Mualliflar

  • Ziyotova Gulisa Rajamatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132748

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Suv suv tanqisligi suv resurslari ekologik xavf oqilona foydalanish muhofaza qilish qurg‘oqchilik ekovaziyat aholi demografik muhit

Annotasiya

Annotatsiya. Suv tabiatda keng tarqalgan bo’lib, u tiriklikning asosi bo’lgan 
bebaho boylikdir. Suv  butun jahon  davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va 
atrofmuhitni muxofaza qilishning asosiy omillaridan biridir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

60

ISSN:3030-3613

YER SAYYORASIDAGI CHUCHUK SUV TANQISLIGI VA UNI

KIMYOVIY USULLAR ORQALI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Ziyotova Gulisa Rajamatovna

Toshkent viloyati Parkent tumani 42-maktab

Annotatsiya.

Suv tabiatda keng tarqalgan bo’lib, u tiriklikning asosi bo’lgan

bebaho boylikdir. Suv butun jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va
atrofmuhitni muxofaza qilishning asosiy omillaridan biridir.

Kalit so‘zlar.

Suv, suv tanqisligi, suv resurslari, ekologik xavf, oqilona

foydalanish, muhofaza qilish, qurg‘oqchilik, ekovaziyat, aholi, demografik muhit

KIRISH

Bizga ma’lumki, suv oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiyiqtisodiy

barqaror rivojlanishning muhim omili. Inson salomatligi, ekologik xavfsizlikni
ta’minlash, aholi turmush farovonligi aynan suv ta’minotiga bog‘liq. Bugun yer yuzida
kechayotgan global iqlim o‘zgarishi, xususan, havo haroratining keskin ko‘tarilishi
doirasida dunyoda yirik, insoniyat tomonidan echimini kutayotgan ekologik
muammolar yuzaga kelmoqda. Ya’ni, ba’zi hududlarda suv sathining ko‘tarilishi,
toshqinlar, qurg‘oqchilik kabi ofatlar kuzatilyapti. Bu esa o‘z navbatida
ekovaziyatning izdan chiqayotganiga bir signaldir.Dunyoga xavf solayotgan bunday
muammolar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

Yer yuzidagi hech bir tirik

organizm suvsiz yashay olmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv
tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida
gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra
protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil
qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi inson turli kasalliklarga
uchrashiga olib keladi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok bo’lishiga sabab
bo’ladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan,
meduzada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi. Mana shu ma'lumotlarning
o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib
turibdi. Odam organizmi o`z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida
o`rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o`z to`qimalaridan o`tkazib, chiqarib yuboradi.

Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida

suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari hamda
kislorodning parchalanishi va ularning to`qimalarga yetkazib berilishi hamda
to`qimalarda hosil bo`lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi
murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

61

ISSN:3030-3613

Yerda hayotning asosi yashil o`simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir.

Bu jarayonda suv asosiy xomashyo vazifasini o`taydi. Fotosintezda quyosh nuri
ta'sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda
tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidrid bilan birikib, katta ichki energiya
zapasiga ega bo`lgan organik birikmalarni hosil qiladi. Shu asnoda tirik mavjudotlar
uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.

Suvsiz hayot yo'q ekan, uni insoniyat ko'z qorachig'idek asrashga majburdir.

Sayyoramizdagi toza ichimlik suvi zaxirasini asrash, undan oqilona foydalanish, sanoat
va ishlab chiqarish jarayonini tabiatga zarar yetkazmaydigan tarzda “Ekologik toza”
innovatsion uslublar bilan yo'lga qo'yish va turli ta'lim usullaridan foydalanib,
aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan
hisoblanadi. Jahon davlatlarida keyingi paytda tez-tez takrorlanadigan qurg’oqchilik
kabi muammolarga duch kelmoqda. Jamiyat esa suv muammolarini hal qilish va suv
taqchilligini kamaytirish uchun qat’iy choralarni amalga oshirish zarurligini anglab
yetmoqda. Suvning tabiat va inson hayotidagi o’rniga kelsak, yashash, oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish,sog’liqni saqlash, munosib hayot kechirish va insoniyat
rivoji uchun zarur asosiy resurs hisoblanadi.

