Jild 67 № 1 (2025)
Maqolalar
ATMOSFERA IFLOSLANISHI VA UNING OQIBATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada atmosfera ifloslanishining asosiy sabablari,
ifloslantiruvchi manbalar, global va mintaqaviy miqyosdagi oqibatlari chuqur tahlil
qilinadi. Shuningdek, inson salomatligiga, ekologik muhitga va iqlim o‘zgarishlariga
ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada shuningdek, ekologik
muhofaza, qonunchilik, xalqaro hamkorlik va ifloslanishga qarshi kurashish yo‘llari
ham ko‘rib chiqiladi.
RATSIONAL FUNKSIYALARNI INTEGRALLASH
Annotatsiya. Ushbu maqolada ratsional funksiyalarni integrallashning bir necha
usullari keltilgan. Xususan noma’lum koeffitsiyentlar, Xevisayd usuli,
differensiallashdan foydalanish, Gorner sxemasi va usuli keltirilgan. Bir nechta
ratsional kasrlarni ushbu usullardan foydalanib integralini topish masalalari ko‘rib
chiqilgan.
TASVIRIY SAN'AT TUR VA JANRLARI.
Annotatsiya: Tasviriy san’at insoniyat madaniyatining eng qadimiy va muhim
shakllaridan biri bo‘lib, uning turli ko‘rinishlari va janrlari insonning dunyoni idrok
etish, his-tuyg‘ularini ifoda etish va estetik didini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Tasviriy san’at atamasi keng ma’noda tasvir yaratish san’atini anglatadi, bunda asosiy
vosita sifatida chizma, rang, shakl va kompozitsiya ishlatiladi. Bu san’at turi insonga
o‘z fikrlarini, qarashlarini, ichki kechinmalarini, tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan
munosabatini tasvir orqali ifoda etish imkonini beradi. Tasviriy san’atning tur va
janrlari ko‘p, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ular orqali inson ruhiyati,
madaniyati va tarixiy jarayonlari aks etadi.
TABIIY FANLARDA AMALIY VA LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI TASHKILLASH.
Annotatsiya: Tabiiy fanlarda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil
etish zamonaviy ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, nazariyani yanada chuqurroq
anglash va o‘quvchilarning mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Tabiiy fanlar – biologiya, kimyo, fizika, geologiya va
boshqa fanlar sohalarida amaliy mashg‘ulotlarning samarasini oshirish ta’lim sifatini
yaxshilashga katta hissa qo‘shadi.
O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY XAVSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
Аннотация: В данной статье анализируется роль Узбекистана в
обеспечении региональной безопасности в Центральной Азии. Освещается
военно-политическая стратегия Узбекистана, его сотрудничество с
региональными и международными организациями. Также рассматриваются
процессы военной модернизации страны и сотрудничество с соседними
государствами в сфере безопасности. В статье обсуждаются инициативы
Узбекистана по укреплению региональной безопасности и их перспективы.
BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI VA UNING INQIROZI SABABLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi va uning inqirozi
sabablarini chuqur tahlil qiladi. Amirlikning XVIII asr oxiridan XX asr boshlariga
qadar boʻlgan davrdagi ichki boshqaruv tizimi, iqtisodiy asoslari, ijtimoiy qatlamlari
va tashqi siyosiy bosimlar oʻrganiladi. Maqolada amirlik inqirozining asosiy sabablari,
jumladan, ichki ziddiyatlar, maʼmuriy samarasizlik, iqtisodiy turgʻunlik va Chor
Rossiyasi ekspansiyasining hal qiluvchi taʼsiri atroflicha yoritiladi.
XORAZMSHOHLAR DAVLATI: YUKSALISH DAVRI VA MO‘G‘ULLAR ISTILOSI OQIBATLARI
ANNOTATSIYA
Xorazmshohlar davlatining yuksalish davri va mo'g'ullar istilosining mintaqaga
ta'siri ushbu maqolaning asosiy tadqiqot mavzusidir. Maqolada Xorazmshohlar
davlatining XII asr oxiri va XIII asr boshlaridagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy
taraqqiyoti, uning Movarounnahr va Xuroson hududlaridagi gegemonligi atroflicha
o'rganiladi. Jumladan, Alauddin Muhammad Xorazmshohning markazlashgan davlat
barpo etishga qaratilgan harakatlari, harbiy yurishlari va erishgan yutuqlari tahlil
qilinadi.
Tadqiqotda mo'g'ullar istilosining uzoq muddatli demografik, ijtimoiy va
siyosiy oqibatlari, mintaqaning keyingi rivojlanishiga ko'rsatgan ta'siri chuqur tahlil
qilinadi.
AMIR TEMUR DAVLATCHILIGI: HARBIY ISLОHОTLAR VA TASHQI SIYОSAT
ANNОTATSIYA
Ushbu maqоla Sоhibqirоn Amir Temur shaxsini va uning davlat bоshqaruvi,
harbiy yurishlari hamda madaniy-ilmiy rivоjlanishga qо‘shgan hissasini tarixchi
оlimlarning turli qarashlari asоsida tahlil qiladi. Maqоlada G‘arb va Sharq tarixchilari,
xususan, Ibn Arabshоh, Sharafuddin Ali Yazdiy, Ruy Gоnsales de Klavixо, Gyustav
Le Bоn, Rene Grоussest, va О‘zbekistоnlik оlimlar Ibrоhim Mо‘minоv, Ahmad
Aliyev, Gaybulla Bоbоyоrоv kabi mutaxassislarning Temurga bergan bahоlari qiyоsiy
о‘rganiladi.
