Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
On the teaching of Mathematics in the humanities of
higher education institutions
Nodira MUKHITDINOVA
Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article examines the importance of mathematical
education for students in humanities programs at pedagogical
universities. It emphasizes that mathematics should be
considered an essential component of the professional training
of future teachers. Additionally, it discusses ways to address the
challenges of teaching mathematics in the humanities education
fields.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp181-184
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Mathematics,
humanities education,
pedagogy,
teacher training,
higher education,
professional preparation.
Oliy ta’lim muassasalari gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida
matematikani o‘qitish xususida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
matematika,
gumanitar ta'lim,
pedagogika,
o'qituvchilar tayyorlash,
oliy ta'lim,
kasbiy tayyorgarlik
Ushbu maqolada pedagogika oliy ta’lim muassasalari
gumanitar ta’lim yo‘nalishi talabalariga matematik ta’limning
ahamiyati,
matematikaning
bo‘lajak
o‘qituvchi
kasbiy
tayyorgarligi jarayonining muhim tarkibiy qismi deb qarash
lozim ekanligi, gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida matematika
o‘qitish muammosini yechishning yo‘llari xususida fikr
yuritilgan.
1
Associate Professor, PhD, Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
182
О
преподавании
математики
в
гуманитарных
направлениях высших учебных заведений
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
математика,
гуманитарное
образование,
педагогика,
подготовка учителей,
высшее образование,
профессиональная
подготовка
.
В
данной
статье
рассматривается
значение
математического
образования
для
студентов
гуманитарных специальностей в педагогических вузах.
Отмечается, что математику следует рассматривать как
важную составляющую профессиональной подготовки
будущих учителей. Также обсуждаются пути решения
проблемы преподавания математики в гуманитарных
направлениях образования
.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi –
chuqur
fundamental bilimga va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, keng yo‘nalishli
mutaxassislarni shakllantirishdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi. Ma’lumki, unda ta’lim va
tarbiyani tashkil etish shakl va metodlari talabalarning idrok etish faoliyatlarini
faollashtirishga xizmat qiladi.
Har bir davr ta’lim
-
tarbiya masalalariga doimo o‘ziga xos ravishda yondashadi,
kundalik amaliy ehtiyoj va zamonaviy talablar asosida ta’lim mazmunini ilmiy
-amaliy
jihatdan qayta qarab chiqadi. Keyingi yillarda Respublikamizda va umuman, barcha
hamdo‘stlik mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy
-
siyosiy o‘zgarishlar ta’lim tizimini, shu
jumladan, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga olib keldi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish
o‘qitishni tashkil qilish mazmunini, strukturasini va maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirishni
talab qiladi. Aslida bunday o‘zgartirishlar bo‘lajak o‘qituvchining, ham shaxs sifatida, ham
kasbiy rivojlanishini ta’minlashga va o‘qituvchining ijodiy individualligini
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Gumanitar ta’lim yo‘nalish talabalariga beriladigan matematik ta’limni bo‘lajak
o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligi jarayonining muhim tarkibiy qismi deb qarash lozim.
G
umanitar ta’lim yo‘nalishlaridagi matematika kursi ko‘pchilik fanlarning
asoslarini, shu jumladan, gumanitar fanlarning asoslarini o‘rganishda katta ahamiyatga
ega. Barcha zamonaviy fanlar matematik metodlar va g‘oyalar bilan sayqal topadilar.
Insonning mehnat faoliyatida matematik metodlarni qo‘llash ko‘lami benihoyadir.
Ayniqsa, axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda har bir oliy ma’lumotli
shaxs matematik bilim va matematik tafakkurga ehtiyoj sezadi. Shu bois, matematik
ta’lim talabalarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning falsafiy yutuqlari, uning umumiy qonuniyatlari va asosiy ilmiy
kontseptsiyalarini ham matematikasiz tasavvur qilish mumkin emas, shuning uchun
matematika talaba tafakkuri va dunyoqarashining shakllanishiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Bizning fikrimizcha, hozirgi axborot texnologiyalari asrida gumanitar va ijtimoiy
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan har bir bakalavr va shu yo‘nalishda
mutaxassislik olgan har bir magistr, boshqa barcha oliy ma’lumotli kadrlar kabi, fan
-
texnika sohasida erishilgan umuminsoniy yutuqlardan xabardor bo‘lishi va zarur
hollarda ulardan o‘z sohasida foydalana olishi lozim. Bu esa albatta, ulardan mavjud
matematik modellar, isbotlash usullari, matematik mantiq elementlari, matematik hisob-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
183
kitoblar va shunga o‘xshash bilimlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishni taqozo
qiladi.
