Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Origin and stages of development of the term “Ulus”
Kozimbek TUKHTABEKOV
National University of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 20 January 2024
Available online
25 February 2024
The article, based on various sources and literary works,
reveals the essence of the term “ulus”, as well as aspects of its
use in different historical periods. At the same time, special
attention is paid to the history of Genghis Khan’s distribution of
uluses (lands) to his children, and the question of which author
first used the term “ulus” to denote property in the Mongol
Empire is considered.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp115-121
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Genghis Khan,
Jochi,
Chigatai,
Huloku,
Tulu,
Mongolia,
udel,
ulus,
noyon,
speech (in Mongolian),
country,
hundred,
thousand,
tuman (ten thousand),
Khubi,
Rashididdin Fazlullah,
Alauddin Atamalik
al-Juvaini,
Mirza Ulughbek,
Hafiz Tanish Bukhari,
Mahmud ibn Vali,
Muhammad Salih,
Abu-l-Ghazi Bahadir.
“Ulus” atamasining kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Chingizxon,
Joʻchi,
Mazkur maqolada ulus atamasining mazmun-mohiyati,
mazkur atamaning turli tarixiy davrda qoʻllanilish jihatlari qator
manba va adabiyotlardan foydalanilgan holda ochib berilgan.
1
Associate Professor, Faculty of History, National University of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
116
Chigʻatoy,
Huloku,
Tulu,
Moʻgʻiliston,
udel,
ulus,
noʻyon,
nutugʻ (moʻgʻul tilida),
yurt,
yuzboshi,
mingboshi,
tuman (un ming),
xubi,
Rashididdin Fazlulloh,
Alouddin Otamalik
al-Juvayniy,
Mirzo Ulugʻbek,
Hofiz Tanish Buxoriy,
Mahmud ibn Vali,
Muhammad Solih,
Abu-l-
Gʻoziy Bahodir.
Shu bilan birga Chingizxon tomonidan farzandlariga ulus (yurt)
boʻlib berish tarixi va Moʻgʻul saltanatida mulklarga egalikni
anglatuvchi “ulus” atamasi ilk marotaba qaysi muallif
tomonidan qoʻllanilganligi masalasi qayd etilgan.
Происхождение и этапы развития термина «Улус»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Чингисхан,
Джучи,
Чигатай,
Хулоку,
Тулу,
Монголия,
удель,
улус,
нойон,
речь (на монгольском языке),
страна,
сотня,
тысяча,
туман (десять тысяч),
Хуби,
Рашидиддин Фазлуллах
,
Алауддин Атамалик
аль
-
Джувейни,
Мирза Улугбек,
Хафиз Таниш Бухари,
Махмуд ибн Вали,
Мухаммад Салих,
Абу
-
л
-
Гази Бахадир.
В статье, с опорой на различные источники и
литературные работы, раскрыта сущность термина «улус»
,
а также аспекты его использования в разные исторические
периоды. При этом особое внимание уделено истории
раздачи Чингисханом улусов (земель) своим детям и
рассмотрен вопрос о том, какой автор впервые использовал
термин
«улус»,
обозначающий
собственность
в
Монгольской империи.
KIRISH
Insoniyat tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida yuz bergan jarayonlarni har bir
davrda qoʻllangan atamalar asosida tadqiq etish ulkan ilmiy ahamiyatga ega. Zero,
shundagina biz tadqiq etilayotgan tarixiy davr jarayonini toʻlaqonli va atroflicha ochib
berishga muvaffaq boʻlamiz. Tarix metodologiyasi tadqiq etilayotgan ob’yektning
nomlanishini aniq bilish va mohiyatini tushunishdan boshlanadi. M.Blok qayd etganidek:
“Har qanday tahlil eng avvalo vositaga asoslanadi Aniq fanlardan farqli ravishda, tarix
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
117
fani qat’iy va tartibga solingan atamashunoslikka ega emas. Bir
-biriga yaqin ijtimoiy
fanlar tili zamonaviylikka yoʻnaltirilgan” [1].
