Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Spiritual and moral teaching of Abdulla Avloni
Turgunoy EGAMBERDIEVA
1
, Munira MANSUROVA
2
Ferghana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021
This article examines the teachings of Abdullah Avloni, the
“father” of Uzbek pedagogy. He is one of the first in Uzbekistan to
be awarded the title of professor. A prominent figure of the
Jadidism movement. The article presents the spiritual and
educational ideas, as well as the spiritual and moral teachings of
Abdullah Avloni.
2181-
1415/© 202
1 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp7
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
poet-educator,
playwright,
journalist,
scholar,
state and public figure.
Abdulla Avloniyning ma’naviy
-
axloqiy ta’limoti
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
shoir-pedagog,
dramaturg,
jurnalist,
olim,
davlat va jamoat arbobi.
Mazkur maqolada
o‘zbek pedagogikasining “otasi” va
mamlakatimizda birinchilardan b
o‘
lib professor unvoniga
sazovor b
o‘
lgan, jadidchilik harakati yetakchisi Abdulla
Avloniyning ma’naviy
-
ma’rifiy g‘oyalari, ma’naviy
-axloqiy
ta’limotlari yoritilgan.
Духовно
-
нравственное учение Абдуллы Авлони
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
поэт
-
просветитель,
драматург,
журналист,
ученый,
государственный и
общественный деятель.
В этой статье рассматривается учение Абдулла Авлони, –
«отца»
узбекской педагогики. Он один из первых в
Узбекистане, удостоенный звания профессора. Видный
деятель движения джадидизма. В статье изложены
духовно
-
просветительские
идеи,
а
также
духовно
-
нравственное учение Абдуллы Авлони.
1
Professor of Ferghana State University, Doctor of Pedagogical Sciences. Ferghana, Uzbekistan.
2
II stage master’s degree of Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
74
XIX-asr oxiri va XX-asr boshidagi
o‘
zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan
biri, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla
Avloniy
o‘
qish va
o‘
qitish usuliga yangilik kiritib, yangi maktablar tashkil etgan. U
o‘
quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va
G‘
arb tillarini
o‘
rgatish kabi muhim
ta’limiy
-tarbiyaviy ishlarni bajarib,
o‘
zbek millati tarixida
o‘
chmas iz qoldirgan.
O‘zbek
pedagogikasining “otasi” va yurtimizda birinchilardan bo‘lib professor unvoniga sazovor
bo‘lgan.
Abdulla Avloniy merosini
o‘
rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Bu haqida Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 8-
oktabr kuni “Qatag‘
on qurbonlarining
merosini yanada chuqur
o‘
rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir q
o‘
shimcha
chora-tadbirlar t
o‘g‘risida”gi Farmoyish imzolandi. Farmoyishda keltirilgan quyidagi
so‘zlari o‘rinlidir: “Dunyoda global xavf
-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy
o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kas
b
etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat
va jamoat arboblari, ilm-
fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb
egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashti
rish,
ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”[1].
Shuningdek, mamlakatimizda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimining joriy
etilayotganligi nihoyatda quvonarli.
O‘
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 31-
dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari t
o‘g‘risida”gi 1059
-sonli Qarori [2] bu boradagi amaliy
harakatlarning huquqiy kafolati b
o‘
lib xizmat qiladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazi tashabbuskorligida qator hamkor tashkilotlar ishtirokida shakllantirilgan mazkur
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” zamonaviy tarbiya tizimining dolzarb
muammolari yechimiga qaratilgan amaliy loyiha b
o‘
lib, uning maqsad va vazifalari bilan
bo
g‘liq talablari ijrosida tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari: oila, ta’lim tizimi,
mahalla, huquq-
tartibot organlari vakillari birdek mas’uldirlar.
Insoniyat ilk yaralgan davrlardan bu
yon uning ma’naviy
-axloqiy kamoloti eng
asosiy masala, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ijtimoiy zarurat sanaladi. Shu bois har
qanday davrning buyuk siymolari, ma’rifat peshvolari, avvalo, ruhiy
-
ma’naviy tarbiya
borasida qay
g‘
urganlar, komillikni tar
g‘
ib e
tganlar. Ta’lim va tarbiyani uyg‘
unlikda olib
borish yuzasidan dolzarb tavsiyalarni ilgari surganlar. Bu, ayniqsa, XX-asr boshlarida keng
taraqqiy etgan jadid ma’rifatparvarlari faoliyatida yanada yaqqol ko‘
zga tashlanadi.
Ma’lumki, XX
-asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati
namoyandalari
o‘
z faoliyatlarida jamiyat ijtimoiy-
ma’rifiy hayotiga turli mazmundagi
yangi islohotlar, yangi qarashlarni tar
g‘
ib qiladilar. Ular jamiyat inqirozining asosiy
sababini savodsizlik,
ilmsizlik, ma’rifatsizlikda ko‘
rib, asosan, xalqni ilm-
ma’rifatli qilish,
diniy va dunyoviy bilimlarni teng
o‘rganish, ta’lim
-tarbiya tizimini yangilash va
rivojlantirish yuzasidan jadal islohotlarni amalga oshiradilar.
