T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
38
ISSN:3030-3613
OTA-ONA VA O’QITUVCHI HAMKORLIGI: BOSHLANG’ICH SINFDA
MUVAFFAQIYAT KALITI
BOYMURZAYEVA MALOHAT ALISHEROVNA
SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMANI
32-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ota-ona va o‘qituvchi hamkorligining
boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta’siri tahlil qilinadi.
Hamkorlikning samarali shakllari, ota-onaning ta’lim jarayonidagi faol ishtiroki va
o‘qituvchilarning ota-onalar bilan muloqot strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
Muvaffaqiyat kalitlari sifatida ishonch, o‘zaro tushunish, doimiy aloqalar va qo‘llab-
quvvatlash tizimlari ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari ota-ona-o‘qituvchi hamkorligi
ta’lim jarayonini yaxshilash va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘rganish
natijalarini oshirish uchun muhimligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar
:
ota-ona hamkorligi, o‘qituvchi, boshlang‘ich sinf, ta’lim,
muvaffaqiyat kaliti, o‘quvchi rivoji, ota-onaning ishtiroki, ta’lim jarayoni, muloqot,
qo‘llab-quvvatlash.
“PARENT-TEACHER COLLABORATION: THE KEY TO SUCCESS IN
PRIMARY SCHOOL”
BOYMURZAYEVA MALOHAT ALISHEROVNA
SAMARKAND REGION, SAMARKAND DISTRICT
SECONDARY SCHOOL NO. 32
PRIMARY SCHOOL TEACHER.
Annotation:
This article analyzes the impact of parent-teacher collaboration
on the success of primary school students. Effective forms of cooperation, active
involvement of parents in the educational process, and communication strategies
between teachers and parents are examined. Keys to success such as trust, mutual
understanding, consistent communication, and support systems are emphasized. The
research findings highlight the importance of parent-teacher collaboration in improving
the educational process and enhancing the learning outcomes of primary school
students.
Keywords:
parent-teacher collaboration, teacher, primary school, education,
key to success, student development, parental involvement, educational process,
communication, support.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
39
ISSN:3030-3613
“OTA-ONA VA O’QITUVCHI HAMKORLIGI: BOSHLANG’ICH SINFDA
MUVAFFAQIYAT KALITI”
Umumta’lim tashkilotining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorligining
maqsadlari va shartlari o‘zaro munosabatlarni tashkil etishning muhim tarkibiy
qismidir. Ularning yutug‘i ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlik qilish
shakllari va usullariga -ularning birgalikdagi muloqotini va faoliyatini tashkil etish
usullariga bog‘liq.
Bola shaxsining har tomonlama va barkamol rivojlanishida oila qanday rol
o‘ynashini barchamiz yaxshi bilamiz, chunki bolalar ilk axloqiy saboqlarni oilada
oladi, ularning xarakteri ham aynan oilada shakllanadi. Ota-onalar bilan ishlash sinf
rahbari faoliyatida katta o'rin tutadi.Sinf rahbari ota-onalarni butun pedagogik
jarayonning sheriklariga aylantirishga harakat qilishi lozim. Buning uchun ushbu
ishning turli shakllari va faoliyati qo'llaniladi -bularni quyida ko'rib chiqamiz.
O'quvchini tarbiyalashda har qanday muvaffaqiyatga faqat uning ota-onasiga
individual yondashish orqali erishish mumkin, faqatgina o'quvchilarning ota-
onalaribilan aloqa o'rnatish kerak. Bolaning oilasi bilan tanishish uchun birinchi sinf
soatida bolalarga tarqatiladigan so'rovnomadan boshlanadi va bu so'rovnoma har yili
yangilab turadi. So'rovnoma uyda ota-onalar bilan to'ldiriladi. Bu ma'lumotlar faqat
sinf rahbari uchun emas, balki maktab hujjatlarini to'ldirish uchun ham kerak bo'ladi.
Ushbu so'rovnoma "ota-onalar to'g'risida ma'lumot", "ish bilan ta'minlash" va
"o'quvchilarning sog'lig'i holati", balki sinf rahbariningbota-onalar bilan ishlashga
imkon beradigan savollarni ham o'z ichiga oladi.