Shunday ekan, tarix fanida boʻlganidek, tarixiy atamashunoslikda ham
atamalarning kelib chiqish va ma’nosini oʻrganishda tarixiylik, xolislik, tanqidiy tahlil
uslublariga suyanadi. Ba’zi bir aniq hollarda esa, atamaning kelib chiqish davri, turli
tarixiy davrlarda qanday ma’noni anglatganini koʻzda tutmoq zarur [2].
ASOSIY QISM
Ma’lumki, hali Chingizxon hayotlik chogʻidayoq moʻgʻul qoʻshinlari tomonidan
egallangan hududlarni uning asosiy tayanchi va kuchi “toʻrt musht” deya e’tirof etilgan
oʻgʻillariga “yurt” (ulus –
T.K.) qilib berdi [3]. Tarixiy adabiyotlarda Chingizxon
farzandlariga u yerlarda yashagan xalqlar bilan birga taqsimlab berilgan hududlarni
“ulus” yoki “yurt (qoʻl ostidagi hudud, qoʻl ostidagi viloyat, mulk)” deb atash qabul
qilingan [4]. “Ulus” yoki “yurt (qoʻl ostidagi hudud, qoʻl ostidagi viloyat, mulk)” ega
boʻlishga, Chingizxonning katta oʻgʻli Joʻchi ikki marotaba sazovor boʻldi. Xususan,
1207-
yilda otasining buyrugʻi bilan Joʻchi tomonidan Tuva, Xakasiya, Oltoy hududlariga
qilingan yurish muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan bu yerlar unga in’om etiladi.
“Oʻgʻillarimning kattasi sen, Joʻchi yaqindagini ota uyidan chiqib, yaxshi yoʻllardan yurib,
biror bir yoʻqotishsiz oʻrmon xalqlarini muvaffaqiyatli boʻysundirding. Bu xalqlarni senga
beraman” [5]. Oʻz navbatida, 1224
-
yilda ikkinchi marotaba oʻtkazilgan “ulus” yoki “udel”
ajratish va taxt vorisini tayinlash borasidagi qurultoy qaroriga koʻra: butun Dashti
Qipchoq, Irtish
–
sharqda Dunay daryosigacha
–
gʻarbda butun rus knyazliklari boʻlgan
hududlar tarixda Oltin Oʻrda nomini olgan davlat tarkibiga kirdi va uni Joʻchi avlodlari
boshqardi [6].
Oltoy togʻlarining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha boʻlgan yerlar
ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyga “ulus” sifatida berildi. Bu hududda Chigʻatoy vafotidan bir
necha yil oʻtgandan keyin moʻgʻul imperiyasining parchalanishi oqibatida “Chigʻatoy
ulusi” deb nomlangan xoqon boshqaruvidagi mustaqil davlat tashkil topgan [7].
Hulokuiylar davlati, Chingizxon nabirasi Huloku tomonidan asos solingan. Huloku
va uning taxtga chiqqan vorislari “El xon”iylar deb ham atalgani bois, Eron tadqiqotchilari
adabiyotlarida moʻgʻul hukmdorlarini koʻp hollarda Elxoniylar deb nomlaydi.
Chingizxon vorisi sifatida e’lon qilingan Tuluga Xitoy va Moʻgʻuliston “ulus” sifatida
berilgan. Bu davlatga Xubilay tomonidan xitoycha Yuan saltanati deb nom berilgan [8].
