Обучение как объект педагогического и психологического исследования | Общество и инновации

Обучение как объект педагогического и психологического исследования

ВАК
elibrary
inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
  • Доцент, кандидат педагогических наук, кафедра педагогики и психологии, Андижанский государственный педагогический институт
CC BY f
70-79
0
Поделиться
Негматова , А. . (2024). Обучение как объект педагогического и психологического исследования. Общество и инновации, 5(1), 70–79. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp70-79
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье были изучены и компаративно проанализированы научные знания о том, как процесс обучения происходит в сознании личности, накопленный опыт и процесс его освещения в педагогико-психологической литературе, а также научные соображения. С точки зрения стратегии обучения были сделаны необходимые выводы и даны рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Learning as an object of pedagogical and psychological
research

Aropat NEGMATOVA

1


Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

The article examined and comparatively analyzed scientific

knowledge about how the learning process occurs in the mind

of an individual, the accumulated experience and the process of
its coverage in pedagogical and psychological literature, as well

as scientific considerations. From the point of view of teaching
strategy, the necessary conclusions were drawn and
recommendations were made.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp70-79

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

educational activity,

learning ability,

learning style,

interest in learning,

types of learning,

motives for learning.

O

rganish pedagogik va psixologik tadqiqotlarning

ob’yekti sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

o‘rganish faoliyati,

o‘rganish qobiliyati,

o‘rganish uslubi,

o‘rganishga qiziqish,

o‘rganish turlari,

o‘rganish motivlari.

Ushbu maqolada shaxs ongida o‘rganish jarayoni qanday

kechishi haqidagi ilmiy bilimlar, to‘plangan tajribalar va

ularning pedagogik-psixologik adabiyotlarda yoritilish jarayoni

hamda ilmiy mulohazalar o’rganilib, tahlil qilingan.

1

Docent, Candidate of Pedagogical Sciences, Department of Pedagogy and Psychology. Andijan State Pedagogical

Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

71

Обучение как объект педагогического и психологического

исследования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

учебная деятельность,

обучаемость,

стиль обучения,

интерес к учению,

виды обучения,

мотивы обучения.

В

статье

были

изучены

и

компаративно

проанализированы научные знания о том, как процесс

обучения происходит в сознании личности, накопленный

опыт

и

процесс

его

освещения

в

педагогико

-

психологической

литературе,

а

также

научные

соображения. С точки зрения стратегии обучения были

сделаны необходимые выводы и даны рекомендации.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda o‘rganish strategiyasini

rivojlantirish muammosini hal qilishning ikki usuli mavjud: kompleks va intensiv [1].

Ularning ikkalasi ham bilimli, axloqli, ijtimoiy faol, qobiliyatli shaxsni tarbiyalashni

maqsad qiladi. Biroq, maqsadga erishishning yondashuvlari turlicha. O‘rganish

strategiyasini rivojlantirishga doir muammolarni hal qilishda kompleks usulda ta’lim

oluvchilarga yetkazilgan bilim hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Intensiv usul esa

sub’yektiv, shaxsiy manfaatdorlik pozitsiyasini shakllantirishga asoslanadi va bu ta’lim

dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni hamda o‘qitish uslublarini intensivlashtirishni

(rivojlanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) nazarda tutadi.

O‘rganish strategiyasini rivojlantirish muammosining yana bir dolzarbligi

shundaki, insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasi faqat uning faoliyati va faolligi

tufayli amalga oshadi, bu esa o‘z navbatida shaxsda mustaqillik va tashabbuskorlikni

rivojlantirishga yordam beradi. O‘rganish strategiyasi ta’lim oluvchining faolligini, uning

bilimga bo‘lgan ishtiyoqini, noma’lumdan ma’lumni aniqlashga bo‘lgan harakatini

ta’minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda “o‘rganish” tushunchasi turli talqinlarda ifoda etiladi.

O‘rganish ta’lim oluvchining mustaqil faoliyatga intilishini anglatadi, ijtimoiy tajribani,

insoniyat tomonidan to‘plangan faoliyat usullarini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi [2].

O‘rganish strategiyasini rivojlantirish muammosi pedagogika, pedagogik

psixologiya, kognitiv psixologiya fanlarining yildan-yilga ahamiyati va dolzarbligi ortib

borayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning dunyoni ilmiy

tushunishi, shaxs sifatida faolligi va faoliyati o‘rganish jarayonlari orqali amalga oshadi.

O‘rganish

ta’lim

oluvchilarning

aqliy

qobiliyatlarini,

fazilatlarini,

ularning

tashabbuskorligi va individualligining ajralmas qismidir. O‘rganish strategiyasini

rivojlantirish mazmunini aniqlash avvalambor “o‘rganish faoliyati”, “o‘rganish qobiliyati”,

“o‘rganish uslubi”, “o‘rganishga qiziqish”, “o‘rganish motiv”, “o‘rganish strategiyasining

rivojlanganligi” hamda “o‘rganish turlari” kabi tayanch tushunchalarni tahlil qilish

zaruratini tug‘diradi. Bu borada quyida batafsil to‘xtalib o‘tiladi:

o‘rganish faoliyati.

