Mualliflar

  • Axmedova Kamuna Muxammadxodjayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132753

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayon rivojlanish yuksalish qiziqarli dars maqsad ta’lim oluvchi.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada pedagogik texnologiya tushunchasi va uni dars 
jarayonida  qo‘llash  mexanizmlari  hususida  ayrim  fikr-mulohazalar  bayon  etilgan. 
Shuningdek  maqolada  pedagogik  texnologiya  tushunchasining  tarixiy  ildizlari, 
mualliflarning unga bergan ta’riflari keltirilgan bo‘lib, ushbu fikrlar asosida yakuniy 
mulohazalar yoritilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

33

ISSN:3030-3613

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNI DARS

JARAYONIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI

Axmedova Kamuna Muxammadxodjayevna

Qo‘qon davlat universiteti o‘qituvchisi


Annotatsiya.

Mazkur maqolada pedagogik texnologiya tushunchasi va uni dars

jarayonida qo‘llash mexanizmlari hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Shuningdek maqolada pedagogik texnologiya tushunchasining tarixiy ildizlari,
mualliflarning unga bergan ta’riflari keltirilgan bo‘lib, ushbu fikrlar asosida yakuniy
mulohazalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Pedagogik texnologiya, ta’lim, jarayon, rivojlanish, yuksalish,

qiziqarli dars, maqsad, ta’lim oluvchi.

ПОНЯТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ И МЕХАНИЗМЫ ЕЕ

ПРИМЕНЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ УРОКА

Абстрактный.

В данной статье представлены некоторые мнения о

понятии педагогической технологии и механизмах ее применения в ходе урока. В
статье также представлены исторические корни понятия педагогической
технологии, определения, данные ему авторами, и на основе этих мыслей
выделены итоговые комментарии.

Ключевые слова.

Педагогическая технология, образование, процесс,

развитие, рост, интересный урок, цель, обучающийся.

THE CONCEPT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGY AND MECHANISMS

OF ITS APPLICATION IN THE LESSON PROCESS.


Abstract.

This article presents some opinions on the concept of pedagogical

technology and the mechanisms of its application in the course of the lesson. The article
also presents the historical roots of the concept of pedagogic technology, the definitions
given to it by the authors, and based on these thoughts, the final comments are
highlighted.

Keywords.

Pedagogical technology, education, process, development, growth,

interesting lesson, goal, learner


Kirish.

Ta’lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan

kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.
Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ulardan ko‘zda tutilgan maqsadlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

34

ISSN:3030-3613

to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga
aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so‘nggi yillarda
pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-
tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda
pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan keng ko‘lamli serqirra
tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli
texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o‘quvchi (ta’lim oluvchi)
ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga o‘qituvchi, tarbiyachi tamonidan
ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi.

Tahlil va natijalar.

Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning

o‘rtalarida AQSHda paydo bo‘lib, 1940-50 yillar o‘rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi»
deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o‘qitishga nisbatan
qo‘llanilgan. 50-60-yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70-yillarda
«pedagogik texnologiya» iborasi qo‘llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq
belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan. 1979-
yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi
tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va
80-yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli
ta’riflar berilgan:

Texnologiya –

biror ishda, san’atda, mahoratda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar

yig‘indisi. (Izohli lug‘at).

Texnologiya –

ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati

metodlar yig‘indisi. (V.M.Shepel).

Pedagogik texnologiya –

Bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya)

vositalari yordamidao‘quvchi (talaba) larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir
ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini
shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov).

Pedagogik texnologiya

– o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari,

yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni
belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning
tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).

Pedagogik texnologiya –

texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini

hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va
bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning
tizimli metodi. (YUNESKO).

Pedagogik texnologiya –

bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion)

yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

35

ISSN:3030-3613

texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim
jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)

Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va

umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:

Pedagogik texnologiya –

barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.

Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko‘lamli, serqirra tushuncha

ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz
mumkin.

Pedagogik texnologiya –

axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda

foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli
bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.

Pedagogik texnologiya –

bu o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish

vazifasini qo‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik
resurslar va odamlarning o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo‘llash
va aniqlashning tizimli metodidir.

Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim

belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi

Uzluksiz ta’lim turlari bo‘yicha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim,

tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo‘shimcha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik
texnologiyalariga bo‘linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo‘yicha ona tli, xorijiy
tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy
fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.

Hozirda mavjud bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab

turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o‘tishimiz
kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo‘lib, u faqat
bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan
turlarigagina xos bo‘lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas.

Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu
tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi.

Bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha pedagogik texnologiyalar turlari:

o

Klassik ma’ruza;

o

Texnika vositalari yordamida o‘qitish;

o

Maslahatchilik tizimi;

o

Darslik bo‘yicha o‘qitish;

o

Kichik guruhlar tizimi;

o

Kompyuter yordamida o‘qitish;

o

Repetitorlik tizimi;

o

Dasturlashtiriladigan boshqaruv.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

36

ISSN:3030-3613

Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq

Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar

birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari
uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, quyida ular haqida
qisqacha bayon qilinadi.

Pedagogik texnologiya –

o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga,

fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

Metodika –

o‘qituvchining bilimi, ko‘nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari,

temperamentiga bog‘liq bo‘lib, ma’lum shaxs o‘qituvchi uchun qulay bo‘lgan o‘qitish
usullari va yo‘llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi.

Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.

Pedagogik texnologiyaning yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan ayrimlari

quyidagilar:

Hozirgi an’anaviy ta’lim

. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik

tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p
qo‘llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan
shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli
yo‘nalishlarda rivojlanmoqda.

Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga

asoslangan

pedagogik

texnologiyalar:

hamkorlik

pedagogikasi,

ta’limning

insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.

O‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish

asosidagi pedagogik

texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o‘yinlar, tayanch signallar konspektlari
texnologiyalari va boshqalar.

Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli

yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda.
Turli fan o‘qituvchilari tomonidan har bir o‘quv fanining asosiy xususiyati,
mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng
qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion,
integrativ ,adaptiv, inklyuziv va boshqa yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash jiddiy
ahamiyatga ega.

Xulosa.

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy

darajalardagi o‘qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy
darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni
nimaga qaratilishida farqlar mavjud.

Texnologiyalarda

ko‘proq

prossesual,

miqdoriy

va

hisob-

kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli
yo‘naltiruvchi tomonlari ko‘proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o‘zining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

37

ISSN:3030-3613

qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi, ko‘plab “agar”lar (agar o‘qituvchi
iste’dodli, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa….) yo‘qligi
bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma
mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual
bo‘lgan metoddan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘G‘Li, U. I. M. (2022). PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK
O‘QITUVCHILARDA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING
AMALIY-TEXNOLOGIK TIZIMI. Ta’lim fidoyilari, 13(7), 186-193.

2.

Усмоналиев, И. (2022). Bo ‘lajak o ‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini tarixiy
tafakkur asosida takomillashtirish zarurati va muammoning amaliyotdagi holati.
Общество и инновации, 3(5/S), 132-141.

3.

Murodjon o‘g‘li, U. I. (2022). BO ‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KASBIY
KOMPETENSIYASINI

TARIXIY

TAFAKKUR

ASOSIDA

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI VA BUGUNGI KUNDAGI
ZARURATI. JOURNAL OF

INNOVATIONS

IN

SCIENTIFIC

AND

EDUCATIONAL RESEARCH, 5(4), 498-502.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘G‘Li, U. I. M. (2022). PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK

O‘QITUVCHILARDA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING

AMALIY-TEXNOLOGIK TIZIMI. Ta’lim fidoyilari, 13(7), 186-193.

Усмоналиев, И. (2022). Bo ‘lajak o ‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini tarixiy

tafakkur asosida takomillashtirish zarurati va muammoning amaliyotdagi holati.

Общество и инновации, 3(5/S), 132-141.

Murodjon o‘g‘li, U. I. (2022). BO ‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KASBIY

KOMPETENSIYASINI TARIXIY TAFAKKUR ASOSIDA

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI VA BUGUNGI KUNDAGI

ZARURATI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH, 5(4), 498-502.