Mualliflar

  • Alimardonov Urol Qoraboyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112470

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: tobelik xulqi og’ishganlik deviatsiya addiktiv xulq-atvor ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur qiziqish qaramlik

Annotasiya

 Annotatsiya: Addiktiv xulq-atvor, odatda, insonning o'zini yaxshi his qilish yoki 
muammolardan chalg'ish uchun ruhiy holatini o'zgartiruvchi moddalarga murojaat 
qilishi  bilan  tavsiflanadi. Bu  xulq-atvor,  avvalo,  moddani  suiiste'mol  qilish  bilan 
boshlanadi, keyin esa bu odatga aylanishi mumkin. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_5-to’plam_Iyun-2025

83

ISSN:3030-3613

BOLALAR XULQIDA TOBELIKNING NAMOYON BOʻLISHI HAMDA UNI

OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Alimardonov Urol Qoraboyevich

Oltinsoy tumani 23-sonli umumta'lim

maktab amaliyotchi psixologi


Annotatsiya:

Addiktiv xulq-atvor, odatda, insonning o'zini yaxshi his qilish yoki

muammolardan chalg'ish uchun ruhiy holatini o'zgartiruvchi moddalarga murojaat
qilishi bilan tavsiflanadi. Bu xulq-atvor, avvalo, moddani suiiste'mol qilish bilan
boshlanadi, keyin esa bu odatga aylanishi mumkin.

Kalit so’zlar:

tobelik, xulqi og’ishganlik, deviatsiya, addiktiv xulq-atvor,ruhiy

holat, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, qiziqish,qaramlik

KIRISH

Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar dеgan atama kеng ishlatiladi.

Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, hozirgi vaqtda nisbatan yangi
va ommaviy atama hisoblanadi. Tobеlik atamasi ostida kеng ma'noda “kimgadir yoki
lazzat olish yoxud moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi.
Barcha odamlar ovqat, suv, havo kabi hayotiy muhim obyektlarga “me’yoriy” tobelikni
his qiladilar. Ko’pchilik odamlar ota – onalari, do’stlari, turmush o’rtoqlariga sog’lom
bog’lanib qolishni sezadilar. Biz yuqorida aytayotgan tobelik esa bu psixik holatni
o’zgartirish maqsadidaqandaydir modda yoki o’ziga xos faollikni iste’mol qilishga
psixologik yoki jismoniy tobelik bilan bog’liq axloq, lazzat olish yoki moslashish
maqsadida kimgadir yoki nimagadir suyanishga kuchli intilish. Agar bu tushunchaning
tarixiy ildiziga murajaat qilsak, unda addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs (qarzi
tufayli qullikka hukm qilingan), o’tmishda ingliz zodagonlari dehqonlarga yil boshida
katta qarz berib yil bo’yi ularga to qarzini uzgunicha hukmronlik qilib, tayziq
o’tkazishgan. Belgilari:

Moddalarga bo'lgan ehtiyoj:

Moddani doimiy ravishda qidirish va iste'mol

qilish istagi.

Nazoratni yo'qotish:

Moddani qabul qilishni to'xtatish yoki miqdorini

nazorat qila olmaslik.

Fikrlar va his-tuyg'ularga ta'sir:

Moddadan foydalanish ruhiy holatga

salbiy ta'sir qiladi, shu jumladan depressiya, xavotir va boshqa ruhiy muammolar
paydo bo'lishi mumkin.

Ijtimoiy munosabatlarning buzilishi:

Moddalarni iste'mol qilish tufayli

oila, do'stlar va ish bilan bog'liq munosabatlar yomonlashadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_5-to’plam_Iyun-2025

84

ISSN:3030-3613

Jismoniy salomatlikning yomonlashuvi:

Moddalarni suiiste'mol qilish turli

xil jismoniy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Qanday yuzaga keladi?
Addiktiv xulq-atvorning rivojlanishiga bir qator omillar ta'sir qilishi mumkin:

Genetika:

Ba'zi odamlarda addiktiv xulq-atvorga moyillik genetik jihatdan o'tishi

mumkin.

Psixologik omillar:

O'ziga ishonchsizlik, stress, depressiya va boshqa ruhiy muammolar addiktiv

xulq-atvorga olib kelishi mumkin.

Ijtimoiy omillar:

Oila va do'stlar muhiti, ijtimoiy bosim va turmush tarzi addiktiv xulq-atvorning

rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin.

Ijtimoiy muhit:

Noto'g'ri ijtimoiy muhit, qashshoqlik, zo'ravonlik va boshqalar addiktiv xulq-

atvorga moyillikni oshirishi mumkin.

Davolash:
Addiktiv xulq-atvorni davolash uchun turli xil usullar mavjud:

Terapiya:

Shaxsiy terapiya, guruh terapiyasi va oilaviy terapiya addiktiv xulq-atvorni

boshqarishda yordam berishi mumkin.

