Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of the national customs, traditions and values of
our people in youth education
Sharofiddin SHOMUROTOV
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
15 June 2024
The article discusses issues of correct understanding by
young people of the content of various ideas, the growth of the
level of ideological and political consciousness and ideological
immunity, as well as the level of their socialization in the
context of globalization. Issues related to the effective use of
national and spiritual values in the processes of education and
training, the formation of a sense of loyalty to customs and
traditions among young people are covered.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp94-99
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Globalization process,
creative idea,
value,
global citizen,
spirituality,
education,
morality,
independence.
Yoshlar tarbiyasida xalqimiz milliy urf-
odat, an’ana va
qadriyatlarining o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Globallashuv jarayoni,
bunyodkor g’oya,
qadriyat,
global fuqaro,
ma’naviyat,
tarbiya,
axloq,
mustaqillik.
Maqolada globallashuv darida yoshlarning turli-tuman
g‘oyalarning mazmunini to‘g‘ri anglab yetishlari, g‘oyaviy
-
siyosiy ongi va mafkuraviy immuniteti darajasining o‘sishi,
ularning ijtimoiylashuvi darajasiga bog‘liqligi masalalariga
to‘xtalib o‘tiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarida milliy va
ma’naviy qadriyatlardan unumli foydalanish,yoshlar orasida
urf-
odat va an’analarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish bilan
bog‘liq masalalar yoritib beriladi.
1
Teacher, Kokand State Pedagogical Institute. E-mail: sh.shomurotov7707@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
95
Роль национальных обычаев, традиций и ценностей
нашего народа в образовании молодежи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
процесс глобализации,
творческая идея,
ценности,
гражданин мира,
духовность,
образование,
мораль,
независимость.
В статье рассматриваются вопросы правильного
понимания молодежью содержания различных идей, роста
уровня идейно
-
политического сознания и идеологического
иммунитета, а также уровня ее социализации в условиях
глобализации.
Освещены
вопросы,
связанные
с
эффективным использованием национальных и духовных
ценностей
в
процессах
воспитания
и
обучения,
формированием у молодежи чувства верности обычаям и
традициям.
Ma’lumki, har qanday jamiyatda yoshlar qatlami muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra,
har bir jamiyatning rivojlanib borishi ob’ektiv
jarayon bo‘lib, uni davom ettirish u o‘z
navbatida yangi avlodga zaruriyatni paydo qiladi. Yangi avlod esa, mavjud ishlab
chiqaruvchi kuchning tarkibiy qismi va muayyan ishlab chiqarish munosabatlarini davom
ettira olishga layoqatli bo‘lishi lozim. Zero, yoshlar muammosini yana bir muhim tomoni
shundaki, jamiyat va yoshlar tizimining markaziy elementi alohida olingan inson
hisoblanadi.
Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni eng avvalo, jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalar
miqyosi va ko‘lamidan kelib chiqadi. Bunday hol O‘zbekiston yoshlariga ham xos.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan
huquqiy demokratik davlat barpo etish, fuqarolar jamiyatining mustahkam poydevorini
shakllantirishdan iborat bosh strategik maqsad belgilandi. Bu yo‘ldagi vazifalarni
bajarishda yoshlar qatlamiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Keng qamrovli
islohotlar jarayonida yoshlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash bo‘yicha davlat va
nodavlat muassasalari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar orasida olib boriladigan g‘oyaviy
-tarbiyaviy ishlarda,
ularda vayronkor g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda,
ularning sotsial-demografik, psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish muhim
ahamiyatga egadir.
Ayni paytda, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish yo‘lidagi muammolardan biri,
yoshlarga doim ta’sir ko‘rsatib turuvchi mavjud ijtimoiy muhitdagi ayrim holatlar bilan
bog‘liqdir. Xususan, afsus bilan bo‘lsada, tan olish va ta’kidlash kerakki, ba’zan bozorlarda
va savdo shahobchalari atrofida maktab yoshidagi bolalarning pornografik mazmundagi
filmlar tushirilgan disklar bilan yashirincha savdo qilayotgani yoki bo‘lmasa, maktab
o‘quvchilarining bir
-
birlari bilan “Internet kafelarda” soatlab fahsh, zo‘rlik, qotillik,
razillikni targ‘ib qiluvchi tarmoq o‘yinlarini o‘ynab vaqt o‘tkazayotganiga guvoh bo‘lamiz.