O‘rganish shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilati bo‘lib,

shaxsning turli faoliyat turlari negizida shakllanadi. Shaxs faoliyat jarayonida shakllanadi

va rivojlanadi, shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatiga qarab, faoliyat turli darajaga,

turlicha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Faoliyat –

bu shaxsning o‘ziga xos xususiyati

bo‘lib, u shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi: tayyorlik holati,

mustaqil faoliyatga intilish, uni amalga oshirish sifati, maqsadga erishishning maqbul

usullarini tanlash. O‘rganish faoliyati shaxsning yangi bilim, ko‘nikma, ichki qat’iyat va

ma’lum bilimlarni to‘plash, kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish

zaruriyatiga bo‘lgan qiziqishini aks ettiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

72

O‘rganish faoliyatini rivojlantirish muammosi o‘qituvchilar va psixologlarning turli

xil asarlarida ko‘rib chiqilgan. Y.A.

Komenskiy, K.D. Ushinskiy, D. Lok, Jan-Jak Russo [3]

o‘rganishni shaxsning o‘rganishga bo‘lgan tabiiy istagi sifatida belgilagan. M.A.

Xolodnaya,

T.M. Golovastikova, S.M. Vishnyakova, G.I.

Shukina [4] va boshqalar o‘rganish faoliyatning

xususiyatlarini va uni shaxsda qanday faollashtirishni tadqiq etganlar.

“O‘rganish faoliyati”ga doir tadqiqotlarda uning “pedagogik hodisa” yoki “ikki

tomonlama o‘zaro bog‘liq jarayon” kabi tavsiflari mavjud. “O‘rganish faoliyati”ni

sub’yektiv va ob’yektiv jihatdan ko‘rib chiqish mumkin. Sub’yektiv jihatdan qaraganda,

ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘rganish faoliyatini tashkil etishdagi alohida

pedagogik faoliyatlarning natijasi sifatida qaraladi. Ob’yektiv jihatdan qaraganda, ta’lim

oluvchining o‘zi tashkil etgan, atrof

-

olamni, o‘zini va o‘zgalarni anglash jarayonidir. Ikkala

jihat ham tadqiqotimiz maqsadi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga, bir-birini

to‘ldiruvchi, qo‘llab

-quvvatlovchi xususiyatga ega. Didaktik materiallar ishlab chiqishda

ham mazkur jihatni hisobga olish katta ahamiyatga ega.

Bizningcha, ta’lim beruvchining faoliyati (sub’yektiv) ta’lim oluvchining mustaqil

o‘rganish faoliyatidan (ob’yektiv) o‘z

-

o‘zini shakllantirish, ma’lum tamoyillarga

ustuvorlik berishlik jarayoniga o‘tkazishga qaratilishi lozim. Bu esa didaktik materiallar

ishlab chiqishda ta’lim oluvchilarni nafaqat o‘quv mashg‘ulotida biror bir o‘rganish

faoliyatiga yo‘naltirish, balki o‘quv mashg‘ulotlardan tashqarida ham izlanuvchanligi,

qiziquvchanligi, ijodkorligini faollashtirishni hisobga olishni taqozo etadi. Ko‘plab

pedagogik-

psixologik tadqiqotlarda o‘rganish faoliyatining birinchi jihatiga e’tibor

qaratilgan. O‘tgan asrning 50–

70-yillardagi psixologik-pedagogik tadqiqotlarda

“o‘rganish faoliyati” ta’lim oluvchining pozitsiyasi sifatida tavsiflanadi.

Pedagog va psixolog olim L.V.

Zankov[5] esa o‘rganish faoliyatni ta’lim oluvchining

ijodkorligi kontekstida ko‘rib chiqqan. Ta’lim oluvchining o‘rganish strategiyasining

rivojlanishi didaktik o‘quv materiallarining tatbiq etish sur’ati, nazariy va amaliy bilimlar

miqdoriy ulushining ortishi, o‘quv materiallarini osonlashtirish yoki qiyinlashtirish,

ta’lim oluvchining monoton takrorlashi hisobiga amalga oshmaydi. Ta’lim oluvchida

o‘rganish strategiyasini rivojlanishi ularning tafakkurini rivojlantirishga qaratilishi, o‘quv

materiallarini chuqurlashtirish va mazmundagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash,

o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan unda ijobiy munosabatni, qiziqishni shakllantira

olganda samarali bo‘ladi.

E.V. Korotaeva va A.N.

Nefedovalar o‘z izlanishlarida “o‘rganish” tushunchasi boshqa

tushunchalar bilan mazmunan bir xil ma’noda ishlatilishiga e’tibor qaratib, bu tushunchaning

“faollik”, “faollashtirish”, “o‘rganish jarayoniga munosabat” kabi tavsiflanayotganiga e’tibor

qaratadi. Pedagogik nuqtai nazardan olib qaraganda, ta’lim

-

tarbiya jarayonida ta’lim

oluvchining o‘rganish faoliyatini qanday faollashtirish va rivojlantirish tushuniladi [6].

G.I.

Shukina [7] o‘rganish faoliyatini ta’lim oluvchining “o‘ziga xos holatini va uning

faoliyatga bo‘lgan munosabatini” ifodalashini ta’kidlab, “doimiy ravishda o‘quv

jarayonlarida shakllanib boruvchi shaxsiy ta’lim” ekanligiga urg‘u beradi. O‘rganish

faoliyatining manbai o‘rganishga qiziqish hisoblanadi. Qiziqish –

shaxsning biror narsaga

faol hissiy-

aqliy munosabati bo‘lib, u shaxsning barcha psixik jarayonlarini faollashtiradi

va doimiy izlanishga undaydi. O‘rganish faoliyatining o‘ziga xos jihatlari quyidagilar:

faoliyatga o‘z

-

o‘zidan qo‘shilish, izlanish xarakteriga egaligi, faoliyat mazmuni va

usullarini tashabbuskorlik orqali tanlash, faollikni keltirib chiqaruvchi sharoitlarni erkin

tanlash, o‘rganish faoliyatiga tayyorlik. Bular shaxsning atrof

-muhit va dunyoni bilish,

tadqiq qilishga bo‘lgan faollikni belgilab beruvchi o‘rganishga qiziqishiga asoslanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

73

F.I.