Dori-darmonlar:

Ba'zi hollarda, moddalarga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish yoki ruhiy holatni

yaxshilash uchun dori-darmonlar tavsiya qilinishi mumkin.

Reabilitatsiya markazlari:

Qaramlikni davolash uchun maxsus reabilitatsiya markazlariga borish ham

mumkin.

Addiktiv xulq-atvor - bu jiddiy muammo bo'lib, uni davolash uchun professional

yordam kerak bo'lishi mumkin. Agar siz yoki siz bilgan biror kishi addiktiv xulq-
atvordan aziyat chekayotgan bo'lsa, iltimos, mutaxassisga murojaat qiling.Hayot tarzi
o’zgarishi bo’yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari paydo bo’ladi, masalan,
bugungi kunda kompyuterga tobelik juda tez tarqalmoqda va ayni paytda ba’zi shakllar
deviantlik yorlig’ini yo’qotmoqda. Misol uchun yevropada birjinsli insonlarning
nikohlanishiga ruhsat berilishi xaddan tashqari kofe ichish va shirinlik yeyishga
tobelik. Bunday jarayonlarga yevropaliklar normal holat darajasida qarashadi. Internet
sahifalarida amerikalik siyosatshunos olim Pakrik Byukenenning “Smert Zapada”
nomli kitobi paydo bo’li. E’tiborga molik jihati shuki, katta hajmdagi kitobning so’z
boshidayoq muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo’lgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_5-to’plam_Iyun-2025

85

ISSN:3030-3613

voqealarni, “G’arbning taqdirini” jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila
va nikoh, tug’ilish va o’lim tahliliga bag’ishlagan.

Byukenenning fikricha sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda

odamlarning birdan boyib ketishi, to’kin hayotga erishishga bo’lgan egoistik intilishi
ularni asl qadryatlarga, jumladan, oila va nikoh, yoshlar tarbiyasiga bo’lgan
munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu gedonistik psixologiyani asosi
hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqarayotganligini
e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir
lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir.
To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni
xohlagani ayb emas, lekin bunday to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin
emas.

Bu gedonistik psixologiyani asosi hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator

muammolarni keltirib chiqarayotganligini e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung
xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy
iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir. To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon
hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday
to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin emas. Muallifni tashvishga va
havotirga solgan narsa narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o’zgarishlar yevropa
xalqlarining eng zarur va muhim qadryatlarga nisbatan salbiy munosabatlarini
ifodalaydi. Masalan, bugungi yevropada tug’layotgan bolalarning har uchtasidan
bittasi nikohsiz tug’ilayotganligi tug’ilishning keskin kamayib ketayotganligi, umuman
ayollar o’zidan sog’lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag’i yetarli bo’la
turib, farzand tug’ib va uni voyaga yetkazishga ketadigan mablag’ni
qizg’anayotganligi hamda tugish jarayoni va og’rig’idan qochayotganligi yaqqol
namoyon bo’lmoqda. Umuman g’arb ayollari turmushga chiqib, o’zidan munosib
zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqdalar. Olimlarning mavjud
ahvolni o’nglash uchun o’ylab topgan farzand tug’ilshi uchun davlat tomonidan
ajratiladigan nafaqalar hamda imtiyozlar kabi sai harakatlari bekor ketmoqda. Chunki
g’arb ayollarini sog’lom oila qurib, unda so’lom avlodlarni tarbiyalashdan ko’ra
mansab pog’onalaridan ko’tarilib, o’z manfaatlarini o’ylab yashash ko’proq qiziqtiradi.
Gedonistik psixologiya - mol – dunyo, pul va mansabparastlikka tobelik kabi illatlar
yoshlarimiz ongida paydo bo’lmasligi, ochiq axborot makonida bemalol turli
ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo’lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu
maqsadlarga yo’naltirish, ularda sog’lom dunyoqarashni shakllantirish eng dolzarb
masalalardan biri bo’lib qolmoqda.

“Shaxsning og’ishgan xulqi” o’ta murakkab va ko’p obrazli katеgoriyasi ichida

tobе axloq yoki bog’lanib qolgan dеb nomlanuvchi guruhcha ajratiladi. Shaxsning tobе
axloqi ozida jiddiy ijtimoiy muammoni aks ettiradi, chunki aniq korinib turgan shaklda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_5-to’plam_Iyun-2025

86

ISSN:3030-3613

ishga layoqatini yoqotish, atrofdagilar bilan janjallar, jinoyat sodir etish kabi salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu dеviatsiyaning u yoki bu tarzda
istalgan oilaga tеgishli bolgan birmuncha kеng tarqalgan turi. Addiktiv (tobelik) hulq-
atvor – bu shaxs xulqining, biror narsaga berilgaligi bilan bog‘liq (ingliz tilidan,
addiction- moyillik, yomon odat) hulqiy og‘ish shakllaridan biri. Bunda odam qanday
obyektga qaram bo‘lib qolganligi, unga juda ham bog‘lanib qolganligi, bu obyektdan
lazzat olishligi tushuniladi. Bunday obyekt qaram bo‘lib qolgan odam ustidan hukmron
bo‘lib qoladi.