Tadqiqоt Temurning shafqatsiz istilоchilik faоliyati bilan bir qatоrda, uning
ma’rifatparvarligi, bunyоdkоrlik ishlari, adоlatli qоnunlari ("Temur tuzuklari") va
diplоmatik alоqalariga e’tibоr qaratadi. Maqоla bibliоgrafik tahlil, kоmparativ metоd
va tarixiy-sistemali yоndashuv asоsida yоzilgan bо‘lib, Temur shaxsining
murakkabligi va kо‘p qirraliligini оchib berishni maqsad qilgan.
DOCTORAL STUDENT OF THE KARAKALPAK INSTITUTE OF AGRICULTURE AND AGROTECHNOLOGIES
ABSTRACT
The cultivation of pumpkin (Cucurbita L) in the agro-climatic conditions of
Karakalpakstan holds significant potential due to the crop's adaptability, drought
resistance, and economic value. This study investigates the optimal agrotechnological
practices for growing pumpkin in arid and semi-arid regions of Karakalpakstan,
focusing on soil preparation, irrigation regimes, planting densities, fertilization
systems, and disease resistance. Field trials were conducted over two growing seasons
to evaluate the yield, fruit quality, and resistance to abiotic stress factors such as
salinity and high temperatures. The results demonstrate that the use of drip irrigation,
organic mulching, and biofertilizers significantly enhances productivity and fruit
quality. Furthermore, locally adapted pumpkin varieties showed better resilience to
environmental stressors compared to introduced cultivars. The findings provide a
scientific basis for developing sustainable pumpkin production systems in resource-
limited regions, contributing to food security and the diversification of agricultural
production in Karakalpakstan.
KAM TA'MINLANGAN OILALARNI KAMBAG'ALLIKDAN CHIQISHI UCHUN PSIXOLOGIK KO'MAKNING O'RNI
Annotatsiya: Ushbu maqola kam ta'minlangan oilalarni kambag'allikdan
chiqishi uchun psixologik ko'makning o'rnini o'rganadi. Kambag'allikning psixologik
ta'siri, jumladan stress, depressiya, past o'zini-o'zi baholash va ijtimoiy izolyatsiya kabi
omillar ko'rib chiqiladi. Psixologik ko'makning ahamiyati, uning stressni kamaytirish,
o'zini-o'zi baholashni oshirish, ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish va resurslardan
foydalanishga yordam berish va ichki resurslardan foydalanish kabi jihatlari tahlil
qilinadi. Maqolada psixologik ko'makning turli shakllari, jumladan individual
maslahat, guruhli terapiya, oilaviy terapiya, treninglar va online resurslar muhokama
qilinadi. Shuningdek, psixologik ko'mak dasturlarini samarali amalga oshirish uchun
amaliy tavsiyalar beriladi, madaniy sezgirlik, qulaylik, stressni baholash, maxfiylik va
malakali mutaxassislar bilan ta'minlash kabi omillarga e'tibor qaratiladi. Maqola kam
ta'minlangan oilalar uchun psixologik ko'mak dasturlarini kengaytirish va ularning
mavjudligini oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Kambag'allik
SEMVOL VA SEMIOTIKANING PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA ÒRNI HAMDA AHAMIYATI
Annotasiya:Semvol va semiotika til, belgilar (semvol va belgilar tizimi) orqali
inson ruhiyatini o‘rganish bilan bog‘liq muhim ilmiy yo‘nalishdir.
FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING OʻRNI HAMDA MUHIM PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Annotatsiya: Tarbiya bizdan koʻp narsalarni talab qiladi. Masalan, oila
muqaddasligini chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir-biriga
oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr-muhabbat hech qachon oʻzgarmaydi.
Muhabbat bu- avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish uchun ham jasorat
talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga kiyim, oziq-ovqat,
uy-joy zarur. Shuningdek, albatta taʼlim olishi uchun sharoit kerak.
ZO‘RAVON OTA-ONALARNING FARZANDLARIGA TA’SIRI: KRIMINOGEN MUHIT SIFATIDA OILA
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada oila doirasida sodir etilayotgan zo‘ravonlik holatlari, xususan,
ota-onalarning farzandlarga nisbatan ko‘rsatayotgan jismoniy va ruhiy bosimlari
kriminologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Farzandlarning ruhiy holati, ijtimoiy xulqi
va kelajakdagi jinoyatchilikka moyilligi aynan oiladagi zo‘ravonlik muhiti bilan
chambarchas bog‘liq ekani ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek,
zo‘ravon oilaning bolada qanday ijtimoiy-psixologik oqibatlar qoldirishi, uning
jamiyatdagi integratsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham yoritilgan. Maqolada ushbu
muammoning oldini olishda huquqiy, pedagogik va psixologik yondashuvlar taklif
etiladi.
