Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Lower border of the Amudarya at the beginning of the
XX century
Kakhramon TASHANOV
1
Nukus State Pedagogical Institute named after Azhiniyoz
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2022
Received in revised form
20 July 2022
Accepted 25 August 2022
Available online
15 September 2022
The article highlighted one of the issues that remains a gap in
new history of Karakalpakstan is uprising of the Ural Cossacks in
1919 on the
“
lower
”
border of the Amudarya, the attitude of local
tribal aksakals towards them, based on archival materials, the
creation of the
“
Chimboy Front
”
by the Red Army
“
Turkish Front
”
and the
“
Chimboy Republic
”
by the Ural Cossacks and its
consequences.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp10-13
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Riot in 1918 in the city of
Nukus, border in the
“
Shagal bridge
”
in 1919,
“
Tazgarinskaya tragedy
”
,
“
Chimboy uprising
”
,
Ural Cossacks,
Chimboy Republic,
agreement of the Council on
February 10, 1920.
XX asrning boshlarida Amudaryoning quyi chegaralari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
1918-
yil Nukus qal’asi
qo‘zg‘oloni, 1919
-yil
“Shag‘al ko‘pir” chegarasi,
“Tazg‘ara fojiasi”,
“Chimboy qo‘zg‘oloni”,
Ural kazak askarlari,
Chimboy Respublikasi,
1920-yil 10-fevral Kengash
kelishuvi.
Maqolada Qoraqalpog‘iston yangi tarixida bo‘shliq bo‘lib
qolayotgan masalalardan biri 1919-
yil Amudaryoning “quyi”
hududidagi Ural kazaklari qo‘zg‘oloni, ularning mahalliy qabila
oqsoqollari bilan munosabatlari, “Turk fronti” qizil askarlarining
“Chimboy frontiri”, Ural kazak askarlarining “Chimboy
Respublikasi”ni tuzishi, uning oqibatlari arxiv materiallari
asosida yoritilgan.
1
Trainee researcher of Nukus State Pedagogical Institute named after Azhiniyoz.
e-mail: kaxa1190@mail.ru.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
11
Нижние границы Амударьи в начале ХХ века
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Бунт 1918 год в город
Нукусе, рубеж в
«Шагал мосте» 1919 г.,
«Тазгаринская трагедия»,
«Чимбойское восстание»,
уральские казаки,
Чимбойская республика,
соглашение Совета
10 февраля 1920 г.
В статье одним из вопросов, который остается пробелом
в новой истории Каракалпакстана, является восстание
уральских казаков в 1919 году на «нижней» границе
Амударьи, их отношения с местными племенными
аксакалами. На основе архивных материалов, освещаются
красноармейцы
«Турецкого
фронта»
и
создание
«Чимбойской республики» и её последствия.
Mamalakatimizda jamiyatni nafaqat iqtisodiy tomondan rivojlantirish, balki ma’naviy
-
ma’rifiy taraqqiy ettirish, tarixiy voqealarga oydinlik kiritish masalalari davlat siyosati darajasiga
chiqdi. Vatan tarixini
o‘rganishning o‘n yillik konseptsiyasini tuzish, shu bilan birga, milliy tarixni
va bu tarixda inson taqdirini o‘rganish dolzarb mavzulardan biridir.
Qoraqalpog‘istonning yangi tarixida ilmiy va haqqoniy tadqiqot masalalarining biri “inson,
jamiyat, davlat
” aloqalari, 1919
-
yili Orol va Amudaryoning “quyi” oqimidagi hududlarda
joylashgan etnoslarning taqdirida unutilmas voqealar bo‘lgan “ichki dushmanlarga” va “tashqi
ekspansiya”ga qarshi turishdagi munosabatlarini yangicha yo‘nalishda ijtimoiy
-tarixiy
bog‘liqlikda o‘rganishni taqozo qiladi. Orol zamini qoraqalpoq etnosi tarixiy o‘tmishning ma’naviy
qo‘zgusidir. Bu esa o‘z navbatida milliy tarix, jamiyat taqdiri va kelajak avlodlar uchun saboqdir.
Orol va “quyi” Amudaryo hududi turkiy etnoslar dunyosida tarixiy o‘tmish bo‘lgan Ural
kazaklari hodisasi qiziqarli va murakkab masalalardan biridir.