“Tavorix
-
i guzidai Nusratnoma”da keltirilgan ma’lumotda“toʻrt kuluk” oʻgʻillarga
berilgan mulklarga egalik “bek va viloyatlar” deb koʻrsatilgan [9]. Alouddin Otamalik ibn
Bahouddin Muhammad al-
Juvayniyning fikriga koʻra, Chingizxon vafotidan keyin
1257-
yilga qadar markaziy boshqaruvga boʻysungan farzandlari va vorislari uning uchun
(Chingizxon
–
K.T.) saltanat tayanchi, ustuni sifatida oʻz hayotlarini xavf
-
xatarga qoʻyib,
buyuk ishlar va jasorat koʻrsatib kelganlar. Juvayniy fikrini davom ettirib “Chingizxon
oʻgʻillarining har biri uchun maxsus maqom berdi” Joʻchiga –
“hayvonlarni ov qilishni
nazorat qilish”, Chigʻatoyga –
“tura va yasoq qonunlariga amal qilinishini nazorat qilish”
kabilar topshirildi [10]. Yana muallif fikrini davo ettirib “... saltanat hududlari kengayib,
bepoyon hududlarni egallaganidan keyin Chingizxon oʻgʻillari va qarindoshlarining har
biriga yashashlari uchun hududlar in'om qildi, ular buni yurt deb atashadi” deya qayd
etadi. Chingizxonning har bir qarindoshi maqomga ega boʻlib, yurt va harbiy qoʻshiniga
ega boʻldi. Oʻz navbatida Rashiduddin Fazlulloh ibn Imomuddavla Abulxayr Hamadoniy,
Juvaynining bu fikrlaridan foydalangan holda 1302
–
1311-
yillarda yozilgan “Jome’ ut
-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
118
tavorix” (“Solnomalar majmuasi”) asarida jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi. Rashiduddinga
koʻra: “Chingizxon oʻgʻillarining har biriga oʻz davlatlarini tayyorlab berdi”. Boshqa bir
holatda muallif “Chingizxon” Irtish daryosi boʻylari va Oltoy togʻlari hududlarini Joʻchiga
ulus sifatida yoz va qish oylarida koʻchib yurish uchun hamda boshqarish uchun in’om
etdi. Joʻchiga Dashti Qipchoq yerlarini egallash va bu hududlardagi davlatlarni oʻz
mulklari tarkibiga kiritish yuzasidan farmon berdi. Shu tariqa rasman bu hududlar unga
(Joʻchi –
T.K.)” boshqaruvga berildi. Botuxon toʻgʻrisida ham qayd etilib, “u (Botu –
T.K.)”
... ulus va qoʻishiga Joʻchidan keyin ega boʻldi”, deya qayd etiladi [11].
Moʻgʻul saltanatida mulklarga egalikni anglatuvchi “ulus” atamasini ilk marotaba
Rashididdin “Jome’ ut
-
tavorix” (“Solnomalar majmuasi”) asarida qoʻlladi. U Chingizxon
tomonidan katta oʻgʻli Joʻchiga berilgan hududlarni “Joʻchi ulusi” –
“Joʻchixon ulusi” deb
beradi. Rashididdin Fazlulloh asari moʻgʻul manbalariga tayanib yozilganini ta’kidlab
oʻtgan holda, XIV asr chingiziylar ulusining davlat tuzilishi tartiblarini haqqoniy tarzda
ochib beradi. Muallif ichki davlat boshqaruvi toʻgʻrida bayon etib Joʻchining oʻgʻillari
egalik qilgan mulklar toʻgʻrisida ham ta’kidlaydi. Bulardan Joʻchining oʻng qanot ulusi
(gʻarbiy qismi) tarkibiga kirgan Botu ulusi va ulusning chap qanot (sharqiy qismi)
tarkibiga kirgan Oʻrda
-Ichan uluslari katta ahamiyat kasb etgan [12].
Manjuriyaliklar tomonidan Moʻgʻuliston bosib olinganidan keyin hudud aymak va
xoshunlarga boʻlinib “ulus” atamasi “xalq” ma’nosi bilan kifoyalandi. Bugungi kunda bu
atama “davlat” ma’nosini bermoqda. XX asr boshlarida buryat, qalmoq va boshqa
xalqlarda feodal egaligi, ma’muriy birlik, urugʻ, avlod va boshqa ma’nolarni bergan [13].