STRATEGIK BOSHQARUV MODELLARINING IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB TA’LIMI TIZIMIDA QO‘LLASHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada strategik boshqaruv modellarining
ixtisoslashtirilgan maktab ta’limi tizimidagi o‘rni, ularni samarali joriy etishning
mexanizmlari va ta’sir omillari yoritilgan. Shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida
milliy tizimda qo‘llash mumkin bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada
SWOT tahlil, Balanced Scorecard (muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi), hamda
zamonaviy strategik rejalashtirish yondashuvlari tahlil qilinadi.
DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
Annotatsiya. Ushbu maqola differensial tenglamalarning matematik asoslari va
ularning turli sohalardagi keng koʻlamli amaliy qoʻllanilishiga bagʻishlangan.
Maqolada differensial tenglamalarning asosiy turlari, yechish usullari va ularning
tabiiy fanlar, muhandislik, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi muhimligi koʻrib
chiqiladi.
KOMPRESSOR KONSTRUKSIYASI TURLARI VA ULARNI SANOATDA QO`LLANILISHI
Annotatsiya: Kompressorlarni ishlash prinsipi, vazifasi, bosimi, sovutish usuli,
yuritma dvigateli bo`yicha ma`lumotlar berish.
BOLALARDA DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI
Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi
eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish
fanining rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai
nazardan yondashganliklari va yondoshayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
XVII-XVIII asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining
yetilmaganligi oqibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining
ta’kidlashicha, duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va
go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa
buni pastki jag‘ning noto‘g‘ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan;
Ervede-Sheguan – til uzunligi va og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi orasidagi o‘zaro
munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq
holda tushuntirdi. Nutqiy qiyinchiliklar nutqiy rivojlanishdan to‘xtab qolish, boshqa
tilga o‘tish, shaxsning erkin hissiy-irodaviy sifatlarning noto‘kis yetilishiga bog‘liq
ravishdagi patologik rivojlanish hodisalari, murakkab fikrni izhor etish va shu kabilar
oqibatida yuzaga kelishi mumkin 1 .
MAXSUS EHTIYOJLI BOLALAR UCHUN MAKTABGACHA TA’LIM MUHITINI MOSLASHTIRISH YO‘LLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalar uchun maktabgacha ta’lim muhitini
moslashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – maktabgacha ta’lim
muassasalarida inklyuziv muhit yaratishning samarali strategiyalarini aniqlash va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Maqolada pedagogik va psixologik yondashuvlar,
maxsus ehtiyojli bolalarning individual rivojlanish xususiyatlari, ta’lim muassasalarida
moddiy-texnik sharoitlarni yaxshilash, tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini
oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy tajribalar qiyosiy
o‘rganilib, amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyalar berilgan.
BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshqaruv kompetensiyasini shakllantirishda
zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llari
yoritiladi. Global mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya va
innovatsion fikrlash rahbarlardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Maqolada
kompetensiyalar modeli, liderlik ko‘nikmalari, hamda samarali boshqaruvning
zamonaviy tamoyillari tahlil qilinadi.
O’ZBEK VA ARAB TILLARINING GRAMMATIK STRUKTURALARIDAGI O’XSHASHLIK VA FARQLAR
ANNOTATSIYA:Ushbu maqolada o‘zbek va arab tillarining grammatik
strukturalari solishtirilib, ular orasidagi o‘xshashliklar va farqlar tahlil qilingan.
Maqolada fe’l yasalishi, zamonlarning ifodalanishi, gap tuzilishi, ko‘plik va egalik
shakllari, shuningdek, so‘z tartibi kabi grammatik jihatlar asosiy tahlil obyekti sifatida
ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tili agglutinativ til sifatida qo‘shimchalar yordamida
grammatik ma’no ifodalasa, arab tili flektiv til bo‘lib, so‘z ildizlari va maxsus vaznlar
orqali yangi shakllar yaratadi. Tadqiqot natijasida ikki til orasida tuzilma va o‘xshash
jihatlarini shakllantirganiga e’tibor qaratiladi. Ushbu maqola tilshunoslik, tarjima
nazariyasi va chet tillarini o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali
bo‘lishi mumkin.
KVANT O’RALAR TUZILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada kvant o‘ralar (quantum wells) tushunchasi,
ularning yaratilish usullari va zamonaviy texnologiyalardagi ahamiyati yoritilgan.
Kvant o‘ralar — bu yarimo‘tkazgichli strukturalarda elektronlar harakatining bir yoki
bir nechta yo‘nalishda cheklanishi natijasida hosil bo‘ladigan kvant tizimlaridir.
Maqolada kvant o‘ralarni modellashtirish usullari, energiya sathlarining hosil bo‘lishi
va amaliy natijalar muhokama qilingan..
XONADA AJRALIB CHIQAYOTGAN NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH.
