Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Biorhythms of biologically active points
Mukhayo USMONOVA
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
This article provides an overview of the activity and
biorhythms of biologically active points that are of key
importance for human health. The authors highlight the unique
features of these points, their ability to interact with active
biovitamins and natural remedies that support normal
biorhythms. Additionally, information is provided on the
differences between dietary supplements, conventional foods,
and medications, as well as the processes of normal growth,
development, and reproduction of biological vitamins in the
div.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp190-193
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
biological factor,
biorhythms,
vitamins,
proper nutrition.
Biologik faol nuqtalarning bioritmlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
biologik omil,
bioritm,
vitaminlar,
to‘g‘ri ovqatlanish.
Ushbu maqolada inson organizmi uchun muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan biologik faol nuqtalarning faoliyati va bioritmlar
haqida batafsil ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek,
biologik faol nuqtalarning o‘ziga xos muhim xususiyatlari,
ularning faol biovitaminlar bilan o‘zaro aloqadorligi, bioritmlar
faoliyati uchun zarur bo‘lgan tabiiy vositalar haqida fikr
-
mulohazalar bildirilgan.
Bundan tashqari, ozuqaviy biofaol mahsulotlar oziq-ovqat va
dori vositalaridan bir-biridan farqli jihatlari, biologik
vitaminlarning organizmda normal o‘sishi, rivojlanishi,
ko‘payishi haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.
1
PhD, Associate Professor, Faculty of Natural Sciences, Department of Biology, Kokand State Pedagogical Institute.
2
Student, Faculty of Natural Sciences, Kokand State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
191
Биоритмы биологически активных точек
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
биологический фактор,
биоритмы,
витамины,
правильное питание.
В данной статье представлен обзор активности и
биоритмов биологически активных точек, имеющих
ключевое значение для здоровья человека. Авторы освещают
уникальные особенности этих точек, их способность
взаимодействовать с активными биовитаминами и
натуральными средствами, поддерживающими нормальные
биоритмы. Дополнительно приводится информация о
различиях между пищевыми биоактивными добавками,
обычными продуктами питания и лекарственными
средствами, а также о процессах нормального роста, развития
и воспроизводства биологических витаминов в организме.
KIRISH
To‘g‘ri ovqatlanish organizmning normal o‘sishi va rivojlanishi, insonning
ishchanlik qobiliyati va salomatligini belgilovchi asosiy omildir. Oziq-ovqat mahsulotlari
millionlab moddalar majmui bo‘lib, ularning har biri muayyan biologik faollik darajasiga
ega. Ammo tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda ovqatlanish ratsionimizda salbiy o‘zgarishlar,
xususan, oqsillar, vitaminlar, mikroelementlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Ba’zi
vitaminlar yetishmovchiligi nafaqat mavsumiy, balki yil davomida ham kuzatilayotgan
ekan. Yog‘lar, ayniqsa, hayvon yog‘lari va xolesterinni keragidan ortiq iste’mol qilish,
shakar va tuz iste’molining oshib borishi sog‘liq uchun zarardir.
Butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari qimmatligi, ular tarkibining tabiiylik
darajasi yo‘qolib borishi hamda insonlarda vaqt yetishmovchiligi singari omillar sog‘lom
ovqatlanish imkonini bermayapti. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida
biologik faol qo‘shimcha iste’moli tobora ommalashib bormoqda.
Balansli ovqatlanish
–
sog‘lig‘imizning asosidir.
Biologik faol ozuqaviy
qo‘shimchalar bizning parhezimiz meʼyorida bo‘lishini taʼminlash uchun lozim bo‘lgan
birikmalar majmuidir.