Moʻgʻul va musulmon manbalarida “ulus” atamasi butun moʻgʻullar saltanati
nomini, boshqaruv tizimini ifoda etish bilan birgalikda, uning ayrim tarkibiy qismlariga
nisbatan ham keng foydalanilgan. Ushbu atama Chingizxon tomonidan bosib olingan va u
asos solgan saltanatining oʻzi hali hayotlik chogʻidayoq farzandlariga boʻlib berilgan
hududlarni ma’muriy va ijtimoiy
-
iqtisodiy boshqaruvida qoʻllanilganini qayd etib oʻtish
lozim. Mavzuga oid hamda mazmunan bir-
biriga juda yaqin boʻlgan kam sonli manbalar
tahlili asosida, keng ma’noni beruvchi, muhim qiymatga ega “ulus” atamasining
chingiziylar davlatchiligi tarixining turli davrlardagi mazmun mohiyatini aniqlashtirish
ahamiyatga ega. Ushbu masalaning toʻgʻri yechimi esa chingiziylar davlatchiligi, ma'muriy
tuzilishi, boshqaruvi hamda ijtimoiy-siyosiy rivoji kabi qator masalalarga aniq javob
berish imkonini beradi. Jumladan, Joʻchi va Chigʻatoy “ulus”lari hududida vujudga kelgan
davlatlar borasida ham.
“Ulus” atamasining mohiyati va mazmunini ochib berishga qaratilgan qator
tadqiqotlar olib borilgan va mazkur masalaga oid adabiyotlar nashr qilingan boʻlishiga
qaramay, uning aniq fuksiyasi nimalardan iborat ekanligi xususidagi masala hali hanuz
oʻz yechimini topmagan. Bu masalaga yondashuv ya'ni, “ulus” atamasi ahamiyatini talqin
etishda, Chingizxongacha va uning hukmronligi davriga va koʻchmanchi jamiyatga
nisbatan u yoki bu tadqiqotchining, davlat hokimiyati institutini muhokama qilishda,
egallagan nuqtai nazariga bogʻliq ekanligini ta’kidlab oʻtish lozim. Shu sababdan uzoq
yillardan beri koʻchmanchilarda davlatning tashkil topishi, mutlaq qonuniy ekanligi
hamda bunday yondashuvga qarshi boʻlgan va koʻchmanchilarda davlatchilik gʻayrioddiy
hodisa boʻlib, vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi borasida tadqiqotchilar orasida
munozaralar boradi. Ayrim mualliflar koʻchmanchilarda davlatchilik institutining mavjud
boʻlganligini umuman inkor etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
119
Moʻgʻullar tarixi, etnologiyasi va ijtimoiy
-
siyosiy hayoti tadqiqotchisi boʻlgan
B.Y.
Vladimirtsovning fikriga koʻra moʻgʻul davlatchiligining uzil
-kesil qaror topishi,
Chingizxon boshchiligida Yeke Mugʻulga asos solinishi bilan bogʻliq. Uning fikriga koʻra,
qadimgi moʻgʻullarda “ulus” deb –
“urugʻlar ittifoq, avlodlar, qabilalar, xon, noʻyon, tayshi,
botirlardan qaramlik nuqtai nazaridan ...” nomlangan. Shundan kelib chiqib “ulus” soʻzini
“mulk egasi, yer egasi”, “xalq
-
yer egasi”, “xalq, biror bir hududdagi ittifoq yoki mulk
egasini tashkil etuvchi” deb tarjima qilish mumkin. E.I.Kichanov fikriga koʻra “ulus –
oddiy urugʻ birlashmasi (ittifoqi –
T.K.) emas, balki, maxsus tashkil etilgan, boshqaruvga
asoslangan
xalq”. Chingizxon ulusida oʻz oila a’zolari va urugʻga boʻysunuvchi turli qabila
–
zodagonlar (noʻyonlar) vakillari birlashtirilgan edi. Ulusni –
ilohiy qudrat sohibi
tomonidan boshqarish in’om etilgan xon boshqargan [14]. Shunday qilib, Chingizxon
davrida “ulus” “xalq
-
davlat”, “davlat
-
mulkni tashkil etuvchi odamlar”, “davlat” sanalgan
[15]. Shuningdek, (“xalq
-
davlat”) saltanatni bunyod etgan xonning va uning avlodlari
mulki sifatidan tan olingan. Ulus tarkibidagi qabila, urugʻ va xalqlarning koʻchib yurgan
hududlari nutugʻ (moʻgʻul tilida) yoki yurt (turkiy tilda) deb atalgan [16].
