Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical features of formation of students' creative
activity in primary education
Nargiza ABDUKAYUMOVA
1
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2023
Received in revised form
15 June 2023
Accepted 25 June 2023
Available online
15 July 2023
In the modern period, psychologists are trying to direct the
active independent creative activity of students to the activity of
independent cognition and acquisition of knowledge in the
educational process. Increasing the cognitive activity of
students, and developing their independent creative thinking is
becoming an important task of school education. This article
analyzes the pedagogical features of the formation of creative
activity in primary school students.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp24-28
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
thinking,
education,
intellect,
educational material,
junior school,
content of education,
mental maturity.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini
shakllantirishning pedagogik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
tafakkur,
ta’lim,
intellekti,
o‘quv materiali,
kichik maktab,
ta’lim mazmuni,
psixik kamolot.
Hozirgi davrda psixologlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarda
faol mustaqil ijodiy faoliyatni mustaqil bilish faoliyatiga,
mustaqil holda bilimlarni egallashga yo‘naltirishga harakat
qilmoqdalar. O‘quvchilarning bilish faolligini maksimal darajada
faollashtirish, ularning mustaqil ijodiy tafakkurini rivojlantirish
maktab ta’limining muhim vazif
asiga aylanib bormoqda. Ushbu
maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini
shakllantirishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi.
1
Deputy
Head
of
the
Educational
Methodology
Department,
Termez
State
University.
E-mail: abdukayumovanrgiza@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
25
Педагогические
особенности
формирования
творческой активности учащихся начальных классов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
мышление,
воспитание,
интеллект,
учебный материал,
младшая школа,
содержание образования,
умственная зрелость
.
В современный период психологи пытаются направить
активную самостоятельную творческую деятельность
учащихся на деятельность по самостоятельному познанию и
получению знаний в учебном процессе. Повышение
познавательной активности учащихся, развитие у них
самостоятельного творческого мышления становится
важной задачей школьного образования. В данной статье
анализируются педагогические особенности формирования
творческой активности учащихся начальных классов
.
Ta
’
limning dastlabki kunlaridanoq kichik maktab yoshidagi bolalarning
rivojlanishini harakatga keltiradigan turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar
vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik kamolotning darajasi va ijobiy
xislatlar bilan talablar o
‘
rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi
bolaning psixik jihatdan to
‘
xtovsiz rivojlanishini taqozo etadi va shu rivojlanish
zanjirning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.
Ta
’
lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o
‘
quvchining o
‘
z aqliy mehnati
natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog
‘
liqdir.
Bu his o‘qituvchining
rag‘batlantirishi bilan namoyon bo‘ladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi,
ehtiyojini shakllantiradi. Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonish hislari
bilimlarni o‘zlashtirish va
malakalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi,
rag‘batlantirish va jazolash me’yorida bo‘lsagina, ularning tarbiyaviy ta’siri ortadi. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituvchi
shaxsiga ishonch hissi va yuksak e
htiromdir. Shuning uchun ham o‘quvchining bolaga
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql
-idrok sohibi,
ziyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O‘qituvchi siymosida
o‘zining ezgu niyati, orzu istagi,
ajoyib his-
tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi mo‘tabar
shaxsni ko‘radi. O‘qituvchining obro‘si oldida ota
-
onalar, oilaning boshqa a’zolari,
qarindosh-
urug‘lar, tanish
-bilishlarning nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar
o‘qituvchisining har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi
o‘zining obro‘sidan oqilona va omilkorlik bilan foydalanib, o‘quvchilarda uyushqoqlik,
mehnatsevarlik, o‘qishga ijobiy munosabat, o‘z diqqatini boshqarish, xulqini idora etish,
o‘zini tuta bili
sh, qiyinchiliklarni yengish kabi fazilatlarni shakllantirishi lozim. Buning
uchun har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usulini qo‘llash kerak. Maqsadga muvofiq o‘qish
faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning aql
-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi,
uquvliligi, esda saqlab qolish, esga tushirish imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun muhim
shart-
sharoitlar yaratadi; bolalarda o‘qish, yozish, hisoblash malakalarini shakllantiradi.
