Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Organization of independent education by integrating the
educational system with technologies
Shukhrat KURBANOV
1
Shahrisabz Branch of Tashkent Institute of Chemical Technology
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
This article discusses the possibility of improving the quality
of educational processes as a result of the integration of the
educational system with technologies and the implementation
of independent education through the use of various platforms.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp116-121
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
technology,
programming,
platforms,
STEAM education,
educational services,
robotics,
models,
programming.
Taʼlim tizimini texnologiyalar bilan integratsiyalash orqali
mustaqil
taʼlimini tashkil qilish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
texnologiya,
dasturlash,
platformalar,
STEAM taʼlimi,
taʻlim xizmatlari,
robototexnika,
modellar,
dasturlash.
Ushbu maqolada taʼlim tizimini texnologiyalar bilan
integratsiyalash natijasida
taʼlim jarayonlarini sifat darajasini
oshirilishi va turli platformalardan foydalanish orqali mustaqil
taʼlimni amalga oshirish mumkinligi haqida gap boradi.
1
Independent researcher, Shahrisabz Branch of Tashkent Institute of Chemical Technology.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
117
Организация
самостоятельного
обучения
путем
интеграции образовательной системы с технологиями
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
технология,
программирование,
платформы,
STEAM-
образование,
образовательные услуги,
робототехника,
модели,
программирование.
В данной статье рассматривается возможность
повышения качества образовательных процессов в
результате интеграции образовательной системы с
технологиями и реализации самостоятельного обучения за
счет использования различных платформ.
Muhandislik keskin rivojlangan xorijiy davlatlardan Finlandiya, Amerika, Yaponiya,
Germaniya,
Rossiya, Xitoydagi taʼlim tizimining oʻquv jarayonida STEAM yondashuvli
taʼlim asosida
mustaqil taʼlimni amalga oshirilayotganini koʻrishimiz mumkin. Bunga
misol tariqasida Rossiya davlatida STEAM taʼlimning etarli darajada mua
mmolarni hal
qilish uchun STEAM taʼlimi, K
-12 STEAM (K-
12 yillik maktab dasturlari) oʻquv dasturini
ishlab chiqish ustida ishlamoqdalar va norasmiy STEAM taʼlim dasturlarini ishlab
chiqmoqdalar.
Bugungi kunda texnik (muhandislik) taʼlimga katta eʼtibor ber
ilmoqda. Xususan,
Amirika Qoʻshma Shtatlarda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan qonunni ishlab chiqish
taʼlimda kechiktirib boʻlmas zaruriyati deb qaraldi va yangi
taʼlim toʻgʻrisidagi
qonun
ishlab chiqildi. Unda
oʻn olti
yillik taʼlim dasturlari (K
-16)
taʻlim sifatini oshirishga
qaratilgan boʻlib, 21
-
asrning boshlarida qabul qilingan bu qonun tarixdagi eng yirik taʻlim
qonunchiligidan biri hisoblanadi.
Bu qonunning asosiy shiori “Hech bir bola orqada
qolmaydi” boʻlib taʻlim tizimlarini rivojlantirish boʻ
yicha ishlar boshlandi. Rivojlangan
taʼlim va ananaviy taʼlimning farqlari oʻrganilib borildi. Talabalar mustaqil taʼlimini toʻgʻri
rejalashtirish
–oʻqituvchining muhim vazifalaridan biridir. Biz dasturda mustaqil taʼlim
uchun ajratilgan mavzular boʻyicha
taqdimotlar qilishni, belgilangan misol va masalalarni
raqamlashtirilgan dasturlardan foydalanib, mustaqil bajarish va ishlashlarini talabalarga
tavsiya
qilamiz. Zamonaviy innovatsion taʼlim taʼlim jarayoni samaradorligini koʻrsatib
beruvchi omillardan biri-
taʼlimda axborot texnologiyalarini tatbiqidir. Taʼlim jarayonida
elektron oʻquv qoʻllanma va darsliklardan foydalanish oʻzining funksional mohiyatiga
koʻra taʼlimning muhim vositasidir, u talabalarning faol hamda mustaqil taʼlim olishlariga
turtki beradi
, yakka tartibdagi va tabaqalashtirilgan yondashuvni taʼminlaydi.
