T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
19
ISSN:3030-3613
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING ROLI: FAQAT BILIM EMAS,
TARBIYA HAM MUHIM
QANOATOVA RUXSHONA SHUXRATOVNA
SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMANI
32-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’limdagi
o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda o‘qituvchining vazifasi faqat bilim berish bilan
cheklanmasligi, balki o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda ham muhim rol
o‘ynashi ta’kidlanadi. Boshlang‘ich bosqichda berilgan saboq va tarbiya bola
shaxsining shakllanishi, kelajakdagi muvaffaqiyati va jamiyatga moslashuvi uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada o‘qituvchining sabr-toqat, mehr,
individual yondashuv kabi fazilatlarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so’zlar
:
boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi, tarbiya, bilim, shaxs shakllanishi,
pedagogik yondashuv, o‘quvchi rivojlanishi.
“THE ROLE OF A PRIMARY SCHOOL TEACHER: NOT ONLY
EDUCATION, BUT ALSO UPBRINGING MATTERS”
QANOATOVA RUXSHONA SHUKHRATOVNA
PRIMARY SCHOOL TEACHER
SCHOOL NO. 32, GENERAL SECONDARY EDUCATION
SAMARKAND DISTRICT, SAMARKAND REGION
Annotation:
This article explores the role and significance of primary school
teachers in the educational process. It emphasizes that a teacher’s responsibilities are
not limited to imparting knowledge but also include the comprehensive upbringing of
students. The education and moral guidance provided at the primary level serve as a
solid foundation for the formation of a child’s personality, future success, and
adaptation to society. The article also highlights the importance of qualities such as
patience, compassion, and an individualized approach in the work of a primary school
teacher.
Keywords:
primary education, teacher, upbringing, knowledge, personality
development, pedagogical approach, student growth.
“BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING ROLI: FAQAT BILIM
EMAS, TARBIYA HAM MUHIM”
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
20
ISSN:3030-3613
Boshlang‘ich ta’lim – bu bola hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib,
unda nafaqat bilim berish, balki shaxs sifatida shakllantirish ham asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi esa bu jarayonning bosh yetakchisi
sanaladi. U bolaga o‘qishni, yozishni, hisoblashni o‘rgatadi, lekin buning ortida yanada
chuqurroq maqsad – tarbiya yotadi.
O‘qituvchi o‘quvchiga mustahkam bilim berar ekan, uni ijtimoiy hayotga
tayyorlaydi. Farzandlar axloqiy qadriyatlarni, odob-axloq me’yorlarini, mehr-oqibat,
vatanparvarlik, to‘g‘rilik va mas’uliyat hissini aynan boshlang‘ich sinfda o‘zlashtiradi.
Bu yoshda bolaning dunyoqarashi shakllanadi, unga hayotga qanday qarash bilan
yurishi kerakligi haqida dastlabki tushunchalar beriladi. O‘qituvchining har bir so‘zi,
harakati, hatto yuz ifodasi ham o‘quvchiga ta’sir qiladi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har bir o‘quvchining individual
qobiliyatiga qarab yondashadi, ularning ruhiy holatini tushunishga harakat qiladi. Bola
o‘zini maktabda qulay va ishonchli his qilsa, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi ham ortadi.
O‘qituvchi darsdan tashqari vaqtda ham o‘quvchilarning fe’l-atvorini kuzatadi,
ularning muammolarini hal qilishga yordam beradi. Bu esa tarbiyaning ajralmas
qismidir.
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchidan nafaqat darsni tushunarli o‘tish, balki
bolalarga sog‘lom turmush tarzini o‘rgatish, ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylik,
muomala madaniyati kabi ko‘nikmalarni singdirish ham talab qilinadi. Demak,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi – bu pedagog, tarbiyachi, psixolog va do‘st vazifalarini
bir paytning o‘zida bajara oladigan fidoyi insondir.
“O’qituvchi o‘z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog‘i,
mustaqil ishlashini o‘rganmog‘i lozim” – degan edi A. Jomiy. Mamlakatimizda ilg‘or
xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni
nazarda tutuvchi oliy ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni
ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning
zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan
ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2909- sonli, 2017 yil 29 noyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli qarorlari, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF5313-sonli Farmoni va boshqa ushbu sohaga tegishli me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining o‘rni alohida hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
21
ISSN:3030-3613
maktabga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarning savodini chiqarishda, ularni shaxs
sifatida shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqilllik yillarida O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasidagi
tadqiqotlar. Bu davrlashtirishni bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion tayyorlash
davrlari genezisi sifatida ham qabul qilish o‘rinlidir. Bu davrlar uchun o‘qitishning
quyidagi usullari xarakterlidir: 1) Savtiya usuli; 2) Jamoa usuli; 3) Jadid usuli; 4) Sinf-
dars usuli; 5) Loyihalashtirishga asoslangan, natijalarga kafolatli erishishga
yo‘naltirilgan texnologik yondashuv.
Mazkur ta’lim texnologiyalari bir-biridan progressivligi bilan farq qilib, bir-
biriga nisbatan yangi, innovatsion texnologiya hisoblanadi, xususan, savtiya usuliga
nisbatan jamoa usuli, jamoa usuliga nisbatan jadid usuli innovatsion va h.k.
O’qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda ilgari surilgan
o‘qituvchi kasbiy professiogrammalarining tahlili hamda jamiyatning o‘qituvchilik
kasbiga qo‘yayotgan talablari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchisining sifatlari ishlab chiqildi.