Jadidchilik harakatining maqsad va
g‘oyalarini chuqur hamda ta’sirchan targ‘
ib
etishda Mahmudx
o‘
ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Ch
o‘
lpon singari adabiy siymolarning
faoliyati nihoyatda yuqori b
o‘
lib, ular jadid adabiy
otining yorqin siymolari, ma’rifatparvar
shaxslar sifatida tarix sahifalaridan muqim
o‘
rin egallashgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
75
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda
o‘
zbek milliy maktabini
yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur
o‘
rganishga
qiziqish ortib bormoqda. Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning
xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi.
“Yaxshi xulqlar” deb, u 31 fazilat, “Yomon
xulqlar”da 20 illatga ta’rif beradi. O‘z mulohazalarini dalillash uchun Qur’on
oyatlari va
hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa’diy, Mirzo Bedil singari mashhur
mutafakkirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy kategoriyaga o‘z munosabatini
bildirgach, o‘sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror ma
qol-hikmat ilova qilgan.
Insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratishda, bunga ularning nafs
tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga matonat, nazokat, shijoat, intizom, vijdon,
vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritadi,
g‘
azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni
yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma’rifatparvarlik va milliy uyg‘
onish
g‘
oyalarini kuylagan dastlabki
she’rlari o‘
zbek milliy uy
g‘
onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki b
o‘
lib qoladi.
U bu turkum
ga mansub she’rlarida o‘zbek mumtoz adabiyotidagi she’riy shakllarni katta
ijtimoiy mazmun, ma’rifatparvarlik g‘
oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu
asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va
kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uy
g‘
otishni maqsad qilib q
o‘
ygan. Uning
ko‘pgina she’rlari zamirida Vatanni sevish g‘oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida Vatanni
sodda
va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o‘sha 10
-
yillarning o‘rtalaridagina emas,
balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin.
Darhaqiqat, shoir Vatan ta’rifini boshlab, “Tog‘
laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar
chiqar… Havosi o‘
ta yoqumlik, Ch
o‘
llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand
erur, Kesaklari gulqand erur”, –
deya bolalarda ona diyorga katta mehr uy
g‘
otishga
erishadi [6].
Ma’rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she’riyatida markaziy o‘rinni egallaydi.
Shoir ilm-
fanning fazilatlarini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi
tushunchalar shoir she’rlarida ezgulikning betimsol ramzi, obrazi darajasiga ko‘
tariladi,
“jaholat” va “nodonlik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniy qarashlariga k
o‘
ra, axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya
–
ijtimoiy jarayon.
Har bir insonning tarbiyasiga butun jamiyat mas’ul bo‘lishi lozim.
Xalqlar,
milllatlarning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan
yosh avlod tarbiyasiga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Abdulla Avloniyning ma’naviy
-
ma’rifiy g‘oyalarida yaxshilik muhim o‘rin tutadi.
Adib
yaxshilikni eng ulug‘ fazilat hisoblaydi, insonlarni bir
-birlariga yaxshilik qilishga
da’vat etadi. Bu borada o‘zi ham ibrat bo‘ladi. Xususan, alloma aholining bilim
-
ma’rifatini
oshirish maqsadida o‘z boyligini yangi maktablar, teatr truppalari ochishga be
minnat
sarflaydi, gazetalar chop ettiradi. O‘z xulosalarni shunday ifodalaydi:
Yaxshilik qilsang, bo‘lur joning omon,
Yaxshilikdan hech kishi qilmas ziyon.
Yaxshi so‘z birlan ilon indan chiqar,
S
o‘
z yomon b
o‘
lsa, pichoq qindan chiqar [3].
Abdulla Avloniy m
a’naviy
-
axloqiy ta’limotida saxiylik, rahm
-
shafqat, xushfe’llik,
xushmuomalalikni targ‘ib etish ham yuqori o‘rin tutadi.
Adib bularni eng yaxshi insoniy
fazilatlar hisoblaydi. Saxiylikni olqishlab, ushbu xislat insonga olqish musharraf etishini
quyidagi voqea misolida bayon etadi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
76
Said maktabga ketayotganda y
o‘lda bir kishini uchratadi. U kishi deydiki: “O‘g‘
lim,
ikki kundan beri ochman, taom olib yey desam, ustimdagi yirtiq chakmondan boshqa hech
narsam y
o‘q”,
–
deydi. Said faqirning holiga rahmi kelub, a
tosi bergan o‘n tiyin pulni faqirga
berdi. Faqir ofarin qilub, yig‘lay
-
yig‘lay duolar qilub ketdi. Said uyiga borgan zamon qilg‘on
ishini otasiga so‘zladi. Otasi ham “saxiy Saidim”, deb xursand bo‘lib, duo qildi ham bundan
so‘ng Saidga har kuni yigirma tiyindan berurg‘a va’da qildi, uni olqishladi [5].