Ural kazaklarining mahalliy aholi bilan qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorligi, jumladan,
qoraqalpoq etnoslarining yetakchilari bilan sho‘rolar hokimiyati va mafkurasiga q
arshi kurashi,
o‘zaro ittifoqdoshligi, hududda “qizil”lar tarkibida kazak askarlarini kuchaytirish sabablari va
oqibatlari hanuzgacha to‘laqonli o‘rganilgan emas.
Janubiy Orol zamini etnosi qoraqalpoq biylari va chor Rossiyasi imperiyasi tomonidan
1877
–
1880-
yillarda quvg‘in qilinib, Turkistonga, Orol va “Quyi” Amudaryo hududlariga
majburan ko‘chirilgan Ural kazaklari yuzboshilarini sho‘ro hokimiyatiga va mafkurasiga
(ekspantsiyasiga) qarshi turishiga nima, kimlar majburlagan, degan savol tug‘ilishi tabii
y. Bu kabi
savollarga javob izlashda Amudaryoning o‘ng (sharq) tomonidagi etnik aholi, tarixiy hududlar,
mahalliy aholinining ijtimoiy noroziligi, Aleksandr II davridagi chor Rossiyasi hokimiyatining Ural
kazaklari uchun qasddan haqoratli harakatlari, ular uchun xavfning boshlanish tarixi
sabablarining avj nuqtasi va yakunida kazaklar armiyasining tarqatib yuborilishi oqibatlari
haqidagi yangi ma’lumotlar va adabiyotlarni ko‘rib chiqish zaruriyati yuzaga keladi.
Tarixdan ma’lumki, Ural kazaklari chor Rossiyasi harbiy qo‘shinlarining o‘zaklaridan biri
bo‘lgan. Ular harbiy janglarda rus imperiyasi manfaatlarini himoya qilganlar. “
Shuni ta’kidlash
kerakki,
–
deb yozadi S.Yu. Vasilenko,
–
imperator Aleksandr IIning liberalizmi aholining ikki
toifasiga
–
eski e’
tiqodlilarga va kazaklarga umuman taalluqli emas edi. Uning hukmronligi davrida
“
muxoliflar
”ni ta’qib qilish uchun qilingan sa’y
-harakatlar imperatorga shaxsan tahdid qilgan
terrorchi inqilobchilarga qarshi kurashish harakatlaridan kam emas edi. Buni hech qanday
mantiqan tushuntirish mumkin emas. U kazaklarga faqat so‘zsiz bo‘ysunishi kerak bo‘lgan va o‘z
fikriga ega bo‘lmagan o‘z fuqarolarining alohida guruhi sifatida qaradi. Bunday holda bu ikki toifa
deyarli bir-biriga mos tushdi, bu esa vaziyatni yanada
og‘irlashtirdi. Shuni ta’kidlash kerakki, eski
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
12
e’tiqod kazaklarning huquqlarini himoya qilish uchun mafkuraviy tayanchga aylangan bo‘lsa
-da
(tarixda birinchi marta bo‘lmagan), shunga qaramay, tartibsizliklarda eski dindor bo‘lmagan
kazaklar ham qatnashgan
. Ular o‘z qo‘shinlarining huquq va manfaatlari uchun kurashdilar, buni
e’tiqod masalalariga bog‘lamadilar. Ularning bir qismi Turkistonga surgun qilingan yoki boshqa
turdagi repressiyalarga uchragan”
.
Turkistonga quvg‘in qilingan Ural kazaklari XIX asr ox
iri XX asr boshlarida Amudariyo
mintaqasida baliqchilik, ikra tayyorlash, baliqlarni dudlash, kemasozlik bilan shug‘ullanganlar.
Aytish kerakki, Ural kazaklarining Amudaryo “quyi” hududida etno
-geografik joylashuvi va
ularning kundalik hayoti rang-barangli
gi bilan ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, “quyi”Amudaryo hududi chegaralarida rus aholisi dastlab faqat harbiylar,
amaldorlar va juda oz sonli savdogarlardan tashkil topib, markazda
–
Petro-Aleksandrovsk
shahrida (inqilobdan keyin u To‘rtkul deb atalgan) istiqomat qilgan bo‘lsalar, vaziyat faqat
Stolipin islohotidan so‘ng, Rossiyaning Yevropa qismidagi viloyatlardan rus va ukrain kambag‘al
dehqonlari oqimi Turkistonga kirib kelganidan keyin keskin o‘zgara boshladi. XX asr boshlarida
hudud aholisi 133630 kishini tashkil etgan. Hududlarda Ural kazaklaridan tashqari qozoqlar 12-
16 ming, asosan Daukarin ko‘llari yaqinida, qoraqalpoqlar Chimboy va Amudaryo deltasi
oralig‘ida 20
-
25 ming, turkmanlar 2 ming kishidan iborat bo‘lgan. Nukus yaqinida va Rahmon
-Biy
Bazard
a (Hozirda Beruniy tumanidagi Biy Bazar) asosan o‘zbeklar yashagan va ular qisman
dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. O‘troq aholi shaharlar va ularning atrofidagi hududlarda
yashaganlar va bu yerlarda dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar.