Bundan tashqari mazkur ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko‘lami kengayad
i, bilishga
qiziqishlari ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi.
O‘quv fanlariga ijobiy munosabat, qat’iy shug‘ullanish niyati, jamoatchilik oldidagi
mas’uliyatni his qilish, bilim olishning ijtimoiy ahamiyatini anglash tuyg‘ulari tarkib
t
opadi. O‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda materiallarni eslab
qolishi uchun muayyan intilishni tarkib topishi, ularga eslab qolishning fikr yuritish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
26
yo‘llarini (taqqoslash, tahlil qilishni) o‘rganishdan iboratdir. Bu vazifani eng avva
lo
maktab psixologlari qatorida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari amalga oshirishlari shart.
Tafakkur
–
atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita umumlashgan holda
aks ettiruvchi jarayon. Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta’lim jarayonida o‘zini
-
o‘zi nazorat qilish, o‘rganilgan materialni takrorlash orqali tekshirish, esga tushirish,
mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga
eslab qolish va eslash usullari o‘rgatilmasa, ular materiallarni bevosi
ta takrorlashda uzoq
vaqt to‘xtalib qoladilar. Lekin o‘quvchilar materiallarni eslashni xush ko‘rmaydilar va uni
osongina tiklash yo‘lini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga
tushirish va eslash usullarini o‘rgatish mantiqiy xotira o‘sishining garovidir. Ta’lim
jarayonida bolalarning yorqin, aniq, tiniq, yaqqol tasavvurlari fikr yordamida muayyan
voqelikka aylanadi. O‘rganilayotgan fan materiallari eshitilgan va o‘qilgan badiiy obrazlar
tizimi yaratiladi. O‘qish davomida turmush tajribasida to‘plangan taassurotlarni qayta
tiklash, yangi obrazlar ijodiy izlanishning eng muhim omili-ijodiy tasavvurni
takomillashtiradi. Ijodiy tasavvur eng muhim xususiyatlaridan biri yaratilgan
tasvirlarning yaqqolligi, mantiqiy qonunlarga uzviy bog‘liqligi, g‘ayri tabiiy, ajoyib
-
g‘aroyib istaklardan uzoqligidir. Shuning uchun o‘quvchi tasavvurida turmushga,
voqelikka zid kelmaydigan tasvirlar, timsollar holati tobora kengayadi. Bu esa o‘quvchida
hodisalarni tanqidiy baholash ko‘nikmasi paydo bo‘lganini bi
ldiradi. Natijada u taassurot
qurshovidan qutuladi. Yaratilgan obrazlarni tabiat va jamiyatning ob’yektiv qonunlariga
suyangan holda baholash ko‘nikmasi yanada takomillashadi. O‘quvchilarni har
tomonlama barkamol shaxs sifatida kamolga yetkazish uchun ular
ni boshlang‘ich
sinflardanoq ijodiy faoliyatini kamol toptirish zarur. Chunki boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarning didi, dunyoqarashi, salohiyati barcha psixik jarayonlar individual
psixologik xususiyatlari jadal shakllanadi.
Psixolog olimlar S.A.Rubinshteyn [1] va B.Gananev birinchilar qatorida umumiy,
aqliy rivojlanish umumiy intellekt bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib o‘tdilar. Masalan,
B.Gananev murakkab psixik xususiyatlarni tadqiq qilish bilan birga, o‘qish va mehnatdagi
muvaffaqiyat ana shu xusus
iyatga bog‘liqdir degan farazni ilgari suradi. Olim bu
kategoriyalarni bilishga oid turli vazifalarning qo‘yilishi va hal etilishi bilan bog‘liq
yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Keyingi yillarda muammoni turli yo‘nalishlarda intensiv tarzda tadqiq etishga
qiz
iqish uyg‘ondi. Bu tadqiqotlar borasida N.S.Leytesning tadqiqotini qayd qilib o‘tish
muhim. Leytes avvalo aql sifatlarini o‘z ichiga oluvchi umumiy aqliy qobiliyatlar (garchi
ular jiddiy ravishda iroda va emotsional xususiyatlarga bog‘liq bo‘lsa ham) odamn
ing
nazariy bilish va amaliy faoliyat imkoniyatlarini xarakterlab beradi deb ta’kidlagan [2].