Global tanqislik -taxminan 2,5 milliard odam suv tanqisligi yuqori bo'lgan

mintaqalarda yashaydi. Zero, suvning katta zaxiralari bo'lgan taqdirda ham, taqsimot
yoki undan foydalanishning iqtisodiy va texnik imkonsizligi tufayli tanqislik bo'lishi
mumkin. Bundan tashqari, sifatli ichimlik suvi haqida gapiradigan bo'lsak,
tanqislikning kuchayishi ko'p hollarda iste'mol qilinadigan suvning juda
kamligidandir. Venesuela va Peru kabi chuchuk suv zahiralariga ega bo'lgan
mamlakatlarda suv tanqisligining jiddiy muammolariga duch kelishmoqda. Suv
tanqisligi muammosini hal qilish inson taraqqiyotiga barqaror yondashuvning bir qismi
bo'lgan o'zaro bog'liq bir qator tadbirlarni o'z ichiga oladi. Birinchi harakat bu
muammoning mavjudligi, uning jiddiyligi, sabablari, oqibatlari va mumkin bo'lgan
yechimlari to'g'risida xabardorlikni oshirishdir. Suvni muhofaza qilish to'g'risida
xabardorlik nafaqat uning saqlanishiga yordam beradi, balki boshqa choralar ko'rilishi
uchun yordam beradi.

Fuqarolar suv resurslaridan oqilona foydalanib, faqat kerakli miqdordan

foydalanib, o'zlarining asosiy hissalarini qo'shishlari mumkin. Ochiq kranlar, suv
oqadigan quvurlar, suvni ifloslantiruvchi mahsulotlardan foydalanish, bularning
barchasi suv tanqisligini kuchayishiga sabab bo’ladi.

Ichimlik suvi tanqisligini rag'batlantiruvchi omillardan biri bu chuchuk suv

manbalarining ifloslanishidir. Daryolar, ko'llar va yer osti suv qatlamlarining
ifloslanishi odamlarning iste'mol qilishi, qishloq xo'jaligi va chorvachilik uchun zarur
bo'lgan suv miqdorini kamaytiradi. Suv yetishmasligidan qochishning yana bir usuli
iste'mol qilish uchun ishlatilgan suvni tozalash, qayta ishlatish va qayta ishlashdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

62

ISSN:3030-3613

Qishloq xo'jaligi va sanoatda suvdan samarali foydalanish uni tejashga yordam beradi,
bu esa odamlar iste'mol qilishi mumkin bo'lgan qismini oshiradi.

Sug'orish qishloq xo'jaligida suvni eng ko'p iste'mol qiladigan faoliyatdir,

shuning uchun samarasiz tizimlardan foydalanish muammoni anglatadi. Tomchilatib
sug’orish tizimi kabi tizimlar sug'orishda tortishish tizimlariga qaraganda ancha
samaralidir.

Suv tanqisligiga alternativa bu uning manbalarini ko'paytirishdir va shu ma'noda

asosan ikkita variant mavjud: dengiz suvlari va muzliklar.

Dengiz suvidan tuzlarni olib tashlash va toza ichimlik suvi olish suv tanqisligi

kuchli bo'lgan mamlakatlarda o'sib borayotgan alternativadir. Darhaqiqat, dunyo
bo'ylab 18000 ta sho'rni tozalash zavodlari faoliyat yuritmoqda, ulardan eng kattasi
Saudiya Arabistonida. Ammo, hozircha bu orqali olingan suv jahon talabining atigi 1
dan 3 foizigacha qoplaydi. Buning sababi shundaki, sho'rni tozalash jarayonlari katta
miqdorda energiya talab qiladi.

70% toza suv muzliklarda muz shaklida bo'lganligi sababli, ularni ichimlik suvi

manbai degan qarashlar mavjud bo’lib, biroq, bu dunyodagi muzliklarning tahlikali
holatini hisobga olganda ekologik ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, u baland
tog 'muzliklarida oziqlanadigan gidrografik havzalarning katta qismiga salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin.Tabiiy resurslar ichida suv o‘ziga xos shunday resurski, uni o‘rnini
bosadigan bironta resurs mavjud emas. Zero, suv hayot manbai ekanligini faqat issiq
va o‘ta issiq, quruq iqlim sharoitidagina to‘la tasavvur etish mumkin. Xalq iborasi bilan
aytganda, qayerda suv paydo bo‘lsa, o‘sha yerda hayot boshlanadi, suv tugagan yerda
esa hayot ham tugaydi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan buyon o‘lkamizda
suvga hurmat, uni e’zozlash, isrofgarchiligiga va ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik ruhi
hukm surgan. Bugungi kunda xalq orasida uchraydigan quyidagi iboralarga e’tibor
qaratish davr talabidir. Suvday serob bo‘l, oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.