Taʼlimning eng soʻngi yutuqlari boʻlgan texnika va
texnologiyalar bilan
auditoriyalarni jihozlash orqali taʼlim oluvchilarning bilim va koʻnikmalari shakllantirilib
borildi. Hayotimiz davomi
da turli sohalarni turlcha rivojlanganini Qishloq xoʻjaligi
sohasida eng koʻp rivojlanganish bu fermerlik boʻlib unda dehqonchilik chorvachilik va
meneral resurslar kiradi bu sohani rivojlanishidan ishlab chiqarish sanoatini rivojlanishi
va bu davrdan soʻng xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanishi aynan shu sohaning
rivojlanishini qoʻyidagilarda koʻrishimiz mumkin
axborot mahsulotlari, masalan,
kompyuterlar, kitoblar, televizorlar, dasturiy taʻminot,
telekommunikatsiyalar,
radioeshittirish xizmatlari va ta
ʻ
lim xizmatlari,
bu xizmatlar ichida taʼlim xizmatlarining
oʻrni alohida ajralib turadi chunki yuqorida aytilgan sohalarning barchasi bu xizmatsiz
rivojlanmaydi. Shunday ekan taʼlim tizimimiz bir necha oʻn yil oldingi sohalar bilan emas
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
118
hozirgi rivojlangan
sohalar bilan birga bir yurishi kerak oʻn yil oldingi bilm
va
koʻnikmalar hozirgi vaqtda eskirishi tabiiydir. Hozirgi oʻquvchilarning fikrlashi va
turlicha yondashuvlari bir necha yil oldinga oldinlab ketganini koʻrishimiz mumkin.
Oʻqituvchilar esa fasil
itator sifatida harakat qilishlari kerak. Talabalar faol ishtirok
etadigan
auditoriyalarda oʻqituvchilar oʻzlarini reja asosida loyihalari yaratish yoki
dars
mashgʻulotlari jarayonida yaxshi tayyorlanishi, ilmiy bilimga asoslangan va
oʻz darslarida
oʻtilay
otgan mavzusiga turli texnologiyalarni integratsiyalash orqali turli texnologiyalar
shakllaridan foydalanish kundalik
tarziga aylanishi kerak. Bu oʻzgarish bilan bizning
taʻlim tizimimiz talablarini qondirishimiz mumkin.
Hozirda hech bir sohada kuchi texnologiyadan foydalanmasdan raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlab boʻlmaydi. Taʻlimda texnologiyalarni tadbiq etilishi hamda
texnologiyaning jadal kengayishi orqali
talabalar istalgan vaqtda, istalgan joyda maʻlumot
olish imkoniyatini beradi. Kompyuter texnologiyalardan foydalanish usullarini
kengayishi kelajakdagi texnika va texnologiyalarning oʻzgarishlariga sababchi boʻladi. Bu
oʻzgarishlar taʼlim tizimining texnologiya tendentsiyalarining rivojlanishiga
bogʻliq
boʻladi. Soʻnggi oʻn yil ichida texnologiyalardagi oʻzgarishlar juda jadallik bilan hayotiy
ehtiyojga aylanib bormoqda,
ushbu ehtiyojlar tufayli, taʼlim tizimini texnologiyalar bilan
integratsiyalash taʼlimni texnologiya va texnika rivojlanishi bilan birga olib borilishini
taʼminlashi
dolzarb masaladir.