Albatta, bunday holatlarga ba’zi ota
-onalar tomonidan farzandlari ustidan
nazoratni susaytirib yuborilgani, ta’lim muassasalarining bolalarning bo‘sh vaqtini
mazmunli o‘tkazish yuzasidan olib borayotgan ishlarining talab darajasida emasligi va
boshqa qator omillar sabab bo‘ladi. Biroq, nima bo‘lganda ham, bu –
ob’ektiv voqelik va u
yoshlarimiz mafkuraviy immunitetini yuksaltirish yo‘lidagi jiddiy to‘siqlardan biridir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
96
Chunki, o‘smir yoshlarda tengdoshlariga taqlid qilish, ulardan ibrat olish mayli
kuchli bo‘ladi. Yot va begona mafkuraviy xurujlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar
tengdoshlarini ham shunday ishlarga da’vat qilishi mumkin. Bu ham yoshlarimiz ongi
-
shuuriga nisbatan ichki mafkuraviy tahdidlarning bir ko‘rinishidir.
Masalaning yana bir jihati ham borki, bu elektron o‘yinlar orqali vahshiylikni
targ‘ib qilayotgan kompyuter zallar egalarining yosh avlod tarbiyasiga nisbatan
mas’uliyatsizligi bilan izohlanadi. Chunki, o‘yin o‘ynash uchun “Internet kafe”ga har kuni
deyarli o‘sha
-
o‘sha yigit
-qizlar kelishadi va soatlab u yerda qolib ketishadi. Albatta,
kompyuterlarning kuni bo‘yi band bo‘lishi kafe egasi bo‘lgan “tadbirkor” uchun ayni
muddao. Ammo, o‘sha kishi yoki ayol farzandi tengi yoshlarning har kuni bebaho
vaqtlarini behuda sarflab o‘tirishlariga beparvo munosabatda bo‘layotgani mafkuraviy
profilaktika borasidagi yana bir muammodir. Albatta, biz kompyuter xizmat ko‘rsatishga
mas’ul bo‘lgan hamma odamlarni mas’uliyatsizlikda ayblash fikridan yiroqmiz. Biroq,
shunday kishilarning mavjudligini ham inkor etolmaymiz.
Yoshlarning ta’limdan bo‘sh vaqtlarini ota
-onalar, ustozlar va umuman yaqin
kishilar tomonidan nazorat qilinishi, bu borada ularga to‘g‘ri yo‘l
-
yo‘riqlar ko‘rsatilishi
yoshlar mafkuraviy profilaktika jarayonidagi muhim vazifalardan biridir.
Darhaqiqat, xalqimiz, xususan, yoshlarimizda mafkuraviy immunitet milliy urf-
odat, an’ana va qadriyatlarimiz, bir so‘z bilan aytganda, mentalitetimiz asosida
shakllanadi. Shu ma’noda, sabr
-
toqat va yaxshi niyat ham o‘zbek xalqining umumiy
mental qiyofasidagi muhim jihatlardan sanaladi. Shuningdek, har qanday sharoitda ham
yaxshi niyat qilib yashash, yomonlikning oqibatidan ham yaxshilik bo‘lishiga ishonish
tuyg‘usi ham milliy tafakkurimizning original elementi hisoblanadi.
Zero, mafkuraviy ishlarimiz jarayonida ushbu insoniy fazilatni yoshlarimiz
o‘rtasida yanada kengroq va chuqurroq targ‘ib etish muhim ahamiyatga egadir.
Ayni paytda, mafkuraviy tahdidlar hozirgi davrda global xarakterga ega bo‘lgan
ob’ektiv voqelikdir. Shu ma’noda, demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan
davlatlarda ularga qarshi kurash muqarrar tus olib,
bu jarayonda sub’ektiv omillar
muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, milliy mafkura tizimidagi g‘oyalar nafaqat yoshlar, balki
mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir shaxs, ijtimoiy guruh, qatlamning bu
jarayondagi faolligi, jonbozligi orqali ta’sirchan amaliy kuchga aylanadi va yoshlarga doir
siyosat har qanday davlatning ustuvor strategik masalasi hamdir.
