoiy

munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Jamoatchilik

nazorati

to‘g‘risida”gi

Qonuni 2018-yil

12-aprel davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil
etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

v) maxsus qonunlar.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining u yoki bu tashkiliy-

huquqiy shakllarini tartibga soluvchi bir guruh qonunlar mavjud. Ularni qabul qilingan
sanasi (xronologiya)

bo‘yicha

quyidagicha bayon etish mumkin. Jumladan,

O‘zbekiston

Respublikasining

“O‘zbekiston

Respublikasida jamoat birlashmalari

to‘g‘risida”gi

Qonuni

(1991-yil 15-fevral),

O‘zbekiston

Respublikasining

“Siyosiy

partiyalar

to‘g‘risida”gi

Qonuni (1996-yil 26-dekabr),

O‘zbekiston

Respublikasining

Jamoat fondlari

to‘g‘risida”gi

Qonuni (2003-yil 29-avgust),

O‘zbekiston

Respublikasining

“Siyosiy

partiyalarni moliyalashtirish

to‘g‘risida”gi

Qonuni (2004-yil 30-aprel),

O‘zbekiston

Respublikasining

“O‘zbekiston

Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

to‘g‘risida”gi

Qonuni(yangi tahriri, 2018-yil 9-iyul),

O‘zbekiston

Respublikasining

“Kasaba

uyushmalari

to‘g‘risida”gi

qonuni (yangi tahriri 2019 yil 6 dekabr),

O‘zbekiston

Respublikasining

“Vijdon

erkinligi va diniy tashkilotlar

to‘g‘risida”gi

Qonuni (yangi

tahriri, 2021-yil 5-iyul).

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari.

Mamlakatimizda

qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradigan

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi

nodavlat notijorat tashkilotlari sohasini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilish bilan
cheklanib qolmasdan, balki bu sohani davlat tomonidan

qo‘llab

quvvatlashga qaratilgan

bir qancha qarorlar va

qo‘shma

qarorlar qabul qilgan. Chunonchi,

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va

O‘zbekis

ton Respublikasi

Oliy Majlisi Senati Kengashining

“O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qo‘llab

-

quvvatlash jamoat fondi

to‘g‘risidagi

nizomga

qo‘shimcha

kiritish

haqida”

Qo‘shma

qarori

(2008-yil 30-sentyabr);

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

“O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining

qo‘shma

Qarorlarini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

Qarori (2008-yil 10-iyul);

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi Kengashining va

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining

“O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qo‘llab

-quvvatlash jamoat fondining

vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qo‘llab

-quvvatlash jamoat fondi

mablag‘larini

boshqarish

bo‘yicha

parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

Qo‘shma

qarori (2008-yil 10-iyul);

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi Kengashining va

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qo‘llab

-

quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi

Qo‘shma

qarori (2008-yil 3-iyul)

va boshq.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari.

Prezident tomonidan ham nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolar siyosiy faolligini,
huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, hamda milliy va demokratik qadriyatlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

344

mustahkamlash borasida olib borayotgan faoliyatini kengaytirish va zarur shart-
sharoitlar yaratib berish maqsadida bir qator qaror va farmonlari qabul qilinmoqda.
Jumladan,

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston

musulmonlari idorasi

huzurida muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya

jamg‘armasini

tashkil

qilish

to‘g‘risida”gi

Qarori (2008-yil 07-iyul);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“2008

-yilda Bolalar sportini rivojlantirish

jamg‘armasi

byudjetini va bolalar sport

ob’yektlari

qurilishining aniq manzilli Dasturini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

Qarori (2007-yil

12-dekabr);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“Kamolot”

yoshlar ijtimoiy

harakatini

qo‘llab

-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish

to‘g‘risida”gi

Qarori (2006-yil 10oktabr);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston

mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini

qo‘llab

-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish

to‘g‘risida”gi

Farmoni

(2005-yil 16-noyabr);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston

Savdo-

sanoat palatasini tashkil etish

to‘g‘risida”gi

Farmoni (2004-yil 07-iyun);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston

xotin-qizlar

qo‘mitasi

faoliyatini

qo‘llab

-

quvvatlash borasidagi

qo‘shimcha

chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

Farmoni (2004-yil 25-

may);

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“Fuqarolik

jamiyatini

o‘rganish

institutini

davlat tomonidan

qo‘llab

-quvvatlash

to‘g‘risida”gi

Farmoyishi (2003-yil 27-iyun) va

boshqalar.

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat sifatida qabul qilinayotgan qonunlar, Oliy
Majlis qarorlari, Prezident qaror va farmonlarini ijro etadi. Shuningdek, hukumat
nodavlat notijorat tashkilotlar sohasidagi qonun hujjatlari ijrosiga

ma’sul

bo‘lib,

bu

borada davlat siyosatini amalga oshirishda bir qancha qarorlar qabul qilmoqda.
Chunonchi,

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

“Nodavlat

notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan

qo‘llab

-quvvatlash tartibi

to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash

haqida”

2007-yil 28-apreldagi

86-son qarorini

o‘z

kuchini

yo‘qotgan

deb hisoblash

to‘g‘risida”gi

Qarori (2008-yil 12-

avgust);

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Siyosiy

partiyalarning

ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi

to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash

haqida”gi

Qarori (2005 yil 16 mart);

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

“O‘zbekiston

bolalar sportini rivojlantirish

jamg‘armasining

homiylik kengashi tarkibidagi

o‘zgarishlar

to‘g‘risida”gi

Qarori (2004-yil 27-avgust);

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Orolbo‘yi

genofon-dini muhofaza

qilish xayriya

jamg‘armasini

tashkil etish

to‘g‘risida”gi

Qarori (2004-yil 03-aprel) va

boshqalar.

