Mualliflar

  • Muxtor Abduraxmanov
    PhD, dotsent, Informatika kafedrasi, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp496-500

Kalit so‘zlar:

Internet internet tarmog‘i ijtimoiy tarmoqlar globallashuv axborot madaniyati kompyuter o‘yinlari

Annotasiya

Maqolada talabalarni ma’naviyatini globallashuv davrida internet-savodxonligini oshirishning ahamiyati, shaxs sifatida rivojlantirish va uning ijtimoiy faolligini oshirishda internet texnologiyalarini, innovatsion usullarini takomillashtirish, global axborot maydonida yoshlarni turli g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalash va axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Approaches to safeguarding students from harmful
ideological influences and ensuring information security

Mukhtor ABDURAKHMANOV

1


Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

The article emphasizes the significance of enhancing

students' Internet literacy in the era of globalization, focusing

on developing their spirituality and personal growth. It

highlights the importance of refining Internet technologies and

innovative methods to increase students' social engagement.
Special attention is given to protecting young people from

various ideological influences in the global information space

and improving mechanisms to ensure information security.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

496-500

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Internet,

internet network,

social networks,
globalization,

information culture,
computer games.

Talabalarni zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilish va
axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Internet,

internet tarmog‘i,

ijtimoiy tarmoqlar,

globallashuv,

axborot madaniyati,

kompyuter o‘yinlari

.

Maqolada talabalarni ma’naviyatini globallashuv davrida

internet-savodxonligini oshirishning ahamiyati, shaxs sifatida

rivojlantirish va uning ijtimoiy faolligini oshirishda internet
texnologiyalarini, innovatsion usullarini takomillashtirish,

global axborot maydonida yoshlarni turli g‘oyaviy ta’sirlardan

himoyalash va axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini

takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

1

PhD, Associate Professor, Department of Informatics, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.

E-mail: mukhtor_343@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

497

Пути защиты студентов от вредных идеологических

воздействий

и

обеспечения

информационной

безопасности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Интернет,

интернет

-

сеть,

социальные сети,

глобализация,

информационная

культура,

компьютерные игры.

В статье подчёркивается важность повышения интернет

-

грамотности студентов в эпоху глобализации для их

духовного

развития.

Особое

внимание

уделено

использованию интернет

-

технологий и инновационных

методов для развития личности и повышения социальной

активности. Также акцент сделан на совершенствовании

механизмов защиты молодёжи от различных идеологических

воздействий в глобальном информационном пространстве и

обеспечения информационной безопасности.

KIRISH

Globalizatsiya davrida axborot texnologiyalari rivojlanib, dunyo bo‘ylab axborot

almashinuvi tezlashmoqda. Ushbu jarayon yoshlar, xususan, talabalarninig ongiga ijobiy

va salbiy ta’sirlarni birdek olib kelmoqda. Zararli g‘oyalar va zararli axborot ta’sirini

kamaytirish, talabalarni himoya qilish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan

biridir.

Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televidenie, internet-radio,

elektron pochta, onlayn-vi

deo kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez

sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib

borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan talabalar juda

katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan

ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Respublikamiz va xorijiy pedagog olimlarning tadqiqot ishlarida taqdim etilgan.

Xususan,

mamlakatimizda

A.A. Abduqodirov,

R.G. Sharipov,

U.Sh. Begimqulov,

R.D. Shodiyev, R.X. Djurayev, O.X. Turaqulov, M. Fayziyev, N.A. Muslimovlar va boshqalar

tomonidan o‘rganilgan.

MDH mamlakatlar olimlari axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy

muhokamalarning va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi,

ulardan ta’lim jarayonida foydalanish ijtimoiy muhitning o‘zaro ta’siri muammolari

bo‘yicha

A. Altufeva, T. Askirov, V. Bayburin, M. Brovkova, A. Gilmutdinov, V. Dikarev,

D. Zegjda, V. YArochkin

va boshqalar; masofaviy ta’lim tizimlarini tashkil etishda

V. Olifer,

A. Suvorinov, E.I. Mashbits, E.S. Polat, I.V. Robert, E.G. Skibitskiy va boshqalarning

tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.

Xorijiy davlatlarda ta’limni elektron ta’lim muhiti asosida takomillashtirish

A. Bork,

H. McLellan, J. Winslow, W. Olatokun, J. Hanson, B. Krouk, A.T. Mohr kabi olimlarning

tadqiqotlarida

o‘rganilgan.

