Mualliflar

  • Hurifarxon Axmedova Abdusattorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132779

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oila jamiyat tarbiya ruhiy taraqqiyot psixik jarayonlar muloqot ong oiladagi muhit hamkorlik

Annotasiya

Annotatsiya:  Tarbiya  bizdan  koʻp  narsalarni  talab  qiladi.   Masalan,  oila 
muqaddasligini  chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir-biriga 
oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr-muhabbat hech qachon oʻzgarmaydi. 
Muhabbat bu-  avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish uchun ham jasorat 
talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga kiyim, oziq-ovqat, 
uy-joy zarur. Shuningdek, albatta  taʼlim olishi uchun sharoit kerak. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

118

ISSN:3030-3613

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING OʻRNI HAMDA MUHIM

PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Hurifarxon Axmedova Abdusattorovna

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani MMTB tasarrufidagi

1-umumiy oʻrta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya

:

Tarbiya bizdan koʻp narsalarni talab qiladi. Masalan, oila

muqaddasligini chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir-biriga
oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr-muhabbat hech qachon oʻzgarmaydi.
Muhabbat bu- avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish uchun ham jasorat
talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga kiyim, oziq-ovqat,
uy-joy zarur. Shuningdek, albatta taʼlim olishi uchun sharoit kerak.

Kalit soʻzlar:

oila,jamiyat, tarbiya, ruhiy taraqqiyot, psixik jarayonlar, muloqot,

ong,oiladagi muhit, hamkorlik

KIRISH

Farzand – oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning hayotbaxsh

kuchi. Buyuk uzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy bolani «mexri anbar» - uyni
yoritadigan va oilaga baxt-quvonch keltiradigan nur deb xisoblagan edi. Farzand umr
mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nihoyatda mashaqqatli ish boʻlib,
ota-onalar bolalar tarbiyasida har doim ham istagan natijalariga erishavermaydilar.
Xayotining birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya‘ni uning tarbiyasi
bilan shugʻullanish oilaning asosiy vazifasidir. Oila jamiyatning boshlangʻich boʻgʻini
boʻlib, unda yangi inson vujudga kelad; bu kichik ijtimoiy guruh bola uchun dastlabki
xayot maktabidir.Ota-onalar bolaning birinchi oʻqituvchisi va tarbiyachisidirlar.

XXI asrda turli hayot tarzlari va g‘oyalar raqobatga kirishdi. Bunda

muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat о‘zligini saqlagan holda diniy va milliy
qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bо‘lishi lozim. Aks
holda, о‘zlikni yо‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan
ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yо‘q manqurtga aylantirib qо‘yadi. Hozirgi kunda
g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

119

ISSN:3030-3613

millatlarning о‘zligini yо‘qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor
xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yо‘naltirilgan.

Аlbatta bola tarbiyasi о‘ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir otaonadan

о‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar
bо‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy kо‘rsatma va
bilimlar jamlanmasi emas, balki о‘z ichiga diniyaxloqiy bilimlar, tibbiyot, etika,
psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan
murakkab jarayondir.

Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat

taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib
boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va
kо‘lamini oshirish talabini qо‘yadi. Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani
ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz о‘z farzandlaringizni tartib-intizomga о‘rgatsa,
bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.

Bolalarni intizomga о‘rgatish oila mustahkamligiga asos bо‘ladi. Islom shu

ma'noda ota-onalarni о‘z farzandlariga sog‘lom tarbiya berishga rag‘batlantiradi.
Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan
xulqlantiring” deb ta'kidlangan.

Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi.

Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va
tuyg‘ulariga chuqur ta'sir kо‘rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha
bо‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida о‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini
qayd etib о‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh
yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bо‘lsangiz, bu
tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash
negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga о‘ta e'tiborli bо‘lish
lozim.

Yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib
tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero,
hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga о‘z umri va salohiyatini
bag‘ishlagan allomalarimizning asarlarida sog‘lom avlod tarbiyasi bilan bog‘liq
masalalarga alohida о‘rin berilgan.

