Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Management activities in the interpretation of oriental
thinkers
Hamid YARATOV
1
Kashkadarya regional center for retraining and advanced training of public education workers
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 February 2022
Accepted 20 March 2022
Available online
15 April 2022
This article discusses the activities of a manager, notes on
the works of Eastern thinkers, where opinions on the activities
of management are cited.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
management,
personality,
leader,
leader,
spiritual and moral qualities,
leadership,
Abu Nasr Farabi,
Jalaliddin Davani.
Boshqaruv faoliyati sharq mutafakkirlari talqinida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
boshqaruv,
shaxs,
rahbar,
lider,
ma’naviy
-axloqiy sifatlar,
rahbarlik,
Abu Nasr Fоrobiy,
Jaloliddin Davoniy.
Ushbu maqolada boshqaruvchi shaxs
–
rahbar faoliyati
haqida fikrlar yuritilgan. Shu bilan birga, Sharq mutafakkirlari
asarlarida boshqaruv faoliyati haqidagi fikrlardan keltirib
o‘
tilgan.
1
lecturer, department of pedagogy, psychology and education management, Kashkadarya regional center
for retraining and advanced training of public education workers, Kashkadarya, Uzbekistan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
495
Менеджментная деятельность в трактовке восточныx
мыслителей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
менеджмент,
личность,
лидер,
духовно
-
нравственные
качества,
лидерство,
Абу Наср Фараби,
Джалалиддин Давани.
В данной статье рассматривается деятельность
менеджера, отмечается о трудах восточных мыслителей,
где цитируются мнения о деятельности менеджмента.
Har qanday faoliyatning muvaffaqiyatli natijasida uni tashkil etayotgan shaxs ega
b
o‘lgan ma’naviy
-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,
faoliyat asosi, mazmuni, hatto y
o‘
nalishi ham shaxsga xos sifatlar negizida belgilanib,
uning natijasi uchun
g‘
oyaviy asos b
o‘
lib xizmat qiladi. Ayni
o‘
rinda shaxsga xos sifat-
larning turkumi, ularning ma’lum ijtimoiy faoliyatni tashkil etishdagi ahamiyati xususida
t
o‘
xtalib
o‘
tish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik-psixologik nazariyalarga k
o‘
ra shaxsda
namoyon b
o‘
ladigan sifatlar ularning mohiyatiga k
o‘
ra uch guruhga ajratiladi:
1. Ma’naviy
-axloqiy sifatlar.
2. Irodaviy sifatlar.
3. Shaxsiy sifatlar .
Shaxsga xos bo‘lgan ma’naviy
-axloqiy sifatlar sirasida quyidagilarni keltirish
mumkin: tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, qobiliyatlilik, halollik, meh
-
natsevarlik, insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, muomala
madaniyatiga egalik, boshqalarga nisbatan g
‘amxo‘rlik, o‘zgalarning g‘am
-tashvishi,
quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish, ma’lum
xatti-
harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish,
mas’uliyatni his etish va boshqalar.
Irodaviy
sifatlar shaxsning ijtimoiy rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, bu
jarayonda shaxs o‘zida intiluvchanlik, tirishqoqlik, faollik, qat’iyatlilik, dadillik, jur’atlilik,
intizomga qat’iy rioya qilish, kuchlilik, mustaqillik, o‘ziga nisbatan talabchanl
ik, sabr-
toqatlilik, chidamlilik, sabotlilik, bardoshlilik, mas’uliyatlilik, o‘z kuchiga ishonish, mato
-
natlilik, o‘z
-
o‘zini tuta bilish, o‘z
-
o‘zini boshqara olish, optimistik kayfiyatga egalik,
tashabbuskorlik kabi irodaviy sifatlarni shakllantirib boradi. Shaxsning kamolotga
erishib borishi jarayonida unda shaxsiy sifatlar ham tarkib topadi va mustahkamlanadi.
Psixologik yondashuvlarga ko‘ra, shaxsiy sifatlar kim bo‘lishidan qat’I nazar,
barchada namoyon bo‘ladi va mohiyatiga ko‘ra salbiylik yoki ijobiyl
ikni ifodalaydi.
Masalan, biron-
bir shaxs ezgu g‘oyalarga asoslangan qadriyatlar tizimi, xarakter,
motivlar, muayyan sohaga doir bilimlardan xabardorligi, uslubi, xatti-
harakatlari, ma’lum
faoliyatni tashkil eta olish malakasiga ega bo‘lsa, ikkinchi bir s
haxs ularga qarama-qarshi
mazmunga ega xislatlarni o‘zida namoyon etadi.
Jamiyatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun u yuksak salohiyatga ega
b
o‘lishi kerak. Shu sababli jamiyatimiz a’zolarining ongi, ma’naviy madaniyati, qanchalik
yuqori bo‘lsa
, Respublikamizda qayta qurish ishlari shunchalik muvaffaqiyat bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
496
amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma’rifat berishni, aholiga madaniy, maishiy
xizmat ko‘rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi.
