Авторы

  • Моҳичеҳра Болтаева
    Ассистент Джизакского филиала Национального университета Республики Узбекистан имени Мирзо Улугбека, Джизак, Узбекистан
  • Олимжон Ортиков
    Ассистент Джизакского филиала Нациионального университета Респубублики Узбекистан имени Мирзо Улугбека, Джизак Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss2/S-pp470-474

Ключевые слова:

семья ценности обычаи личность ребенка отношение национальные стереотипы взгляды поведение ребенка

Аннотация

В этой статье обсуждаются отношения между родителем и ребенком в семье. В статье описываются такие вопросы, как ценные идеи восточных мыслителей в их работе по воспитанию детей и какие аспекты воспитания детей следует учитывать сегодня их родителям.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Features of the scientific heritage of eastern thinkers about the
attitude of parents to the child

Mokhichekhra BOLTAEVA

1

Olimjon ORTIKOV

2


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form
15 January 2021
Accepted 20 February 2021

Available online
7 March 2021

This article discusses the relationship between parents and

children in the family. The article describes issues such as the

valuable ideas of Eastern thinkers in their work on child rearing
and what aspects of parenting should be considered by their

parents todays.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Family
Values
Customs

Personality of the child
Attitude
National stereotypes

Views
Behavior of the child

Sharq mutafakkirlarining ota – onalarning bolaga

munosabatiga oid ilmiy merosining o‘ziga hos jihatlari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

Oila

Qadriyat
Urf-odatlar
Bola shaxsi
Munosabat

Milliy stereotip
Qarashlar
Bola hulqi

Mazkur maqolada oilada ota-ona va bolaning o‘zaro

munosabatlari xaqida ko‘rib chiqilgan. Maqolada bola
tarbiyasida

Sharq

mutafakkirlarning

o‘z

asarlaridagi

qimmatbaho fikrlari va ularning xozirgi kundagi ota-onalarning

farzand tarbiyasida aynan qaysi jihatlarga e’tibor qaratish

kerakligi kabi masalalar tavsiflanadi.

1

Assistant of the Jizzakh branch of the Mirzo Ulugbek National University of the Republic of Uzbekistan, Jizzakh,

Uzbekistan

email: a bmoxichexra@bk.ru

2

Assistant of the Jizzakh branch of the Mirzo Ulugbek National University of the Republic of Uzbekistan, Jizzakh,

Uzbekistan
email: boortikov78@gmail.com


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

471

Особенности научного наследия восточных мыслителей об
отношении родителей к ребенку

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Семья

Ценности
Обычаи
Личность ребенка

Отношение
Национальные
стереотипы

Взгляды
Поведение ребенка

В этой статье обсуждаются отношения между родителем

и ребенком в семье. В статье описываются такие вопросы,

как ценные идеи восточных мыслителей в их работе по
воспитанию детей и какие аспекты воспитания детей

следует учитывать сегодня их родителям.

Oiladagi tarbiya, ota-ona va bolaning o’zaro munosabatidagi o’ziga xoslik avloddan

avlodga o’tib kelayotgan qadriyatlar va urf-odatlar, shuningdek, milliy stereotiplarga
bog’liq bo’ladi. Shuni aytib o’tish joizki, yuqoridagi fikrlarimizning isbotini ko’plab
psixologik, pedagogik asarlarda ko’rishimiz mumkin.

Shuningdek, buyuk Sharq allomalarining ilmiy merosida oila, ota-ona va bola

munosabatlari hamda bu munosabatlarning bola shaxsi shakllanishiga ta’sir etish
muammosi muhim o’rin egallagan. Buyuk allomalarimizning bebaho asarlarida bayon
etilgan ota-ona va bola munosabati borasidagi qarashlariga alohida to’xtalib o’tish lozim.

Ma’lumki, Ismoil al-Buxoriyning hadislarida ota-onaning farzandga munosabati

haqida shunday deyiladi: “Tangridan qo’rqinglar va farzandlaringizga bir xil mehrda
bo’linglar! (Ularga kiyim va taomlarni barobar taqsimlanglar)”.

Yuqorida keltirilgan hadisdagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, oilada ota-ona

farzandlariga bo’lgan munosabatda adolatli bo’lishi va ularning ko’ngli o’ksimasligi,
shuningdek, ota-onaning iliq munosabatidan qoniqmaslik tuyg’usining paydo bo’lmasligi,
aka-uka, opa-singillar orasidagi nizo hamda janjallarning oldini olish maqsadida ularga
bir xil munosabatda bo’lish zarurligi bayon etilgan.

M.Inamova o’z tadqiqot ishlarida jahon ilmu fanining yirik namoyondasi, «Fozil

odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv» nomli asarlar muallifi Abu Nasr Forobiyning
pedagogik va psixologik qarashlarini tahlil qilar ekan, “ijtimoiy va biologik tomonlar
o’zaro munosabatining birligi degan qoida”ning mavjudligini ta’kidlab o’tgan.