Vazirliklar, davlat

qo‘mitalari

va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy

davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Ushbu davlat hokimiyati organlari

o‘z

vakolatlari doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari uchun majburiy

bo‘lgan

muayyan

normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishlari mumkin. Chunonchi,

O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirining

“Qarzdor

jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga

tenglashtirilgan boshqa

to‘lovlarni

to‘layotgan

tashkilotlar yoki boshqa shaxslar

tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish qoidalarini tasdiqlash

haqida”gi

buyrug‘i

(2009-yil

08-iyul) va boshqalar.

Xalqaro hujjatlar va xalqaro shartnoma qoidalari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

345

Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy asoslarini belgilashda

halqaro

hujjatlar

ham alohida

o‘rin

tutadi. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik

va siyosiy huquqlar

to‘g‘risidagi

xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar

to‘g‘risidagi

xalqaro paktga Fakultativ protokol, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar

to‘g‘risidagi

xalqaro pakt, Uyushish erkinligi va kasaba uyushmalariga uyushish huquqini himoya
qilish

to‘g‘risidagi

Konvensiyasi, Kasaba uyushmalariga uyushish va jamoa

muzokaralarini olib borish huquqi prinsiplarini

qo‘llash

to‘g‘risidagi

Konvensiyasi, Inson

huquqlari va asosiy erkinliklari

to‘g‘risidagi

Konvensiyasi (Inson huquqlari

bo‘yicha

Yevropa Konvensiyasi), Mustaqil Davlatlar

Hamdo‘stligining

inson huquqlari va asosiy

erkinliklari

to‘g‘ris

idagi Konvensiyasi, Bola huquqlari

to‘g‘risidagi

konvensiyasi,

Yevropada nohukumat tashkilotlari maqomining asosiy prinsiplari va tushuntirish xati
[6, 10-169-betlar] va boshq.

Shunday qilib, davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan

o‘zaro

munosabatlari bu huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga xizmat
qiladigan yoki

yo‘naltirilgan,

davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan, davlat organlari tomonidan nodavlat
notijorat tashkilotlarini moliyaviy

qo‘llab

-quvvatlash amalga oshiriladigan, nodavlat

notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish va davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda tijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali maqsadlarni amalga oshirish borasidagi
ijtimoiy sheriklikka asoslanadigan

O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi va

qonunlari, hamda qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadigan ikki va

ko‘p

tomonlanma munosabatlar tizimidir.

O‘zbekiston

Respublikasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari

bilan

o‘zaro

munosabatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini quyidagi ikki

guruhga ajratish mumkin:

a) Milliy qonunchilik tizimi:

1.

O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan normalar;

2.

O‘zbekiston

Respublikasining qonunlarida belgilangan normalar;

3.

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

4.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

5.

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

6. vazirliklar, davlat

qo‘mitalari

va idoralarining buyruqlar hamda qarolari;

7. mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

b) Xalqaro hujjatlar va xalqaro shartnoma qoidalari.

Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini

belgilovchi, ularning faoliyatini hamda davlat organlari bilan

o‘zaro

munosabatlarini

tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlarining

ko‘pligi

sababli ularni tizimlashtirish

zarurati mavjud. Shunga

ko‘ra,

O‘zbekiston

Respublikasining Nodavlat notijorat

tashkilotlari

to‘g‘risidagi

kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish taklif etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

1.

D.R.Xolmanova O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarining

jamoat birlashmalari tizimidagi o‘rni.: Yuridik fanlar nomzodi ... dissertatsiya. –

Toshkent,

2012.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

346

2.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy

hujjatlar to‘plami. –

Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008.

3.

Chexiya Respublikasi Konstitutsiyasi / Ma’sul muharrir A.X.Saidov. –

Toshkent:

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respubli

kasi Milliy Markazi, 2012.

4.

Конституции государств Европы: В 3 т. Т.1 / Под общей редакцией и со

вступителной статей директора Института законодателства и сравнителного
правоведения при Правителство Российской Федерации Л.А.Окунзкова. –

Москва:

Издателство Норма, 2001. –

С.582.

5.

Конституции мира: Сборник конституций государств мира Т.6 / Сосг. и

авторы вступ. статей У.Таджиханов, А.Х.Саидов –

Ташкент: Академия МВД

Республики Узбекистан, 1998. –

С.361.

6.

Notijorat huquq bo‘yicha xrestomatiya / Tuzuvchilar: As’yanov Sh., Abdulin M. –

Toshkent, 2009.

Библиографические ссылки

D.R.Xolmanova O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoat birlashmalari tizimidagi o‘rni.: Yuridik fanlar nomzodi ... dissertatsiya. – Toshkent, 2012.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2008.

Chexiya Respublikasi Konstitutsiyasi / Ma’sul muharrir A.X.Saidov. – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2012.

Конституции государств Европы: В 3 т. Т.1 / Под общей редакцией и со вступителной статей директора Института законодателства и сравнителного правоведения при Правителство Российской Федерации Л.А.Окунзкова. – Москва: Издателство Норма, 2001. – С.582.

Конституции мира: Сборник конституций государств мира Т.6 / Сосг. и авторы вступ. статей У.Таджиханов, А.Х.Саидов – Ташкент: Академия МВД Республики Узбекистан, 1998. – С.361.

Notijorat huquq bo‘yicha xrestomatiya / Tuzuvchilar: As’yanov Sh., Abdulin M. – Toshkent, 2009.