Agar biror obyektga bog‘liqlik juda kuchli bo‘lmasa, shaxs sog‘ligi va ijtimoiy

mavqeiga katta xavf solmasa, uning me’yoriy xulqini buzmasa, buni oddiy yomon odat
deb atash mumkin.Tobelik (addiktiv) xulqi qaysi obyektga berilganligiga bog‘lik holda
ko‘plab turlarga bo‘linadi. Hayotda eng ko‘p tarqalgan qaramlik obyektlari bu
psixoaktiv moddalardir (yashirin va yashirin bo‘lmagan giyohvandlik moddalari),
qimor o‘yinlari, shirinliklar, shahvoniylik, diniy guruhlar hisoblanadi. Keyingi
vaqtlarda

kompyuterga

qaramlik

ham

juda

tez

tarqalmokda.

Har qanday bog‘liqlikda odamning tabiiy ehtiyojlari yotadi. Lekin, muayyan
sharoitlarda ba’zi obyektlar shaxs uchun hayotiy muhim obyektlarga aylanishi, ularga
bo‘lgan

ehtiyoj

esa

kuchayib

nazoratdan

chiqib

ketishi

mumkin.

Tobelik xulqining turli shakllari bir-biri bilan tutashishi yoki biri-biriga o‘tishi
mumkin, chunki o‘z faoliyati umumiy mexanizmiga ega bo‘ladi. Masalan, o‘taketgan
kashanda, sigaretlardan voz kechsa, doimiy ravishda ovqat yegisi keladi. Geroinga
qaram bo‘lgan odam, uni qabul qilishni to‘xtatsa, alkogolli ichimliklarga berilib ketishi
mumkin.
Tobelikning psixologik mexanizmlarining o‘xshashligi shundaki, ularda o‘z ruhiy va
jismoniy holatini suniy ravishda o‘zgartirib, real hayotdan qochishga intilish holatlari
yuzaga keladi.Tanlangan vositadan qatiy nazar addiktiv xulqning maqsadi, bu oddiy
hayotdan, zerikishdan, yolg‘izlikdan, hayot qiyinchiliklaridan qochishdir. Bu
bo‘shashish va kuchli ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirish holatida ifodalanadi.
Barcha qaramlilik vositalari, ayniqsa, giyohvandlik moddalari, muayyan vaqtga ijobiy
hissiyotlarni paydo qilish (hursandchilik, baxtiyorlik, rohat, ruhiy va jismoniy
qulaylikni sezish) yoki salbiy hissiyotlarni bartaraf etish (xavotirni, xafalikni,
aybdorlik hissini, zerikishni, yetishmovchilikni unutish) xususiyatiga ega. Tobelik
xulqi deb, shunday holatda aytiladiki, unda odam qayta-qayta qandaydir qoniqishni
kutib, bir xil usul tutadi.

XULOSA

Addiktiv xulq birdaniga paydo bo‘lmaydi. U qaramlikni beto‘xtov shakllantirish

va rivojlantirish jarayonidir. Bu giyohvandlik misolida juda yaxshi kuzatiladi. U ruhiy
(psixologik) holatni yaxshilaydigan giyohvandlik moda bilan tanishishdan boshlanadi.
Ijobiy hissiyotlarni olish, kelgusi giyohvandlik moddalariga qaramlilik obyekti bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_5-to’plam_Iyun-2025

87

ISSN:3030-3613

qayta uchrashishga undaydi, ular tez-tez qaytariladi va oxir oqibat muntazam
faoliyatga aylanadi. Bu mazkur giyohvandlik moddasini nihoyatda qadrlash
munosabatini paydo qiladi. U esa uy-fikrlar, esdaliklar, xayollar o‘rnini egallaydi,
mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga tanqidiy qarash munosabatni kamaytiradi. Odam
o‘zining bog‘liqligini oqlash va himoyalashni boshlaydi, bu moddani ortiqcha ishlatish
zarari to‘g‘risidagi axborotga ishonchsizlik bilan qaraydi. Oldingi qadriyatlar va
qiziqishlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Giyohvandlik moddaga intilishi shunchalik
kuchli bo‘ladiki, odam bu yo‘lda har qanday to‘siqlarni yengishga qodir bo‘ladi. Shu
bilan birga, u o‘z qaramligini tan olgisi kelmaydi, bu esa unga yordam berishni
qiyinlashtiradi va atrofdagilar bilan munosabatlarni murakkablashtiradi. Ijtimoiy
moslanishdan chiqish belgilari ko‘payib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

2.

Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy
qo`llanma. – T. – 1998, 46-bet.

3.

Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni.
//uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 86-bet.

4.

Ziyo.net


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy

qo`llanma. – T. – 1998, 46-bet.

Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni.

//uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 86-bet.

Ziyo.net