Tadqiqotchi T.D.Skrinnikova “ulus” atamasi koʻp ma’noli va shu bilan birga noaniq
boʻlib, Chingizxongacha va uning davrida mazkur atama moʻgʻullarda “odamlar”, “xalq”,
“qabila”ni ifoda etgan. Muallif koʻrib chiqilayotgan davr moʻgʻul ijtimoiy
-boshqaruv
tizimini oʻta murakkabligini qayd etib, markazlashgan davlatdan avvalgi xususiyatga ega
ekanini ta’kidlaydi. Uning fikriga koʻra, moʻgʻullarda “Ulus” atamasi birlashma davlat
ma’nosida “ancha keyingi hodisa” sanaladi [17].
Ch.P.
Etvud fikriga koʻra moʻgʻul tilida “ulus” soʻzi faqatgina XVIII asrdan avvalgi
“etnos; kimningdir kuchi bilan birlashtirilgan xalq; mamlakat” tushunchalarini umumiy
yigʻindisi ya’ni, “davlat” (shuningdek –
“sulola”) ahamiyatini kasb eta boshlagan. Uning
bunday fikrga kelishga sabab, moʻgʻullarning mana shu davrga oid Xitoy tarixiy manbalari
bilan yaqindan tanishuvi boʻldi [18].
Moʻgʻul saltanatidagi davlatchilik sohasida soʻngi yillarda nashr etilgan koʻplab
mualliflar asarlarini chuqur tahlili asosida S.A.
Vasyutin “XIII asr oʻrtalarida moʻgʻul
saltanati ilk davlatchilikning ancha rivojlangan shakli boʻlib, shartli ravishda
koʻchmanchilar saltanati eng yuqori choʻqqisi sifatida koʻrsatadi”, degan fikrga keldi [19].
XX asr 30-yillaridan boshlab ilgari surilgan B.Y. Vladimirsov konsepsiyasiga
tayangan qator tadqiqotchilar tomonidan, ilmiy muomalada keng qoʻllaniladigan yangi
“ulus tizimi” degan atama kiritildi. Oʻz navbatida “ulus” atamasi vaqt va makonda haddan
tashqari keng talqin qilina boshlandi. Ulus sifatida faqatgina Chingizxon saltanati
nomlanmadi, balki mazkur atama bilan butun davr e’tiboriga olinmagan holda
chingiziylar mulki qatorida, ayrim viloyatlari ham atala boshlandi.
“Ulus” atamasi va uning fonetik varianti sanalgan “ulush” turkiy soʻz sanaladi [20].
Qadimgi turkiylarda “ulush” soʻzi asosan “qishloq” ma’nosini bergan [21]. Qadimiy
turkiy til lahjasidan moʻgʻul tiliga kirgan “ulus” atamasi ma’no jihatdan oʻzgardi
va XIII
–XVII asrlarda moʻgʻil tili vositachiligi ta’sirida turkiy tillarda “xalq”, “inson”,
“mamlakat”, “mulk, mulk egasi”, “davlat” ahamiyatiga ega boʻldi [22]. XVII asr moʻgʻil
manbalarida “ulus” atamasi “mamlakat, davlat” ma’nolarini anglatib, “xalq” iborasi bilan
bir qatorda qoʻllanilgan.
Ma’lumki moʻgʻul saltanatining ilk tarixiy davrida “yuzboshi, mingboshi, tuman (un
ming) boshi xizmatlari uchun xon tomonidan xubi (ulush) bilan
–
mukofotlanganlar”.