Suv tozalash usullari va suv tozalash inshootlarining tarkibi hamda o’lchamlari

manbadagi suv sifatiga, suv sifatiga qo’yiladigan talab va mahalliy sharoitlariga qarab
tanlanadi. Amalda suv tozalash stansiyasi komplеks vazifani (tindirish,
zararsizlantirish, yumshatish va h.k.) bajarishni ko’zda tutadi.

Quyoshdan keladigan energiyadan samarali foydalanish va shu energiya orqali

shoʻr ya’ni ichishga yaroqsiz suvni ichimlik suviga aylantirishimiz kerak. Buning
uchun ma’lum miqdordagi suvni quyosh energiyasi orqali qaynatish talab qilinadi. Suv
qaynaganda oʻz suyuq holatini gaz ya’ni bugʻ holatiga aylantiradi. Bugʻ sovuganda esa
u yana suyuq holatiga qaytadi. Bu suyuqlikni oldingisidan farqi shunda bo’ladiki, bugʻ
holatdan suyuqlik holatiga qaytgan suv tarkibida tuz miqdori keskin kamayadi, qisqa
qilib aytganda bu suv ichishga yaroqli hisoblanadi.

Birinchi marta Amerika Qo’shma Shtatlarida M.Tеlеkеs tomonidan plasmassali

suzuvchi shishma quyosh chuchutgichi konstruktsiyasi yaratilgan bo’lib ushbu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

63

ISSN:3030-3613

texnologiya quyosh suv chuchitgichi-sho’r suvdan chuchuk idishga yoki boshqa texnik
maqsadlarni ko’zlab ishlatiladigan toza suv ajratib olishga mo’ljallangan qurilma
bo’lib, uning asosiy energiya ta’minoti quyosh nurlari hisoblanadi.

1-rasm. Parniksimon bir pog’onali quyosh chuchutgichining sxеmatik

ko’rinishi

1- sho’r suv; 2- bug’ va havo aralashmasi; 3- shaffof

sirt(shisha); 4- nova; 5- izolyatsiya dеvori

Lekin toʻgʻridan-toʻgʻri quyoshdan kelayotgan energiya suvni bugʻlantirishga

ya’ni qaynatishga yetmaydi. Shuning uchun ham suvni qaynatish maqsadida
quyoshdan kelayotgan energiyani bir nuqtaga toʻplash idishdagi ma’lum miqdordagi
suvni qaynatishga yetarli boʻladi. Bu energiya bir nuqtaga to’planishi uchun maxsus

parabaloid koʻzgudan foydalanish talab qilinadi. (2-rasm)

a)

b)

2

– rasm. Parabaloid koʻzgu (a) va nurlarning yo’nalishi (b)

Parabaloid ko’zguni quyosh qaysi tomondan chiqib qaysi tomonga harakatlansa

shu nuqtaga harakatlantirish lozim shunda uning energiyasi yuqori darajada bo’ladi
albatta shu harakatni o’zi bilangina quyoshdan samarali maksimal darajada foydalana
olinadi. Lekin uni bu yo’nalishda harakatlantirish kifoya emas bu ishda murakkab tizim
qo’llaniladi ya’ni ikki kanalli bo’ladi.

α-burchak azimut bo’yicha harakatlanishdan hosil bo’ladi λ-

burchak o’rin burchagi bo’yicha harakatlanishdan hosil bo’ladi

Ertalab quyosh Sharqdan chiqa boshlaganda parabaloid ko’zgu ham shu

tomonga qarab harakatlanishi kerak. Quyosh Sharqdan chiqib o’z yo’nalishi tomon
harakatlana boshlagan payt parabaloid ko’zgu ham shu tomon harakatlanadi. Ushu
jarayonni amalga oshirish uchun parabaloid ko’zguni gorizantal aylantirish hamda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

64

ISSN:3030-3613

parabaloid ko’zgu qo’zg’aluvchan (harakatlanuvchan) qilib yer sirtiga joylashtiriladi.
Biz uni harakatiga ya’ni gorizantal yo’nalishda harakatlanishi uchun bizga past
kuchlanishda ishlovchi motor kerak bo’ladi. Bu motor parabaloid ko’zguni gorizantal
harakatga keltiradi va bu harakat quyoshdan kelayotgan nurlarni sinib bir nuqtada
toplanishini ta’minlaydi. Faqatgina parabaloid ko’zguni (azimut) gorizantal yo’nalish
bilan harakatlanishi yuqorida ta’kidlanganidek faqar bir yo’nalishda harakatlanishi
yetarli emas. Uni (o’rin burchagi) vertikal bo’yicha ham aylantirish zarur.