Annotatsiya
Ushbu maqolada xonada ajralib chiqayotgan namlik miqdorini aniqlash
masalalari ko‘rib chiqildi. Maqolada namlik tushunchasi, xonadagi namlik manbalari
va uning inson salomatligi hamda qurilish materiallariga ta’siri haqida ma’lumot
berildi. Shuningdek, namlikni o‘lchash usullari, xonada ajralib chiqayotgan namlikni
hisoblash formulalari tahlil qilindi. Odamlar faoliyatidan kelib chiqadigan namlik
miqdorini aniq hisoblash orqali ichki mikroiqlimni boshqarish va sog‘lom yashash
muhiti yaratish yo‘llari ko‘rsatildi. Maqola nafas chiqarish, ter ajratish va boshqa
kundalik jarayonlar orqali ajralib chiqayotgan namlikni o‘lchashga oid nazariy va
amaliy bilimlarni jamlagan.
O‘QUVCHILARNING O‘RGANISH USLUBLARI (VIZUAL, AUDIAL, KINESTETIK) VA ULARGA MOS METODIKALARNI QO‘LLASH YO‘LLARI
Annotatsiya
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim olishdagi individual
farqlari, ayniqsa, ularning o‘rganish uslublari muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda.
Ushbu annotatsiya “O‘quvchilarning o‘rganish uslublari (vizual, audial, kinestetik) va
ularga mos metodikalarni qo‘llash yo‘llari” mavzusini yoritadi. Asosiy e’tibor
o‘quvchilarning bilimni qanday qabul qilishi, eslab qolishi va qay tarzda samarali
o‘rganishini ta’minlashga qaratilgan.
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli
o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham
berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil
o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim
maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab
qilinadi.
STRATEGIK MENEJMENT YONDASHUVLARI ASOSIDA OLIY TA`LIM TIZIMINI BOSHQARUVINI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada strategik menejment asosida oliy ta`limni boshqarish masalalari
muhokama etiladi. Shuningdek mintaqaviy klasterlar tizimida oliy ta’lim alohida
o‘ringa egaligi xususidagi fikrlar bayon etilgan.
TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMI
Annotatsiya. Ta'lim tizimini strategik boshqarish zamonaviy ta'lim
muassasalarining samaradorligini oshirish uchun muhim omildir. Ushbu maqola ta'lim
tizimini strategik boshqarishning nazariy asoslari, jarayonlari va amaliy
yondashuvlarini tahlil qiladi. Strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari va metodlari,
shuningdek, ta'lim tizimida samaradorlikka erishish uchun zarur bo'lgan boshqaruv
vositalari ko'rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi — ta'lim tizimini strategik
boshqarishning ahamiyatini yoritish va bu sohada samarali boshqaruv
yondashuvlarini tavsiya etishdir.
INGLIZ TILINI MUSTAQIL O'RGANISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Annotatsiya: Ingliz tilini mustaqil o‘rganishda uchraydigan muammolar va
ularning yechimlari haqida so‘z borganda, bu jarayon murakkab va ko‘p qirrali
ekanligini tan olish lozim. Ingliz tili, dunyo miqyosida eng ko‘p tarqalgan va
qo‘llaniladigan tillardan biri bo‘lib, uni o‘rganish ko‘plab insonlar uchun muhim
maqsad hisoblanadi. Mustaqil o‘rganish esa o‘z-o‘zini boshqarish, motivatsiya va
samarali o‘rganish strategiyalarini talab etadi. Shu bois, til o‘rganishda duch
kelinadigan qiyinchiliklarga to‘xtalib, ularni yengish yo‘llarini ko‘rib chiqish
muhimdir.
YANGI BAHOLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH: O‘QUVCHI NATIJALARINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TAHLIL QILISH YONDASHUVI
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamlashtirilgan baholash tizimi doirasida
sun’iy intellekt (SI) yordamida o‘quvchi natijalarini samarali tahlil qilishning nazariy
va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar va SI algoritmlaridan
foydalanish orqali an’anaviy baholash tizimidagi subyektivlikni kamaytirish,
o‘quvchilarning individual yutuqlari va ehtiyojlarini aniqlash imkoniyatlari
o‘rganiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar, mavjud tahliliy vositalar, ularning
afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida raqamli baholashni joriy
etish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi.
INTEGRATING AI WRITING ASSISTANTS INTO THE ESL CURRICULUM: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES FOR TEACHERS
Abstract
The rise of AI-powered writing assistants like Grammarly, QuillBot, and
ChatGPT is transforming the landscape of English as a Second Language (ESL)
instruction. While students increasingly rely on these tools for writing tasks, teachers
are often left navigating the opportunities and risks of integrating AI into classroom
practice. This study explores ESL teachers’ perceptions, practices, and challenges
when incorporating AI writing tools into the curriculum. Through a mixed-methods
approach involving a teacher survey and follow-up interviews, the study identifies
pedagogical benefits such as personalized feedback, learner autonomy, and classroom
efficiency, alongside challenges including ethical concerns, student overreliance, and
insufficient professional development. The article argues that thoughtful integration of
AI tools, supported by clear institutional policies and teacher training, is essential for
maximizing their benefits in ESL writing instruction. Practical recommendations and
implications for future research are also provided.