Hozirgi vaqtda soʻrovnoma va turli tahlil nazoratlar natijasi shuni koʻrsatadiki,
talabalarning fan oʻqituvchilaridan dars mashgʻulotlarida
olayotgan maʼlumotlari 24%ni
tashkil qilsa turli internet manbalaridan olayotgan maʼlumotlari 56%ni oʻquv
adabiyyotlaridan olayotgan
maʼlumotlari 20%ni tashkil etmoqda. Shunday ekan
talabalarning mustaqil
taʼlimini axborot texnologiyalari orqali turli platformalar yaratish
va platformalardan foydalanish orqali amalga oshirish
eng samarali yoʻl deb h
isoblaymiz.
Sh.R.
Turdiyevnini ilmiy tadqiqot ishlarida turli yoshga toʻgʻri keluvchi
bir nechta
oʻquv platforma kurslari haqida quyidagi fikrlar
keltirib oʻtilgan.
STEAM taʼlim yondashuvi orqali mustaqil taʼlimni amalga oshirish zamonaviy
talimga yangich
a yondashuv hisoblanadi va bu davlatlarda STEAM taʼlimni amalga
oshiruvchi bir qancha kurslar platformasi mavjud boʻlib, unda turli yoshga qarab turli
-xil
narsalarni yaratish va koʻpgina sohalardan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish
imkoniyati mav
jud. Bu koʻrinishdagi kurslarni mamlakatimiz taʼlim sohasida qoʻllash
taʼlimning eng zamonaviy usullaridan biri sanalib, va hozirgi davr talabi desak
yangilishmagan boʻlamiz va bu kurslarni bir qanchasini sanab oʻtsak:
Robototexnika Lego WeDo 2.0 kursi haq
ida maʼlumot beradigan boʻlsak, ushbu
kurs Lego WeDo 2.0 platformasida oʻqitiladi va 1
-
4 sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan
boʻlib, turli Lego modellarini qurish orqali robotika asoslarini oʻrganishadi borishadi.
Kursning barcha mashgʻulotlari oddiydan murakkabgacha izchil oʻtish uchun
moʻljallangan. Kurs davomida bolalar robotlar nima va ular qanday yasalishi haqida
tushunchalarga ega boʻlib borishadi.
Shu bilan bir vaqtda dasturlashni ham oʻrganish oʻquvchilarni STEAM fanlarni
“jonli” kurinishga oʻtka
zishda amaliy yordam beadi.
Buning uchun Scratch dasturlash shu yoshdagi oʻquvchilar uchun Scratch dasturi
dasturlash tilining asosiy tushunchalari va elementlariga oʻrgatadi.
Robototexnika Mindstorms EV3 kursi haqida 5-
8 sinf oʻquvchilari uchun
moʻljallangan va unda oʻquvchilar dasturlash, algoritmlar, fizika va matematikani
birlashtirgan holda oʻqishadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
119
Oʻquvchilar oʻz
ishlarida datchiklar, giroskop, ultratovushli sensorlar va yanada
murakkab dasturlash sxemalaridan foydalanishni bilib oladilar. Mindstorms EV3
kursining afzalliklari qudratli robotlar
–
hayvonlar, transport vositalari, avtoulovlar va
elektr jihozlarini yaratish va boshqarish haqida bilib olishadi. Dasturlash bloklari,
motorlar va sensorlarning turli xil kombinatsiyalari yordamida bolalar
oʻz modellarini
yurish, suhbatlashish, narsalarni ushlash, oʻylash, otish va oʻylagan har qanday
harakatlarini bajarishga oʻrgatadilar.
LEGO Mindstorms EV3 eng zamonaviy STEAM
taʼlimiga asoslangan boʻlib,
u 11-
15 yoshdagi oʻquvchilar uchun yuqori texnologik darajaga koʻtarilish va mexanika,
axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish sohasidagi bilimlarini oshirishga
koʻmaklashadi.