Ushbu hikoyacha qanchalik ixcham va sodda bo‘lmasin, unda adibning xayr
-u
saxovat, yaxshilik borasidagi ma’naviy qarashlari mujassamlashgan. Aksariyat holda otasi
bergan pulini o‘zi ishlatmay, birovga berib y
uborgan farzand, albatta, dakki, tanbeh
eshitadi. Ushbu hikoyada esa Saidning otasi o‘g‘lining qilmishini oqlaydi, qo‘llaydi, “saxiy
Saidim” deb erkalaydi. Shu paytgacha berib kelayotgan pulidan ikki barobar ko‘p berib,
o‘g‘lini rag‘batlantirish orqali muh
tojlarga yordam berishga, saxiylikka ilhomlantiradi.
Otaning bunday yondashuvi o‘g‘liga namuna bo‘ladi. O‘z otasi saxovatli, yaxshilikparvar
ekanligidan faxrlanadi.
Aksincha bo‘lganda
-chi? Tasavvur qilamiz, Said mehnat qilib topib kelayotgan pulini
ko‘cha
dagi notanish kimsaga bervorganidan otasining jahli chiqdi. Uni qattiq urishib,
boshqa pul bermay q
o‘
yishini aytdi. Otaning mehnati qadriga yetmagani uchun tanbeh
berdi, begonaga pul berish shart emasligini uqtirdi. Bunday munosabatdan katta hayot
ostonasiga endi kirib kelayotgan, hali nima yaxshi-yu nima yomonligini yetarlicha
farqlolmaydigan mur
g‘
ak qalb egasi qanday xulosa chiqarishi mumkin? Hayotiy tajribaga
ega, unga tarbiya berib katta qilayotgan otasi bu ishini qoraladimi, demak, u
o‘
zini xato ish
qilgan deb hisoblaydi.
Otasiga yoqish, u istagandek bo‘lish uchun o‘sha “xato”sini
takrorlamaslikka harakat qiladi. Natijada, yosh farzand saxovatpeshalik, yaxshilik
ne’matidan bebahra o‘sadi. Pulga, boylik, mansabga mehr qo‘yib, kezi kelganda, o‘z
yaqinlari
ga ham yordam qo‘lini cho‘zishdan tortinadi.
Bu tabiiy holat. Har ikki toifadagi
insonlar hayotimizda k
o‘plab uchraydi. Ammo hikoyada “saxiy Saidim” deya o‘g‘
lining
g‘
amx
o‘rligini e’tirof etgan, rag‘
batlantirgan ota obrazi orqali Avloniy insonlar qalbiga
yaxshilik, ezgulik, saxovat uru
g‘
larini sochishga harakat qiladi.
Buyuk ma’rifatparvar o‘
z ijodida ham, hayotiy faoliyatida ham takabburlik,
manmanlikni inson boshiga yomon oqibatlar keltiruvchi illat sifatida qoralaydi. Buni bir
qancha hikoya va d
ramalari orqali ko‘rsatib beradi. Abdulla Avloniy o‘zining didaktik
qarashlarida do‘stlik va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. U haqiqiy do‘st orttirish
yoshlikdan boshlanishini, bu sifatlarni bolaga yoshligidan singdirib borish zarurligini
aytadi. Abdulla Avloniyning fikricha, mehnat kishini baxtiyor va saodatmand etadigan,
unga shuhrat olib beradigan qandaydir g‘ayritabiiy qudrat emas.
Balki mehnat
o‘
z nomi
bilan mehnat. Binobarin, u kishidan kuch va iroda talab etadigan faoliyatdir. Abdulla
Avlo
niy tarbiyani keng ma’noda tushunadi, uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘
ymaydi.
“Sog‘
tanda
–
so
g‘lom aql” degan hikmatga mos ish tutadi.
U farzand kamolotini
salomatlikda deb biladi.
Bolaning sog‘ligi uchun qayg‘urish muhimligini uqtiradi.
Allomaning
ta’kidlashicha, “badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli
narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad
lozimdur”
[5]. Darhaqiqat, kishi qanchalik sog‘lom bo‘lsa, shunchalik yaxshi o‘qib,
o‘zlashtirib boraveradi, jamiyatda ham faol va talabchan bo‘ladi. Abdulla Avloniyning
didaktik ta’limotida vijdoniylik tamoyili ham yetakchi o‘rinda turadi. Adib vijdonga
quyidagicha ta’rif beradi: “Vijdon deb , ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladurg‘on hissiyot,
y
a’ni sezuv, tuymakdan iborat ma’naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt af’ol va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
77
harakatimizning yaxshi va yomonligini, foyda va zararligini ondak vijdonimiz ila bilurmiz.