1917-yilga kelib, Petro-
Aleksandrovsk (hozirgi To‘rtkul shahri) yaqinidagi
“Pervonachal’noe” (1875
-
yil), Ural qishlog‘i, Nukusdagi Ural posyolkasi, Amudaryo tumani Taldik
volostiga qarashli Zayir, Oqdaryo, Qiziljar, Qozoqdaryo qishloqlari, Uchsoy (baliqchilik zonasi),
Urga, Bo‘rlitau, shuningdek, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot posyolkalari Ural kazaklarining asosiy yashash
joylari, aholi punktlari bo‘lgan.
1918-
yil noyabr’
-
dekabr’ oylarida Nukus harbiy garnizoni qizil askarlariga qarshi
turkmanlarning yovmud urug‘
i otliq askarlarining hujumi ijtimoiy-siyosiy hayotda halokatli
oqibatlarga olib keldi.
Ural kazaklariga nisbatan chor Rossiyasi imperatori Aleksandr II davrida boshlangan
qatog‘onlik siyosati sho‘rolar hokimiyatining dastlabki davrlaridanoq o‘ta qattiqli
k bilan davom
ettirildi. Xususan, 1919-
yil boshida Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Ya.M.
Sverdlov
“Kazaklarni yo‘q qilish haqida”gi o‘ta mahfiy direktivaga imzo qo‘yadi. Bu turkiylar dunyodasida
yashayotgan slavyanlar, ayniqsa, Ural kazaklari
taqdirida katta fojiaga olib keldi. “Markaz”
buyruqlari, “qizil bol’shevoy”larning qo‘shimcha buyruqlari bilan Rossiya va Turkistonda Ural
kazak askarlariga umumiy qatog‘onlik siyosati, terrorchilik boshlangan edi. Mana shular
oqibatida Janubiy Orol bo‘yi
Amudaryo del’tasi tarmoqlariga kiruvchi “Quo‘anish” kanali, uning
bir qismi bo‘lgan “Shag‘ayli” yoki “Shag‘al” ko‘piri hududlarida yangi sharqiy chegara shakllangan.
Fuqarolar, “oqlar” va “qizil”lar urishi Janubiy Orol zamini, Amudaryo havzasi
hududlarida
yashovchi etnik qatlamlarning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotida tarixdagi eng og‘ir yillar
bo‘ldi. Shuningdek, 1914–
1918-yillardagi Birinchi jahon urishi, uning oqibatlari, 1915
–
1916-
yillardagi ijtimoiy norozilik
–
qo‘zg‘olonlari natijasid
agi vayronaliklar xalqni qashshoqlik,
kambag‘allikga olib keldi.
Ma’lumki, 1918–
1919-yillarda etnik guruhlar boshliqlari rahbarlik qilgan va Ural kazaklari
yuzboshilari tashkil etgan fuqarolar urishi boshlangan. Ularga qarshi Petro-Aleksandrovsk
(hozirgi
To‘rkul) shahrida yevropacha uslubda bolsheviklar tomonidan pauper/lyumpenlardan
yollangan guruhlar, “musulmon qizil askarlari” tashkil etilib, qurollantirilgan va Shimoliy
hududga qo‘zg‘olonni bostirish uchun harbiy ekspeditsiya jo‘natilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
13
1918-yili 31-oktabrda Ural kazak yuzboshilaridan ataman M. Filchev, Shlyapin va qozoq
egorovlarga guvohnomalar berilib, ularga “Petro
-Aleksandrovsk, Nukus Zayir-Ural hududigacha
Amudaryoning o‘ng qirg‘oqida uch postdagi qo‘riqchilarga rahbarlik qilish topshirilgan”. Ataman
M.Filchevga esa uchinchi Zayir kazak askarlari yuzboshisi vakolati, Nukus harbiy rotasi
yuzboshisi shtab boshlig‘iga qurol
-
yarog‘, o‘q
-dorilar, bir pulemyot berilgan.