Xarlamov [8] esa o‘z tadqiqotida o‘rganish

faoliyatiga ta’rif berib, ta’lim

oluvchining “atrof olamni intensiv ravishda tahlil qilish va sintez qilish faoliyati va ilmiy

bilim tizimlarini egallab borishi ekanligiga urg‘u beradi. Bu xususidagi fikrlarini davom

ettirib, ta’lim oluvchining “bilim olishga intilishi uning aqliy mehnati hisoblanib, bu

bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy amalga oshiriladigan faol harakat”, deb

izohlagan. Ta’lim beruvchining fan mazmunini yetkazishda ta’lim oluvchilarni mantiqiy

va izchillikni tushunishga yo‘naltirish, ularni faollashtirish, asosiy va muhim

tushunchalarni ajratish, alohida ta’kidlash katta rol o‘ynaydi. Ta’lim oluvchilarda

mashg‘ulot mavzusiga doir savollarni shakllantirishga undash, ulardagi bilimlarning

“mavjud holati“ni aniqlashga hamda qiziqish sohalarini belgilab olishga yordam beradi.

Ta’lim beruvchining fan mazmunini professional ravishda taqdim qila olishi, ta’lim

oluvchilarni qiziqtira olishi katta rol o‘ynasa, o‘quv materiallari, metodlar va topshiriqlar

ta’lim oluvchining o‘rganish faolligini

oshirishga turtki beruvchi jihatlar hisoblanadi.

O‘rganish qobiliyati.

Ilmiy manbalarda o‘rganish faoliyati bilan bir qatorda

o‘rganish qobiliyati iborasi ham keng qo‘llaniladi. O‘rganish

qobiliyati ta’lim oluvchining

asosiy faoliyati bo‘lib, u ta’lim oluvchining intellektual rivojlanishi, uning atrofidagi

dunyo haqidagi bilimlarini aniqlashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Qobiliyatlar

bu

insonning individual psixologik o‘ziga xosligi bo‘lib, ilmiy, amaliy va ijodiy faoliyatida

namoyon bo‘lishini hamda uni amalga oshirish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pedagogika

va psixologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichida o‘rganish

qobiliyati shaxsning

intellektual va hissiy qobiliyatlarining kombinatsiyasi sifatida tushuniladi. O‘rganish

qobiliyati har qanday bilim faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ya’ni o‘rganish

qobiliyati atrof-

olamni, dunyoni bilishga qaratilgan, sharoit va omillar ta’siri ostida

rivojlanayotgan insonning individual xususiyatidir.

Gardner[9]

o‘rganish qobiliyati tushunchasini fanlararo tadqiqotlardan

foydalangan holda quyidagicha 7 guruhga ajratadi:

1-jadval

Gardner bo‘yicha o‘rganish qobiliyati turlari

O‘rganish qobiliyati

Tavsifi

1.

Mantiqiy-matematik qobiliyat

(logical-mathematical)

Muammo, vaziyat va vazifalar yechimini topishda deduktiv

va mantiqan o‘ylash qobiliyati bo‘lib, mazkur qobiliyat ilmiy va

matematik tafakkur bilan bog‘liq.

2.

Lingvistik qobiliyat

(linguistic)

Tilning

barcha

imkoniyatlaridan

samarali

hamda

kommunikatsiya vositasi sifatida foydalanishni nazarda tutadi.

3.

Vizual-fazoviy fikrlash qobiliyat

(visual/spatial)

Muammolarni yechish uchun aqliy tasvirlarni yaratish

qobiliyati.

Mazkur

qobiliyat

vizual

sohalar

bilan

chegaralanmagan. Ko‘zi ojiz bolalarda ham mazkur qobiliyat

mavjud.

4.

Musiqiy qobiliyat

(musical

intelligences)

Musiqiy tovushlar, ritmlar va ohanglarni tanish qobiliyatini

o‘z ichiga oladi

.

5.

Jismoniy-kinestetik qobiliyat

(bodily-kinesthetic)

Jismoniy harakatlarni aqliy qobiliyat orqali moslashtirish

bo‘lib, mazkur qobiliyat aqliy va jismoniy faoliyat o‘zaro

bog‘lanmagan degan fikrni inkor qiladi.

6.

Shaxsiy qobiliyatlar

(individual)

O‘zi va o‘zgalar his

-

tuyg‘ulari, istaklari, maqsadlarini

anglashi va baholashi hamda turli xususiyatlarni (yosh, millat,

jins…) hisobga olishi tushuniladi.

7.

Tabiatni anglash qobiliyati

(naturalistic)

Atrof-olamni, tabiat mavjudotlarni tanish, tabiiy dunyoning

xususiyatlarini sezish va anglash qobiliyati.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

74

Garchi yuqorida keltirilgan qobiliyatlar mazmun va mohiyatan bir-biridan

ajratilgan bo‘lsa ham, Gardnerning ta’kidlashicha, ular kamdan

-kam holatda alohida

kuzatiladi. Shaxsning rivojlanish jarayonida bir vaqtni o‘zida bir qancha kognitiv
qobiliyatlar birgalikda qo‘llanilishi kuzatiladi.

O‘rganish uslubi.