Ayniqsa, XX-asrning 50-yillarida tabiatni inson izmiga bo‘ysundirish uchun

boshlangan kurash o‘ziga xos murakkab hayot maktabi bo‘ldi. Natijada tajovuzkorona
ravishda tabiatga munosabat uni tarkibini tubdan o‘zgartirib yubordi. Shunday
o‘zgardiki natijada ba’zi resurslar miqdor va sifat tarkibini yo‘qotdi. Jumladan suv
resurslari. Suv boyliklarining cheklanganligini, ularga ortiqcha miqdorda iflos suv
tashlanmagandagina o‘z sifatini saqlab qolishi mumkinligini, tabiat yo‘l qo'yilgan
xatolarni kechirmasligini va har bir xato uchun qasos olishini tushunishdan iborat
bo‘ldi.

Iqlim o‘zgarishining globallashuvi, sahrolanish jarayonining dunyo miqyosida

davom etishi natijasida suv tanqisligi xavfi tobora jiddiy tus olmoqda. Yevroosiyo
qit’asining chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo davlatlarida, ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasida suv tanqisligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu bois
tahdid solayotgan xavfni bartaraf etish choratadbirlarini ko‘rish respublikamiz suv
resurslaridan foydalanishni boshqarishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bugun
O‘zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zaxiralarining,
shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi
katta tashvish tugdirmoqda. Butun dunyoda, jumladan O‘zbekiston Respublikasining
daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham har taraflama inson
faoliyati ta‘siriga uchramoqda.

Ma’lum bir ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, soni doimiy o‘sib

borayotgan yer aholisi uchun suv ta’minoti keskinlashib bormoqda. Yer shari aholisi
soni umumiy tug‘ilish darajasining pasayishiga qaramay, 2050 yilga borib dunyo
aholisi soni-hozirgi 7,6 milliard kishidan 9,8 milliardga, 2100 yilda esa 11,2 milliardga
ko‘payadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti
hisobotida ma’lum qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholi sonining o‘sishi asosan
47 ta eng kam rivojlangan mamlakatlar hisobiga to‘g‘ri keladi, u yerlarda tug‘ilish
darajasi bir ayolga 4,3 bolani tashkil qiladi. Bu davlatlarning hozirda 1 milliardni
tashkil qiluvchi aholisining umumiy soni 2050 yilga borib 1,9 milliardga etadi. 26 ta
Afrika mamlakatining shu davrdagi aholisi ham ikki barobarga ko‘payadi, deyiladi
hisobotda.

Umumiy tug‘ilish darajasining pasayishi davom etishiga qaramay, hozirda

yiliga 83 million kishiga oshib boruvchi tendensiya saqlanib qolinishi kutilmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

65

ISSN:3030-3613

Tadqiqotchilar umumiy tug‘ilish darajasining pasayishini Yer aholisining qarishi bilan
bog‘lashmoqda. Bashoratlarga ko‘ra, 2100 yilga borib 60 yoshdan katta kishilar soni
uch barobarga oshadi va 3,1 milliardni tashkil qiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra,
2010-2015 yillarda Yer aholisining 46 foizi yashovchi 83 mamlakatda tug‘ilish
darajasi keragidan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Mana shunday bir jarayon, oziq-
ovqatga nisbatan ehtiyojni oshiradi. Oziq-ovqat masalasi o‘z navbatida suvga nisbatan
ehtiyojni oshiradi. Taxminlarga ko‘ra oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun 2050-yilga
kelib, 500 mln. ga sug‘oriladigan yerlarda yuqori hosildorlikka erishish uchun
dehqonchilik qilish (hozirda bu maydon 285 mln.ga yaqin) kerak bo‘ladi. Ammo
mavjud suv boyliklari faqat 450 mln. gektar yerni sug‘orishga yetadi.