Jamiyatimizni milliy qadriyatlar asosida, jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini yanada kuchaytirishda oliy o‘quv yurtlari oldiga juda katta va mas’uliyatli
vazifalar qo‘yilmoqda. Bizning mamlakatimizda demokratiyani rivojlantirish, sog‘lom
turmush tarzini mustahkamlash, yangi insonni kamol topshirishning muhim muammolari
amalda hal qilinayotgan hozirgi bosqichda yoshlarning roli tobora ortib bormoqda. Shuni
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha
aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi yoshlarimizning bugun qanday ta’lim
va tarbiya olishiga bog‘liq. Ta’limni
tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan
ajratib
bo‘lmaydi –
bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik
–
milliy g‘oyaning tayanchidir. Mustaqillikka sadoqat
hissini barchada barobar shakllantirish, fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, tarixiy
qadriyatlarimizni e’zozlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Yoshlarda
milliy qadriyatlarga hurmat va ularni boyitish ko‘nikmalarini shakllantirish: tarbiya,
madaniyat, ma’rifat o‘choqlari diqqat markazida turgani ijobiy holdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
97
Jamiyatimizning asosiy maqsadi ham Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor mustaqil
fikrlaydigan, har bir masalani ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchan
ma’naviyatli barkamol farzandlar o‘stirish, ularni jismoniy ham ma’naviy
-axloqiy
jihatdan mukammal qilib tarbiyalash va bilimli, ma’rifatli kishilar etib voyaga
yetkazishdan iborat. Demak, ana shunday iqtidorli talabalar, ma’naviyatli yoshlargina
yurtimizning tayanchi bo‘lishi va porloq kelajagini yaratishini mumkin.Shuni ta’kidlash
lozimki mamlakat ravnaqi, uning ertangi porloq kelajagini yaratadigan yoshlar qalbiga
milliy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosi an’analarini chuqur
singdirib, ularni vatanparvarlik, fidoiylik hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash har bir o‘qituvchi, har bir ota
-ona qolaversa har bir fuqoraning burchi. Buning
uchun imkoniyatlar yetarli, faqat har birimiz bu ma’suliyatni chuqur his etib, kuch
-
g‘ayratimizni safarbar etishimiz lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo
etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning
samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy me’rosimizning chuqur
o‘rganilishi, an’ana va urf
-
odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim
rivoji, eng muhimi jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy
bog‘liqdir.Shu boisdan ham o‘z haq
-
huquqini taniyligan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, yon-
atrofida sodir bo‘layotgan voqea
-hodisalarga mustaqil yondasha
oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un
holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi dolzarb masalaga
aylandi.
Insonlarning juda oz
qismi o‘z aql
-idroki bilan yashaydi, qolgan aksariyat qismi
birovga ergashish, taqlid qilish, o‘zlashtirib olishga moyilligi bilan ajralib turadi. Bu
ayniqsa keyingi paytlarda g‘arbcha kiyinish, fikrlash, o‘zaro munosobatlarda yoshlar
o‘rtasida keng yoyilayotgani bilan yaqqol ko‘zga tashlanayapti. Milliy qadriyatlar va
axloqni globallashuv iskanjasidan saqlab qolishda tarixiy tafakkurning o‘rni kattadir.