“O‘rganish uslubi“ tushunchasi psixologik adabiyotlarda ingliz

tilidan (

learning style

) kirib kelgan bo‘lib, “bilish uslubi” degan ma’noni anglatadi. Biroq

“o‘rganish” va “kognitiv” tushunchalari sinonim emas. “O‘rganish” –

ob’yektiv voqelikni

ongda aks ettirish jarayoniga tegishli bo‘lib, u sensor, perseptiv, mnemonik, fikrlash

shaklidagi bilish obrazlaridir. “Kognitiv” tushunchasi turli darajadagi bilish obrazlarining

shakllanishida ishtirok etadigan, axborotlarni qayta ishlashning psixologik mexanizmiga

taalluqli [10].

Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchilarga ta’lim beruvchi tomonidan bir xil mazmun

yetkaziladi. Lekin ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari va o‘rganish faoliyati har xil.
O‘rganish uslubi tushunchasi shaxs psixologiyasi va bilish psixologiyasining chegarasida

shakllangan. Uslub so‘zining qo‘shilishi bilan u o‘ziga xos tusga ega bo‘ladi. Shaxs
psixologiyasida uslubni individuallik namoyon bo‘lishining eng yuqori darajasi sifatida

ta’riflansa, o‘rganish psixologiyasida esa intellektual faoliyatning rasmiy tabiatiga ega
ekanligini ta’kidlagan holda, uning psixik taraqqiyoti past yoki yuqori darajasiga aloqador

emasligi e’tirof etiladi [11].

Kognitiv psixologiya o‘rganish jarayonlarini

hissiyotdan tortib to anglash, e’tibor,

ong, o‘rganish, xotira, konsept yaratish, fikrlash, fikrlash kuchi, tasavvur qilish, eslash, til,
hissiyotlar va rivojlanish jarayoni hamda harakatlarning barcha mumkin bo‘lgan

sohalarini o‘z ichiga oladi.

O‘rganishga qiziqish.

Shaxsning o‘rganishga qiziqishi dunyo, atrof

-muhit bilan

bog‘liq mavzular hisoblanadi. O‘quv materialining mazmunini chuqur o‘ylagan holda
tanlash, ilmiy bilimlarga xos tushunchalarni singdirish o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni

shakllantiradi. T.M.Golovastikova

ning [12] ta’kidlashicha, birinchi navbatda bunday

o‘quv materiallari ta’lim oluvchida qiziqish uyg‘otadi va mustahkamlaydi, ularni

noma’lum narsalar hayratga soladi, tasavvurini kengaytiradi. Ajablanish holati idrok
qilish uchun rag‘batning asosiy elementidir. Ta’lim oluvchining ajablanish holati yangi

narsalarni o‘rganishga intilish, yangi narsalarni kutish holatidir.

Fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini har doim ham o‘rganishga qiziqishni orttiruvchi

ma’lumotlar, topshiriqlar bilan boyitish imkoniyati bo‘lmaydi. Mashg‘ulot qiziqarli
bo‘lishi uchun qisman yangi va qisman ta’lim oluvchilar uchun tanish ma’lumotlarni o‘z

ichiga olishi kerak. Yangi ma’lumotlar tanish bo‘lgan ma’lumotlar fonida paydo bo‘ladi.
Shuning uchun o‘rganishga qiziqishning doimiyligini saqlab qolish uchun ta’lim

oluvchilarga tanish bo‘lgan ma’lumotlar orqali yangi ma’lumotlarni qidirish qobiliyatiga
qaratish lozim. Bunda ta’lim oluvchi o‘rganayotgan nazariy ma’lumotlarning qanday

vaziyatlarda qo‘llay olishi, darsdan tashqari vaqtda

ham o‘rganish imkoniyati borligini

tushunib yetishga olib keladi. Yangi ma’lumotlar avvaldan tanish bo‘lgan ma’lumotlar

takrorlanishi, boshqa jihatlarining bayon qilinishi bilan o‘rganishga qiziqishni orttiradi.
Shuningdek, ta’lim oluvchilarning kundalik

-amaliy faoliyati, kuzatishi natijalari,

qarashlarini hisobga olish muhim hisoblanadi.

O‘rganish motivi

.

A.K.

Markova [13] o‘rganish faoliyatining natijadorligi o‘rganish

motivlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi. O‘rganish motivlari

uch turga bo‘linadi: keng

o‘rganish motivlari (yangi bilimlar, dalillar, hodisa va vaziyatlar), metodik jihatdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

75

o‘rganish motivlari (bilimlarni egallash usullari, o‘zlashtirishga yo‘nalganlik) va o‘z

-

o‘zini

rivojlantirish motivlari (qo‘shimcha bilim olishga, o‘z

-

o‘zini mustaqil takomillashtirishga

yo‘naltirilgan).

M.D. Vinogradov va I.B.

Pervin [14] ta’lim oluvchilarda o‘rganishga faollikni

rivojlantirishda jamoaviy o‘rganish faoliyati muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tganlar. Bu
orqali ta’lim oluvchilarda ijodkorlik, kreativlik, tasavvur va mustaqillik rag‘batlantiriladi.

Ta’lim oluvchilarni jamoada ishlashga o‘rgatish orqali muloqot qila olish, boshqalarni fikrini
sabr va hurmat bilan tinglash, konstruktiv fikr bildirish qobiliyati rivojlanadi. O‘quv

guruhlarida o‘zaro hurmat, e’tiborlilik, yangi bilimlarni o‘rganishga ijobiy munosabatni
shakllantirish va individual qiziqishni hurmat qilishga o‘rgatish jamoaviy o‘rganish

faoliyatning muhim komponentlari hisoblanadi. Jamoaviy o‘rganish faoliyati ta’lim

oluvchilarni kollaborativ kompetensiyalarini rivojlantirishning ustuvor jihati hisoblanadi.