Talabalarni o‘quv fanining turli xil qirralari qiziqtiradi. Ularning barcha
qiziqishlarini qamrab olish juda mushkul, shuning uchun o‘quv fanining shunday
qirralarini tanlab olish kerakki, u o‘rganuvchilarning ko‘pchiligiga ma’qul bo‘lsin. Bunday
qirralardan biri -
talabalarni o‘qitilayotgan fanning egallayotgan kasbiga qanchalik
kerakligiga qiziqtirishdir.
O‘qitishning muhim qoidalaridan biri o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidir.
O‘qituvchi o‘qitishda talabalarning bilim orttirish faoliyatini shunday tashkil etishi
lozimki, talabalar faktlarni tizimli tahlil etish asosida intellektual qiyinchiliklarni mustaqil
hal eta olsinlar, xulosa chiqarish va umumlashtirishni bajarsinlar, qonuniyatlarni
ifodalasinlar, olgan bilimlarini har qanday vaziyatda qo‘llay olsinlar. Bunday o‘qitishda
talabalarda bilimlarni mustaqil olish, gipotezalarni oldinga surish va ularni isbotlash yo‘li
bilan aqliy faoliyatning yangi usullarini topish, bilimlarni qo‘llanish ko‘nikmalarini
yaratish, diqqat va tasavvurni rivojlantirish qobiliyatlari shakllantiriladi.
O‘qituvchi talabalarning fikrlashini tarbiyalashda, yangi masalalarni qo‘yish va
yechishda, yechishning yangi original usullarini izlashda, har bir mustaqil urinishlarini
rag‘batlantiradi. O‘qituvchi talabalarga fikrlash va ijodiyot, ijodiyotni rivojlantirish va
namoyon etishda yordam beradi. Pirovard natijada bularning barchasi bilim orttirish
faolligini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Gumanitar ta’lim yo‘nalish talabalarida matematikani o‘rganishga qiziqishni
oshirishning muhim vositalaridan biri, amaliy masalalarga ko‘proq ahamiyat berishdan
iboratdir. Amaliy masalalarni yechish orqali talabalar matematikaning mohiyatini,
matematikaning qo‘llanish sohalari naqadar kengligini hamda hozirgi zamondagi o‘rnini
anglab yetadilar
Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida matematika
o‘qitish g‘oyasini umum tan olingan g‘oya deb aytish qiyin. Agar biz fikran kelajakka
nazar solsak, matematik siklning umumuniversitet ta’limi jarayonida qanday o‘rin
tutishini ko‘ramiz. Buni tushuntirib berishga harakat qilamiz: universitet gumanitar
yo‘nalishlarida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi
- talabalar ongiga zaruriy
matematik madaniyatni singdirish va amaliy faoliyatlarida matematik metodlarni
qo‘llashning zaruriy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishi
talabalari tafakkurining psixologik jihatlarini, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini
maksimal ravishda e’tiborga olgan holda, ulardan imkon qadar formal
-mantiqiy
bayonlarni, murakkab isbotlarni talab qilmaslik va isbotlarni ko‘rgazmali mulohazalar
bilan almashtirish lozim. Ularga matematik tushunchalarni va matematik
qonuniyatlarning amaliy tatbiqlarini oddiy misollarda tushuntirish zarur. Matematika
o‘qitish jarayonini muvofiq ravishda umummadaniy qadriyatlar va umumfalsafiy
kontseptsiyalar bilan, tarixiy hodisalar va faktlar bilan, tillar, adabiyot, san’at va musiqa
bilan chambarchas bog’lab olib borish kerak. Matematik terminlarni to‘g’ri tushunish va
ularni o‘z o‘rnida ishlatishga alohida e’tibor qaratilmog’i lozim. Talabalarni hech
bo‘lmaganda, axborotlarni oddiy miqdoriy tahlil qilish imkonini beruvchi muayyan
matematik apparat bilan ta’min qilish kerak.
