Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Water resources characteristics: a global problem and
solutions in Uzbekistan
Zulfiya MAKHMUDOVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article analyzes one of the urgent problems of the
21st century
–
water resource scarcity and its economic,
environmental and social impacts. The rational use of water
resources on a global and national scale, the importance of
water-saving technologies, and the reforms being implemented
in Uzbekistan are widely covered. In particular, state programs
for the widespread introduction of drip irrigation technologies
in agriculture, improving the reclamation of irrigated lands, and
modernizing the existing water management infrastructure are
considered. This article contains scientific and practical
recommendations on the causes, consequences and solutions to
global water scarcity.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
09-613
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
water resources,
water scarcity,
drip irrigation,
irrigation,
water-saving technologies,
Uzbekistan,
land reclamation,
agriculture,
global problems.
Suv resurslarining tanqisligi: global muammo va
O‘zbekistondagi yechimlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Suv resurslari,
suv tanqisligi,
tomchilatib sug‘orish,
irrigatsiya,
suv tejovchi texnologiyalar,
O‘zbekiston,
melioratsiya,
qishloq xo‘jaligi,
global muammolar.
Mazkur maqolada XXI asrning dolzarb muammolaridan biri
–
suv resurslarining tanqisligi va uning iqtisodiy, ekologik hamda
ijtimoiy ta’sirlari tahlil qilingan. Global va milliy miqyosda suv
resurslaridan foydalanishning oqilona usullari, suv tejovchi
texnologiyalarning ahamiyati hamda O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar keng yoritilgan. Xususan, qishloq
xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish,
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va mavjud
suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat
dasturlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu m
aqola global suv tanqisligining
sabablari, oqibatlari va yechimlari haqida ilmiy hamda amaliy
tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
1
Teacher, Department of Social Sciences of Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: zulfiya.mahmudova.89@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
610
Характеристика
водных
ресурсов:
глобальная
проблема и пути решения в Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
водные ресурсы,
дефицит воды,
капельное орошение,
ирригация,
водосберегающие
технологии,
Узбекистан,
мелиорация земель,
сельское хозяйство,
глобальные проблемы.
В статье рассматривается одна из актуальных проблем
XXI века –
дефицит водных ресурсов и его экономические,
экологические и социальные последствия. Особое
внимание уделено вопросам рационального использования
водных ресурсов как в мировом, так и в национальном
масштабе.
Освещается
значение
водосберегающих
технологий, а также реформы, проводимые в Узбекистане.
В частности, подробно анализируются государственные
программы по внедрению технологий капельного
орошения
в
сельском
хозяйстве,
улучшению
мелиоративного
состояния
орошаемых
земель
и
модернизации
существующей
водохозяйственной
инфраструктуры. В статье представлены научные и
практические рекомендации, направленные на выявление
причин, оценку последствий и разработку решений для
преодоления глобального дефицита воды.
XXI asrda dunyo miqyosida resurslardan foydalanish jarayoni tezlashar ekan,
ichimlik suvi va chuchuk suv resurslarining tanqisligi tobora dolzarb muammoga
aylanmoqda. Aholining ko
‘
payishi, qishloq xo
‘
jaligi va sanoat ishlab chiqarish hajmining
oshishi suv iste
’
molining sezilarli darajada ortishiga olib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra,
1960
–
2019-
yillar davomida ichimlik suvi iste’moli global miqyosda 8 barobarga oshgan
[1]. Bu esa yer sharida mavjud suv resurslarining cheklanganligini va ularni oqilona
boshqarish zaruratini yana bir bor ko‘rsatadi.
Bugungi kunda suv resurslaridan foydalanish masalasi nafaqat ekologik, balki
ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarning 70 foizidan ortig‘i qishloq
xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich suv resurslarining samarali
boshqarilishi qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi va oziq
-
ovqat xavfsizligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘
ri
ta’sir ko‘rsatishini anglatadi [2]. Ayniqsa, suv resurslariga qaram davlatlar, jumladan,
O‘zbekiston uchun ushbu muammoning dolzarbligi yanada oshadi [3].
O‘zbekiston suv resurslari cheklangan davlatlar qatoriga kiradi. Respublikada
iste’mol qilinadigan
suvning 80 foizi qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Ichki resurslar esa
talabning atigi 20 foizini qoplaydi. Bunday vaziyatda suvdan oqilona foydalanish,
zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va mavjud suv xo‘jaligi infratuzilmasini
modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mamlakatimizda suv tanqisligi global miqyosdagi muammoning milliy
ko‘rinishi sifatida qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga ta’sir qilmoqda. Ushbu
muammoning yechimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, qator
islohotlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish,
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va resurslarni tejovchi
texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
[1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
611
Jahon miqyosida suv resurslarining tanqisligi tobora ortib bormoqda. Qishloq
xo‘jaligi global chuchuk suv iste’molining asosiy qismiga javobgar bo‘lib, yiliga 2,8 ming
km³ chuchuk suv ishlatiladi. Bu umumiy chuchuk suv iste’molining 70 foizini tashkil
etadi [2]. Sug
‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining katta qismini
ta’minlaydi, xususan, oziq
-ovqatning 40 foizi va don mahsulotlarining 60 foizi ana shu
yerlardan olinadi [2].
Biroq, yer ustidan sug‘orish usullarining keng qo‘llanilishi sababli suv
resur
slarining katta qismi samarasiz ishlatilmoqda [3]. Suv yo‘qotishlarining katta qismi
suvning bug‘lanishi, yer ostiga sizib ketishi va noto‘g‘ri boshqaruv tizimlaridan kelib
chiqadi. Bu esa qishloq xo‘jaligida samaradorlikni pasaytirib, suv tanqisligini yan
ada
kuchaytiradi. Shu sababli, butun dunyoda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish
masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston suv resurslari cheklangan davlatlardan biri hisoblanadi. Respublikada
foydalanilayotgan suvning 80 foizi qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridan keladi,
mahalliy resurslar esa bor-
yo‘g‘i 20 foizni tashkil etadi. Mamlakatdagi sug‘oriladigan
yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln gektarni tashkil qiladi. Ushbu yerlarni suv bilan
ta’minlash uchun 180 ming km sug‘orish
tarmoqlari, 55 ta suv ombori va 800 dan ortiq
gidrotexnik inshootlar faoliyat yuritadi [3]. Shunga qaramay, sug‘orish tizimlarining
aksariyati eskirgan bo‘lib, samaradorlikni pasaytiradi. Suv resurslarining isrofgarchiligi
va meliorativ holatning yomonlash
uvi natijasida qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona
foydalanish tobora muhim bo‘lib bormoqda [3].
Respublikada suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini tejash borasida qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
•
2017-yil 7-fevraldagi PF
–
4947-sonli Prezident farmoni
asosida tasdiqlangan
"2017
–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"da qishloq xo‘jaligida suv tejovchi
texnologiyalarni keng joriy etish nazarda tutilgan [4].
•
2018-yil 27-dekabrdagi PQ
–
4087-sonli qaror
asosida tomchilatib sug‘orish
texnologiyalarini rivojlantirish, suv resurslarini tejashga alohida e’tibor qaratilgan [4].
Mazkur chora-
tadbirlar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash,
suv omborlarini modernizatsiya qilish va suv ta’minotida resurslarni tejashga xizmat
qiladi. Ushbu texnologiyalarni joriy qilish orqali suv yo‘qotishlarini kamaytirish va
qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.
Global suv tanqisligi bugungi kunda jahonning barcha davlatlari uchun muhim va
dolzarb muammoga aylangan. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda ushbu masala
iqtisodiy va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Suv resurslari
yetishmovchiligi qishloq
xo‘jaligi mahsuldorligini pasaytirib, oziq
-ovqat xavfsizligini
tahdid ostiga qo‘yadi. Bu esa aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ekologik
muvozanatni buzadi.