Ayrim pedagogik tadqiqotlarda [15] barcha o‘rganish usullari ham rivojlantiruvchi

xususiyatga ega emasligi ta’kidlanadi. O‘rganish faoliyati ta’lim oluvchi tomonidan faqat

o‘z

-

o‘zini faollikka unday olgandagina amalga oshiriladi. O‘rganish faoliyati

o‘rganilayotgan bilimga bo‘lgan munosabat, ya’ni sub’yektiv pozitsiya bilan belgilanadi.

Ta’lim oluvchilar faqat o‘rganish ob’yekti emas, balki o‘rganish sub’yekti hamdir. Ta’lim
oluvchi ta’lim beruvchining nafaqat talablarini bajaradi, balki o‘zining shaxsiy tajribasi,

aqliy rivojlanish darajasiga monand ravishda ichki moslashtirishni amalga oshiradi, yangi

bilimlarni faol o‘zlashtiradi va qayta ishlaydi [16].

O‘rganish faoliyatning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqotlar qilgan T.I.Shamova:

“Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning nafaqat faollik holati, balki bu holatning sifati

muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim oluvchilarning ta’lim mazmuniga, faoliyat
xarakteriga bo‘lgan munosabati va intilishi bilan namoyon bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar

o‘zlarining irodaviy sa’y

-

harakatlari bilan o‘rganish maqsadlariga erishish uchun jalb

etiladi

[17], deb ta’kidlab o‘tgan. Bu orqali o‘rganish faoliyatning ikki jihati alohida

ta’kidlab o‘tilganligini ko‘rishimiz mumkin:

1.

O‘rganish faoliyatning psixologik jihatlari (faoliyat holati, ushbu faoliyatning sifati).

2.

O‘rganish faoliyatining ijtimoiy jihatlari (ta’lim oluvchining shaxsiyati, uning

faoliyat mazmuni va tabiatiga munosabati) ham aks ettiradi.

Bu ikki jihat orqali o‘rganish faoliyatini faollashtiruvchi vositalarni aniqlashtirish

imkoniyati mavjud bo‘ladi: qiziqish, motivatsiya, irodaviy fazilatlar (o‘z axloqiy va

irodaviy sa’y

-

harakatlarini safarbar qilish istagi) va ushbu sa’y

-

harakatlarni qo‘llashning

o‘ziga xos manzili (ta’limdagi muvaffaqiyat, kognitiv mustaqillik) hamda maqsadi.

Ta’lim beruvchi fan mazmunini tushuntirishda ta’lim oluvchilardagi mavjud

bilimlarning holatiga va tayanch tushunchalarni ajratib, alohida tushuntirishga

asoslanadi. Pedagogik voqelik shuni ko‘rsatdiki, agar ta’lim oluvchilar kognitiv jihatdan
faol bo‘lsa, o‘quv jarayoni samarali, tashkiliy jihatdan murakkablik tug‘dirmaydi. Bu

pedagogik nazariyada “ta’lim oluvchilarning bilim olishdagi faolligi va mustaqilligi”
tamoyili sifatida qayd etilgan. Ta’lim oluvchilarning mustaqilligi ularning “alohida

xususiyati, layoqati, faolligi, e’tiborini jamlashga qobiliyatliligi, qo‘yilgan maqsadga
erishish uchun bor kuchini jalb etishi” kabilarda [18] namoyon bo‘ladi.

O‘rganish faoliyati talabalarni yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga

qiziqishi, uning maqsadga muvofiqligini anglashi, bilimlar hajmining ortib borishi, bu

orqali turli o‘rganish strategiyalarini egallab borishga bo‘lgan doimiy ehtiyojni aks

ettiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

76

Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘rganish faoliyatni yosh xususiyatlari

darajasida shakllantirish muammosi o‘rganish faoliyati

motivatsiyasi va qiziqishlarni

shakllantirish usullari tadqiqi bilan uzviy bog‘liq. O‘rganish faoliyatini talabalarning

barcha rivojlanish sohalari namoyon bo‘lishi sifatida ko‘rish mumkin. Bu yangi bilimlarga

qiziqish, muvaffaqiyatga intilish, o‘rganishning hissiyotga ijobiy ta’siri, shaxsiy “men”ning

e’tirof etilishi, turli muammoli vaziyatlarni hal qilishga bo‘lgan ishonchni rivojlanishi,

murakkablashib borayotgan mavzularni o‘rganishda unga qadar o‘rganganlaridan

faxrlanish tuyg‘usi va boshqalarda o‘z ifodasini topadi.

Talabalarning o‘rganish faolligini oshirishning samarali usullarini izlash pedagogik

amaliyotning dolzarbligini yo‘qotmagan masalalaridan biridir. Talabalarni kasbiy

-pedagogik

faoliyatga tayyorlashda ularni yangi pozitsiyaga, jamiyatda yangi mavqega ega bo‘lishga,

o‘qib

-

o‘rganishga tayyorgarligi, motivatsiyasi muhim motivlardir. Albatta bu tashqi motivlar

hisoblanadi va bu motivlarning o‘zi uzoq vaqt davomida saqlanib qolmaydi. Shuning uchun,

oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonidagi motivlarni uyg‘otish lozim bo‘ladi. Talabalarni

o‘rganishga qiziqishini orttirish, o‘rganishga faol munosabatni rivojlantirish –

o‘quv

jarayonida sodir bo‘ladi. Talabalarning o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga mos keluvchi

mashg‘ulotlar qiziqishning mustahkamlanishiga olib keladi. Fundamental tadqiqotlar, turli

eksperimentlar, muammoli vaziyatlar, loyihalar talabalar o‘rganish

faoliyatini shakllantirish

jarayonini ochib beradi. Faol o‘rganish, o‘rganish

faoliyatning mazmun va mohiyati

talabalrni o‘rganishga strategik yondashishga undaydi hamda tashabbuskorlik, mantiqiy

fikrlashini rivojlantiradi.