Forobiyning mazkur qoidasiga muvofiq bolaning psixik rivojlanishida ota-

onaning ruhan va jicmonan sog’lomligi ta’siriga bevosita biologik omil nuqtai nazaridan
qarasak, ularning oiladagi bolaga bo’lgan munosabat xarakteri hamda atrofdagilar bilan
o’zaro munosabatini bolaning ijtimoiylashuviga, hamkorlik aloqalari tendentsiyasining
rivojlanishiga, maqsadli faoliyatga kirishishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omil sifatida
ko’rishimiz mumkin. Uning mazkur qarashlarida ota-onaning funktsiyalariga e’tibor
qaratish lozimligi masalasi ochib berilgan.

Abu Nasr Forobiyning pedagogik va psixologik ilmiy qarashlari oilada bola

shaxsining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. O’lmas ilmiy asarlar muallifi Abu
Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston»,
«E’tiqodlar va dinlar haqida», «Mineralogiya» asarlarida ota-onaning bolaga munosabati
va uning ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida bir qancha muhim fikrlarni qayd etgan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

472

“Beruniy ota-onalarga qarata bola xulqini mo’’tadillikda saqlashni tavsiya etadi.

Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish vaxafalikdan saqlash orqali
erishilishini aytib, ular xohlagan hamdafoydali narsani topib berishga, sevmagan
narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligi uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli
munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarning paydo bo’lishi bola
ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon
xulq esa turli mijoz buzilishiga ham olib keladi.

Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi

o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ulug’ alloma bola xulq-atvorining mo’’tadilligi
natijasida tan va ruh sog’lomligining kelib chiqishini ilmiy asoslab beradi».

Abu Rayhon Beruniyning yuqorida bayon etilgan ilmiy asoslarida ota-onalarning

bolaga e’tiborli bo’lishlari yoki uning ehtiyojlari qondirilishi zarurligi, bolaga bo’lgan
munosabatdagi qattiq talabchanlikning salbiy ta’siri, ota-ona esa bolani qanday bo’lsa,
shundayligicha qabul qilishi, bolaning shaxsiga hurmat bilan qarab, uni yaxshi ko’rishi,
ko’proq vaqtini bola bilan birga o’tkazishga harakat qilishi, uning qiziqishlari va rejalarini
qo’llab-quvvatlashi zarurligi e’tirof etiladi. Aks holda, bolada xavotirlanish, jizzakilik,
tushkunlik holatlarining paydo bo’lishiga va bu esa o’z-o’zidan undagi bilish
jarayonlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, psixik hamda jismoniy
rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo’lib, uning shaxsi to’laqonli shakllanishiga salbiy
ta’sir etishi ta’kidlanadi. Uning mazkur fikrlari bugungi kunga qadar o’z ahamiyatini
ko’rsatmoqda.

Sharqda«Shayx ar-rays» nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim Abu Ali Ibn

Sinoning«Tib qonunlari» va«Amaliy hikmat» asarlarida oila, ota-ona hamda bola
munosabatlariga oid qarashlari bayon etilgan, allomaning ilmiy qarashlaridagi o’ziga
xoslik shundaki, u o’z asarlarida ota-ona bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tibor
berishi lozimligini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino bolani havosi o’rta darajada, issiq va
sovuq bo’lmagan uyda uxlatishni, bola uxlatiladigan uy soya va qorong’u bo’lmog’i
kerakki, bu uyga quyoshning nuri tushmasligi, bola o’rinda yotganda uning boshi
tanasining boshqa bo’laklaridan yuqorida turishi, bolaning yotar o’rni bo’yni, qo’l-
oyoqlarini va umurtqa ustunini qiyshaytirib qo’yishidan saqlash lozimligini ta’kidlaydi.
U ota-ona har bir bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tiborli bo’lishi lozimligini
ta’kidlarkan, ota-onaning bolaga bo’lgan munosabatidagi mas’uliyatlilik, javobgarlik
hissiga alohida urg’u beradi. Ota-onaning bola shaxsini hurmat qilishi, nihol misol
bolani qo’pol so’zlarsiz parvarishlash lozimligi, haddan ziyod hayajonlantirish ruhiy
nosog’lomlikka olib kelishi, ota-onaning vazifasi va xarakter xususiyatlari, ayniqsa,
onaning munosabatlari qanday ko’rinishga ega bo’lishi zarurligi, oiladagi psixologik
muhit ta’siriga e’tiborni qaratadi. Abu Ali ibn Sino“Tib qonunlari” asarida yozishicha:
«Tarbiyachining diqqati bola xarakterini yaxshilashga, bolaga qattiq g’azab, qo’rquv,
munosabatdagi og’ir tabiatlilik begona bo’lishiga, bola nimani xohlashi va nimaga
intilishi ko’rinib turishiga hamda uni oldida unga yoqmaydigan narsani qilmaslikka
qaratilishi zarur. Buning yordamida ikki yoqlama foydaga erishiladi: birinchidan– bolada
uning ilk bolalik davridan boshlab, kuchli ijobiy xarakter shakllanadi; ikkinchidan, bunday
rivojlanish bolaning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Axir g’azab kuchli qo’zg’atuvchi bo’lib, og’ir tabiatlilik holdan toydiradi, dangasalik

esa hayotiy kuchlarni qisqartiradi. XI asrda yashab, ijod etgan zabardast adib Yusuf Xos