Inson kamoloti shunchalik murakkabki unga hayotiy tajriba yetarli emas uning
uchun o‘rganish, bilim, o‘qish nihoyatda zarurdir.K.D.Ushinskiy «Ijtimoiy tarbiyada
xalq ruhi» hamda «Pedagogik adabiyot orasida»gi risolalarida Ota-ona uchun
pedagogik bilim dastlab pedagogik adabiyotlar o‘rganishdan boshlanadi. Bola
tarbiyasidagi bilim xalq ruhi bilan sug‘orilgan-xalqchilik g‘oyasiga asoslangandagina
ota-ona bilimdon tarbiyachilik san’atiga ega bo‘la oladilar»,–deyilgan. Pedagogik
bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda, mahallada va kundalik
axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin hayotimizdagi yangi-yangi muammolar
pedagogik bilimini yanada kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi.
Hamkorlikning turli shakllari va usullarini tanlash maktab tomonidan amalga
oshiriladi va ushbu bosqichda hal qilinishi kerak bo‘lgan muayyan vazifalarga, ota-
onalarning qiziqishlari va intilishlariga, shuningdek, ushbu davrda jamiyatning
rivojlanishdarajasiga bog‘liq.
Guruh va jamoaviy hamkorlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
maktab miqyosida va sinfda ota-onalar yig‘ilishi, maktab tadbirlari, konsertlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
40
ISSN:3030-3613
o‘tkazish, ochiq kunlar (ota-onalar kuni), ota-onalar qo‘mitasining tematik
konferensiyalarini tashkil etish va ular bilan yaqindan hamkorlik qilish, ota-onalarning
ijodiy guruhlari bilan ishlash, savol-javob kuni, guruh maslahatlari, ota-onalarni
maktab ma’muriyati, pedagogik jamoa bilan uchrashish, ota-onalar uchun
ma’ruzalar;seminarlar, treninglar, o‘quv filmlarini ko‘rish va keyingi muhokamalar,
ota-onalar maktablari.
Shunday qilib, aytishimiz mumkinki, umumiy ta’lim muassasasi va oila
o‘rtasidagi hamkorlikning barcha shakllarining mazmuni o‘quvchilarning barkamol
rivojlanishiga qaratilgan faol ta’lim o‘zaro ta’sirini yaratishdir. O‘qituvchilar va
otaonalarning to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro aloqasi bolani yaxshiroq tushunishga,
oilada va maktabda shaxsiy ta’lim muammolarini hal qilishning eng maqbul usullarini
topishga yordam beradi. O‘qituvchi esda tutishi kerakki, u foydalanadigan barcha
shakllar bolalar, ota-onalar va maktab o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga,
ularni bir jamoaga birlashtirishga, ularning muammolarini bir-birlari bilan bo‘lishish
va birgalikda hal qilish zarurligini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Oila va
maktab hamkorligi maktab hayoti davomida davom etadigan jarayondir.
Bolani tarbiyalashda ko'p narsa o'qituvchi va ota-onalarning birgalikdagi
faoliyatiga bog'liq. Lekin har doim ham ota-onalar yetarlicha aloqa o'rnatishmaydi.
Afsuski, ba'zi otaonalar o‘z burchini yaxshi tushunmay, farzandining tarbiyasida jiddiy
xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bunday ota-onalar nafaqat o'qituvchidan, balki boshqa ota-
onalarning ijobiy tajribasi va energiyasidan ham kuchliroq alohida e'tibor va
yordamga muhtojdirlar. Menimcha, bunday oilalar o'zidan o'zi qoloq bo'lib qolmaydi.