O‘rganish faoliyati murakkab psixologik

-pedagogik hodisadir. S.M. Vishnyakov [19]

ning fikriga ko‘ra, o‘rganish faolligi –

ta’lim oluvchi o‘quv faoliyatining sifati, uning ta’lim

mazmuni va jarayoniga bo‘lgan munosabati, bilim va ko‘nikmalarni samarali

o‘zlashtirishga intilishi, maqsadlarga erishish uchun ma’naviy va irodaviy sa’y

-

harakatlarni safarbar etishi hamda estetik zavq olish qobiliyatidir.

L.L.

Timofeeva [20] o‘quv materiallaridagi barcha ma’lumotlar ta’lim oluvchilar

uchun qiziqarli bo‘lmasligi mumkin, lekin professional yondashuv vositasida ularning

o‘rganish faolligini oshirib, o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish

mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Ta’lim oluvchilarda o‘rganish istagini uyg‘otish uchun

ularni o‘rganish faoliyati bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish kerak.

O‘rganish strategiyasining rivojlanganligi

.

Ta’lim oluvchida o‘rganish

strategiyasining rivojlanganligi nafaqat o‘quv mashg‘ulotida, balki sub’yektiv tajribaga

asoslangan mustaqil faoliyatda ham namoyon bo‘ladi. Bu nafaqat o‘quv

-

me’yoriy

hujjatlarda belgilangan mazmunni o‘zlashtirishga, balki ob’yektiv va ijtimoiy

qadriyatlarda, o‘rgangan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash va munosabatlarini

ifodalashda hamda tarbiyaviy muloqotda namoyon bo‘ladi. Ta’lim beruvchi va ta’lim

oluvchi o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz muloqot ta’lim beruvchining monologiga aylanib

ketadi. Bu esa ta’lim oluvchining zerikishiga, o‘rganish jarayonidan begonalashishiga olib

keladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘rganishning rivojlanganligi doimiy

muloqotga asoslanadi.

Bizning fikrimizcha, “o‘rganish faoliyati” va “aqliy faoliyat” tushunchalarini ajratish

lozim bo‘ladi. Aqliy faoliyat aqliy operatsiyalarni, bilishning ma’lum darajasini tavsiflaydi

va bu o‘rganish faoliyatning natijasidir. Shuningdek, “bilish faoliyati” ham mavjud bo‘lib,

bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini o‘z ichiga oladi.

O‘rganish faoliyatining yangi, mukammal turlarini o‘zlashtirish o‘rganish

qiziqishini orttiradi. Muammoli ta’lim aynan shu maqsadda qo‘llaniladi. Talabalarda

o‘rganish faoliyatini faollashtirishda muammoli vaziyatlarni yaratish, kognitiv


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

77

qiziqishlarni orttirish, ijodkorlik, modellashtirish orqali ularning fikrlashi intensivlashadi.

Muammoli ta’lim qarama

-

qarshiliklar, kutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olib, faqat

yodlash uchun mos bo‘lgan tayyor dalil va xulosalarni emas, balki turli muammoni

atroflicha o‘rganish, yechim topish uchun variantlar ishlab chiqish, o‘z reja va qarorlarini

qabul qilish, baho berish, muhokama qilish, hamkorlik qilish orqali dalil hamda

xulosalarga erishishni ta’minlaydi.

Talabalarda o‘rganish faolligini rivojlantirishda o‘quv mashg‘ulotlaridagi

muvaffaqiyatli vaziyatlar katta ahamiyatga ega. Talabalar muvaffaqiyatga erishganda

rag‘batlantirilsa va e’tirof etilsa o‘zi uchun rivojlanish yo‘nalishini belgilab oladi, hissiy

-

emotsional jihatdan o‘ziga ishonchni yuksaltiradi, “ijobiy energiya resursi”ni ko‘paytiradi.

O‘rganishning turlari.

O‘rganish bosqichlari va o‘rganilayotgan fan

mazmuniga

asosan o‘rganish turlari qo‘llaniladi. Agar biror fanning asoslari yoki xorijiy tilda yangi

so‘zlar o‘rganilayotgan bo‘lsa o‘rganish faqat dalillarga asoslanadi va avvalgi bilimlarga
bog’lash imkonsiz hisoblanadi. Mazmuni talabalarga qisman ma’lum bo‘lgan fanni

o‘rganishda oldindan tanish bo‘lgan bilimlarni faollashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shu jihatdan olib qaraganda o‘rganish amaliy, mavjud bilimlarga bog’langan holda hamda

rivojlantiruvchi turlarga bo‘linadi [21]. O‘rganish mavjud bilimlarga bog’lagan holdagina

samarali hisoblanadi.

O‘rganishning uch xil turi mavjud [22]:

Dalillarga asoslangan o‘rganish

(surface approach): Mazkur o‘ranish bir

-biriga

bog'liq bo‘lmagan dalillarni yodlash, tafsilotlarni shakllantirishga ustuvorlik beradi.

Fanning qismlariga doir mavzular alohida tahlil qilinadi, avvalgi mavzular takrorlanadi.