Arduino robototexnika kursda Arduino elektron konstruktoridan foydalangan
holda bunday qurilmalarni qanday yigʻish va dasturlashni oʻrganishadi. Arduino
platformasi ochiq arxitekturaga va oddiy dasturlash tiliga ega. USB orqali osongina
dasturlashtirilishi mumkin.
Platformaga turli xil datchiklarni ulab, ular atrofdagi olam haqida maʼlumot
olishlari mumkin, maʼlumotlarni kompyut
erga yuborishlari va boshqa kompyuterga
ulangan elementlarni boshqarishlari mumkin.
Grafik dizayn kursi. Grafik dizayn asoslarini boshlangʻich tushunchalardan boshlab
oʻrgatuvchi kurs hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda dizayn sohasi ham eng istiqbolli va
talab
gor soha hisoblanadi. Deyarli har bir soha dizayn bilan bogʻliq. Kurs sizga dizaynning
baʼzi professional sirlari, kompyuterda
-
harflarning turli koʻrinishidagi harakatlari
animatsiyasi bilan bir qatorda tipografiyaning qonuniyatlarini, kompozitsiylarini hamda
rang-
tasvir koʻrinishlarini nazariy tushuntirish, balki ijodiy
-
tajriba koʻnikmalarini
shakllantirish, tabiatga nisbatan dunyoqarashni ham rivojlantirish, dizayn va uning
dasturlari bilan tanishish imkonini beradi [2. 48
–
51-b.].
STEAM fanlar taʼlimini amalga oshirish jarayonida oliy oʻquv yurti talabalarini
nazariy bilimlarni amaliyotga yoʻnaltirishning metodik tizimining nazariy asosi
-uning
konsepsiyasidir. Konsepsiyaning metodologik asosini esa quyidagilar tashkil etadi:
–
umumlashgan ilgʻor
pedagogik texnologiyalardagi tashkil etuvchilarni
tarkiblashtirish imkoniyatini beruvchi taʼlimdagi integrallashgan yondashuv, u
talabalarda muhandislik faoliyatiga boʻlgan innovatsion qobiliyatni shakllantiradi va
ularni yagona metodik tizimda amalga oshiradi;
–
oliy oʻquv yurti talabalarida STEAM fanlar taʼlimini amalga oshirish jarayonida
ularning ijodiy potensialini rivojlantirishning maqsad, mazmun, shakl va metodlari
hamda taʼlim vositalarini oʻzaro bogʻlovchi metodika sifatida muhandislik faoliyati
a
soslariga boʻlgan tizimli yondashuv;
–
muhandisning amaliy faoliyatiga adekvat boʻlgan innovatsion yondashuv;
–
STEAM fanlar taʼlimi jarayonining oʻzaro bogʻliqligi, oʻzaro toʻldiruvchanligi
hamda yaxlit samaradorlik gʻoyasi;
–
STEAM fanlar blokiga mos bo
ʻlgan oʻquv predmeti tarkibiga nisbatan didaktik
yondashuv;
–
STEAM fanlar, umumkasbiy fanlar va mutaxassislik fanlari oʻrtasidagi oʻzaro
bogʻliqlik, uzluksizlik va uzviylik prinsiplarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi
majmuaviy yondashuv;
–
umumkasbiy bilimlarni tahlil qilish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
120
J.E. Pardaboyevning ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagicha STEAM-
taʼlim asosida
mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilarda ijodiy tadqiqod koʻnikmalarini rivojlantirish
imkoniyatlarini qarab chiqilgan:
Oʻquvchilarga robototexnika mashgʻulotlarini oʻrgatish odatda konstruksiyalar
yordamida amalga oshiriladi. Robot dizaynlar, mexanik qismlar, datchiklar,
dasturlashtiriladigan plata, aktuatorlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlardan
toʻgaraklarda oʻquvchilar turli mashinalarning prototipla
rini, turli xil qurilmalarni va
robotlarni yasay olishi mumkin.
Modellar nafaqat dizaynerlar tomonidan yaratilishi mumkin. Korpus va yasalgan
qurilmalar texnologiya yordamida amalga oshirilishi mumkin 3D bosib chiqarish, lazerli
kesish, quyish va h.k. Bunda boshqaruv moslamasi ish mikrokontroller yoki mini-
kompyuter boʻlishi mumkin. Eng katta “Arduino” platformasidan havaskor elektronika va
robototexnikani ishqibozlari ham foydalanishi mumkin.
Majmuada analog va raqamli kirish-chiqish portlari mavjud b
oʻlib, ularga
qurilmalarni ulashga imkon beradi: tugmalar, sensorlar, motorlar va boshqa qurilmalar
bilan ishlashda platforma oʻquvchilarining elektrotexnika va elektronikaga oid bilimlarini
ham talab qiladi.
Robot yoki boshqa qurilmani prototiplash dizayn
i, montaj, dasturlashni oʻz ichiga
oladi. Taʼlim berishda urgʻu berish qurilma yaratilishining turli bosqichlarida amalga
oshiriladi. Masalan, dasturlashni oʻrganayotganda robotni yigʻish bosqichi oʻtkazib
yuborilishi mumkin va oʻquvchi tayyor robot modeli
bilan taʼminlanadi. Robototexnikani
oʻrganishda qoʻshimcha turli xil oʻquv dasturlari bilan bogʻlangan holda taʼlim beriladi
[1. 84
–
85-b.].
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki mustaqil taʼlimni amalga oshirishda STEAM
taʼlim yondashuvi orqali mustaqil taʼlimni amalga oshirish zamonaviy talimga yangicha
yondashuv hisoblanadi.
Bunda STEAM taʼlimni orqali mustaqil taʼlimni samarali amalga
oshirilganda quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchidan
oʻquv rejasidagi fanlarni barchasidan bir qancha kur
slar
platformalarini ishlab chiqish chiqish hamda talabalarni ulardan mustaqil foydalanishini
yoʻlga qoʻyish orqali mustaqil taʼlimni talabalar tomonidan bajarilishiga erishiladi.
Ikkinchidan
oʻquv auditoriyasidan tashqari vaqtda turli loyihalarni bajaruvc
hi
mustaqil kurslarni amalga oshirish orqali dars mashgʻuloti vaqtida olingan nazariy
bilimlarni amaliyotga qoʻllashni talabalar mustaqil oʻzlari bajarish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchidan
fanlar
oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni tushunish bir fanni
oʻrganishda ikkinchi fandan foydalanish yaʼni fundamental fanlardan ixtisoslik fanlarini
oʻrganishda foydalanish va boshqalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
J.E.Pardaboyev Maktabdan tashqari taʼlim jarayonida oʻquvchilar kasb –
hunar
tayyorgarligini riv
ojlantirish texnologiyalari. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori
(Phd) dis.- 2021. 84-85 bet.
2.
Sh.R.Turdiyev STEAM fanlari taʼlimini modellashtirish hamda raqamlashtirish
orqali rivojlantirishning nazariyasi va metodikasi. Pedagogika fanlari doktori (Dsc) dis.-
2023. 2. 48-51 bet
3.
Чоршанбиев З. Э. Педагогический такт и техника как важные факторы
развития образовательного процесса //Вестник науки и образования. –
2020.
–
№.
10-3 (88).
–
С. 55
-59.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
121
4.
Турдиев, Ш. Р. (2022). STEAM ФАНЛАР ТАЪЛИМИ ВА ИНТЕГРАЦИЯСИНИ
ЮЗАГА КЕЛИШИ МОДЕЛИ. Academic research in educational sciences, 3(4), 571
-575.
5.
Razzoqovich T. S. Modeling Staem Sciences In Higher Education //JournalNX.
–
2021.
–
Т
. 7.
–
№.
12.
–
С. 119
-122.