Balki, ular moddiy tomondan qiynalib, bolasi tarbiyasiga e'tibor berisha
olmayotgandir. Balki, ota-ona o'rtasida ziddiyat paydo bo'lib, bolasiga vaqt ajrata
olmayotgandir. Bunaqa taxminlarni ko'plab keltirish mumkin, lekin bu taxminlar bola
kelajagini barbod qilmasligi kerak. Har qanday holatda ham bolaning o'sishi,
tarbiyalanishi, ta'lim olishi birinchi o'rinda hisoblanadi.Ota-onalar maktabga majlisga
bora olmasa o'qituvchi ota-onaning oldiga kelishi kerak.Bu ilmiy terminda oilaviy
tashrif deya nomlanadi.Oilaviy tashrif -bu ota-onalar bilan ishlashishning samarali
usuli hisoblanadi.Oilaga tashrif buyurganda, o‘quvchining yashash sharoiti bilan
tanishish asosiy maqsad sanaladi. O'qituvchi ota-onalar bilan o'quvchining fe'l-atvori,
qiziqishlari va moyilliklari haqida, maktabga bo'lgan munosabati to'g'risida
suhbatlashadi. Ota-onalarga farzandining muvaffaqiyati haqida ma'lumot beradi
hamda uy vazifasini vaqtida tashkil qilish bo'yicha bir qancha maslahatlar berishi
darkor. Ota-onalar bilan ishlashishning yana bir samarali usuli bu ota-onalar bilan
yozishmalar hisoblanadi. Bu ota-onalarga o‘z farzandlarining muvaffaqiyati haqida
xabar berishning yozma shakli bo'lib, ota-onalarni maktabda o'tkaziladigan tadbirlar,
bayramlar bilan tabriklash, bolalarni tarbiyalashda bir qancha maslahatlar berishga yo'l
ochadi. Xat yozishda asosan do'stona ohangda muloqot qilish lozim
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
41
ISSN:3030-3613
Tajribaning ko‘rsatishicha, ota-onalar ko‘pincha o‘zlarini tarbiyaviy ishga to‘la
tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb
hisoblamaydilar. Ota onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog K. D.
Ushinskiy o‘z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, Deb degan edi u, — shunday
xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish
bo‘lib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish
bo‘lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo‘lib ko‘rinadi. Deyarli hamma tarbiya
sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va
malaka, ya’ni ko‘nikma kerak, deb o‘ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma
qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil
qilish. Bunday bilimlarning yo‘qligi oilaviy tarbiyada ko‘plab xatolarga olib keladi,
guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo‘q.
Bu Jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va
xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin: Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining
yetishmasligi. Ular o‘zlari, ishlari haqida kam so‘zlab beradilar, o‘quv bilim yurti
o‘quvchilar jamoasining hayoti, o‘z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu
ishga munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi
shaxslarning ota- onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum etadi. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb
etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga ko‘milib ketgan
paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod
etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo‘ladilar.
Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o‘quv muassasasining
pedagogik kuch-g’ayratini yo‘qqa chiqaradi. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil
emasligi — onda-sonda o‘qishini tekshirish, biror nojo‘ya ish uchun jazolash va
hokazolar axloqiy immunitet hosil bo‘lishiga yordam bermaydi. Oilaviy tarbiyaning
asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik,
shaxs hayotini u har doim turli hattiharakatni mashk kiladigan tarzda tashkil eta
olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini
tug’diradi, mustaqillikning rivojlanishini susaytiradi. Harakatlarning o‘quv bilim yurti
bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida
pedagogga, o‘quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi va o‘sib boradi, bu esa
uning kamchiliklarini tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik
holatiga olib keladi. Ayrim otaonalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy
faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga,
o‘quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi. Qarorlar qabul
qilishda kechikish. Shaxs katta bo‘lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o‘ylash odatda
o‘zini oqlamaydi, ko‘pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan
qarovsizlik holatiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar qatoriga ota-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
42
ISSN:3030-3613
onalarning tarbiya usullarini bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o‘zgartirishni
bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob,
chidamning yo‘qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda
moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo‘shish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o‘z
shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o‘quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o‘ziga xos
xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarini, o‘quv
muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib
topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib belgilaydi, tajribaning ko‘rsatishicha,
sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligining ommaviy, sinf. Tarzidagi va yakka
tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo‘shib olib borish, bunda uning mazmunida
izchillikka rioya etish orqali erishiladi. Ko‘rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni
qo‘llashning eng yuqori natija berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo‘lib ular
quydagilardir: —oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga
olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning ota-
onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o‘zaro g’amxo‘p bo‘lishni
ta’minlash; —oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o‘z huquq va
burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash; —farzandlariga
chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo‘lib
yetishishlarini ta’minlash; —bozor munosabatlariga mos bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatish,
iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish; Shaxslarning ma’naviy
barkamol va jismonan sog’lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
Shaxslarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat
ruhida tarbiyalash; Shaxslarning bo‘sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib
chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ta’lim berish; Farzandlarida mavjud
bo‘lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish; O‘z
farzandlarining o‘quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to‘la
ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo‘lish; Ota-onalar o‘zlarining pedagogik va
psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi; Shaxslarda tejamkorlik va
ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish; Oilada milliy va
umuminsoniy tarbiyaning barcha yo‘nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich
amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash; Sanitariya-gigiyenik, ekologik
ko‘nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi
tarbiyani amalga oshirish; Oila, o‘quv bilim yurti va mahalla oldida o‘z farzandlarining
barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir; Sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo‘lgan
farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o‘rgatishdan iborat.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
43
ISSN:3030-3613
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o‘zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga
yaxshi nom qo‘yish, yaxshi muallim qo‘liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-
hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
XULOSA
Mavzuga oid masalani chuqurroq tahlil qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati
Shahrisabz tumanidagi aksariyat maktablari o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning ota-
onalari ishtirokida anonim kichik surovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijasida
maktab-ota-ona, o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlar taxlil qilindi. So‘rovnoma 15 ta
savoldan iborat bo‘lib, “Farzandingiz kelajakda qaysi yo‘nalishni tanlashini istaysiz?”,
“Farzandingiz bilan uyda birgalikda dars tayyorlaysizmi?”, “Farzandingiz bilan birga
(ta’lim uchun) kuniga necha soat shug‘ullanasiz?”, “Farzandingiz bilan birga uy
vazifalarini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelganmisiz?” kabi savolnoma matni
tuzildi. Demak, savolnomalarda ota-onalar ko‘pchiligi farzandi oliy ma’lumotli
bo‘lishini istashini anglaymiz. Shunga qaramay ota-onalarning 20 foizi farzandiga o‘zi
istagan kasbni tanlash ixtiyorini bergan . So‘ralganlarning 7 foizi farzandi savdo