Xalqimiz boy va olis o‘tmishga ega bo‘lib, o‘ziga xos boy ma’naviy madaniyat, qadriyatlar
va axloq tizimini yaratgan, ularni bir necha yilda qo‘ldan chiqarishni ijobiy hol deb
bo‘lmaydi. Milliylik bu eskilik sarqiti yoki qoloqlik belgisi emasligini anglash, buning
uchun xalqimizning etnik va madaniyati tarixi, tarixiy tafakkuri milliy o‘zlikni anglashda
katta ahamiyatga ega. Bugungi bizni oldimizda turgan muhim vazifalardan biri yoshlar
tarbiyasi bo‘lib, ularda milliy ong, milliy g‘ururni shakllantirish, milliy mafkuradan
muhofaza quroli sifatida foydalanish lozimdir. Xalqimiz juda boy ma’naviy meros
yaratgan, avloddan-avlodga yetib kelgan bu qadriyatlar, adolatli hakam vaqtning
sinovidan o‘tgan. Agar ulardan qisqa o‘n
-
o‘n besh yilda voz kechilsa juda katta ma’naviy
yo‘qotish yuz bergan bo‘lar edi. Insonni jisman yo‘qotadigan atom va issiqliq quvvatidan
tashqari ichdan insoniylikni tag-
tomiri bilan yo‘qotib yuboradigan xatar, halokat
ma’naviy tanazzuldir.
Millatning qiyofasini, o‘zligini belgilaydigan, unga millat sifatida quvvat beradigan
qadriyatlarni asrash, ularga suyanish kerak. Bugungi millatning ma’naviy sog‘lomligi
masalasi har doimgidan ko‘proq e’tibor berishni talab qilayotir. Respublikamizning
Birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan
an’analari, urf
-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi
umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg‘unlashgan holda kelajakka ishonch
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
98
tuyg‘usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik
ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-
bardoshlilikni, adolat tuyg‘usini, bilim va
ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim.
Xulosa qilib, o‘zbekning milliy xarakterini belgilaydigan juda ko‘p xususiyatlar mavjud
bo‘lib, ular oilaga munosobat, ota
-onaga hurmat, bolaga mehr, or-nomus, uyat, andisha,
tug‘ilgan yerga mehr, qo‘ni
-
qo‘shnichilik, va boshqalarda ko‘rinadi. Donishmandlar
axloqning birinchi asosi farzandlarning ota-onaga xurmatidir, deb bekorga aytishmagan. Bu
bir oilaga hos bo‘lgan vazifa emas, butun insoniyatga xos xususiyatdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
Karimov I. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida.
O‘zbekiston buyuk kelajak sari. –
T.: O‘zbekiston, 1998.
3.
Karimov I.A. “Adabiyotga e’tibor
-
ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” Toshkent.
“Sharq yulduzi” 2009 yil №Howard M. America and the World. St. Louis: Washington
University. The Annual Lewin Lecture, 5 April 1984. P.6.
4.
Shomurotov, S. S. O. (2021). The Need for Formation of Knowledge on the
Effective Use of Water Resources in Young People in the Process of Globalization. (in the
Example of the Aral Sea). International Journal of Human Computing Studies, 3(2), 89-91.
5.
SHOMUROTOV, S. S. O. (2021, April). FIRST STEPS FOR MODERNIZATION OF
WATER FARMING IN THE REPUBLIC: ACHIEVEMENTS AND CHALLENGES. In Euro-Asia
Conferences (Vol. 4, No. 1, pp. 152-155).
6.
Shomurotov, S. S. O. (2021, February). Some Environmental Problems Related
To Land And Water Resources In Uzbekistan. In International Scientific and Current
Research Conferences (pp. 39-41).
7.
SHOMUROTOV, S. S. O. Construction and Changes in Canals and Pumping
Stations in Uzbekistan. JournalNX, 7(1), 262-266.
8.
Шомуротов, Ш. (2021). Историческое значение реформ, осуществляемых в
водной системе Узбекистана. Общество и инновации, 2(3/S), 458
-465.
9.
Шомуротов, Ш. (2021). Ўзбекистон сув хўжалиги тизимида амалга оширилган
ислоҳотларнинг тарихий аҳамияти. Общество и инновации, 2(3/S), 458
-465.
10.
Shomurotov, S. S. O. (2022). O ‘Zbekistondа Suvdаn Foydаlаnuvchilаr
Uyushmаlаrining Tаshkil Qilinishi Vа Fаoliyatidа Yuzаgа Kelаyotgаn Muаmmolаri. Miasto
Przyszłości, 29, 216
-220.
11.
Shomurotov, S. S. O. (2022). Measures Taken to Develop the Irrigation System
in the Country. Miasto Przyszłości, 29, 207
-209.