Bugungi kunda globallashayotgan dunyoda, Internet yoshlarni kundalik hayotining

ajralmas qismiga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. Global tarmoq shiddat bilan

rivojlanib, imkoniyatlari tobora kengaymokda. Har kuni virtual makonda bir necha

milliondan ziyod axborot resurslarining paydo bo‘lishi uning hajmi daqiqa sayin o‘sib

borayotganidan dalolat beradi. [1]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

498

Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon

-atrofimizda

bo‘layotgan voqea

-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy

axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy
ta’lim tiz

imiga yana bir muhim vazifa

yoshlarni turli manbalardan, birinchi navbatda,

Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli

axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda.

[2]

Zararli g‘oyalar tu

rlari:

Radikallik, ekstremizm, axloqsizlik targ‘iboti, millatchilik,

mafkuraviy manipulyatsiyalar.

Ta’sir vositalari

:

Internet, ijtimoiy tarmoqlar, video kontentlar, kompyuter

o‘yinlari.

Oqibatlari:

Yoshlar ongida chalg‘ituvchi fikrlar paydo bo‘lishi, axloqiy qadriyatlar

buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya va ruhiy salomatlikka zarar yetishi.

Talabalarga har qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari,

axborotlardan to‘g‘ri foydalana bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma’lumotga tanqidiy
yondashishni o‘rgatishimiz zarur. Shu bilan birga, Internet, televidenie, kino, radio, video,
mobil telefoni, turli ma’lumotlar aks etgan slayd va suratlar kabi aloqa va ma’lumot

uzatuvchi vositalarning jadal rivojlanib borishi hayotimizn

i sifat jihatdan o‘zgartirib,

ko‘plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o‘sib
kelayotgan avlodning axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini yuzaga

keltirmoqda. [4]

Mazkur jarayonda talabalarni mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini

rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga

o‘rgatib, yoshlarning dunyoqarashi, intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol

topishiga zamin yaratadi. Talabalarning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli

yolg‘on ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash,
tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish,
mantiqiy fikrlay olishni o‘rganish kabilar a

sosida axborot madaniyati shakllanadi.

Axborotning kim uchun va nima maqsadda tayyorlanganligini tushuna bilish muhim
ahamiyatga ega. Har bir talaba aloqa sohasida qanday texnik vositalar ishlatilishi

to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

Umuma

n, ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri –

yosh avlodga zamonaviy

bilim berish bilan birga, ularni mustaqil fikrlovchi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni

e’zozlovchi, yuksak insoniy fazilatlarga ega vatanparvar inson sifatida tarbiyalash hamda

yoshlar ongida turli mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi ma’naviy

immunitetni shakllantirishdan iboratdir. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning
zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, xususan, Internetdan foydalanish,
axborot

larni tahlil etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish muhim masala

hisoblanadi. Ma’lumotlarda keltirilishicha, har bir foydalanuvchi kuniga Internetdan
foydalanish uchun ko‘plab vaqt ajratar ekan. Biroq bugungi kun talabiga ko‘ra esa, zarur

ax

borot va ma’lumotlarni keraksiz va yaroqsiz, soxtalaridan ajrata olish, muhim ahamiyat

kasb etmoqda. [5]

Qayd etganimizdek, global axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari, avvalambor, Internet bolalar va o‘smirlar ri

vojlanishiga

ta’sir etuvchi muhim omilga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, axborot

-

kommunikatsiya, internet-texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga keng
miqyosida joriy etilishi yoshlarni axborot sohasidagi xavf-xatarlardan himoya qilish,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

499

chetdan kirib kelayotgan mafkuraviy xurujlardan, ularning ongini buzg‘unchilik
ta’sirlaridan saqlash masalalarining dolzarbligini kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar,
kompyuter o‘yinlari foydalanuvchilari, video va kinomahsulot iste’molchilari ularning

jismon

iy va ma’naviy

-

axloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlarga duch

kelayotgan holatlari uchramoqda.

Oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun internet kitob yoki televizorga nisbatan

axborot olishning bosh manbai bo‘lib qoldi, aksariyat hollarda u o‘qituvchi, tengqur
do‘stlari, hatto ota

-

onaning ham o‘rnini bosmoqda

[2]

Talabalarni internet tarmog‘idagi “

Referatlar katalogi

,

YouTube

,

Google

,

Wikipedia

,

Facebook

,

Odnoklassniki

,

Telegram

ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlar

qiziqtiradi. Ko‘pchilik talabalar o‘zining qimmatli vaqtlarini o‘qish va o‘quv materiallariga

sarflamasdan telegram, feyzbuk, ijtimoiy tarmoqlarda har xil turdagi yozishmalar,
videoroliklar va shunga uxshash saytlariga kiradilar.