TADQIQOT BILAN BOG‘LIQ ADABIYOTLARNI O‘RGANISH
Biologik faol nuqtalarning bioritmlari sifatida vitaminlar-tirik organizmning hayot
faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan muhim organik
birikmalardir. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida ayrim
moddalar yetishmasligi natijasida odamlar
kasal bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
qadimgi Xitoy kitoblarida,keyinchalik esa Gippokrat asarlarida qayd etilgan.Vitaminlarni
ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish XVIII
asrlardan boshlangan.Vitaminlarni o‘rganishga
ingliz vrachi Lind,fransuz fiziologi Majandi, rus vrachi Lunin,Eykman,Funk va boshqalar
katta hissa qo‘shdilar.
Organizm o‘zi vitamin sintez qilmaydi, zarur vitaminni tashqi muhit ya’ni
oziq-ovqatlardan oladi. Organizmda vitamin yetishmasa gipovitaminoz, umuman
yetishmaganda esa avitaminoz kasalligi kelib chiqadi.Vitaminlarning umumiy xossalari
XIX asrning oxiriga kelib odam va hayvon organizmiga
doimo ovqat bilan oqsil, yog‘,
karbonsuv va mineral tuzlar tushib turishi aniqlandi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
192
Biologik faol nuqtalarning bioritmlari xususida Polyak olimi K.Funk unga
vitaminlar, ya’ni hayot aminlari deb nom berdi. Vitaminlar –
bular organizmning hayotiy
faoliyati, ko‘payishi, o‘sishi uchun kerakli, kimyoviy tarkibi jihatidan har xil past
molekulali moddalar guruhidir.
Aniqlangan muammolar va bo‘shliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini
aniqlash: biologik faol qo‘shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik
ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan
tabiiy komplekslardir.
Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog‘lom
moddalarni o‘zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib,
ko‘plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.
Ozuqaviy biofaol mahsulotlar oziq-ovqat va dori vositalaridan quyidagi
mezonlarga ko‘ra ajratiladi:
✓
Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ
qo‘shimchalardan foydalanish zaruriyati;
✓
BFQ
mahsulotlarining savdosi maʼlum dozalarda oziq
-ovqat mahsulotlaridan
alohida yuritilishi;
✓
BFQ mahsulotlarida farmakologik taʼsirning yo‘qligi;
✓
BFQ mahsulotlarida nojo‘ya taʼsirning yo‘qligi;
✓
BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror bo‘lmagan hollarda
ularning funksional faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlash uchun mo‘ljallanganligi.
Biofaol ozuqaviy qo‘shimchalar dori vositalari sirasiga kirmasligi biologik faol
nuqtalarning bioritmlari buzilmasligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
MATERIALLAR VA USULLAR
Biologik faol moddalarni bioorganik kimyo, farmatsevtik kimyо, biologik kimyo va
boshqa fanlar o‘rganadi. Bu yo‘nalishning
intensiv rivojlanishiga sabab hozirgi zamon
tekshirish usullari
bunda konformatsion strukturalarni, molekulyararo ta’sirlarni,
murakkab aralashmalardan moddallar ajratilishi, endogen biologik faol moddalar
xossalari va ksenobiotiklar xossalari
ko‘pgina muhim fizik
-kimyoviy hayot faoliyatini
o‘rganishga sababchi bo‘lmоqdа. Eng muhimi, molekulyar, hujayra va tizimlar darajasida
biologik faol moddalar ta’sir mexanizmlari tadqiq qilinmoqda.
Izlanish natijasida
rejalashtirilgan xossalarni namoyon qiladigan moddalar ham sintez qilindi. Kombinator
kimyo robotlashtirilgan skrining bilan birgalikda yangi dorivor moddalar olish uchun
muhim ahamiyat kasb etmoqda.Biologik faol moddalar organizmda barcha hayotiy
jarayonlar normal kechishida muhim rol o‘ynaydi. Biologik faol maddalarning eng katta
qismini vitaminlar tashkil qiladi. Inson organizmida muhim biologik moddalar bor.