QISQA KO’PAYTIRISH FORMULALARINI GEOMETRIK METOD ASOSIDA TUSHUNTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada qisqa ko’paytirish formulalari geometrik metod
asosida tushuntiriladi. Bu metod maktab o’quvchilariga qisqa kopaytirish formulalarini
yodda saqlashda va bu formulalarning qiziqarli bo’lishida dars jarayoniga barcha
o’quvchilarni jalb qilishda muhim ro’l o’ynaydi . Maqola o‘qituvchilar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, matematika darslarida geometrik metodlardan samarali
foydalanishga yo‘naltirilgan.
Annotation: This article explains the formulas of special products (short
multiplication formulas) using a geometric method. This method plays an important
role in helping school students memorize these formulas and making the lesson more
engaging, thereby involving all students in the learning process. The article is intended
for teachers and is aimed at promoting the effective use of geometric methods in
mathematics lessons.
Аннотация: В данной статье формулы сокращённого умножения
объясняются на основе геометрического метода. Этот метод играет важную роль
в запоминании формул учащимися и делает процесс обучения более
увлекательным, привлекая всех учеников к уроку. Статья предназначена для
учителей и направлена на эффективное использование геометрических методов
на уроках математики.
YOSHLARDA XULQ-ATVORNI OʻRGANISH MASALALARI HAMDA PSIXOKORREKSIYASI
Annotatsiya: Maxsus tashkil etilgan muloqot-suhbat davomida psixolog
yordamida shaxs o‘zidagi bor kuchlarni safarbar qilaolishi mumkin. Aynan, shu
qo‘shimcha ruhiy kuch-quvvat va qobiliyat, insonning qiyin muammoli holatlardan
chiqishga yordam beradi
PARRANDALAR GO‘SHTI VA TUXUMINING VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI
Annotatsiya: Mazkur maqola parrandalar go‘shti va tuxumini veterinariya
sanitariya ekspertizasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha keng tarzdagi ma’lumotlar
tahlilidan niborat. Shuningdek, tuxumni tovarliligi bo‘yicha klassifikatsiyasigab
tegishli barcha talablar maqolada o‘z aksini topgan.
O‘TKIR QORIN SINDROMIDA DIFFERENSIAL TASHXIS VA SHOSHILINCH JARROHLIK TAKTIKASINING AMALIY JIHATLARI
Annotatsiya: O‘tkir qorin sindromi zamonaviy tibbiyotda muhim va murakkab
klinik holatlardan biridir. Bu sindrom ko‘plab kasalliklarning umumiy belgisi bo‘lib,
qorin bo‘shlig‘ida keskin og‘riq va boshqa simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘tkir
qorin sindromining asosiy muammosi uning sabablarini tez va aniq aniqlash
qiyinligidir, chunki bu sindrom turli tizimlarning kasalliklarida yuzaga kelishi
mumkin. Shu sababli, differensial tashxis jarayoni va shoshilinch jarrohlik
taktikasining amaliy jihatlari stomatologiya, terapiya va jarrohlik sohasida katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘tkir qorin sindromida tashxis qo‘yish
va davolashning amaliy jihatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING O`RNI VA VAZIFASI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarga psixologik
xizmat ko‘rsatishning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy va psixologik
moslashuvdagi roli, ruhiy salomatlikni saqlashdagi ahamiyati keng yoritiladi.
Tadqiqotda ushbu toifadagi insonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilinib, mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Psixologik xizmat turlari,
yondashuvlar va amaliy natijalar asosida xulosalar chiqarilib, ilmiy asoslangan takliflar
bildirilgan.
МЕЖКОНТИНЕНТАЛЬНЫЕ ХИРУРГИЧЕСКИЕ МИССИИ: КАК ВРАЧИ УПРАВЛЯЮТ ОПЕРАЦИЯМИ ЗА ТЫСЯЧИ КИЛОМЕТРОВ
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается стремительное развитие
роботизированной хирургии, позволяющей врачам проводить операции на
огромных расстояниях от пациентов. Технологии телехирургии, основанные на
высокоскоростной передаче данных и робототехнике, открывают новые
возможности для оказания неотложной медицинской помощи в отдалённых и
труднодоступных регионах. Через реальные примеры межконтинентальных
операций анализируются практические преимущества, технические сложности и
роль таких миссий в спасении человеческих жизней. Особое внимание уделяется
вопросам точности, безопасности и быстроты медицинских вмешательств в
условиях, когда время решает всё.
QO’QON XONLIGINI ROSSIYA IMPERYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining XIX asrda Rossiya
imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni tarixiy manbalar asosida o‘rganildi.
Asosiy e’tibor xonlikdagi ichki siyosiy beqarorlik, xalq noroziligi, harbiy jihatdan
zaiflik kabi omillarning bosqinchilikni osonlashtirishdagi roliga qaratildi. Tadqiqot
davomida Rossiya imperiyasining strategik harakatlari, diplomatik vositalar va kuch
ishlatish orqali xonlikni bosib olgani yoritildi. Shuningdek, istilo natijasida Farg‘ona
vodiysida tashkil etilgan mustamlaka boshqaruv tizimining xususiyatlari va xalq
hayotiga ta’siri tahlil qilindi.