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

473

Hojib o’zining «Qutadg’u bilig» nomli didaktik asarida ota-ona hamda bolaning o’zaro
munosabati borasidagi fikrlarini psixologik va pedagogik jihatdan yoritib bergan.

“Ota o’z farzandini tergab tarbiyalasa, uning fe’l yo’rig’i yaxshi bo’ladi, ota va

onaning yuzi yorug’ bo’ladi.” “Ota farzandini bilimli va idrokli qilib tarbiyalamoqchi
bo’lsa, uni doimo tergab tarbiyalashi kerak, buning tadbiri mana shu. Ota farzandini
kichikligidan nobakor qilib qo’ysa, farzandda gunoh yo’q, barcha ayb otaning o’zidadir.
Ota farzandini o’rgatib, tergab tarbiyalasa, ular ulg’aygach, o’g’lim-qizim deb sevinsa
arziydi. Agar nazorat qiluvchi farzand bo’lmasa, bunday farzand yaramas va nobakor
bo’ladi. Bunday farzanddan umidingni uzaver».

Yuqoridagi fikrlarda asosiy e’tibor bolaning jismoniy, emotsional, intellektual

rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ehtiyojlarini etarli darajada va sifatli ta’minlash kabi
ota-onaning har tomonlama yordamiga qaratiladi. Ota-ona farzandining intizomli
bo’lishi xulq-atvoridagi buzilishning oldini olishga, shuningdek, uning yutuqlari bilan
qiziqishi o’z-o’zini to’g’ri anglashga asos bo’ladi, deb hisoblaydi.

Mas’uliyatni otaning zimmasiga yuklaydi. Bunda ota-onaning vakolatliligi:

birinchidan, bolaning yosh va individual xususiyatlariga oid umumiy ma’lumotlardan
xabardor bo’lishini; ikkinchidan, bolani turli vaziyatda tushunish, bolaning tuyg’ularini
his eta olish, hamdardlik bildira olish; uchinchidan, xulq-atvor komponenti bilan bog’liq
ota-onaning bola bilan o’zaro ta’sirga savodli kirisha olishi zarurligini va uning samarasi
haqidagi qarashlarni ilgari suradi.

Oilada ota-onaning bolaga bo’lgan munosabati haqidagi psixologik qarashlar ulug’

alloma Ahmad Donish merosida ham muhim o’rinni egallaydi.

Ahmad Donish bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy omillardan biri - bola bilan

ota-ona o’rtasidagi muomala madaniyati, deb hisoblaydi. Yuqorida sanab o’tilgan ulug’
allomalarning bola o’ziga bo’lgan muomalada g’amxo’rlikni, mehr-muhabbatni his etib
turishi lozimligi haqidagi fikriga qo’shilgan holda, bolaga uning yosh xususiyatlariga
yarasha muomala qilish, ota-ona bola bilan muomalada ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo’lishi zarurligi to’g’risidagi fikrlarni olg’a suradi.

Shayx Muslixiddin Sa’diy Sheroziy buyuk shoir, donishmand adib sifatida dunyoga

mashhur bo’lgan. Uning«Guliston» va«Bo’ston» nomli pandnoma asarida o’z shaxsiy
hayotiy tajribalari umumlashtirib, qimmatli fikrlar bildirilgan.

Sa’diy ota-onaning bolaga munosabati muammosiga ota-onaning oilada

xushmuomala bo’lishiga, shuningdek, farzandlarning kelajagi uchun g’amxo’rlik qilishlari
bolani haddan ziyod erkalatmaslik lozimligini uqtiradi. U oilada ota-onalarning bolani
erkalatishining oqibati nimalarga olib kelishi haqida shunday yozadi:

«Ota-onasi erkalatsa nuqul
Juda ko’p qiyinchilikni ko’rgay o’g’il
Aql o’rgat-u, to’g’rilik, poklik,
Sevib erkalatma, qil idroklik».
Adib ota-ona munosabatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bolaning shaxsiy va

ijtimoiy norasoligi yoki o’zining real yoshiga nisbatan kichik deb erkalatishga, haddan
ziyod g’amxo’rlikka, achinish, hayotning qiyinchiliklaridan chegaralash hamda qat’iy
nazorat qilish kabi munosabatlarga tanqidiy qaraydi. Chunki bunday munosabat
bolaning qiziqishlari, havaslari, o’y-xayoli, tuyg’ularida buzilishga, shuningdek,
muvaffaqiyatsiz muammolarga duch kelishiga sabab bo’ladi. Ota-onalar bolalarini


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

474

boladek emas, balki o’z majburiyatlariga ega, faoliyati natijasiga ko’ra hurmatga
sazovor bo’lgan shaxs sifatida munosabatda bo’lishlari zarurligi haqida fikr yuritadi.