Odam intellekti uchun eng muhim narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish va
munosabatlarni aks ettirish hamda shu bilan voqelikni ijodiy ravishda qayta o‘zgartir
ish
imkoniyatini beradi.
N.S.Leytesning ko‘rsatishicha, oliy nerv faoliyati xususiyatlarida faollik va o‘z
-
o‘zini tartibga solishning ayrim shart
-
sharoitlari yashiringan bo‘lib, bular umumiy aqliy
qobiliyatlari tarkib topishining muhim ichki shartlaridan
biridir [2]. Ta’limning asosi
-
o‘qitishning o‘quvchilarga yetkazadigan mo‘l
-
ko‘l axborotni esda saqlab qolish emas
(garchi bu muhim vazifa bo‘lsa
-da), balki bu axborotni qabul qilish jarayonida
o‘quvchilarning o‘zlari faol ishtirok etishi, ularning must
aqil bilim olish qobiliyatini asta-
sekin shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
27
Bugungi kunda pedagog olimlar L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan g‘oya, ya’ni
ta’lim berish o‘quvchi qo‘lga kiritib bo‘lgan rivojlanish darajasini qo‘llamasdan,
o‘quvchining tafakkuriga uning imkoniyatlarini birmuncha oshiradigan talablar qo‘yilishi,
u erishgan va yaxshi o‘zlashtirib olgan analitik
-sintetik faoliyat darajasini talab qilishi
kerak, degan qoidaga asoslanadilar. A.S.Vigotskiy ta’limning aqliy rivojlanishid
agi kechagi
kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog‘i lozim
-
, deb hisoblagan edi [4]. Ta’lim
rivojlanishning faqat tugallangan darajasi asosida qurilmasdan, avvalo unchalik tarkib
topmagan va shunday ta’lim ta’siri asosida taraqqiy etgan narsalarga tayanmog‘i lozim.
Vigotskiy boladagi aqliy rivojlanishning ikki darajasi haqidagi g‘oyani ilgari suradi.
Birinchi daraja, ya’ni Vigotskiy aytganidek, aktual rivojlanish darajasi o‘quvchi
tayyorgarligining mavjud darajasi bo‘lib, u o‘qituvchining topshiriqlarni to‘la mustaqil
bajara olishi bilan xarakterlanadi. Ancha yuqori bo‘lgan ikkinchi daraja (Vigotskiy uni eng
yaqin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin
ozroq yordam bilan (yo‘l yo‘riq beruvchi savollar, aytib beri
shlar, ishora qilishlar)
umumiy ko‘rsatmalar ta’lim jarayonida aktual rivojlanish darajasiga o‘tadi deb
ta’kidlagan [3].
Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga
kelishini isbotladi [5]:
- tafakkurning mustaqilligi;
-
o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;
-
standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning)
tezligi;
-
o‘rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali
muhim bo‘lmagan nar
sadan muhimini ajrata bilish.
U.Nishonaliev aqliy rivojlanishning asosiy mezoni -
to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv
faoliyati tuzilmasining (tarkib topgan o‘quv faoliyati) hamda uning tarkibiy qismlarining
to‘g‘ri rejalashtirilishidir degan g‘oyani ilgari suradi [6].