Sharq allomalari о‘z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni

ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar. Buyuk
mutafakkirlar farzand tarbiyasi, gо‘zal axloqning inson kamolotiga sabab bо‘luvchi
yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “alAdab al-mufrad
hadislar tо‘plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofiliyn” asarlarida
farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

120

ISSN:3030-3613

Yurtimiz ulamolari о‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan

ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bо‘lgan muomala odobining quyidagi
qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar:

-

farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinsо‘z, muloyim, bosiq va

kamtar bо‘lishiga e'tibor qarating;

-

odamlar xursandchiligini baham kо‘rish, g‘am-anduhidan qayg‘urish,

molmulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq
egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni
bolalikdan singdirish payida bо‘ling;

-

farzandingizga о‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat

qilish, о‘zgalarni mensimaslik, obrо‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat
kо‘rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;

-

yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning kо‘ziga tik

boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini
sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering.

Mamlakatimizda

sodir

bо‘layotgan

iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy

о‘zgarishlarning xalq milliy ruhiyatining negizi bо‘lmish oilaviy munosabatlarda aks
etishini tadqiq etish muhim masaladir. Oilaviy munosabatlar tizimi juda murrakkab va
ancha teran mazmunga ega bо‘lib, о‘z ichiga er-xotin о‘rtasidagi, ota-ona va
farzandlar, aka-uka va opa-singillar о‘rtasidagi va shu kabi qator munosabatlar tizimini
oladi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar shaxs shakllanishining muhim omili
hisoblanadi. Oilaning eng muhim vazifalaridan biri shaxs rivojlanishi uchun munosib
sharoitni yaratishdir.

Psixologik amaliyotda eng kо‘p tо‘qnash kelish mumkin bо‘lgan masalalardan

biri – ota-onalarning voyaga yetgan farzandlari bilan bо‘ladigan munosabatlariga doir
muammolardir. Odatda bunday muammo bilan kо‘pincha ona murojaat qiladi, biroq
ota-ona, ba’zan otaning о‘zi yordam sо‘raydigan holatlar ham uchraydi. Ota-
onalarning farzandlari borasidagi munosabatlarini shartli ravishda tо‘rt guruhga
bо‘lish mumkin (albatta, mazkur shikoyatlar birbirini inkor qiladigan emas, balki
taqozo etadigan muammolar bilan bog‘liq bо‘ladi):

1.

Farzandlar bilan muloqotning yо‘qligi: ularning qanday yashayotganlari,

qiziqishlari, intilishlarini bilmaslik, bolalari bilan «ochilib» gaplashmaslik, ota (ona)
sifatida begonaligini his etish va h.k. Bunday muammolarga ega mijozlar uchun
farzandlari tо‘g‘risidagi quyidagi fikr-mulohazalar xos bо‘ladi: «Men uni umuman
tushunmayman», «Men uning qaerlarda bо‘lishi, dо‘stlari xususida hech narsa
bilmayman», «U menga о‘zi haqida hech narsa demaydi, menga ishonchsizlik bilan
qaraydi» va sh.k.

2.

Farzandlarning ota-onaga nisbatan hurmatsizlarcha, keskin munosabati;

arzimagan sabablar bilan doimiy nizoga borishi, janjallashishi. Bunday holga «U doim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

121

ISSN:3030-3613

menga qо‘pollik qiladi, men bilan hisoblashmaydi, menga biror narsada
kо‘maklashmaydi, yordam bermaydi» qabilidagi shikoyatlar xosdir.

Jamiyatimizda olib borilayotgan barcha о‘zgarish va ma’naviy islohotlar

jamiyatda komil-barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir, bu esa о‘z navbatida
yaxshi fuqaro, jamiyatning barkamol a’zosini tarbiyalash hamdir. Shuning uchun oila
muhitida ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarni tо‘g‘ri tashkil etish bilan oilada
yuz berishi mumkin bо‘lgan nizolarning oldini olinadi.