Vijdon inson aql va fikrining haqiqiy mezonidurki, bu tarozu ila
o‘
z kamchiliklarini
o‘
lchab,
bilmak ila barobar, boshqalarning ham af’ol va harakotini sezur. Agar ishlag‘on ishi shariat,
aql va hikmatga muvofiq bo‘lsa, muhabbat qilur.
Qabohat va yomon ishlarni qilsa, nafrat
qilur. Vijdon yaxshi xulqlarning manbai
o‘
ldigindin vijdon sohiblari har bir ishni be
g‘
araz,
xolis niyat ila ishlar.
Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo‘lur”[4].
Abdulla Avloniy
o‘z davrining yetuk ma’rifatparvarlari singari millat tilini
rivojlantirish borasida ham qattiq qay
g‘
uradi.
Adib: “Har bir millatn
ing dunyoda borligin
ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini
yo‘qotmakdur”,
–
deya uqtiradi. U, shuningdek, s
o‘
zning inson qadr-qimmatini
belgilashdek mavqeyiga umuminsoniy nuqtayi nazardan baho beradi. Til va s
o‘
z odobi
haqidagi fikrlarini shunday ifodalaydi: “So‘
z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini
o‘
lchab k
o‘
rsatadur
g‘
on tarozisidur. Aql sohiblari kishining fikr va niyatini, ilm va
quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”. Alloma rostgo‘ylik va
to‘g‘riso‘zlikni insonning eng muhim insoniy sifatlardan biri, deb baholaydi va bu borada
shunday deydi: “Haqqoniyat deb ishda to‘g‘rilik, so‘zda rostlikni aytilur. Inson bo‘stoni
salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo‘li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o‘lan
rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning onosi haqqoniyatdur”[7].
Abdulla Avloniyning fikricha, inson
ni kamolotga yetkazishda bosh omil bo‘lgan aql
ilm va tajriba tufayli rivojlanadi.
Ilm olish riyozat chekishni, sa’y
-
g‘
ayratni talab qiladi. Adib
ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u yoshlarni
ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini anglashga chorlaydi. U yuksak bilim egallash
y
o‘
lida, ayniqsa, kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekanligini, unda hikmat k
o‘
pligini
zavq-shavq bilan gapiradi.
Abdulla Avloniyning fikricha, dunyoda kitobdan yaxshi do‘st
yo‘q.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Abdulla Avloniy kishining ilm olishini eng oliy
fazilat hisoblaydi. Uning aytishicha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, ilm xalq
farovonligi y
o‘
lida q
o‘
llanilmasa, u
o‘
likdir.
Shuning uchun ham, adib xalqqa ko‘proq n
afi
tegadigan ilm-hunar bilan shu
g‘
ullanishni taklif etadi. Abdulla Avloniy atoqli pedagog,
murabbiy sifatida butun hayotini ma’rifat rivojiga baxsh etdi. U o‘
z ilmiy asarlari,
darsliklarida Vatan, vatanparvarlik, ilm-hunar, axloq-
odob, ma’rifat, inson kam
oloti,
jamiyat rivoji haqida fikrlarni bayon qildi[8].
Mutafakkir alloma kishilarni yaxshilikka undash, dunyodagi barcha insonlarga
nisbatan ezgulik istagi bilan yashashni chinakam oliyjanoblik hisobladi. Uning barcha
pedagogik fikrlari
–
ta’limoti milliy pedagogika tarixi rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Adib tomonidan ta’lim
-tarbiya, odob-axloq borasida ilgari surilgan ulu
g‘
vor
g‘
oyalar
bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlagan holda zamonaviy o‘zbek pedagogikasi
taraqqiyoti uchun munosib xizmat qilib kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning “Qatag‘on qurbonlarining
merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi 2020
-yil 8-oktyabr, F-5598-son. Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.202
0 y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020 y.,
09/20/391/0777-son).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2021) / ISSN 2181-1415
78
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019
-yil 31-dekabrdagi
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059
-sonli Qar
ori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020 y., 09/20/391/0777-son).
3.
Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq”, T., “O‘qituvchi”, 1992 y.
4.
Avloniy A. Birinchi muallim.
–
T., 1915.
5.
Avloniy A. Tanlangan asarlar. // Turkiy guliston yoxud axloq.
–
T, 1995.
6.
Yoqubov I. Badiiy-
estetik so‘z sehri. –
T.: “FTM bosmaxonasi”, 2011.
7.
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –
T.: “Sharq”,
2004.
8.
Qosimov B. va boshq.
Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. –
T.: “Ma’naviyat”,
2004.