Uglevod, lipid va mineral moddalarning almashinuvida bevosita ishtirok etadi. Yana bir
biologik faol moddalardan biri siklik nukleotidlar hisoblanadi. Ular tashqaridan
hujayraga keladigan abarlar (gormon,neyromediatorlar va boshqalar) uchun vositachilik
rolini bajaradi. Ular siklaza fermentlari yordamida sintezlanib, faolliklari esa har xil
effektorlar, jumladan gormonlar orqali boshqariladi. Biologik faol moddalar oqsillar,
nuklein kislotalar,gormonlar,vitaminlar va boshqalar tarkibiga kiradi.Biologik faol
maddalar organizm hayotida muhim ahamiyatga ega.
NATIJALAR
Vitaminlar organizmni normal o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi uchun ham xizmat
qiladi. Suvda eruvchi vitaminlar Tiamin
–
B1 vitamini. Bu toza ajratib olingan
vitaminlardan biri hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha murakkab
birikmalar bo‘lib,
pirimidin va tiazol halqasini tashkil qiladi: tarkibida oltingugurt va aminoguruhning
bo‘lishi
vitaminning atalishiga asos bo‘ldi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
193
Birinchidan, organizmda B vitamini pirofosfor efiri shakli
–
tiamindifosfat
(kokarboksilaza) holida barcha organ
va to‘qimalarda uchraydi: В, vitamini pirofosfor
efiri sifatida ko‘proq jigarda, buyrakda, yurakda, miyada va mushakda uchraydi.
U ketokislota dekarboksillanishini katalizlovchi koferment hisoblanadi (pirouzum,
a-ketoglutarat).
Organizmda
B, vitaminining yetishmasligi natijasida karbonsuvlarning me’yoriy
almashinuvi, ketokislota yuqori darajada yig‘ilishi kuzatiladi. Tiamin biosintez jarayonida
juda muhim rol o‘ynaydi. U tiamindifosfat shaklida boshqa ferment tarkibiga kirib,
transketolaza bo‘lib, pentozalar yo‘lida karbonsuvlar oksidlanishida qatnashadi.
Hosil
bo‘lgan pentoza nuklein kislotalar, bir qator fermentlar va boshqa birikmalar
biosintezida ishtirok etib, besh atomli karbonsuvlar tarkibiga kiradi.
Avitaminozlar
–
ovqatda vitaminlarning yo‘qligidan yoki biron
-bir vitaminning
hazm bo‘lmasligidan kelib chiqadi. Gipovitaminozlar –
ovqat bilan vitaminlarning kam
tushishi yoki yomon hazm bo‘lishidan kelib chiqadi. Organizmda gipervitaminozlar –
ovqatlar bilan vitaminlarning ko‘proq tushishidan kelib chiqadi. Bu hodisa juda kam
bo‘ladi, ammo ayrim vitaminlar A, D,
K
lar organizmda ko‘proq sintezlanishi mumkin.
Vitaminlar hamisha hayot uchun zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sattarov, Sh.V. Abdullayev Biologik faol moddalar ta’sir mе
xanizmi 2019;
2.
Pr.Sh.Qurbonov “Biologik aktiv qo‘shimchalar foydalimi yoki zararli?”
Avitsenna.uz 2023;
3.
Hypotensive properties of the plant salvia submutica AM Gulyamovna,
AS Sadriddinovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 51-52 2023;
4.
The relevance of the meaning of plantain in folk medicine AS Sadriddinovna,
AM Gulyamovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 49-50 2023;
5.
Azizkhonovna N. M., Madullaevich I. O. Uses of sea buckthorn and its beneficial
properties in medicine //Eurasian Medical Research Periodical.
–
2023.
–
Т. 19. –
С. 57
-59;
6.
Ибрагимов, Ш. Р., Исламов, Ш. Э., Нормахматов, И. З., & Ураков, К. Н. (2022).
Характер повреждений челюстей при оказании экстренной медицинской помощи.
In VolgaMedScience (pp. 352-354).
7.
Исламов, Ш., Бахриев, И., Ибрагимов, Ш., & Ойдинов, А. (2021). Характер
повреждений верхней челюсти. Журнал стоматологии и краниофациальных
исследований, 2(1), 18
-20.