Tarbiya

bizdan

koʻp

narsalarni

talab

qiladi.

Masalan,

oila

muqaddasligini chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir-biriga
oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr-muhabbat hech qachon oʻzgarmaydi.
Muhabbat bu- avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish uchun ham jasorat
talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga kiyim, oziq-ovqat,
uy-joy zarur. Shuningdek, albatta taʼlim olishi uchun sharoit kerak. Afsuski, hozirgi
kunda ular uchun qoʻl telefoni zarur deb hisoblashadi. Biroq farzandlar tarbiyasi uchun
eng muhimi insoniy samimiyat va ota-onaning eʼtibori va mehr-muhabbatidir.
Shunaqangi meʼyorlar mavjudki ularni oʻzgartirish mumkin emas. Bu insonnig
biologik xususiyatlari hisoblanadi.

Har bir bola oʻzi bir moʻjiza! Har bir oila oʻzi bir saltanat! Shuning uchun

oʻzaro munosabatda juda ehtiyotkorlik darkor. Donishmandlarning taʼkidlashicha:

Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni oʻrganadi.

Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni oʻrganadi.

Agar bola qoʻrquvda yashasa, u qoʻrqoqlikni oʻrganadi.

Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni oʻrganadi.

Agar bolaning ustidan koʻp kulishsa, uyatchan boʻlishni oʻrganadi.

Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni oʻrganadi.

Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini oʻrganadi.

Agar bola qoʻllab-quvvatlash bilan yashasa, u oʻziga ishonishni

oʻrganadi.

Agar bola bagʻrikenglikda yashasa, u sabrli boʻlishni oʻrganadi.

Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni oʻrganadi.

Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni oʻrganadi.

Agar bola rostgoʻylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat

nimaligini oʻrganadi.

Agar bola xavfsizlikda yashasa, u oʻziga va atrofidagilarga ishonadi.

Agar bola doʻstlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy

ekanligini anglaydi.

Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham

osoyishtalikda yashaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

122

ISSN:3030-3613

Bola oilada shakllanadi,ravnaq topadi.Shu sababdan oila bola uchun tarbiya

oʻchogʻidir.

Oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, yurtimizda

oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy –iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish, jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va har tomonlama rivojlangan
barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash, sogʻlom oilani
shakllantirish, mahalalar mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirish, borasida olib
borilayotgan islohatlarni yanada rivojlantirishga doir keng koʻlamli chora-tadbirlar
tashkil etilmoqda. Sogʻlom bola tarbiyasida mahallaning rolini kuchaytirish boʻyicha
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqilmoqda. Sogʻlom bolaning shakllanishida
taʼlim va sportning rolini kuchaytirish, ularni zamon talablariga muvofiq jihozlash,
yuqori malakali pedagog va mutaxassislar bilan taʼminlash, bolalarni maktabga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, boshlangʻich taʼlim sifatini yuksaltirish, ilgʻor
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish,
sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etish, bolalar, ayniqsa, qizlar oʻrtasida jismoniy
tarbiya va sportga mehr uygʻotish boʻyicha aniq choratadbirlarni amalga oshirish
hamda Kam taʼminlangan oilalarda voyaga yetayotgan ukuvchilarni sport turlari va
jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga keng jalb qilish. Iqtidorli bolalarning
intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni
yanada yaxshilash maqsadida iqtidorli bolalarning individual salohiyatini rivojlantirish
va roʻyobga chiqarish maqsadida ularning xalqaro fan olimpiadalarida ishtirokini
taʼminlash umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida qarovsizlik, huquqbuzarlik,
jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar majmuini
oʻz ichiga oladi.