O. Hasanboeva kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilar fikrlash faoliyatining quyidagi
xususiyatlarini ta’kidlaydi:
-
o‘zlashtirishning tezligi yoki sustligi;
-
fikrlash jarayonining o‘zgargan sharoitlarga moslashtirish osonligi yoki qiyinligi;
-
fikrlash doirasining o‘zaro bog‘li
qligi;
-analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari;
Xulosa sifatida shuni ta’kidlaymizki, o‘quvchilarning bilish faolligini maksimal
darajada faollashtirish, ularning mustaqil ijodiy tafakkurini rivojlantirish maktab
ta’limining muhim vazifalaridan biri bo’lib, o‘quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs
sifatida kamolga yetkazish uchun ularni boshlang‘ich sinflardanoq ijodiy faoliyatini
kamol toptirish lozim, Chunki boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning didi, dunyoqarashi,
salohiyati barcha psixik jarayonlar individualpsixologik xususiyatlari jadal shakllanadi va
bola shaxsini tarbiyalashda, o‘quvchilarning ijobiy xulq
-atvorini rivojlantirishda,
o‘quvchilar xulq
-atvorining ijobiy tomonlarini rivojlantirishda, xotirani va diqqatni
yaxshilashda, psixol
ogik to‘siqlarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Рубинштейн, С. Я. (1986). Психология умственно отсталого школьника. М.:
Просвещение, 192,
2.
Лейтес, Н.С. (1996). Психология одаренности детей и подростков.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
28
3.
Выготский, Л. С. (2014). Мышление и речь.
Directmedia.
4.
Выготский, Л. С. (2003). Психология развития ребенка. Эксмо.
5.
Левитов, Н. Д. (2009). Вопросы психологии характера. Изд
-
во СГУ.
6.
Nishonaliev, U. (2000). Problems and solutions of new pedagogical and information
technologies. Pedagogical education magazine, (3), 11.
7.
Hasanboeva, O. (2007). Family pedagogy.
8.
Mahmaraimova, S. T. (2013). role of the Teomorphic metaphor in practice OF THE
WORLD'S COGNITION. Наука и человечество, 1(2), 68
-73.
9.
Annayeva, Z. M. (2022). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN UZBEKISTAN AND
WAYS TO SOLVE THEM (INDEPENDENCE PERIOD). Web of Scientist: International Scientific
Research Journal, 3(4), 182-187.
10.
Annayeva, Z. M. (2020). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN UZBEKISTAN AND
WAYS TO SOLVE THEM (INDEPENDENCE PERIOD). Theoretical & Applied Science, (7), 67-
69.
11.
S.Tursunov, T.Paradaev, N .Tursunova, B. Murtazaev, O‘zbek
istonda
baxshichilik san’atning shakllanishi va taraqqiyoti tarixi. Toshkent.; 2015. “Tafakkur”.B 34
12.
Ahmedova, G. O. (2022). The Role of Bakhshi Abdunazar Payanov in the
Development of the Art of Baxshi in the Surkhandarya Oasis. American Journal of Social and
Humanitarian Research, 3(2), 342-346.
13.
Ahmedova, G. O. (2020). ATIONAL, REPERTOIRE, TEACHER, CREATION, ART,
OASIS, PEOPLE, STUDENT. Theoretical & Applied Science, (7), 74-77.
14.
Ikromov, N. M. (2021). The Rule of the Ancient Bactrian Cavalry in the History
of the Peoples of Central Asia. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 2(10),
111-118.
15.
Ikromov, N. M. (2021). KAVIS'REIGN IN THE FIRST TERRITORIAL STATEHOOD
OF ANCIENT BACTRIA. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 77-81.
16.
Ikromov, N. M. Is Bactria the Kingdom or the Kavian. EPRA International
Journal of Multidisciplinary Research (IJMR). Journal of Multidisciplinary Research (IJMR).
17.
Икромов, Н. М. (2020). КАВИЙЛАР ТАСВИРЛАНГАН БАҚТРИЯ БУЛЛАСИ.
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(3).
18.
N.Ikromov, Qadimgi Baqtriya ilk hududiy davlatchiligida kaviylar hukmronligi
//Общество и инновации. –
2021.
–
Т. 2. –
№. 10/S. –
С. 127
-135.
19.
Ikromov, N. M. (2021). The Rule of the Ancient Bactrian Cavalry in the History
of the Peoples of Central Asia. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND
HISTORY, 2(10), 111-118.