Amalga tatbiq qilish usullaridan biri haqida R.Akoff B.Paskalning matematika fani
shunchalik jiddiy fanki, uni biroz bo‘lsada, qiziqarli qilib o‘qitishni unutmaslik juda
foydali bo‘ladi, degan so‘zini takrorlab, turli matematik tashkil etuvchilardan «chiroyli
mozaikali polotno»ni yaratishni shunday amalga oshirish kerakki, pirovardida u
gumanitar talabada matematikani to‘la muhokama qilish ko‘nikmasini shakllanishiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2024) / ISSN 2181-1415
184
yo‘nalgan bo‘lsin deb ta’kidlaydi. Bunda, asosan o‘qitishning boshlang’ich etaplarida
qiyinchiliklar ham oz bo‘lmaydi. Ulardan (bizningcha muhim bo‘lgan) faqat ikkitasini
ko‘rsatamiz:
1) Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari talabalarida matematikaga nisbatan g’ayri
qarashning borligi.
2) Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari talabalariga matematika o‘qitish amaliy
tajribasining qariyib yo‘qligi.
O‘qitishdagi birinchi qadamlar har doim katta psixologik zo‘riqishlarni keltirib
chiqaradi, chunki o‘qituvchining dastlabki sa’y
-harakati va undan kutiladigan natijalar
ko‘pgina talabalarniki bilan ustma
-ust tushavermaydi. Hattoki, ular butunlay qarama-
qarshi bo‘lib qolishlari ham mumkin. O‘z bitiruvchilarida matematikaga nisbatan (butun
hayoti davomida tark etmaydigan) salbiy fikrni kelib chiqishida ba’zan maktab ham
sababchi bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘p narsa o‘qituvchining yechilayotgan masalani qay
darajada tushunishiga, xohish istagiga va tanlangan o‘qitish usuli bo‘yicha talabalarning
e’tiborini jalb qilish qobiliyatiga bog’liq bo‘ladi. Maqsadga erishishning yo‘llari turli
-
tuman bo‘lishi mumkin. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish birinchi etapining
ko‘proq qismini «Gumanitar –
matematik ko‘prik» qurishga sarflash maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bu gumanitar ta’lim yo‘nalishi talabalarida muayyan matematik intuitsiyani
shakllantirish, matematikaning amaliy faoliyatda nimalarga qodir ekanligi, matematik
mulohazalarning oddiyligi, tabiiyligi va samaradorligini jonli misollar bilan ko‘rsatib
berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Talaba ta’lim olayotgan yo‘nalishda faoliyat
ko‘rsatayotgan taniqli olimlarning matematika to‘g’risidagi fikrlari haqida ham aytib
o‘tish juda foydali bo‘ladi.
Gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida matematika o‘qitish muammosini yechishning
mumkin bo‘lgan yo‘llaridan biri, bu
-
universitet gumanitar ta’lim jarayoniga matematik
siklni har tomonlama o‘ylab, har bir mutaxassislikning talab va ehtiyojlarini hisobga
olgan holda oqilona ravishda kiritishdan iborat. Darhaqiqat, matematika fani kelajakda
turli amaliy gumanitar masalalarni yechishning ulkan vositasi va ilmning universal tili
bo‘libgina qolmasdan, umumiy madaniyatning muhim elementi ham bo‘lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Muxitdinova N.M. Gumanitar yo‘nalishlarda matematikani o‘qitish masalalari
//Xalq ta’limi. –
Toshkent, 2009. -
№ 5. 33
-35 betlar.
2.
Шикин Е.В. Математика для гуманитариев. Ч. I
-
Н.Новгород: ННГУ, 1996.
-
128 с.
3. Mukhitdinova Nodira Mamalatifovna. THE IMPORTANCE OF MATHEMATICAL
TASKS IN STEAM EDUCATION A WORLD EXPERIENCE. World Bulletin of Social
Sciences. 2023/1/2. 18-tom. - C. 94-97.