Xulosa qilib aytganda, buyuk Sharq allomalarining pedagogik va psixologik

qarashlarida ota-onaning bolaga bo’lgan munosabatiga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, axloqiy hamda jismoniy sog’lomlik ota- onaning e’tiboriga bog’liqligi

yoritilgan. Bola tarbiyasini yaxshilash uchun uni salbiy emotsiyalardan saqlash, bu
emotsiyalarga uning hayotiy kuchi, ma’naviyati va ishdagi muvaffaqiyatlariga bog’liq
bo’lishi haqidagi fikrlar psixologik-pedagogik faoliyat uchun ko’rsatma bo’lib
qolmasdan, ma’lum ma’noda, mazkur ilmiy-tadqiqot ishimizda ham metodologik asos
bo’lib xizmat qiladi. Ular bayon etgan fikrlarining mazmuni bola shaxsiyatidagi ruhiy-asab
holati, bilish imkoniyatlari, odamlar bilan o’zaro munosabatdagi o’ziga xoslik,
qadriyatlardagi yo’l-yo’riqlar va motivatsion ehtiyojlar xususiyatlari kabi ijobiy
o’zgarishlar, birinchi navbatda, bola tarbiyasi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan ota-
onaning shaxsi bilan belgilanadi.

Yuqoridagi allomalarning fikrlaridan ko’rinib turibdiki, bolalarning bilish

imkoniyatlari, ular hayot faoliyatidagi umumiy muvaffaqiyatlariga, konstruktiv ruhiy-
asab holati va emotsional xotirjamlik kabi xususiyatlarning poydevori bo’lib xizmat
qiladi. Shunday qilib, ota-onaning munosabati xususiyati bola shaxsi rivojlanishining
asosini tashkil etadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO”YXATI
1.

Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. 3 jildlik saylanma. Toshkent: Fan, 1992.- 453 b

2.

Shayx Sa’diy Sheroziy. Guliston. Toshkent: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi

nashriyoti, 1993. – 247 b.

3.

Xayrullaev M.M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkirlari. Toshkent: O’zbekiston,

1971. - 310 b.

4.

Yusuf Xos Xojib. Qutadg’u bilig. Toshkent: Fan, 1971 y. 964 b.

5.

Hikmatillaev H., Mansurov A. Axloq-odobga oid hadis namunalari. Toshkent.: Fan,

1990, 168 b.

6.

M.J.Boltaeva,O.Kh.Ortikov.(2020).Views of eastern thinkers on the development

of intellectual abilities in the scientific heritage. Academicia An International
Multidisciplinary Research Journal Vol. 11 Issue 1, January 2021 211-214.

7.

К. B. Murotmusaev, М.Z. Dzhelyalov, М.J. Boltaeva. Psychological Aspects Of

Human Health And The Power Of Love. The American Journal of Applied sciences.
February 25, 2021 p 73-77.

8.

Bunyod Nasirov. “Catering In Uzbekistan From The History Of The System”. The

American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. February 26, 2021 |
Pages: 11-15.

Библиографические ссылки

Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. 3 jildlik saylanma. Toshkent: Fan, 1992.- 453 b

Shayx Sa’diy Sheroziy. Guliston. Toshkent: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 1993. – 247 b.

Xayrullaev M.M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakirlari. Toshkent: O’zbekiston, 1971. - 310 b.

Yusuf Xos Xojib. Qutadg’u bilig. Toshkent: Fan, 1971 y. 964 b.

Hikmatillaev H., Mansurov A. Axloq-odobga oid hadis namunalari. Toshkent.: Fan, 1990, 168 b.

M.J.Boltaeva,O.Kh.Ortikov.(2020).Views of eastern thinkers on the development of intellectual abilities in the scientific heritage. Academicia An International Multidisciplinary Research Journal Vol. 11 Issue 1, January 2021 211-214.

К. B. Murotmusaev, М. Z. Dzhelyalov, М. J. Boltaeva. Psychological Aspects Of Human Health And The Power Of Love. The American Journal of Applied sciences. February 25, 2021 p 73-77.

Bunyod Nasirov.“Catering In Uzbekistan From The History Of The System”. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. February 26, 2021 | Pages: 11-15.