YER SAYYORASIDAGI CHUCHUK SUV TANQISLIGI VA UNI KIMYOVIY USULLAR ORQALI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Annotatsiya. Suv tabiatda keng tarqalgan bo’lib, u tiriklikning asosi bo’lgan
bebaho boylikdir. Suv butun jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va
atrofmuhitni muxofaza qilishning asosiy omillaridan biridir.
“BOQUVCHISINI YO‘QOTGAN AYOLLAR VA ULARNING VOYAGA YETMAGAN FARZANDLARIDA QAYG‘U VA MOSLASHUV JARAYONLARI: OILAVIY PSIXOLOGIK YORDAM ZARURATI”
Annotatsiya
Ushbu maqolada boquvchisini yo‘qotgan ayollar va ularning voyaga yetmagan
farzandlari ruhiyatida yuzaga keladigan psixologik holatlar tahlil qilinadi. Amaliy
tajriba amaliyotchi psixolog tomonidan individual ishlash tajribasiga asoslangan
bo‘lib, Kognitiv-harakat terapiyasi (CBT) va “Hozir va shu yerda bo‘lish”
(mindfulness) texnikalari asosida olib borilgan. Mijozlarda salbiy fikrlashni ijobiy
ruhiy holatga o‘zgartirish, shukronalik hissini shakllantirish, jamiyatga ijobiy
munosabatni qayta tiklash maqsad qilingan. Keyslar tahlili asosida ayollarning
psixologik barqarorligi tiklangani, hayotga bo‘lgan qiziqishi ortgani va farzandlarga
ijobiy ta’sir o‘tkazgani kuzatildi. Maqolada amaliy tavsiyalar orqali ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatishning samarali yondashuvlari bayon etiladi.
ИНВЕСТИЦИОН МУҲИТНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЛҒОР ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАРИ
Мавзунинг долзарблиги. Жаҳон иқтисодиёти глобаллашув ва рақобат
кучайиб бораётган шароитда мамлакатларнинг иқтисодий ўсиши кўп жиҳатдан
инвестицион жозибадорликка боғлиқ. Инвестицияларни жалб қилишда илғор
хорижий давлатларнинг тажрибасини ўрганиш, уларнинг муваффақиятли
молиявий механизмларини таҳлил қилиш Ўзбекистон учун муҳим аҳамиятга эга.
Кўплаб ривожланган ва ривожланаётган давлатлар инвестиция оқимини
кўпайтириш мақсадида молиявий бозорларни диверсификация қилиш,
инвесторлар учун имтиёз ва кафолатларни тақдим этиш, давлат-хусусий
шерикликни кенгайтириш каби чораларни муваффақиятли қўлламоқда. Ушбу
тажрибаларни Ўзбекистон шароитига мослаштириш миллий иқтисодиётнинг
барқарор ўсишига хизмат қилади.
ПОСЛЕОПЕРАЦИОННЫЕ ОСЛОЖНЕНИЯ ПОСЛЕ ЦИРКУЛЯРНОЙ РЕЗЕКЦИИ ТРАХЕИ ПРИ СТЕНОЗЕ: СТРУКТУРИРОВАННЫЙ ОБЗОР СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
Аннотация: Стеноз трахеи — сужение просвета дыхательных путей —
может быть врождённым или приобретённым (вследствие травм, инфекций,
интубации). Хирургическое лечение стеноза с помощью круговой резекции и
анастомоза сопряжено с рядом осложнений. В статье рассматриваются как
ранние, так и поздние осложнения (обструкция, кровотечение, рестеноз),
анализируется эффективность установки стентов, минимально инвазивных
техник и значимость мультидисциплинарного подхода. Подчёркивается
необходимость стандартизации подходов и учёт качества жизни пациентов после
операции.
BOLALARDA ATOPIK DERMATIT:SABABLARI, KLINIKASI VA DAVOLASH USULLARI.
Annotatsiya-Ushbu maqolada bolalarda keng tarqalgan surunkali allergik teri
kasalliklaridan biri- Atopik dermatitning sabablari, etiologiyasi, patogenezi, laborator
tekshiruvlar,klinik ko‘rinishlari va davolash usullari yoritib berilgan.Maqolada Atopik
dermatitni erta aniqlash va kasallikning zamonaviy davolash yondashuvlariga alohida
e’tibor qaratilgan.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNI DARS JARAYONIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogik texnologiya tushunchasi va uni dars
jarayonida qo‘llash mexanizmlari hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Shuningdek maqolada pedagogik texnologiya tushunchasining tarixiy ildizlari,
mualliflarning unga bergan ta’riflari keltirilgan bo‘lib, ushbu fikrlar asosida yakuniy
mulohazalar yoritilgan.
MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY DASTURLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy raqamli
texnologiyalar va interaktiv dasturlardan – xususan GeoGebra, WolframAlpha va
asosan Desmos dasturlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Ushbu vositalar
orqali darslar samaradorligi ortadi, o‘quvchilar mavzuni chuqurroq tushunadi va
matematikani vizual, interaktiv tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqola
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni raqamli vositalardan foydalanishga
rag‘batlantirishga qaratilgan.