Jamiyatning ma’naviy hayotini boshqarish oldiga qo‘yilgan
maqsad esa ilm-
ma’rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak
darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Har qanday miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat
–
idora qiluvchiga ma’lum darajada muhtojdir. Idora qiluvchi indivudual ishlarni bir
-biriga
muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq
qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Yakka
skripkachi o‘zini o‘zi idora qiladi, lekin orkestr esa dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘
ri
boshqaruvning muhim sharti
–
boshqaruvchi-
rahbarning bo‘lishidir.
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos b
о‘lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy
sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni tо‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish
harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun
о‘ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik.
Boshqarish ma’lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir kо‘rsatish demakdir.
Rahbarlik
–
turli xil vazifalarning to‘plami yoki amal k
ursidan iborat emas, balki
kasbdir. Rahbarlik insondan zarur xarakter, bilim, ko‘nikma, malaka, mahorat, kasbiy
nazokat, tajriba, qobiliyat va o‘ziga xos xususiyat talab etadi.
Boshqaruv bilimdonlik, omilkorlik, ijodkorlik, talabchanlik, ayni paytda mehri-
bonlik va izchillik bilan olib borilishi zarur. Bugungi boshqaruv uslubi noan’anaviy
muammolarga eng maqbul yechimlar topish, dadil harakatlar, tashabbuskorlik, ayrim
paytda qat’iyatlilikka asoslanadi.
Shu bilan birga, boshqaruv ishi ilmiy-uslubiy asoslangan
faoliyatga tayanib, yetti o‘lchab bir kesilgan, jiddiy sinovdan o‘tkazilgan hayotiy xulosalar
asosiga qurilishi zarur. Aks holda ta’lim
-
tarbiyadek o‘ta nozik jarayondagi o‘zboshim
-
chalik jamiyat uchun qimmatga tushishi mumkin.
Rahbarlik faoliyati barch
a davrlarda muhim va o‘ta murakkab muammolardan
bo‘lib kelgan, Sharq mutafakkirlarining pedagogik asarlarida bayon etilgan. Shu
jumladan, Yusuf Xos Hojib, Jaloliddin Davoniy va Unsurul-Maoliy Kaykovusning asar-
larida keng yoritilgan.
Abu Nasr F
оrobiy o‘z davridagi barcha ilmlarni, ilg‘or madaniy yutuqlarni
o‘zlashtirib, ular asosida original ijtimoiy
-
siyosiy va falsafiy sistemani olg‘a surgan, ta’lim
-
tarbiya sohasida ham ko‘p ilg‘or fikrlarni aytib o‘tgan, zamonasining mashhur faylasufi,
yetuk olimi edi.
Xususan, uning ijtimoiy masalalarga oid risolalari:
“
Baxt-saodatga erishuv haqida
”
,
“
Fozil shahar aholisining fikrlari
”
, shuningdek,
“
Ixso al-ulum
”
,
“Aql ma’nolari haqida”
nomli asarlari va turli sharhlari bunday fikrlarga boydir.
Inson bilimi,
umumiy dunyoqarashining o‘zgarishida tarbiyaning rolini ta’kidlab,
F
о
robiy
“
Ixso al-ulum
”
asarida bunday deydi:
“Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va
turmushda tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan
jirkanadi. Bunday narsalar
noo‘rin ko‘rinadi... U bilim va tajribaga ega bo‘lganidan so‘ng
fikri o‘zgaradi, noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi”
.
F
оrobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga –
aqli-axloqiga
(xulq-
atvoriga) e’tibor beradi.
S
huning uchun ta’lim
-tarbiya uning fikricha, insonni aqliy
tomondan ham yetuk, mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim. Demak, ta’lim
-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
497
tarbiyaning bir-biriga nisbatan vazifasi
–
jamiyat talablariga to‘la
-
to‘kis javob bera oladigan
va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal
inson tayyorlashdir. Forobiyning
“
Fozil shahar aholisining fikrlari
”
hamda
“
Baxt-saodatga
erishuv haqida
”
nomli risolalarida shular to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Bu risolalar aqliy va
axloqiy jihatdan yetuk, ideal insonlar yetishtirish va yetuk, ideal insonlardan iborat ideal
jamiyat vujudga keltirish vazifalarini bayon qilish bilan yakunlanadi.
F
оrobiyning insonning ma’naviy jihatdan yetuk va mukammal bo‘lib yetilish
i zarur
bo‘lgan tarbiya turlari, xususan, jismoniy tarbiya, aqliy
-intellektual tarbiya, estetik va
axloqiy tarbiya haqidagi fikrlarga alohida to‘xtalib o‘tishdan avval uning umuman ijobiy
-
insoniy xislatlari nimadan iborat ekanligi, bu xislatlarni tarbiyalash usullari, tarbiya
etiladigan insonning fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlarini ko‘rib o‘tish lozim.
F
о
robiy fikricha,
“O‘zida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli
odam bo‘la oladi. Mana shu shaxs davlatni boshqara oladi”, deb ko‘rsatadi
.