Bola tarbiyasida uning maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning

oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Aynan oilada milliy iftihor tuygʻusi shakllanadi. Milliy
iftihor esa insondagi yuksak maʼnaviy fazilatlarni hosil qiladi. Ushbu insoniy fazilatlar
esa Vatan, uning istiqboli, milliy manfaatlari bilan uzviy bogʻliqdir. Kattalarga izzat-
ikrom, kichiklarga mehr, ota-onalarga eʼzoz, farzandlarga mehrmuhabbat kabi insonni
inson sifatida ulugʻlaydigan, maʼnaviy-axloqiy jihatdan goʻzal va barkamol qiladigan
qadriyatlarimiz har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlar qalbidan mustahkam oʻrin olishi lozim.

Maʼlumki, xalqimiz azal-azaldan oʻzining bolajonligi, oilaparvarligi bilan

ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qoʻyish, uning qornini toʻq, ustini but qilish
bilan bir qatorda, ularni yoshlik chogʻidan boshlab tarbiya, axloq-odob, yuksak
maʼnaviyat, oʻz yurtiga sadoqat kabi tuygʻularni shakllantirish asosida voyaga
yetkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga eʼtibor bermaslik
nafaqat oila, mahallasi uchun, balki butun jamiyat rivojiga toʻsqinlik qilishi va salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham koʻpgina hayotiy misollarda kuzatilgan.
Zero, kishining kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va maʼnaviy asoslar har doim
bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan. Oila va nikohning muqaddasligini anglash,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

123

ISSN:3030-3613

oilani huquqiy asosda qurish, turli yot gʻoyalarga berilib ketmaslik-dan ogoh boʻlish,
ota-onaning bolalar oldidagi, farzandlarning ota-ona oldidagi burch va vazifalarini
singdirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati katta. Oʻzbekiston Respublikasi Oila
Kodeksining 73moddasida quyidagi qoidalar belgilab qoʻyilgan:

Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona

oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining
sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari
shart. Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun
huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim
olishini taʼmin-lashi shart. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini
bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foyda-lanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega,
bola manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnodir. Binobarin, jismonan
sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni
tarbiyalashda oilaning roli muhim hisoblanadi.Yoshlarni “intellektual nuqtai nazardan
barkamol, yoshlari bilimli, or-nomusli, vatanparvar” qilib voyaga yetkazish uchun esa
taʼlim bilan tarbiyani bir-biriga uzviy tarzda olib borish kerak. Taʼlim-tarbiya
tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi oʻsib kelayotgan yoshlarni vatanparvar,
zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirgan hamda jamiyatda oʻz
munosib oʻrnini egallashga qodir boʻlgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni
voyaga yetkazishdir.

XULOSA

Insonni shaxs boʻlib shakllanishida, hayotda oʻz oʻrnini topishi, el-yurt ichida

izzat-hurmatga ega boʻlishi, yuksak axloq-odob qoidalarini oʻzida mujassam etishida
u yashab turgan oila va mahala asosiy poydevordir. Bu poydevorning mustahkamligi
oilaviy anʼanalarning bardavomligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning
uygʻunligini taʼminlashi ota-onalar va keksa avlodning jamiyatdagi halol mehnati, oila
va turmush doirasidagi shaxsiy oʻrnagi, ajdodlari beradigan oqilona oʻgitlari, cheksiz
va samimiy gʻamxoʻrligiga koʻp jihatdan bogʻliq.Xalqimizning shunday ezgu
maqsadlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida mustaqillik yillarida Yurtboshimiz
rahnamoligida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga
koʻtarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019
yil 31-dekabrdagi 1050-sonli qarori.

2.

Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: «Oʻzbekiston faylasuflari milliy
jamiyati»nashriyoti, 2010.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

124

ISSN:3030-3613

3.

Alimova G., J. Kamolov, Sh. Abdullaeva. “Oila –mahalla –ta’lim muassasasi”
hamkorligi. T., 2014. –64 b.

4.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya

konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019

yil 31-dekabrdagi 1050-sonli qarori.

Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: «Oʻzbekiston faylasuflari milliy

jamiyati»nashriyoti, 2010.

Alimova G., J. Kamolov, Sh. Abdullaeva. “Oila –mahalla –ta’lim muassasasi”

hamkorligi. T., 2014. –64 b.

Ziyo.net