Suv resurslarining asta-sekin cheklanib borishi, qaysidir ma’noda zanjirga

aylangan holda juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu holat
sabab mamlakat suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, ekilayotgan ekinlarning
hosildorligi kamayib borishi, oxir-oqibat esa oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan
yuzlashadi. Bunday qaltis vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li-toza ichimlik
suvidan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida suv isrofgarchiligiga yo‘l
qo‘ymaslik. Mana shunday bir sharoitda O‘zbekistonda quyidagi rejali ishlar 2023 yil
mobaynida amalga oshirildi:

-14 ta suv obyektida, ya’ni Tentaksoy, Andijonsoy, Shahrixonsoy, Zominsuv,

Nuraksoy, Xo‘jamushkentsoy, Sherobod, Isfayramsoy, Bosholishsoy, Ugom,
Oqsoqota, Dukentsoy, Qizilsoy va Parkentsoy yer usti tabiiy suv ob’ektlarining
sanitariya-muhofaza zonalari hamda sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash loyihalari
ishlab chiqildi va viloyat hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlandi. Natijada suvni
muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari belgilandi;

-56 ta suvni tozalash korxonada lokal tozalash inshootlari rekonstruksiya (qayta

ta’mirlandi) qilindi va 21 ta korxona qurib bitkazildi;

-917 ta avtomobil yuvish shoxobchalarida ichimlik suvidan foydalanishning

o‘ziga mos qonuniyligini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijalari
bo‘yicha 110 ta ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib olgan shoxobchalar bo‘yicha ularni
amaldagi tartibga muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirildi;

-joylarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanishda bo‘lgan 3886 ta yer

osti quduqlari ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganildi. Respublika bo‘yicha 2299 ta yer osti
quduqlari tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelingani aniqlanib, bartaraf etish choralari
ko‘rildi;

-suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlar (Navoiy, Samarqand, Jizzax,

Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlari) da
moratoriy e’lon qilindi (Asos: Prezidentning “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish
va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida” 2022 yil 7 dekabrdagi PQ-439-son qarori). Bunda yer osti suvlariga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

66

ISSN:3030-3613

quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi
texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlandi;

-Yangi o‘zlashtirilgan hududlar hisoblanmish Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi

kollektorlardan ko‘llar tizimiga suvlarning kelib quyilishi va suvlarning sifatini
nazorat qilish, suv xo‘jaligi tizimidagi kanallardan qo‘shimcha suv tashlash
loyihalarining bajarilishi, baliq tutishni cheklash, moratoriy joriy qilish va
brakon’erlikka qarshi kurashish, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari tomonidan
cho‘llanishga moyil hududlarda butalar ekish va ko‘kalamzorlashtirish borasida ishlar
bajarildi. Bu asosda suv tejovchi texnologiyalarni o‘rganish natijasida Isroil tajribasi
o‘rganildi.

So‘nggi yillarda suvsiz mamlakatlar o‘zlarining qishloq xo‘jaligi

infratuzilmasini rivojlantirmoqda, suvdan oqilona foydalanish yo‘llarini
qidirishmoqda. Masalan, Isroil bu borada eng yaxshi namunalardan biri va Yaqin
Sharq mamlakatlarining eng qurg‘oqchil davlatidir. Isroilda suvni boshqarish bo‘yicha
xususiy kompaniya mavjud. Xususan, yuqori texnologiyalarga asoslangan Mekorot
kompaniyasi Isroilning 90 foiz ichimlik suvini yetkazib beradi va taxminan 80 foiz suv
ta'minotini boshqaradi. Uning shu'ba korxonasi EMS Mekorot Projecs suv ishlarini
rejalashtirish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, oqova suvlarni tozalash, sho‘rsizlantirish,
yomg‘irni yaxshilash va boshqa masalalarda yechimlarni taqdim etadi. Mekorot’ning
ikkinchi shu'ba korxonasi Mekorot Development and Enterprise loyihalash, texnik-
iqtisodiy asoslar, loyihalarni boshqarish va tozalash inshootlarini qurish, ulardan
foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi.

