Mualliflar

  • Munisa Muxammadiyeva Shuhrat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.132791

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ingliz tili o‘qitish metodikasi amaliy bilimlar metodlar olimlar fikri innovatsion metodlar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli 
o‘tqazishda  pedagogik  metodlarning  o‘rni  yoritib  berilgan  va  ularga  misollar  ham 
berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil 
o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim 
maktab,  bolalarga  chet  til  o‘qitish  metodikasidan  amaliy  bilimlarni  egallash  talab 
qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

252

ISSN:3030-3613

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR

Munisa Muxammadiyeva Shuhrat qizi

Yangi hayot tumani 285-umumiy

o'rta ta'lim Ingliz tilli

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli

o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham
berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil
o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim
maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

ingliz tili o‘qitish metodikasi, amaliy bilimlar, metodlar, olimlar

fikri, innovatsion metodlar.


Zamonaviy jamiyatning jadal rivojlanishi o‘quvchini materialni, ayniqsa, chet

tilini tez o‘rganishga va tushunishga majbur qiladi. Hozirgi kunda kamida bitta chet
tilini o‘zlashtirish mutaxassisning kasbiy malakasining ajralmas talabiga aylanib
bormoqda. Shu bois chet tillarini o‘rganish jarayonining samaradorligi va sifatiga
e’tibor qaratish zarur. Til o‘rganishning eng samarali usullari interaktiv metodlardir.
Maqolaning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda interaktiv metodlarning asosiy rolini
aniqlashdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: asosiy interaktiv
metodlarni tavsiflash va bu metodlardan foydalanishga misollar keltirish. Ingliz tili
o‘qitish metodikasining, umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit o‘rgatish,
mashqlar yechish, til tajribasini e'tiborga olish), xususiy (nutq namunasi yordamida
ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining
o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish,
ibtidoiy bosqichni yanada takomillashtirish), maxsus (grammatikani o‘rgatish,
leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash)
tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni jamlashtirishda chet tillarni
boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik.
Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil
o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim
maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab
qilinadi.

Har bir o‘qituvchi ingliz tili o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarnung shaxs

sifatida shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va uni egallashga sharoit yaratadi. Til
o‘rganish asosida o‘quvchi, talabalarda fanni o‘rganib ingliz tilining grammatikasini
bilgan holda erkin muloqot qilishi, mustaqil holatda fikr bildira olishi, tafakkur qilishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

253

ISSN:3030-3613

muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ingliz tili darslarini ilg‘or zamonaviy
usullar, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab darsni tashkil qilish
ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda, og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirishda o‘rni salmoqli sanaladi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish
o‘quvchilarning tafakkuri, tasavvurlari,

dunyoqarashi, qiziqishlarini orttirish bo‘yicha olib borilgan ishlarda o‘z ifodasini

topadi. Makkartining taʼkidlashicha, “chet tillarini o‘qitish metodologiyasi o‘tgan
yarim asr davomida juda rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima, audio-
lingvistik tuzilish, global audiovizual, induktiv/deduktiv, funksional, g‘oyaviy,
situatsion, kommunikativ, immersiya, o‘rganish/olish, tavsiya va boshqalarda olib
borilgan”. Binobarin, dars jarayonida audiovizual vositalardan foydalanish natijasida
xotirada so‘zlarning semantik ma’nosini yodda saqlash va leksik birliklarni qo‘llash
ko‘nikmasi takomillashadi. Ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, innovatsion
yondashuvlar va interaktiv metodlar o‘quvchi-yoshlarning yuqori darajada bilimli,
keng darajada yuqori malakaga ega bo‘lishini taʼminlaydi. Shuni aytish lozimki,
o‘quvchilar ingliz tilini o‘rganishlari uchun bu tilning grammatikasi bo‘yicha bilim,
ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishi uchun ular, avvalo, o‘z ona tilisining
grammatikasini yetarli darajada bilishi va jonli nutqda to‘liq rioya qilishi bilan
xarakterlanadi. Xususan, o‘quvchilar nutqida faol bo‘lgan leksik birliklardan biri bu
olmosh sanaladi. Dastavval, olmosh haqida ona tili

grammatikasidagi bilim, ko‘nikmalar hosil qilingan bo‘lsa, ingliz tilida shu

mavzuni oson tushunib yetadi. Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar
quyidagilardan iborat:

- Boshlangich sinflarda chet til o‘qitish metodikasining maqsadi, vazifalari,

predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar, vositalar, metodlar,
tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini to‘liq bilish;

- til o‘rganuvchilarga til materialini metodikasini tushuntirish;
- chet tilida nutq faoliyati turlarini eshitib anglash, gapirish,o‘qish va yozuv

malakalarini o‘rgatishni samarali bilish;

-chet tili o‘qitish jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, dars rejasi tuzish va

reyting tizimini bilish. Shu o‘rinda hozirda dars jarayonlarida bir necha metodlardan
foydalanib kelinmoqda.