Ehtimol, “ulus” va “xubi” atamalari huquqiy jihatdan turlicha boʻlgan boʻlishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
120
Moʻgʻul saltanati asoschisi Chingizxon davrida oʻgʻillari va yaqin qarindoshlari mulklari
huquqiy jihatdan “xubi”ga yaqin boʻlgan deb tahmin qilishga asos mavjud. XIV asrda ham
“xubi” atamasi Koʻk Oʻrdada mohiyati boʻyicha oʻz ahamiyatini saqlab qolgan edi. XVI asr
boshlarida yozgan Muiniddin Natanziy, “tadbirlarda ishtirok etgan yetti yuzga yaqin oʻz
odamlarga iltifot va marhamatlar qildi hamda ularning har birlariga mulk (kupi) va
viloyat “sube” tayyorladi”. Taxminimizcha, manbalarda chingiziylar mulklarini
koʻrsatishda “xubi” atamasi oʻrniga odatda “inju” atamasi qoʻllanilgan. E.I.Kichanov “xubi”
“buyuk xon xonadoni tomonidan in’om etilgan mulk” deb aniqlik kiritadi. Uning soʻzlariga
koʻra, Botuga ham shu in’omlar berilgan [23].
Chingizxon vafotdan soʻng u asos solgan va oʻgʻillari hamda ukalariga boʻlib
berilgan, norasmiy “ulus” nomini olgan saltanat markaziy boshqaruvida boʻlinish vujudga
keldi. Biroq, “umum moʻgʻul” davlat tushunchasi tafakkurda saqlanib qolib, ulugʻ xonning
barcha oʻgʻillari va nabiralari oʻz taqdirlari va mulklarining egasi emas, balki
umumsaltanat yuqori tabaqa vakillari edilar.
Mirzo Ulugʻbekning “Toʻrt ulus tarixi”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”,
Mahmud ibn Valining “Bahr ul asror”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” va
Abulgʻoziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” kabi mualliflarning asarlarida “ulus” atamasi
“el ulus” “qabila”, “qavm” atamalarining sinonimi sifatida foydalanilgan. Shuningdek,
qator manbalarda esa “ulus” atamasi “yurt” atamasiga (ma’lum bir koʻchmanchi
qabilaning koʻchib yuruvchi hududi) sinonim sifatida berilgan.
Xususiyatli tomoni shundaki, turkiy xalqlar tilida “el” atamasi (qabila, urugʻ)
qishloq ma’nosini bergan. Buning asosiy sababi sifatida, qadimgi va oʻrta asrlarda ma’lum
hududda bir urugʻga mansub kishilar yashaganligi bilan izohlash mumkin.
XULOSA
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, sulolalar almashinuvi, hududlar, chegaralarning
o‘zgarib borishi ya’ni turli tarixiy davrlarda muayyan hududda oliy hokimiyat (saltanat
hukmdori (imperator), podshoh, xon, amir) manfaatlarini amalga oshirish uchun xizmat
qilgan boshqaruv mexanizmi ifoda etgan va bugungi kunda davlat deb ta’rif etilgan
boshqaruv shaklini mo‘g‘ullar davrida “ulus” o‘zida mujassam etgan. Ammo qayd
etilganidek, sulolalar almashinuvi, chegaralar o‘zgarishi va hokazo omillar sababli “ulus”
atamasi mohiyati, mazkur atamada ifoda etilgan mazmun ko‘lami
o‘zgarib,
uning o‘rnini
yangi tushuncha egalladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Блок М. Апология истории или ремесло историка. 2
-
е изд. М., 1986.С. 89.
2.
Саидбобоев З. Тарихий атамашунослик. –
Тошкент. 2002. –
Б.6.
3.
Султонов Т.И. Чингиз
-
хан и Чингизиды. Судба и власть. –
М., 2006. –
С.17.
4.
Бартольд Б.Б. Сочинения. Т.2. Ч.1. –
Москва. Изд. «Восточной литературы».
1963.
–
С.59
-
60, 144; Т.5. –
С.133.
5.
История татар. С древнейших времен. Улус Джучи (Золотая Орла XIII –
середина
XV в.) Т.3. –
Казань. –
С.170. Қаранг: O‘zbekiston tarixi. T.1. –
Toshkent. 2019.