Birinchidan,
bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal
taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo‘lgan ishlarni osonlik
bilan amalga oshira olsin;
Ikkinchidan,
barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va
to‘g‘
ri tushuna
oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan bo‘lsin;
Uchinchidan,
xotirasi juda baquvvat, ko‘rgan, eshitgan, sezgan narsalarining
birortasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab qoladigan bo‘lsin;
To‘rtinchidan,
zehni tez va o‘tkir bo‘lsin;
Beshinchidan,
so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini
ravon va ravshan bayon eta olsin;
Oltinchidan,
bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin;
Yettinchidan,
ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiat
i
qimor o‘yinlarini o‘ynashdan yiroq bo‘lsin;
Sakkizinchidan,
haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yol
g‘
on va yol
g‘
on-
chilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
To‘qqizinchidan,
ruhi
g‘ururli va o‘z vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin;
O‘ninchidan,
dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;
O‘n birinchidan,
o‘z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni
sevadigan, adolatsizlikka hamda jabr-
zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
O‘n ikkinchidan,
ad
olatli bo‘lsin va qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib
o‘zbilarmonlik qilmasin, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin.
F
оrobiy bu fazilatlar ichida, ayniqsa, donolikka, aqllilikka katta e’tibor beradi.
Sharq
mutafakkirlaridan biri Jaloliddin Davoniy o‘z davrining ilm
-fan taraqqiyotiga
katta hissa qo‘shgan qomusiy olimdir. Uning “
Axloqi Jaloliy
”
asarida inson kamoloti
uchun eng zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar yo‘llari va usullari bayon etiladi. Bu asar uch
qismdan iborat. Birinchi qism axloq faniga, ikkinchi qism odamning ichki holati, oilaviy
hayotiga, uchinchi qism shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati deb atalib,
unda muhim ijtimoiy-
siyosiy masalalar ko‘tariladi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo‘lishi,
davlat va uni boshqarish masalalari, xalqning farovon hayot kechirishida podsholarning
o‘rni, ilm
-
fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o‘rni bayon etiladi.
Davoniy insonning
kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
Jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan
inson o‘zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo‘lsa, unda baxt
-saodatga erishishi
mumkin, deydi. Shuning uchun u
“
Axloqi Jaloliy
”
asarida jamiyatni adolatli, fozil shaharga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
498
va johil shaharlarga bo‘ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqa
-ruvchisida
o‘nta eng yaxshi fazilat mujassamlashgan bo‘lishi kerak, deydi.
1.
Hukmdor odamlarni e’zozlashi.
2. Davlat ishlarini adolatli ijro etishi.
3. Hirs va shahvatga berilmasligi.
4. Hukmdorlikda shoshma-
shosharlik va g‘azabga yo‘l qo‘ymasligi, balki shafqat va
muruvvatga asoslanishi.
5. Xalqining ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi.
6. Xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishi.
7.
Xalqqa nisbatan odil bo‘lishi.
8. Har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi.
9. Har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz
kishilarga yuqori lavozim bermasligi.
10. Adolatli farmonlar chiqar
ishi, qonunni buzishga yo‘l qo‘ymasligi.
Ko‘rinib turibdiki, adolatli shahar timsoli –
Davoniy istagan axloqiy kamol topgan
shaxsdir. Davoniy podshohlarning ma’rifatli bo‘lishini istaydi. Ana shunday podshohlar
o‘z atrofiga bilimdon kishilarni to‘playdi v
a ilm ahlining jamiyat taraqqiyotida katta rol
o‘ynashini ta’minlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv jarayonida Sharq mutafakkirlari-
ning keltirib o‘tgan fikrlaridan juda keng foydalanish lozim. Sharq mutafakkirlarining
asarlaridagi qarash
larni o‘qib
-
o‘rganib, o‘z faoliyatida qo‘llagan rahbar oldiga qo‘ygan
maqsadiga, albatta , erisha oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abu Nasr Forobiy.
“
Fozil odamlar shahri
”
.
T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
2004.
–
B. 160.
2.
Sa’diy
Sheroziy
“Hikmatga to‘la olam”
. T.: Sharq. 2017.
–
B. 253.
3.
Djo‘rayev
R.
“Ta’lim boshqaruvi (nazariya va amaliyot masalalari)”
. T.: 2013.
–
B. 144.
4.
Ziyomuhammedov B.
“
Pedagogika
”
. T.: Turon-Iqbol. 2006.
–
B. 112.
5.
Zunnunov A.
“
Pedagogika tarixi
”
. T.: Sharq. 2000,
–
B. 236.
6.
Turg‘unov
S. O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish.
T.: Sano-standart. 2012.
7.
Qurbonov Sh., Seytxalilov
E. Ta’lim sifatini boshqarish. T.: “Turon
-
iqbol” 2006. –
B. 592.
8.
Turg‘unov
S.T., Maqsudova L.A., Umaraliyeva M.A., Tojiboyeva H.M. Pedagogik
jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari.
T.: “Sano
-
standart”. 2012 –
B. 98.
9.
www.ziyonet.uz.
10.
www.tdpu.uz.
11.
www.pedagog.uz.
12.
www.psychology.uz.