Daryolar, ko‘llar va botqoq yerlar kabi suv bilan bog‘liq tizimlar-ekologik

muvozanatni saqlash, bioxilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Suvni isrof
qilmay to‘g‘ri, maqsadli sarflash-suv ekotizimlariga salbiy ta’sirni yumshatib, yashash
uchun qulay maydonlarning qisqarishini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bizga ma’lumki, suv resurslarini tejash-suv iste’moli va ifloslanishi bilan

bog‘liq muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Bunga suvdan foydalanish
unumdorligini oshirish va suv yo‘qotilishini kamaytirish, samarali texnologiyalarni
qo‘llash orqali erishiladi. Suv sarfini kamaytirish, irrigatsiya tizimlarini isloh qilish,
texnologik innovatsiyalarni joriy etish, oqilona rejalashtirish va boshqarishga
qaratilgan

chora-tadbirlar-iqtisodiy

samaralarga

erishish

va

tarmoqlarning

raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi. O‘zbekistonda suvga nisbatan
munosabatni o‘zgarib borayotganligi, albatda O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi
senati kengashining qarorida “Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va
samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning
qonunchilik bazasini mustahkamlashga oid masalalar haqida” batafsil ifodalangan
(Toshkent shahri, 2023-yil 1-avgust, KQ-547-IV-son).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

67

ISSN:3030-3613

Markaziy Osiyo mintaqasi suv ta’minotida asosiy manbalar Sirdaryo va

Amudaryo hisoblanadi. Bu mintaqada suvning 80 foizidan ortig‘i qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish uchun ishlatiladi. Toza suv bilan bog‘liq murakkab holat
mintaqada oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo suv
xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan dunyodagi
kam sonli mintaqalardan biridir. Daryolarning ulkan tarmog‘i butun mintaqani kesib
o‘tuvchi ikkita asosiy suv havzalari-Amudaryo va Sirdaryoga quyiladi. Sobiq Ittifoq
davrida yuqori suv oqimiga boy mamlakatlar bahor va yoz oylarida quyi oqimdagi
mamlakatlarni sug‘orish uchun suv bilan ta'minlagan. Buning evaziga ularga qish
oylarida isitish va elektr energiyasi uchun ko‘mir, neft va gaz yetkazib berilgan. 1960-
yillarning boshlarida butun mintaqada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ishlari
olib boriladi, bu esa intensiv sug‘orish tizimlariga olib keldi. Sug‘oriladigan
dehqonchilik suvga juda talabchan paxtaning ehtiyojlarini qoplash uchun ustuvor
ahamiyat kasb etgan.

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tushunchasi mintaqani yuqori oqim

(Qirg‘iziston, Tojikiston) va quyi oqim (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston)
o‘rtasida taqsimlaydigan transchegaraviy daryolarning keng tarmog‘ini boshqarishga
intilib rivojlanib keldi. Ob-havo o‘zgarishi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini
boshqarish va xavfsizligini ta'minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

BMTning Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan e'lon qilgan

hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda yer sayyorasidagi 2 milliard aholi toza ichimlik
suvidan bevosita foydalanish imkoniga ega emas. Mutaxassislarning ilmiy tahlillariga
ko‘ra, dunyoda 2000 yildan 2050 yilgacha bo‘lgan davrda suvga bo‘lgan global talab
55 foizga ortadi. Shuningdek, hisobotda 2017 yilda Markaziy Osiyodagi preventiv
diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi va Adelfi universiteti tomonidan
o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot haqida ham so‘z yuritilgan. Uning asosiy maqsadi mavjud
suv resurslarini boshqarish sohasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning iqtisodiy
foydasini baholashga qaratilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, agar Markaziy Osiyo
mintaqa davlatlari hamkorlik yo‘lini tanlasa, ular yiliga kamida 4,5 milliard dollar
tejashi mumkin.

Suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ShHTga a'zo davlatlar uchun juda

dolzarb va muhimdir. Tashkilotning ulkan hududida qariyb 6 million daryo va ko‘l
mavjud, «suv minoralari» hisoblangan tog‘ tizmalari maydoni taxminan 12,5 million
kvadrat kilometrni tashkil etadi, suv resurslarining umumiy hajmi deyarli 10 million
kub kilometrga teng. Tabiiy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydigan, chuchuk suv
manbayi bo‘lib xizmat qiladigan ko‘plab muzliklar mavjud.