Misol uchun:
1.

“B-B-B” ( BILAMIZ-BILISHNI XOXLAYMIZ-BILDIK) Bu metod

o‘quvchilar uchun ingliz tilidagi matinni yaxshi tushinishi, taxlil qilaolish qobiliyatini
kuchaytirishga yordam beradi.

2.

2. “QUICK ANSWERS” ya’niy tezkor savol-javob. Bunda o‘tilgan dars

yuzasidan o‘qituvchi o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tqazadi. Bu metod
o‘quvchilarning diqqatini tezligini oshirishga yordam beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

254

ISSN:3030-3613

3. “PANTOMIMA” bu usulda yangi so‘zlardan foydalangan holda imo ishora

bilan bir o‘quvchi ko‘rsatadi, qolgan o‘quvchilar qaysi so‘zligini topishlari kerak
bo;ladi. Bu metod o‘quvchilar zerikib qolmasliklari uchun yangicha usulda yangi
berilgan lug’atni so‘rash. Demak, yuqorida berilgan metodlarning har birining o‘ziga
xos dars jarayonlari uchun foydaliliklari bor.

Barcha metodlar singari interaktiv metodlarning o‘ziga xos maqsadi va vazifalari

mavjud. Bundan tashqari ushbu metodlardan onlayn ta’limda qo‘llash uchun
o‘qituvchi bir nechta tavsiyalardan boxabar bo‘lishi lozim. Masalan:

Birinchi

qoida:

auditoriyani

shunday

tayyorlash

kerakki,

bunda

ishtirokchilarning kichik yoki katta guruhlarda ishlashini tashkillashtirish lozim. Ijodiy
ish uchun materiallar oldindan tayyorlangan bo‘lishi shart.

Ikkinchi qoida

: jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish lozim.

Uchinchi qoida:

tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb

qilingan bo‘lishi kerak.

To‘rtinchi qoida

: tinglovchilarning ruhan tayyorgarligiga ko‘maklashish lozim.

Bu borada mashq qilishlar, ishda faol ishtiroklari uchundoimiy rag‘batlantirishlar,
ta’lim oluvchining o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish foydali bo‘ladi.

Beshinchi qoida:

interaktiv usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilganda guruhda

talim oluvchilar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak. Odatdatalabalarsoni 10-15 kishidan
oshmasagina, ish samarali bo‘ladi. Shunday qilib, berilgan usullarni ifodalagandan
so‘ng, biz interaktiv o‘qitish usullari ingliz tilini o‘rganishda o‘quv jarayonini
optimallashtirishga yordam beradi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ular
motivatsiya mexanizmlarini joriy etish va ingliz tilidagi muloqotni o‘rgatish
samaradorligini oshirishda yordam beradi. Talabalarni o‘qitish jarayonida interaktiv
usullardan foydalanishning afzalliklari kasbiy faoliyatning real sharoitlariga maksimal
darajada yaqinlashishi, talabalarning keng mustaqilligi, ijodiy raqobat sharoitida qaror
qabul qilish va o‘z-o‘zidan nutq qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy tilni o‘rgatish ko‘proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan
bo‘lib, u o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko‘nikmalariga ega
bo‘ladi. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir.
Shunga amin bo‘lgan holda o‘qituvchilar eng ilg‘or yondoshuvlar bilan tanishishlari
va keyinchalik ularni birlashtirishi va o‘z ishlarida foydalangan holda ta’lim tizimida
sezilarli o‘sishga erishish mumkin. Ko‘plab tashkilotlar axborotni jo‘natish va olish
uchun multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi darajaga o‘tmoqda.
Kompyuterlar va boshqa qurilmalardan foydalanish butun ta’lim jarayonining
muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta’lim jarayonida o‘tkaziladigan treninglarda nutq
ko‘nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga еtarli
e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta’limda har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Dars o‘qituvchi va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

67-son_1-to’plam_Avgust-2025

255

ISSN:3030-3613

o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilar mustaqil,
erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi.

Foydalangan adabiyotlar royxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «CHet tillarni o‘rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-son Qarori. –
Xalq so‘zi. – № 240 (5660). – Toshkent, 2012.

2.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J. J.
Jalolov, M. T. Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b.

3.

Tillar bo‘yicha umumiy Evropa ma'lumotnomasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash. –
M.: MGLPU. Sarma, 2015. - 248 b.

Bibliografik manbalar

Foydalangan adabiyotlar royxati:

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «CHet tillarni o‘rganish tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-son Qarori. –

Xalq so‘zi. – № 240 (5660). – Toshkent, 2012.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J. J.

Jalolov, M. T. Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b.

Tillar bo‘yicha umumiy Evropa ma'lumotnomasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash. –

M.: MGLPU. Sarma, 2015. - 248 b.