sohasida ishlashini istaydi. Quvonarlisi respondentlarning ko‘pchiligi farzandining
dars tayyorlash jarayonida muntazam qatnashadi, ozroq qismi esa ba’zi-ba’zida bu
bilan shug‘ullanadi. Shug‘ullanishga vaqt topolmaydiganlar ham yo‘q emas. Ular
orasida “2–3 soatdan ko‘p”, “darsi tugaguncha”, “ba’zida ikki soatdan ham ko‘p”,
“bo‘sh vaqtimda”, “har xil”, “tunda” kabi variantlar uchraydi. Quvonarlisi farzandi
bilan birga shug‘ullana oladigan ota-onalar respondentlarning yarmini tashkil qilsa,
afsuski ba’zi-ba’zida vaqt ajratadiganlar ham anchagina ekan. Bu esa bolaning bir o‘zi
shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelayotganidan dalolat. Ular ichida “har kuni vaqt ajratishga
harakat qilaman”, “shug‘ullanaman”, “darslariga uncha tushunmaslik” kabi javoblar
bor. Sir emaski, fanzandiga uy vazifalarini bajarishda ko‘maklashadigan aksariyat ota-
onalar turli darajadagi qiyinchiliklarga uchraydi. Bular darslarni o‘zlashtirishdagi
qiyinchiliklar, to‘g‘ri metodikani tanlay bilmaslik, bola psixologiyasini tushunmaslik,
oilaviy muhit bilan bog‘liq va boshqa muammolar bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, farzandingizning o‘qituvchisidan uy vazifalari bo‘yicha
yordam so‘raganmisiz? degan savollarga 44 foiz respondent “Ha” deb javob bergan
bo‘lsa, 56 foizi o‘qituvchidan yordam olmasligini bildirgan. Bundan o‘qituvchi bu
yo‘nalish bo‘yicha ota-onalar bilan kam ishlayotganini, ochig‘i hamkorlik faqat
qog‘ozlarda bo‘layotganini aytish lozim. O‘qituvchining ota-onalar bilan ishlash
mahoratiga ega bo‘lmaganligi fikrimizni ochiqlaydi. Natijalar bolalar ta’limida otaona
nazorati baribir zarurligini ko‘rsatyapti. Negaki o‘zi qiziqib dars tayyorlaydigan
boladan ko‘ra faqat ota-ona nazorati ostida shug‘ullanayotgan o‘quvchining ham
ko‘rsatkichi yuqori foizda. Ayniqsa respondentlarning 33 foizi o‘yinqaroq deya bergan
javobi ham fikrimizni isbotlaydi. Albatta, nazorat bolani majburlashga, oqibatda esa
o‘qishdan bezdirishga olib bormasligi kerak. Mustaqil ravishda qo‘shimcha ma’lumot
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
44
ISSN:3030-3613
izlab, kerakli yechimni o‘zi topadigan ota-onalar ham oz emas – 22 foiz. Demak, turli
fanlar bo‘yicha ommabop metodik qo‘llanmalar chop etish, qo‘shimcha ma’lumotlar,
tushuntirishlar, topshiriqlarning yechimlarini turli nashrlar va internet saytlarda berib
borish, ulardan foydalanishni ko‘pchilikka imkonli va oson qilish bu boradagi
muammolar sezilarli darajada kamayishiga xizmat qiladi. Ular orasida dars
tayyorlashni istamagan farzandini jazolaydiganlar ham oz bo‘lsa-da, bor. Shu kabi
holatlarda ota-onalarga audio, video, kitob, qo‘llanma va maqola ko‘rinishidagi
tavsiyalar yordamchi bo‘lishi mumkin. Demak, ota-onalar farzandining ta’limi uchun
asosan fanlar bo‘yicha repetitor xizmati va chet tillarni o‘rganish uchun pulli
xizmatlardan foydalanadi. Kam bo‘lsa-da, sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari,
kasb-hunarga o‘qitish va musiqiy ta’lim uchun haq to‘laydiganlar ham bor.
So‘ralganlar orasida turli ijtimoiy qatlam vakillari borligi, ularning moliyaviy
imkoniyatlari turfa xilligini hisobga olsak, farzandi ta’limi uchun ko‘pchilik pul
sarflagan. Bundan ota-onalar “Eng yaxshi sarmoya – ta’limga kiritilgan sarmoya”
tushunchasiga tobora ko‘proq ega bo‘lib borayotganini anglash mumkin. Ota-onalar
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan shunday umumiy xulosaga kelish mumkin: ular
farzandining ta’limiga befarq emas, iloji boricha ta’limda ishtirok etishga, bu jarayonda
yuzaga keladigan muammolarni yechishga harakat qiladi. Ularga zarur tavsiyalar
berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ta’limdagi ishtirokini rag‘batlantirish, bu bo‘yicha
motivatsiya berish muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:
1.
Nishonov U., Tursunov I. «Pedagogika kursi» Toshkent 1997 yil.
2.
Babanskiy Y. K. «Pedagogika» M. 1988 yil.
3.
Munavvarov A. K. «Pedagogika» Toshkent 1996 yil.
4.
Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshevaSh., Sariyev Sh Ona tili
o‘qitish metodikasi. 2009
5.
G‘afforova T., G‘ulomova X. 1-sinfda o‘qish darslari. –T.: Sharq, 2003. –126
6.
Азимов,Ф. А. (2023).СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСОБЕННОСТИ
ФОРМИРОВАНИЯ ВОЕННЫХ ЗНАНИЙ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У
МОЛОДЕЖИ. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(13), 361-364.