Ko‘pchilik hollarda o‘g‘il bolalarga

qaraganda qizlar o‘quv materiallaridan foydalanishga qiziqadilar. O‘qishdan tashqari ular
zamonaviy modalar, musiqalarga juda qiziqadilar va ko‘p vaqtini mashhurlar hayotini aks

ettiruvchi resurslar va saytla

rni o‘rganishga sarflaydilar. Ijtimoiy tarmoqlarga o‘g‘il va qiz

bolalar bir xilda qiziqish bilan qaraydilar. Ba’zi yoshlar internetni kim nimani xohlasa
qilishi mumkin bo‘lgan erkin makon deb hisoblaydilar. Bu ular uchun juda maroqli
daqiqalar bo‘lsada, l

ekin hamma yoshlar ham bu sohada bir xil fikrlashmaydi.

Shu boisdan ham, yoshlar uchun qator imkoniyatlar eshigini ochgan internetning

foydasi bilan bir qatorda uning zarariga ham ko‘z yuma olmaymiz. Internetda
jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti, shaxs, ayn

iqsa, hali ongi shakllanib ulgurmagan xuddi

ana shunday yosh bo‘g‘inlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi manbalar ham oz emas.

Yoshlarning o‘qishdan chalg‘ib, bo‘sh vaqtlarini internetda o‘tkazishi ham ularning

internet

kasaliga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan ustalik bilan foydalanayotgan

manfaatdor ijtimoiy-

siyosiy kuchlar Internetda g‘araz maqsadlarni amalga oshirmoqda.

Tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor

bo‘lib y

ashashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur

o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib
boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, axborot asri davrida yoshla

rga yopirilib kelayotgan “xavf

tug‘diruvchi va noxolis” axborotlardan saqlanishga o‘rgatish, sara ma’lumotlarni topib
foydalanishlari, xususan, nosog‘lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya
vositalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo‘ladi. Darhaqiqat,
axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo‘yib bo‘lmaydi.
Shunday ekan, yoshlarga sog‘lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining

daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizd

an biridir. Bu esa o‘z navbatida, talabalarning

kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasining yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan
voqea-

hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘la oladi.


FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мухина С. А., Соловьева A.A. Нетрадиционные педагогические технологии

в обучении. Ростов на Дону: Феникс, 2004. –

379 с.

2.

Қуронов

М. Болам бахтли бўлсин, десангиз (Ота

-

оналар учун тавсия). –

Т.:

“Маънавият”, 2013. –

115 б.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

500

3.

Shadiev R.D. Methods and Forms to Ensure Understanding in Educational

Process. / R.D. Shadiev // Eastern European Scientific Journal. DOI
10.12851/EESJ201805.www.auris-verlag.de

4.

Ёзиева У.Л. Таълим

-

тарбия жараёнида ўқувчиларни зарарли ахборотлар

таҳдидидан ҳимоя

қилишнинг такомиллаштирилган технологияси (бошланғич

таълим мисолида). Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси. –

Нукус, 2018. –

134 б.

5.

Махкамов А.А., Жуманазаров С.С., Турсунова Ф.Р., Абдуллахўжаева М.А.

Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитиш методикаси модули
бўйича ўқув –

услубий мажмуа. Т., 2018, https://giu.uz/wp

-content/uploads/4.2-

информатика.pdf

Bibliografik manbalar

Мухина С. А., Соловьева A.A. Нетрадиционные педагогические технологии в обучении. Ростов на Дону: Феникс, 2004. - 379 с.

Қуронов М. Болам бахтли бўлсин, десангиз (Ота-оналар учун тавсия). – Т.: “Маънавият”, 2013. – 115 б.

Shadiev R.D. Methods and Forms to Ensure Understanding in Educational Process. / R.D. Shadiev // Eastern European Scientific Journal. DOI 10.12851/EESJ201805.www.auris-verlag.de

Ёзиева У.Л. Таълим-тарбия жараёнида ўқувчиларни зарарли ахборотлар таҳдидидан ҳимоя қилишнинг такомиллаштирилган технологияси (бошланғич таълим мисолида). Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Нукус, 2018. – 134 б.

Махкамов А.А., Жуманазаров С.С., Турсунова Ф.Р., Абдуллахўжаева М.А. Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитиш методикаси модули бўйича ўқув – услубий мажмуа. Т., 2018, https://giu.uz/wp-content/uploads/4.2-информатика.pdf