Bu o‘rganish turi fan mazmunini o‘zgartirmagan holda mazmunni yetkazish bilan

tavsiflanadi.

Tajribalarga yo‘naltirilgan o‘rganish

(elaborative approach): Fan mazmuni

mavzu kontekstidan kelib chiqqan holda talabalarning qiziqishlari va tajribalariga

asoslangan holda, mavzu xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy qo‘llash orqali
o‘rganiladi. Bu orqali bir mavzu doirasidagi nazariyalar, dalillar va gipotezalar

aniqlashtiriladi. Shuningdek, mavzu doirasidan chiqqan holda kundalik-amaliy faoliyat

bilan ham bog’lagan holda o‘rganishni ham qamrab oladi.

B

arqaror tushunishga yo‘naltirilgan o‘rganish

(deep approach): Bu o‘rganish turi

talabalarning biror mavzuni “atroflicha va chuqur” o‘rganishini tavsiflab, mavzuga doir

asosiy dalillar yakuniy natija sifatida qidiriladi. Mavzu turli qismlarga bo‘linadi va bir butun
mazmun hosil qilish uchun turli o‘rganish faoliyati orqali birlashtiriladi. Talabalar mavzuga

doir o‘z munosabatlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa talabalarga
o‘rganilgan mavzuni “shaxsiylashtirishi”ga olib keladi. Olim bilimlarni “shaxsiylashtirish”

deb o‘rganilgan bilimlar talabada barqaror qolishi, yetarli ravishda o‘zlashtirilganligi, fandagi
dalillar bo‘yicha individual xulosaga kelishiga nisbatan ishlatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Weinstein, Claire E., and Richard E. Mayer. "The teaching of learning strategies."

Innovation abstracts. Vol. 5. No. 32. 1983.

2. Nisbet, John, and Janet Shucksmith. Learning strategies. Routledge, 2017.
3.

Когнитивная психология в контексте проблем современного образования

.

Коллективная монография. Под редакцией А.А. Вербицкого, Е.Б. Пучковой

.

Москва, МГПУ,

2017.

330

с.; Лифинцева Н.И. К.Д. Ушинский о формах взаимного


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

78

соотнесения и гармонии веры и научного знания в образовании // Вестник ПСТГУ.
Серия 4: Педагогика. Психология. 2008. №9.

45

с.; Кибрик А.А., Кошелев А.Д.,

Кравченко А.В.

Язык и мысль: современная когнитивная лингвистика. Языки

славянской культуры. –

Москва

, 2015.

857

с.; Величковский Б. Когнитивная наука.

Основы психологии познания в 2 т. Том 1

. 2-

е изд., испр. –

M.:

Издательство Юрайт,

2017.

447

с.

4.

Холодная М.А. Психология интеллекта: парадоксы исследования. –

Санкт

-

Петербург: Питер, 2002.

С. 264

.

; Головастикова Т.М. Как сделать учение

увлекательным? // Начальная школа. –

2006,

№2

.

С. 30

-34.;

Вишнякова С.М.

Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины,

актуальная лексика

.

Москва

,

НМЦ СПО, 1999. –

538 с.; Тимофеева Л.Л. Когда

хочется учиться // Начальная школа.

2007,

№10

.

С.

41-

46.; Щукина Г.И.

Педагогические проблемы формирования познавательных интересов учащихся.

М.: Педагогика, 1988. –

145

с.

5.

3анков Л.В. Избранные пед. труды. –

М.: Педагогика, 1990. –

78

с. (419)

6.

Коротаева Е.В., Нефедова А.Н. Развитие когнитивной активности у старших

дошкольников// Педагогическое образование в России. 2012. No 3. –

С. 176

-181.

7.

Щукина, Г.И. Педагогические проблемы формирования познавательных

интересов учащихся

.

М.: Издательство

Педагогика

, 1988.

С.

34. (168).

8.

Харламов И.Ф. Педагогика. –

М.: Юристь

-

Гардарика, 2012. –

7 с. (519)

.

9. Leandro S. Almeida, Maria Dolores Prieto, Aristides I. Ferreira, Maria Rosario

Bermejo, Mercedes Ferrando, Carmen Ferrándiz, Intelligence assessment: Gardner

multiple intelligence theory as an alternative, Learning and Individual Differences,
Volume 20, Issue 3, 2010.

P. 225-230.

10.

Холодная М.А. Психология интеллекта. Парадоксы исследования.

Санкт

-

Петербург: Питер, 2002.

С.

208 (264)

11.

Шоумаров Г.Б. Дифференциальная психологическая диагностика

задержки психологического развития на основе анализа стандартизированной

методики: дисс… канд. психол. наук.

Москва.

С. 140

.

12.

Головастикова Т.М. Как сделать учение увлекательным? // Начальная

школа. 2006

,

№2

.

С. 30

-34.

13.

Маркова А.К., Орлов А.Б., Фридман Л.М. Мотивация учения и ее

воспитание у школьников. –

М.: Педагогика, 1993. –

23

с.

(64).

14.

Виноградова

М.Д.

Первин

И.Б.

Коллективная

познавательная

деятельность и воспитание школьников. –

M

.: Просвещение, 1977. –

С.

23. (159)

15. Szabo B., et al. Wild cognition

linking form and function of cognitive abilities

within a natural context. Current Opinion in Behavioral Sciences, 2022, 44. Jg., S. 101115.

16. Pamela W. Garner, Badiyyah Waajid Emotion Knowledge and Self-Regulation as

Predictors of Preschoolers’ Cognitive Ability, Classroom Behavior, and Social

Competence. Journal of Psychoeducational Assessment. 30 (4)., 2012.