ANALYZING THE IMPACT OF LEADERSHIP STYLES ON EMPLOYEE ENGAGEMENT AND PRODUCTIVITY IN TASHKENT UZBEK SMES
Annotation: This study investigates the profound influence of various leadership
styles on employee engagement and productivity within Small and Medium-sized
Enterprises (SMEs) in Tashkent, Uzbekistan. Utilizing a mixed-methods approach, the
research explores how leadership behaviors, such as transformational, transactional,
and laissez-faire styles, correlate with levels of employee commitment, motivation, and
overall output. The findings aim to provide valuable insights for Uzbek SME leaders
to cultivate environments that foster higher engagement and productivity, ultimately
contributing to sustainable organizational growth and economic development in the
region.
YUQORI TALABALARDA SOG‘LIQNI SAQLASHGA BO‘LGAN MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH TAJRIBASI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi barcha o‘zgarishlar
jumladan sog‘lik holatida yuz beradigan o‘zgarishlarga munosabati va ushbu sog‘lik
holati shaxs sifatida shakllanishga ta’siri tahlil qilingan. Ular jamiyat jamiyatini
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va aqliy resursni tashkil etadigan
o‘zgarishlar va jamiyatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar va innovatsiyalarning nozik
ko‘rsatkichi sifatida asosiy o‘rin tutadi. Shu sababli ushbu davrda sodir bo‘adigan
holatlarni atroflicha tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
TEZKOR VA TO‘G‘RI AXBOROT — JURNALISTNING ENG MUHIM VAZIFASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada jurnalistikaning asosiy prinsiplaridan biri —
axborotning to‘g‘riligi va tezkorligi masalasi chuqur tahlil qilinadi. Bugungi axborot
jamiyatida tezlik va aniqlik omillari o‘zaro bog‘liq holda jurnalist kasbining asosiy
mezonlariga aylangan. Maqolada to‘g‘ri axborot yetkazish bilan birga tezkorlikka
intilish o‘rtasidagi muvozanat, bu ikki omilning zamonaviy ommaviy axborot
vositalaridagi aks etishi, shuningdek, noto‘g‘ri va tekshirilmagan xabarlarning ijtimoiy
ongga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda jurnalist kasbining axloqiy-me’yoriy
mezonlari, faktni tekshirish tamoyillari, feyk axborot tahdidi va axborot
madaniyatining ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi. Maqola so‘ngida tezlikka emas,
haqiqatga asoslangan jurnalistika muhimligi asoslab beriladi.
STRATEGIES FOR REDUCING POVERTY THROUGH TOURISM: A CASE STUDY OF RURAL AREAS
Abstract. This article explores the role of tourism as an effective tool for poverty
alleviation in rural areas. It analyzes how the development of rural tourism
infrastructure, community-based tourism models, and employment opportunities
contribute to improving the income and living standards of the local population. Using
case studies from selected regions of Uzbekistan, the article highlights practical
strategies such as agrotourism, homestay programs, and cultural tourism to empower
local communities economically and socially. The research emphasizes the importance
of government support, training, and sustainable planning to maximize the benefits of
tourism in underdeveloped regions.
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERAKTIV USULLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf ona tili darslarida interaktiv
usullardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Interaktiv metodlar
oʻquvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini taʼminlab, ularning mustaqil
fikrlashi, muloqotga kirishish qobiliyati va til madaniyatini shakllantirishga xizmat
qiladi. Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Savol-javob”, “Juftlikda
ishlash” kabi usullarning amaliy qo‘llanishi misollar asosida ko‘rsatib beriladi.
Tadqiqot davomida interaktiv usullarning dars sifati va oʻquvchilarning bilim
samaradorligiga ijobiy taʼsiri tahlil qilinadi hamda metodik tavsiyalar beriladi.
FROM SCROLLING TO STRUCTURING: THE ROLE OF MOBILE AI TOOLS IN IDEA GENERATION FOR ESL WRITING AMONG GENERATION Z LEARNERS
Abstract
The shift to mobile-assisted learning has dramatically influenced writing
instruction in English as a Second Language (ESL) classrooms, especially among
Generation Z learners. This paper explores how mobile-based AI tools, specifically
ChatGPT, serve as catalysts for idea generation in ESL writing instruction. Grounded
in digital learning theories and constructivist pedagogy, the study examines practical
classroom applications of ChatGPT on mobile devices and surveys learners'
perceptions. The findings suggest that mobile AI tools help ESL students overcome
idea-generation blocks, promote learner autonomy, and enhance cognitive
engagement. Pedagogical implications and ethical considerations are discussed.
ENVIRONMENTAL ISSUES. ECOTECHNOLOGIES
Аннотация. Для регулирования экологических проблем необходимо
стимулировать развитие области экотехнологий, основанной на
биотехнологиях. С помощью биотехнологий и экотехнологий разрабатывается
интегральный индекс. Это определяет устойчивое развитие эффективности
экологической безопасности.
Экотехнологии выполняют уникальные задачи, такие как регулирование
устойчивого развития. Контролируют использование биотехнологий для
создания экологически безопасных решений, одновременно управляя отходами,
которые различными способами попадают в окружающую среду.
EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA ORGAN TO’QIMALARNING FUNKSIONAL HOLATI
Annotastiya. Mazkur maqola ekologik omillarni tirik organizmning funsional
xolatiga ta’siri to’q’risida ma’lumotlar beradi. Atrof muxitda maqsadli ishlatildagan
insektisidlar tirik organizmning ximoya to’siq’iga o’ziga xos ta’sir qiladi.
Zaiflashagan immun tizimi bunday xujumlarga javob bera olmasligi natijasida turli
kasalliklarning rivojlanishi kuzatiladi. Chunki barcha abiotik omillar toksikologik
ta'sir usullariga ega. Shunday ta’sirotlarni bartaraf etish uchun sanitariya gigiena
tekshiruvlarni muntazam yo’lga qo’yish kerak.
IMMUN TIZIMIGA INFEKSIYA VA INSEKTISIDLARNING SINERGETIK TA’SIRI
Аннотация. В статье рассматривается воздействие различных
микроорганизмов и инсектицидов на иммунную систему живого организма и его
результаты. Инфекции считаются патогенами, а инсектициды - это
химические вещества, используемые для уничтожения чужеродных организмов.
Их воздействие на живой организм может практически полностью
блокировать функции органов, тканей, клеток, иммунной системы или
естественных защитных систем.
МЎҒУЛ ХОНЛИКЛАРИДА ДАВЛАТ БОШҚАРУВИ
Аннотация: Мазкур мақолада мўғул хонликларининг давлат бошқаруви
тизимига оид манбалар ўрганилиб, таҳлил қилинган. Мўғул
хонликларининг марказлашган давлат ташкил этиш ва уни бошқариш
борасидаги ёндашувлари, хусусан давлат бошқарувида ҳарбий тартиб ва Ясо
қонунларининг ўрни ёритиб берилган. Эгаллаб олинган ҳудудларда Мўғил
хонлари томонидан жорий этилган бошқарув тизими, маҳаллий анъаналар,
қадриятлар ва диний эътиқодга бўлган муносабат (ислом, буддизм ва бошқа) ва
мўғилларнинг давлат бошқарувига хос тартиб ҳақида фикр юритилган.
BRENDING STRATEGIYASI VA YUZ YARATISHDA RAQAMLI MARKETING NAZARIYALARINING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada zamonaviy biznes muhitida brend yaratish va uni
mustahkamlash strategiyalarining o‘rni, ayniqsa, raqamli marketing vositalari
yordamida imidj shakllantirish jarayoni tahlil qilinadi. Brending bu mahsulot yoki
xizmatni boshqa raqobatchilardan ajratib turuvchi qadriyatlar majmuasi bo‘lib,
iste’molchilarda muayyan tasavvur va ishonch uyg‘otadi. Raqamli marketing esa
internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, SEO va boshqa texnologiyalar orqali
brendni targ‘ib qilishning zamonaviy vositasidir. Maqolada brending strategiyasining
asosiy turlari, vizual imidj yaratish tamoyillari va mijozlar bilan ishonchli
munosabatlar o‘rnatishda kontent marketingi, email marketing, influencer marketing
kabi vositalarning samaradorligi amaliy misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, raqamli
muhitda brend sodiqligini oshirish yo‘llari, brend monitoringi va tahlil usullari ko‘rib
chiqiladi.
OPTIKA BO’LIMIGA OID MASALALARNI YECHISH USULLARI
Annotatsiya
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan
keng ko‘lamli e’tibor yosh avlodni har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlovchi va
zamonaviy bilimlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda
fizika fanini samarali o‘qitish, xususan, o‘quvchi va talabalar amaliy
kompetensiyalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulotlar
va masala yechish darslari mazkur kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim
vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday darslarda, ayniqsa murakkab masalalarni
yechishda, talabalarning ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi kuzatiladi. Ushbu
maqolada optika bo‘limiga oid bir nechta masalaning yechimlari ko‘rib chiqilib, ular
orqali talabalarni ushbu mavzudagi murakkabliklarni yengib o‘tishga tayyorlash
maqsad qilingan. Ishonamizki, keltirilgan usullar va izohlar optikaga oid masalalarni
chuqurroq tushunishga va ularni mustaqil hal qilishga ko‘mak beradi.
DATA SCIENCE VA IQTISODIYOT, MENEJMENT HAMDA MARKETING: O’ZARO BOG’LIQLIK VA KELAJAK ISTIQBOLLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Data Science ning zamonaviy biznesning uch
muhim yo’nalishi – iqtisodiyot, menejment va marketing sohalari bilan o’zaro
chambarchas bog’liqligini ko’rib chiqiladi. Maqolada ma’lumotlarga asoslangan
yondashuv iqtisodiy o’sishni bashorat qilish, boshqaruvda to’g’ri qarorlar qabul qilish
hamda marketingda har bir mijozning ehtiyojini aniqlashda qanday yordam berishi
hayotiy misollar bilan tushuntiriladi. Shuningdek, bu sohalarning birgalikda ishlashi
qanday yangi imkoniyatlar yaratishi va kelajakda, xususan, O’zbekistonda qanday
istiqbollar mavjudligi haqida so’z yuritiladi.