1919-
yillarda “Shag‘al ko‘pir” chegarasidagi Ural kazaklarining di
ni, tili, madaniyati va urf-
odatlari boshqa-
boshqa bo‘lgan mahalliy aholi bilan har tomonlama munosabatlari boshlanadi.
1919-
yilgi janubiy Orol zaminida Amudaryoning “quyi” hududi hududida
bolsheviklarning qizil askarlarning ekspantsiyasiga qarshi kurashi natijasida Shimoliy mintaqada
“Chimboy qo‘zg‘oloni” bo‘lib o‘tadi va vaqtincha Ural kazak askarlarining “Chimboy Respublikasi”
tuziladi.
1919-yil 17-avgust kuniga kelib, quyi Amudaryoning shimoliy mintaqasida Xalq hukumati
o‘rnatildi. O‘sha yili tuzilgan x
alq hukumatiga taniqli qoraqalpoqlar Ubaydulla Bavetdinov,
Ibrayim Adilov, Iniyat Niyazov, Seytnazar Pirnazarov, Kutlimurat (Bala biy) Tajimuratov va Ural
kazaklaridan yuzlik (sotniklar) ham Xalq hukumati tarkibiga kirgan. “Olti oylik” inqiroz,
etnoblokada, etnoizolyatsiya va qish mavsumining sovuq kunlarida resurslarning
yetishmovchiligi, tinimsiz kurashlar oqibatida va Kengash hukumati qizil qo‘mondonlarining
diplomatiyasi natijasida markazi Chimboy bo‘lgan Xalq hukumati taslim bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, 1918
–
1919-yillarida Ural kazaklarining quyi Amudaryo hududidagi
mahalliy aholi bilan munosabatlari, sho‘rolarga qarshi kurashi, “Chimboy qo‘zg‘oloni” va
“Chimboy Respublikasi” muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan bo‘lsa ham, o‘sha davr uchun
tariximizda eng muhim voqealardan biri sifatida qolajak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Yilmas Salim. Qaraqalpaq turikler tariyx ham qaraqalpaqlar tariyxi. Anqara. 2006. 221-
bet.
2.
Qoshanov B.A. Pravo na vtorjenie. Ne izvestnie stranitsi istorii Karakalpakii i Xorezma v
1919-1920 godi. Nukus. 1992.
3.
Qoshanov B.A., Yusupov
O.J. Istoriya o volostnom upravitel’e Iniyat Niyazov 1919
-
1920gg. // Vesti Karakalpakstana.
2000. № 65. 13
-
avgust’
.
4.
Yusupov
O.J. Tazg‘ara tragediyasi. 1919 j Telegramning “Shejire” kanalida
2021. 15-
avgust.
5.
Yusupov
O.J. Telegramma iz Moskvi v Turtkul’ v 1921 g. //
Vestnik Karakalpakskogo
otdeleniya AN RUzbekstana. 1991.
–
№ 2
.
6.
Xojaniyazov G., Yusupov
O. Qarakalpakstandag‘i muxaddes orinlar.
Kegeyli rayoni //
Amio‘dar’ya jurn. 2017. –
№ 1
.
7.
Ә
bdimuratov
T. «Shiniqulday martlering bar
// erkin Qaraqalpaqstan 16. 05. 1992. 88-
89-/16007/sanlari.
8.
RGVA fond 39709 /opits/delo36.
9.
Yusupov O.J. «Nukustiң
Tutli» meshiti qay jerde. //
-Qaraqalpaqstan jaslari 2003. 39-40-
san
ы
.11-sentyabr`.
10.
Yusupov
O.J. «Telegramma iz Moskvi v Turtkul` v 1921g.». //
-Vestnik
Karakalpakskogo otdeleniya ANRUzb.1991g. 2-nomer.
11.
Xojaniyazov
G.,
Yusupov
O.
«Qaraqalpaqstandagi
muqaddes
orinlar»
(Kegeyli rayoni) Amio
’
dar
’ya 2017, № 1 sani.
12.
T. Abdimuratov «Shiniqulday ma’rtlerin’ bar». –
// erkin qaraqalpaqstan
16.05.1992.
–
88-89- / 16007/sanlari.