P. 330-343.

17.

Шамова Т.И.

Управление образовательными системами. –

М

.:

Издательство «Перспектива»,

2009.

С.

56. (352).

18.

Муслимов Н

.

, Усмонбоева М

.

, Сайфуров Д

.

, Тўраев А

.

Педагогик

компетентлик ва креативлик асослари.

–Т.: Сано

-

стандарт, 2015. –

Б.

61. (120)

19.

Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые

понятия, термины, актуальная лексика

.

–М

.:

НМЦ СПО,

1999.

41 с.

(538)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

79

20.

Тимофеева Л.Л. Когда хочется учиться // Начальная школа, 2007. №10. –

С. 41

-46.

21.

Steiner, Verena. "Exploratives Lernen." Zürich: Pendo 5, 2000.

-p. 56

22.

Ogle, Donna M. "The know, want to know, learn strategy." Children’s

comprehension of text: Research into practice, 1989. -p. 205-223.

Библиографические ссылки

Weinstein, Claire E., and Richard E. Mayer. "The teaching of learning strategies." Innovation abstracts. Vol. 5. No. 32. 1983.

Nisbet, John, and Janet Shucksmith. Learning strategies. Routledge, 2017.

Когнитивная психология в контексте проблем современного образования. Коллективная монография. Под редакцией А.А. Вербицкого, Е.Б. Пучковой. – Москва, МГПУ, 2017. – 330 с.; Лифинцева Н.И. К.Д. Ушинский о формах взаимного соотнесения и гармонии веры и научного знания в образовании // Вестник ПСТГУ. Серия 4: Педагогика. Психология. 2008. №9. – 45 с.; Кибрик А.А., Кошелев А.Д., Кравченко А.В. Язык и мысль: современная когнитивная лингвистика. Языки славянской культуры. – Москва, 2015. – 857 с.; Величковский Б. Когнитивная наука. Основы психологии познания в 2 т. Том 1. 2-е изд., испр. – M.: Издательство Юрайт, 2017. – 447 с.

Холодная М.А. Психология интеллекта: парадоксы исследования. – Санкт-Петербург: Питер, 2002. – С. 264.; Головастикова Т.М. Как сделать учение увлекательным? // Начальная школа. – 2006, №2. – С. 30-34.; Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины, актуальная лексика. – Москва, НМЦ СПО, 1999. – 538 с.; Тимофеева Л.Л. Когда хочется учиться // Начальная школа. – 2007, №10. – С. 41-46.; Щукина Г.И. Педагогические проблемы формирования познавательных интересов учащихся. – М.: Педагогика, 1988. – 145 с.

анков Л.В. Избранные пед. труды. – М.: Педагогика, 1990. – 78 с. (419)

Коротаева Е.В., Нефедова А.Н. Развитие когнитивной активности у старших дошкольников// Педагогическое образование в России. 2012. No 3. – С. 176-181.

Щукина, Г.И. Педагогические проблемы формирования познавательных интересов учащихся. – М.: Издательство Педагогика, 1988. – С. 34. (168).

Харламов И.Ф. Педагогика. – М.: Юристь-Гардарика, 2012. – 7 с. (519).

Leandro S. Almeida, Maria Dolores Prieto, Aristides I. Ferreira, Maria Rosario Bermejo, Mercedes Ferrando, Carmen Ferrándiz, Intelligence assessment: Gardner multiple intelligence theory as an alternative, Learning and Individual Differences, Volume 20, Issue 3, 2010. – P. 225-230.

Холодная М.А. Психология интеллекта. Парадоксы исследования. – Санкт-Петербург: Питер, 2002. – С. 208 (264)

Шоумаров Г.Б. Дифференциальная психологическая диагностика задержки психологического развития на основе анализа стандартизированной методики: дисс… канд. психол. наук. – Москва. – С. 140.

Головастикова Т.М. Как сделать учение увлекательным? // Начальная школа. 2006, №2. – С. 30-34.

Маркова А.К., Орлов А.Б., Фридман Л.М. Мотивация учения и ее воспитание у школьников. – М.: Педагогика, 1993. – 23 с. (64).

Виноградова М.Д. Первин И.Б. Коллективная познавательная деятельность и воспитание школьников. – M.: Просвещение, 1977. – С. 23. (159)

Szabo B., et al. Wild cognition–linking form and function of cognitive abilities within a natural context. Current Opinion in Behavioral Sciences, 2022, 44. Jg., S. 101115.

Pamela W. Garner, Badiyyah Waajid Emotion Knowledge and Self-Regulation as Predictors of Preschoolers’ Cognitive Ability, Classroom Behavior, and Social Competence. Journal of Psychoeducational Assessment. 30 (4)., 2012. – P. 330-343.

Шамова Т.И. Управление образовательными системами. – М.: Издательство «Перспектива», 2009. – С. 56. (352).

Муслимов Н., Усмонбоева М., Сайфуров Д., Тўраев А. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари. –Т.: Сано-стандарт, 2015. – Б. 61. (120)

Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины, актуальная лексика. –М.: НМЦ СПО, 1999. – 41 с. (538)

Тимофеева Л.Л. Когда хочется учиться // Начальная школа, 2007. №10. – С. 41-46.

Steiner, Verena. "Exploratives Lernen." Zürich: Pendo 5, 2000. -p. 56

Ogle, Donna M. "The know, want to know, learn strategy." Children’s comprehension of text: Research into practice, 1989. -p. 205-223.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов