Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The system for enhancing the qualifications of irrigation and
land reclamation specialists in Andijan region: experience
from 2003
–
2004 and prospects for development
Zulfiya MAKHMUDOVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This article analyzes the establishment of short-term
training centers for irrigation and land reclamation specialists
in the Andijan region during 2003-2004. It examines the
curriculum of these centers and the training conducted in
practical areas, as well as the experience of enhancing practical
skills under limited conditions of modern laboratory and
technical facilities.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp32-37
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Andizhan region,
professional development,
irrigator,
reclamation specialist,
short courses,
field training,
laboratory,
mentorship,
modern education.
Andijon viloyatida irrigator-meliorator kadrlar malakasini
oshirish tizimi: 2003
–
2004-yillar tajribasi va rivojlanish
imkoniyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Andijon viloyati,
malaka oshirish,
irrigator,
meliorator,
qisqa kurslar,
dala amaliyoti,
laboratoriya,
ustoz-shogird,
zamonaviy ta’lim.
Ushbu maqolada 2003
–
2004-yillarda Andijon viloyatida
irrigator va meliorator kadrlari uchun qisqa muddatli malaka
oshirish markazlarini
tashkil etish, ushbu markazlarning o‘quv
dasturi va amaliyot maydonlarida olib borilgan mashg‘ulotlar,
shuningdek, zamonaviy laboratoriya va texnik bazaning
cheklangan sharoitida amaliy ko‘nikmalarni oshirish tajribasi
tahlil qilinadi.
1
Teacher, Andijan State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
33
Система повышения квалификации ирригационно
-
мелиоративных кадров в Андижанской области: опыт
и возможности развития на 2003–2004 годы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Андижанская область,
повышение
квалификации,
ирригатор,
мелиоратор,
краткие курсы,
полевая практика,
лаборатория,
наставничество,
современное образование.
В
статье
рассматривается
опыт
организации
в 2003–2004 годах в Андижанской области краткосрочных
центров повышения квалификации для ирригаторов и
мелиораторов, структура их учебных программ и
проведение практических занятий на полевых участках в
условиях ограниченной современной лабораторной и
технической базы. Результаты исследования показывают,
что интерактивные занятия на практике и система
наставничества сыграли важную роль в формировании
современных специалистов за короткий срок.
KIRISH
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng suv xo‘jaligi va qishloq
infratuzilmasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarga ehtiyoj
ortdi. Ayniqsa,
sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan Andijon viloyatida irrigator va
meliorator kadrlarni malakasini oshirishga alohida e’tibor berildi [1, p.22].
2003
–
2004-
yillar oralig‘ida hududda yangi –
xo‘jaliklar bilan ishlaydigan, qisqa muddatli
(2
–
3 oy) maxsus kurslar tashkil etuvchi malaka oshirish markazlari ochildi. Ushbu
markazlarda zamonaviy laboratoriya va texnik asbob-
uskunalar yetarli bo‘lmasa
-da, asosiy
e’tibor nazariy mashg‘ulotlar va tajriba maydonlarida amaliyot o‘tkazishga qaratildi.
Bunday m
arkazlar faoliyatining tashkil etilishi qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilarini zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari, suv tejash
usullari va dala boshqaruvi borasida yangi bilimlarga ega bo‘lishi uchun muhim omil
bo‘ldi. Fermer xo‘jalik
lari rahbarlari, kollej bitiruvchilari va yosh mutaxassislar ushbu
markazlarda nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga
ega bo‘ldi [2, p.35].
Mazkur maqolada Andijon viloyatidagi malaka oshirish markazlarining yaratilish
sa
bablari, ularning tashkiliy tuzilmasi, amaliy va nazariy o‘qitish formati, natijalari va
mavjud muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu tajribaning hozirgi vaqtdagi
ahamiyati va kelajakda takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
METODLAR VA MANBALAR
Mazkur tadqiqotda irrigator va meliorator kadrlar malakasini oshirish markazlari
faoliyatini o‘rganishda tarixiy
-
taqqoslovchi va tizimli tahlil usullari qo‘llanildi.
2003
–
2004-yillarda Andijon viloyatida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslar, amaliyot
maydonlarining ahamiyati va o
‘
quv dasturlarining mazmuni zamonaviy metodologiya
asosida tahlil qilindi [2, p.36].
Tadqiqotning asosiy manbalari sifatida quyidagilar tahlil qilindi:
–
Andijon viloyati Suv xo‘jaligi boshqarmasi va
Melioratsiya inspeksiyasining arxiv
materiallari (2003
–
2004);
–
“Qishloq xo‘jaligi yangiliklari” gazetasining 2004
-yilgi sonlari;
–
Andijon qishloq xo‘jaligi kolleji va markazlaridagi o‘quv dasturlari, sertifikat
namunalarining arxiv nusxalari [1, p.23];
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
34
–
Hududiy fermer xo‘jaliklari va suv xo‘jaligi mutaxassislarining intervyulari;
–
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi statistik
axborotnomalari [3, p.47].
Tadqiqot davomida quyidagi metodlar keng qo‘llanildi:
–
tarixiy-solishtirma metod: malaka oshirish markazlarining yaratilish sabablari va
avvalgi tizimlardan farqi aniqlashtirildi;
–
tizimli-
tahlil: o‘quv dasturlarining tarkibi va amaliy mashg‘ulotlarning
samaradorligi baholandi;
–
empirik yondashuv: markazlar faoliyatining natijalari, fermerlar va
bitiruvchilarning amaliy tajribasi asosida tahlil qilindi [2, p.37].
Ushbu kompleks yondashuv Andijon viloyatida qisqa muddatli malaka oshirish
kurslari va amaliyot maydonlarining irrigator va meliorator kadrlar tayyorlash tizimidagi
o‘rnini to‘liq ochib berishga imkon berdi.
NATIJALAR
2003
–
2004-
yillarda Andijon viloyatida xo‘jaliklar bilan ishlaydigan irrigator va
meliorator kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu
markazlar Suv xo‘jaligi boshqarmasi, Melioratsiya inspeksiyasi va qishloq xo‘jaligi
kollejlarining tashabbusi bilan, hududiy fermerlar va yosh mutaxassislarning amaliy
ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi [1, p.24]. Dastlab Andijon tumani, Izboskan va Asaka
hududlarida pilo
t sifatida ochilgan kurslar so‘keyinchalik boshqa tumanlarda ham joriy
etildi.
Kurslarning davomiyligi odatda 2
–3 oy bo‘lib, ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarni
qamrab olgan:
1.
Suv inshootlarini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish asoslari
2.
Melioratsiya tizimlarining samarali ishlash tamoyillari
3.
Gidromeliorativ laboratoriya asboblari bilan ishlash (nazariy jihatdan)
4.
Dala maydonlarida suv tejash usullari va modern irrigatsiya texnologiyalari [3, p.48]
Ushbu kurslarda zamonaviy
laboratoriya yoki texnik uskunalar yetarli bo‘lmagan,
asosan nazariy mashg‘ulotlar va mavjud maydonlarda amaliyot o‘tkazishga urg‘u
berilgan. Amaliy mashg‘ulotlar ko‘pincha mahalliy fermer xo‘jaliklari bazasida, real
sug‘orish tarmoqlari va quduqlarda tash
kil etilgan [2, p.38].
Dars jarayonida, ayniqsa, soha bo‘yicha tajribali muhandislar va suv xo‘jaligi
fidoyilari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga bevosita
yetkazgan. Bunday ustoz-
shogird tamoyili, o‘quvchilar tomonidan yuqori
baholangan va
kurs bitiruvchilari amaliyotdan so‘ng bevosita ishga jalb qilingan [1, p.25].
O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga davlat namunasi asosidagi guvohnoma
(sertifikat) berilgan bo‘lib, bu hujjat ularning irrigatsiya va melioratsiya tizimlarid
a
faoliyat yuritishiga rasmiy asos bo‘lgan [3, p.50].
Andijon viloyatida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari amaliyotga
yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni mustahkamlovchi va yosh kadrlarga zamonaviy talablar
asosida ishlash imkonini beruvchi tizim sifatida shakllangan.
Andijon viloyatida tashkil etilgan malaka oshirish markazlarining eng muhim
jihatlaridan biri
–
bu o‘quv dasturida amaliyot maydonlariga va tajriba asosida o‘qitishga
alohida e’tibor berilgani bo‘ldi. Zamonaviy laboratoriya uskunalari va
texnika
yetishmasligiga qaramasdan, mavjud maydonlarda bevosita dala sharoitida
mashg‘ulotlar o‘tkazilgan [2, p.38].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
35
Amaliy mashg‘ulotlar, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda olib borilgan:
1.
Sug‘orish tarmoqlari va kollektor
-drenaj tizimlarining ishlashini real holatda
o‘rganish
2.
Suv sathini va yer namligini o‘lchash, oddiy uskunalar bilan monitoring
3.
Nasos va quduq uskunalarini parvarish qilish, xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish
4.
Dala sharoitida suv tejash usullarini tatbiq etish [3, p.51]
Taj
riba maydonlarida mashg‘ulot o‘tkazish tinglovchilar uchun nazariy bilimlarni
hayotga tatbiq etish, real texnik vaziyatlarda muammolarni hal qilish ko‘nikmasini
rivojlantirishga xizmat qilgan. Ko‘plab tinglovchilar aynan ushbu dala amaliyoti tufayli
irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining texnik jihatlariga chuqur kirishish imkoniyatiga
ega bo‘lgan [1, p.26].
Laboratoriya jihozlari va o‘quv bazasining cheklanganligi sababli, laboratoriya
mashg‘ulotlari ko‘proq nazariy ko‘rinishda –
laboratoriyadagi asbob-uskunalar ishlash
prinsiplari, suv namunalarini tahlil qilish usullari, gidromeliorativ hisob-kitoblar asoslari
shaklida olib borilgan [3, p.52].
Amaliyot maydonlarida tajriba o‘tkazish orqali tinglovchilar suv tanqisligi
sharoitida resurslarni tejashni, t
uproq sho‘rlanishini kamaytirish bo‘yicha aniq
tavsiyalarni, suv va tuproq monitoringi asoslarini kengaytirilgan muhandislik
yondashuvlarini o‘zlashtirishganlar [2, p.39].
Malaka oshirish markazlarida dala va laboratoriya mashg‘ulotlarining uyg‘unligi
irrigator va meliorator kadrlarni qisqa vaqt ichida amaliy va zamonaviy bilim bilan
qurollantirishga xizmat qilgan.
Andijon viloyatida 2003
–
2004-yillarda tashkil etilgan malaka oshirish markazlari
qisqa muddatli, amaliyotga asoslangan o‘quv jarayonlari orqali
irrigator va meliorator
kadrlarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashga muhim hissa qo‘shdi. Tadqiqotlar va
mahalliy soha mutaxassislari fikriga ko‘ra, mazkur markazlar faoliyati quyidagi
samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi:
Fermer xo‘jaliklari va suv xo‘jaligi tashkilotlari ehtiyojlariga mos ravishda
tayyorlangan kadrlar soni qisqa vaqt ichida oshdi. 2004-
yilga kelib, viloyat bo‘ylab
300 nafardan ortiq tinglovchi maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan va guvohnoma
olgan [3, p.53].
Malaka oshirish markazlarini tamomlagan yosh mutaxassislar suv inshootlarida
texnik xizmat ko‘rsatish, sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va samaradorlikni
oshirish bo‘yicha real loyihalarda ishtirok eta boshladi [1, p.27].
Amaliyotda o‘rgatilgan suv te
jash, suv sathini monitoring qilish, suv taqsimoti va
melioratsiya bo‘yicha zamonaviy usullar viloyatda qishloq xo‘jaligi unumdorligining
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi [2, p.40].
Ustoz-
shogird tizimi va dala mashg‘ulotlarining ko‘pligi tufayli markaz b
itiruvchilari
mustaqil va innovatsion yondashuvlarni tez o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ldi.
Markazlar faoliyati davomida, ayniqsa, oddiy fermerlar va kollej bitiruvchilari
uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish imkoniyati yaratilgani, ular zamonaviy
texnikala
rdan foydalanish, suv va tuproq resurslarini tejash bo‘yicha aniq tavsiyalarni
bevosita amaliyotda ko‘rganliklari ayniqsa muhim bo‘ldi [2, p.41].
Biroq, malaka oshirish tizimi uchun yetarli laboratoriya va zamonaviy jihozlarning
yo‘qligi, ba’zan dars jarayonining to‘liq amaliy shaklda tashkil etilmasligi, zamonaviy
diagnostika uskunalari va simulyatorlar bilan ta’minlanmaslik kabi kamchiliklar ham
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
36
mavjud edi [3, p.54]. Shunga qaramay, bu markazlar qisqa vaqt ichida irrigatsiya va
melioratsiya sohasida malakali, amaliyotga yaqin, zamonaviy bilimlarga ega kadrlari
shakllanishiga zamin yaratdi.
MUHOKAMA
Andijon viloyatida 2003
–
2004-yillarda tashkil etilgan irrigator va meliorator
kadrlar malakasini oshirish markazlari qishloq xo‘jaligi sohasining
real ehtiyojlariga mos
bo‘lgan amaliy o‘quv tizimini yaratishga harakat qildi. Qisqa muddatli kurslar va tajriba
maydonlarida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni bevosita dala
sharoitiga tatbiq qilish imkonini berdi. Bu yondashuv markaz bitiruvchilarining sohada
ishlashga tez moslashuvchanligini ta’minladi [1, p.28].
Fermerlar va yosh mutaxassislar zamonaviy texnika va irrigatsiya tizimlarini
bevosita dala sharoitida ko‘rib, muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmasini
rivojlantirishdi. Ayniqsa, ustoz-shogird tizimining faol ishlashi, tajribali soha fidoyilari
tomonidan o‘qituvchilarning jalb etilishi, ko‘plab amaliy topshiriqlar va monitoring
bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar qisqa vaqt ichida zamonaviy kasbiy kompetensiyani
shakllantirishga yordam berdi [3, p.55].
Markazlarning natijadorligi viloyatdagi suv xo‘jaligi infratuzilmasi va fermer
xo‘jaliklarining rivojlanishida sezilarli aks etdi. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
samaradorligi, suv va tuproq resurslarini tejash, modern texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha kurs bitiruvchilari ilg‘or loyihalarda faol ishtirok etishga boshladi [2, p.42].
Shunga qaramay, zamonaviy laboratoriya, texnik baza va diagnostika jihozlarining
yetarli emasligi sababli kurslarning ba’zi jihatlari chekla
nganicha qoldi. Zamonaviy
simulyatorlar va yangi texnologiyalarning keng ko‘lamda o‘qitilishi hozirgi ehtiyojlarga
to‘liq javob bermaydi. Bu esa tizimni kelajakda takomillashtirish uchun qo‘shimcha
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi [3, p.56].
Ushbu tajr
iba O‘zbekiston suv xo‘jaligida qisqa muddatli, amaliyotga yo‘naltirilgan,
ustoz-shogird tamoyiliga asoslangan malaka oshirish kurslarini kengaytirish va
zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish muhimligini isbotladi. Kelajakda laboratoriya
bazasini kuchaytirish, dala amaliyotlarini kengaytirish, zamonaviy irrigatsiya va
melioratsiya texnologiyalarini o‘rgatish orqali markazlarning samaradorligini yanada
oshirish mumkin.
XULOSA
Andijon viloyatida 2003
–
2004-yillarda tashkil etilgan irrigator va meliorator
kadrlar
malakasini oshirish markazlari qisqa muddatli, amaliyotga asoslangan o‘qitish
modeli sifatida o‘zini oqladi. Ushbu markazlar zamonaviy laboratoriya va texnika bazasi
yetarli bo‘lmaganiga qaramay, dala maydonlarida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar
orqali
tinglovchilarga zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari bo‘yicha
zaruriy ko‘nikmalarni singdirdi [1, p.29].
Kurslar yakunida guvohnoma (sertifikat) bilan taqdirlangan yosh mutaxassislar va
fermer xo‘jaligi rahbarlari viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida texnik xizmat ko‘rsatish, suv
resurslarini tejash, melioratsion inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha real loyihalarda
faol ishtirok eta boshladi [2, p.43]. Ustoz-
shogird tizimi, interaktiv dala mashg‘ulotlari va
bevosita amaliyot orqali b
ilim olishning samaradorligi o‘z isbotini topdi.
Shunga qaramay, zamonaviy laboratoriya va texnika jihozlarining cheklanganligi,
zamonaviy diagnostika uskunalari va simulyatorlarning yetishmasligi malaka oshirish
tizimi imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishga to‘sqinlik qildi [3, p.57]. Kelajakda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
37
markazlar faoliyatini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnika, simulyator va
laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash, innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy
etish orqali irrigator va meliorator kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib
chiqish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Andijon viloyatida 2003
–
2004-yillarda amalga oshirilgan
malaka oshirish kurslari irrigatsiya va melioratsiya sohasida qisqa muddatda amaliyotga
tayangan, zamonaviy bilimli mutaxassis
larni shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib
xizmat qildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Andijon viloyati Suv xo‘jaligi boshqarmasi va Melioratsiya inspeksiyasi arxiv
hujjatlari (2003
–
2004).
–
Andijon: Suv xo‘jaligi boshqarmasi to‘plami, 2004.
2.
“Qishloq xo‘jaligi yangiliklari” gazetasining 2004
-yilgi sonlari.
–
Andijon viloyati
matbuot arxivi.
–
2004.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. Andijon qishloq
xo‘jaligi kolleji va malaka oshirish markazlari o‘quv dasturlari, stati
stika axborotnomalari
va sertifikat namunalarining arxiv nusxalari.
–
Toshkent: O‘zb.QSXV, 2004.