–
B.362.
6.
Кляшторный С.Г., Султанов Т.И. Государство и народы Евразийских степей
(от древности к новому времени). –
Санкт
-
Петербург. 2009. –
С.214.
7.
Ачилова Г.М. Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ва
ижтимоий
-
иқтисодий ҳаёти (1227
-
1370 йиллар): Тарих фан. бўй. фал. док. (PhD) ....
дисс. –
Тошкент. 2019. –
Б.23.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
121
8.
Семенов А.А. Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии.
Вып.1. // Труды Академия наук Таджикской ССР. Т.XII. –
Сталинабад. 1954. –
С.7.;
Кляшторный С.Г., Султанов Т.И. Ўша жойда.; Қаранг: O‘zbekiston tarixi. T.1. –
Toshkent. 2019.
–
B.362.
9.
Таварих
-
и гузида –
Нусрат
-
наме. –
Ташкент, 1967. –
С. 106.
10.
Чингизхан: история завоевателя Мира / [Ата
-
Мелик Джувейни; пер. с текста
Мизры Мухаммеда Казвини на англ. яз. Дж. Э. Бойла; пер. с англ. Е.Е. Харитонова; предисл.
и библиогр. Дэвида О. Моргана]. –
М.: Магистр
-
Пресс, 2004. –
С. 28–
29.
11.
Рашид
-
ад
-
Дин. Сборник летописей. –
Т. II. –
М.; Л., 1960. –
С. 70
-78.
12.
Тизенгаузен В.Г. Сборник материалов, относящихся к истории Золотой
Орды. Т. 1: Извлечения из сочинений арабских. СПб., 1884; Т. 2: Извлечения из
персидских сочинений. М.; Л.: Изд
-
во АН СССР, 1941.
13.
Словарь русского языка: В 4
-
х т. / РАН, Ин
-
т лингвистич. исследований;
Под.ред. А.П.Евгеньевой. –
4-
е изд., стер. –
М.: Рус. яз.; Полиграфресурсы, 1999;
https://ru.wiktionary.org/wiki/%D1%83%D0%BB%D1%83%D1%81
14.
Кычанов Е.И. Кочевые государства от гуннов до маньчжуров. –
М., 1997. –
С. 185–
187.
15.
Владимирцов Б.Я. Общественный строй монголов. Монгольский кочевой
феодализм. –
Л., 1934. –
С. 97.
16.
Qarang: Владимирцов Б.Я. Общественный строй монголов. Монгольский
кочевой феодализм. –
Л., 1934. –
С.98
-
99, 101.; Трепалов В.В. История Ногайской
Орды. –
М., 2001. –
С. 7.; Зайцев И.В. Астраханское ханство. –
М., 2004. –
С. 49).
17.
Скрынникова Т.Д. Харизма и власть в эпоху Чингиз
-
хана. –
М., 1997. –
С.
25
–
30.
18.
Atwood, Ch.P. National Questions and National Answers in the Chinese
Revolution; Or, How Do You Say Minzu in Mongolian? // Indiana University,
Bloomington.
Central
Asian
Studies.
–
http://
www.indiana.edu/~easc/resources/working_paper/noframe_5b.htm.
19.
Васютин С.А. Монгольская империя как особая форма ранней
государственности? (К дискуссии о политических системах кочевых империй) //
Монгольская империя и кочевой мир. –
Улан
-
Удэ, 2004. –
С. 283.
20.
Севортян
Э.В.
Этимологический
словарь
тюркских
языков.
(Общетюркские и межтюркские основы на гласные). –
М., 1974. –
С. 592.
21.
Древнетюркский словарь. –
Л., 1969. –
С. 611.
22.
Тюркологические исследования // И.А. Мустакимов. Улус Джучи –
Золотая Орда: названия государства в средневековых источниках 77
-
с.
23.
Кычанов Е.И. Кочевые государства от гуннов до маньчжуров. –
М., 1997. –
С. 197.