O‘zbekistonda suv resurslarining katta qismi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligida
ishlatiladi. Ammo suvni bugungi darajada samarasiz boshqarish davom etsa, kelajakda
suv taqchilligi yanada keskinlashishi mumkin. Eskirgan sug‘orish tizimlarini
modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ushbu
muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi.
Biroq bunday tizimlarni yangilash katta miqdordagi investitsiyalarni talab qiladi.
Davlat tomonidan bu yo‘nalishda qator dasturlar amalga oshirilmoqda, lekin xususiy
sektor ishtirokini oshirish va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
612
kuchaytirish zarurdir. Investitsiyalarni samarali boshqarish nafaqat suv resurslarining
tejab ishlatilishiga, balki sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirishga va qishloq
xo‘jaligida yangi imkoniyatlar yaratishga zamin hozirla
ydi.
Shu bilan birga, suvni tejash masalasi faqat texnik tadbirlar bilan cheklanmasdan,
aholining ekologik savodxonligini oshirish orqali ham amalga oshirilishi lozim. Suv
resurslarini tejash borasida jamoatchilikni jalb qilish va ularga ushbu masalaning
ahamiyatini tushuntirish barqaror natijalarga erishishning muhim shartidir.
Kelgusida suv resurslarini tejash bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar nafaqat
bugungi muammolarni hal qilish, balki kelajak avlodlar uchun barqaror suv ta’minotini
kafolatlashga qar
atilgan bo‘lishi lozim. Bu jarayonda davlat siyosatining aniq yo‘nalishi,
zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi va xalqaro hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Shu
tarzda, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va
ahol
i farovonligini yaxshilashga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston suv resurslarining cheklanganligi, ularning katta qismi qo‘shni
davlatlardan kelishi, mamlakatda suvdan oqilona foydalanishning naqadar dolzarbligini
yana bir bor ta’kidlaydi. Suv resurslari
bugungi kunda iqtisodiy barqarorlik, qishloq
xo‘jaligi rivoji va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun asosiy omil bo‘lib qolmoqda.
Suv ta’minoti va uning samarali boshqarilishi nafaqat suvni tejash, balki hududlarning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi
da muhim rol o‘ynaydi.
Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, mavjud sug‘orish tizimlarini
modernizatsiya qilish va yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muammolarni hal
qilishda samarali yondashuvlar bo‘lishi mumkin. Bunday chora
-tadbirlar nafaqat suvni
tejashga yordam beradi, balki qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshiradi va aholi
farovonligini yaxshilashga imkon yaratadi. Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish kabi suvni
tejovchi usullarni kengaytirish orqali yer resurslaridan yanada samarali foydalanish
mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, suv resurslarini boshqarish masalasi xalqaro hamkorlikni talab
etadi. O‘zbekistonda suv ta’minoti, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish orqali, o‘zaro manfaatlarga asoslangan tizimlarni yarati
sh muhim
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, davlatning siyosiy va iqtisodiy irodasi, xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish orqali mamlakatda suv
resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashishi kerak.
Natijada, O‘zbekisto
nda suv resurslaridan samarali foydalanish nafaqat ekologik,
balki iqtisodiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Suvni tejash va uning samarali
boshqarilishi orqali mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shish
mumkin. Bu esa, kelajakda suv
ta’minotining barqarorligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida
yangi texnologiyalarni tatbiq etish va xalqaro miqyosda o‘zaro hamkorlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Cawater-
info.net. Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lumotlari.
Havola.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari: PF–
4947-
sonli farmon. «2017–
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi», 2017 yil 7
fevral.
3.
PQ-4087-
sonli qaror. «Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish
texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid chora-
tadbirlar», 2018 yil 27 dekabr.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
613
4.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-sonli
qarori. «2018–2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi».
5.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi va Suv xo‘jaligi vazirli
gi hisobotlari.