12.
Abdujalilova, M., & Solijonova, Z. (2023). DARS JARAYONIDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH-
MATEMATIK TA’LIMNI YANGICHA TASHKIL
QILISHNING ASOSI SIFATIDA. Conferencea, 90-93.
13.
Abdujalilova, M. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QISH DARSLARIDA ANVAR
OBIDJON IJODIY NA’MUNALARINI O ‘RGANISHNING AMALIY AHAMIYATI.
INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL
TOOLS, 2(22), 17-21.
14.
Abdujalilova, M. (2023). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF STUDYING THE
CREATIVE EXAMPLES OF ANVAR OBIDJAN IN PRIMARY CLASS READING LESSONS.
Science and innovation, 2(B11), 574-576.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
99
15.
Abdujalilova, M., & Zaxro, A. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARIDA
SAMARALI O ‘QISH KO ‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. SCIENTIFIC APPROACH TO
THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(20), 16-19.
16.
Abdujalilova, M. (2023). USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN SOLVING TEXT
PROBLEMS. International journal of advanced research in education, technology and
management, 2(12).
17.
Ikramovna, I. S., & Abduxalilqizi, A. M. (2023). A Worldwide Picture Of Amir
Temir’s Image. Journal of Positive School Psychology, 1238
-1243.
18.
Shoirakhon, K. (2023). The Artistry of Alisher Navoi’s work “Nazm Ul
-
Javohir”.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10),
403-408.
19.
Shoirakhon, K. (2023). The Use of Rhyming Arts in Alisher Navoi's Work Nazm
Ul Javohir. Journal of Advanced Zoology, 44.
20.
Zohidova, D., & Xo‘jayeva, S. (2024, February). “NAZM UL
-
JAVOHIR”
RUBOIYLARINING QOFIYA XUSUSIYATLARI. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No.
5, pp. 96-102).
21.
Shoirakhon, K. (2023). THE METRIC CHARACTERISTICS OF ALISHER NAVOI’S
WORK «NAZM UL
-
JAVOHIR». Gospodarka i Innowacje., 42, 475
-480.
22.
Bakhodirovna, R. N. (2024). About Some Features of Authentic Text Materials
in Teaching a Foreign Language. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture, 5(1), 45-49.
23.
Rakhmanova, N. (2023). LANGUAGE AND CULTURE: INVESTIGATE THE
CONNECTION AMONG LANGUAGE AND CULTURE, ANALYZING HOW LANGUAGE
REFLECTS AND SHAPES SOCIAL STANDARDS, VALUES, AND PERSONALITIES. Talqin va
tadqiqotlar, 1(31).
24.
Isakova, Z. Z., & Rakhmonova, N. B. (2021). The expressing value attitude with
the help of paralinguistic methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal, 11(5), 1209-1213.
25.
Abdulhamidov, S. (2023). CAUSATIVITY FROM THE POINT OF VIEW OF THE
LINGUOCOGNITIVE ASPECT. Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика, 2(23), 8
-11.
26.
Abdulhamidov, S. (2023). BASIC PRINCIPLES AND PROCEDURE FOR
STUDYING CAUSATIVE CONSTRUCTIONS IN MODERN LINGUISTICS. Наука и
технология в современном мире, 2(19), 19
-22.
27.
Xusnitdin o’g’li, S. A. (2023). ISSUES OF CREATING A LINGUISTIC IMAGE OF
THE WORLD. Gospodarka i Innowacje., 37, 44-46.
28.
Попова, Е. И. (2022). Эстетическая Функция Грамматических Средств
Языка В Художественном Тексте. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture, 3(11), 290-295.
29.
Попова,
Е.
И.
(2023).
РИТОРИЧЕСКАЯ
КОМПЕТЕНЦИЯ
В
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ УЧИТЕЛЯ. Gospodarka i Innowacje., 42, 332
-336.
30.
Popova, E. I. (2023). TECHNIQUES OF SEMANTIZATION OF RUSSIAN
VOCABULARY IN A FOREIGN LANGUAGE AUDIENCE. Academia Science Repository,
4(03), 227-234.