Mutaxassislar ta'kidlashicha, XXI asrning oxiriga kelib, insoniyat Himolay

muzliklarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini yo‘qotishi mumkin. Xuddi shunday
vaziyat Pomir muzliklarida ham yuzaga kelmoqda-Fedchenko nomi bilan yuritiladigan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

68

ISSN:3030-3613

uzunligi 75 kilometrdan oshadigan dunyodagi eng yirik kontinental muzlikning erish
jarayoni kuzatilmoqda va bu bugungi kunning eng katta xavflaridan biriga aylangan.
Global isish oqibatida Tyanshandagi muzliklarning erishi tezlashmoqda. Mana
shunday bir sharoitda O‘zbekiston uchun vaziyatni ikki holat og‘irlashtiradi.
Birinchidan, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlardan keladigan suv ta'minotiga
bog‘liqligi yuqori darajada (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi tashqaridan keladi).
Shuning uchun ham suv tanqisligi muammosini ushbu davlatlar bilan kelishmasdan
hal etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda ichimlik suvi juda samarasiz sarf
qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste'mol qiluvchi qishloq
xo‘jaligida. Suv iste'molchilarga yetkazish vaqtida (o‘ta eskirgan va chirigan
infratuzilma sababli sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va
iste'mol jarayonida ham (sug‘oriladigan yerlarning faqat 3 foizida suv tejovchi
texnologiyalar tatbiq etilgan) yo‘qotiladi [5].

XULOSA.

Ta’kidlash o‘rinliki, respublikamizda suv resurslari iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai

nazardan nomutanosib taqsimlangan, ya’ni aholining yashash joyi, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining joylashuvi va boshqa me’yorlarga mos emas. Masalan, suv
havzalari yaqin joylashgan hududlarda suv ta’minoti yuqori va ulardan uzoqlashgan
sayin suvga bo‘lgan ehtiyoj oshib boradi. Ushbu ehtiyoj yildan-yilga oshib boraveradi,
chunki suv hajmi ko‘paymaydi, aholi soni hamda maishiy xizmat, sanoat, qurilish va
boshqa sohalar ko‘payib bormoqda. Shuning uchun, nazarimizda, yaqin istiqbolda
ushbu muammoni hal etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlar majmuini amalga
oshirish zarur:

-suv isrofgarchiligini kamaytirish yo‘li bilan suvni tejash (aylanma suv

ta’minotiga o‘tish);

-sug‘orishning yangi, istiqbolli usullarini qo‘llash va sug‘orish tizimining

samaradorligini oshirish;

-yer osti va yer usti suvlarini to‘g‘ri (vaqt va makonda) taqsimlash;
-sifati buzilgan suvlarni tozalash texnologiyasini joriy etish;

-muzlik va tog‘li havzalardagi suv resurslari zaxiralaridan foydalanish

imkoniyatlarini topish;

-suvga nisbatan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ananlarimizni yosh avlod

ongiga singdirish yo‘llarini takomillashtirish va hokazolar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

3.“Suv-umumiy farovonlik uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan 10-Butunjahon suv
forumi materiallari.

2024 yil. may. Indoneziya (Bali).

davlat.uz›oz/news/view/12324.

2.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1,
yanvarfevral, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanishni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

69

ISSN:3030-3613

boshqarish mexanizmlari Amirov Lochinbek Fayzullayevich, TDIU katta ilmiy
xodim izlanuvchisi.

3.

Tashmatov X.T., Kushayev T.K., Ismaylova S.S. Suv xo‘jaligida innovatsiya
menejmenti.-T.: 2011.

4.

Umurzaqov O‘.P., Rizayev T. Suv iste’molchilari uyushmalarini barqaror
rivojlantirish imkoniyatlari. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.-Toshkent, 2011.-№1,
25-26-B.

5.

Sultonov A.S., Xudayberganov Z.D., Qo‘chqorova S.A. Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti.-
T., 2010 y.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

3.“Suv-umumiy farovonlik uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan 10-Butunjahon suv

forumi materiallari. 2024 yil. may. Indoneziya (Bali).

davlat.uz›oz/news/view/12324.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1,

yanvarfevral, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlari Amirov Lochinbek Fayzullayevich, TDIU katta ilmiy

xodim izlanuvchisi.

Tashmatov X.T., Kushayev T.K., Ismaylova S.S. Suv xo‘jaligida innovatsiya

menejmenti.-T.: 2011.

Umurzaqov O‘.P., Rizayev T. Suv iste’molchilari uyushmalarini barqaror

rivojlantirish imkoniyatlari. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.-Toshkent, 2011.-№1,

-26-B.

Sultonov A.S., Xudayberganov Z.D., Qo‘chqorova S.A. Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti.-

T., 2010 y.