Pedagogik oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
bitiruvchisining sifatlari quyidagicha guruhlandi:
1-guruh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga DTSda belgilangan bilim, ko‘nikm,
malaka, kompetensiyalarni shakllantirishga psixologik tayyorgarlik: jamiyat hayoti,
yosh avlod tarbiyasida o‘zining alohida rolini anglab yetish. Hozirgi zamon
o‘qituvchisi oldiga qo‘yiladigan talablarni bilish, pedagogik faoliyatga qobiliyatning
mavjudligi, o‘qituvchilik kasbiga qiziqish, nerv sistemasining egiluvchanligi,
chuqurligi va kuchliligi, undagi psixik jarayon (his qilish va idrok, diqqat, tasavvur,
fikrlash, xotira, nutq, iroda)larning optimal holatdaligi. Pedagoglik kasbiga va
o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini anglash.
2-guruh. Shaxs sifatlari: insonparvarlik, ma’lumotlilik, ma’naviy dunyosining
mazmuni, madaniyati, eruditsiyasi (iqtidori), o‘z bilimini doimo oshirib borish,
pedagogik odobga egalik, talabchanlik va adolatlilik, axloqiy qiyofasi, o‘z
o‘quvchilariga o‘qish, ishlash va yashashda namuna bo‘la olish, umuminsoniy va
milliy qadriyatlarni hurmat qilish.
3-guruh. Kasbiy sifatlar: o‘quvchi-yoshlarning o‘ziga xos va yosh
xususiyatlarini bilish, har bir o‘quvchi shaxsini loyihalashtira olish; didaktik
bilimlarning mavjudligi; o‘z o‘quv predmetini va unga doir so‘nggi yangiliklarni
bilish, o‘quv reja, dastur, o‘quv qo‘llanmalar, darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni
bilish; ta’lim vazifalari, funksiyalari va tashkil etish tamoyillarini bilish; o‘quv
dasturiga tuzatishlar kiritishni bilish, eskirgan ma’lumotlarni olib tashlash, o‘rniga
yangi, zamon talablariga mos, jonajon o‘lka tarixi, madaniyati, xalq an’analari
xususiyatlariga mos keladigan materiallarni qo‘ya olish; o‘quv ishlarini rejalashtirishni
bilish (kalendar va dars rejalari); o‘quvchilarning ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
22
ISSN:3030-3613
ta’minlovchi, ta’limning eng ta’sirchan, noan’anaviy shakl va metodlarini tanlay olish
va ijodiy qo‘llay olish ko‘nikmasi; xalqaro aloqalar imkoniyatlaridan foydalana bilish
ko‘nikmasi; ta’lim jarayonida, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida
tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilishga doir bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi;
o‘quv-tarbiyaviy ishlarni samarali olib borishda erishgan yutuqlarida to‘xtab
qolmaslik, faol ijodiy izlanishda davom etish. Bizning yondashuvimizga ko‘ra,
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qiyofasida quyidagilar bo‘rtib turishi kerak: -
bolaparvarlik; - o‘z kasbini sevishi; - pedagogik faol bo‘lish; - o‘zi ustida doimiy
ishlashi. Bunday yondashuv asosida oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash mapqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu jihatdan xalqaro pedagogik tajribalarjda qabul qilingan quyidagi
konseptual yo‘nalishlarga e’tibor berish lozim: a) bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilariga kasbiy, psixologik va pedagogik bilim berish; b) bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini pedagogik ko‘nikma bilan qurollantirish; g) bola bilan ishlash
psixologiyasini shakllantirish. Ushbu yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini tayyorlash kutilgan samarani berishi shubhasizdir.
Ayni paytda, har bir o‘qituvchi faoliyati davomida o‘zining kasbiy qiyofasini
takomillashtirib borishini unutib bo‘lmaydi. Bizning yondashuvimizga binoan bugungi
kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy yondashuvlardan xabardor bo‘lishi
kerak. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qiyofasida pedagogtk,
psixologik va estetik malakalik bo‘rtib turishi kerak. Bu borada quyidagi pedagogik
malakalarni egallash maqsadga muvofiq bo‘ladi: - bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari pedagogik vazifani qo‘ya olishi, o‘quvtarbiyaviy ishlarni samarali
tashkil eta olishi kerak; - imkon qadar har bir o‘quvchi bilan individual ishlash uslubiga
ega bo‘lishi shart; - o‘quv materiallari bilan ishlash ko‘nikmasini egallash bo‘lajak
o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini kasbiy tayyorlash. O’zbekistonda
barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun
quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini pedagogik qonuniyatlar va texnologiyalar bilan chuqur tanishtirish,
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak
yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb
egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish, dunyo
miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini
yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida
takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini
optimallashtirish, ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va
murabbiylari,
professor-o‘qituvchilari
va
ilm-fan
sohalari
vakillarining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
23
ISSN:3030-3613
jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib
qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish, pedagog
xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini «hayot davomida
o‘qish» tamoyili asosida takomillashtirib boorish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat
ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida
davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har
tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni
yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni
ommalashtirish; - ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga
aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning
innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada
mustahkamlash va rivojlantirish.
Pedagogik olimlarning fikricha, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
quyidagi funksional komponentlarni bilishi kerak: 1. o‘quv materiallarini tayyorolash
va taqdim etish; 2. o‘quvchilarni bilim va tarbiya olishga qiziqtira olishi; 3. o‘quvchilar
shaxsida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf eta olishi; 4. muntazam ravishda
o‘quvchilarni kuzatib borishi. Mazkur yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Tajribali pedagog olimalardan A.K.Markovo yondashuviga ko‘ra bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyati to‘rt yo‘nalishdan iborat: 1. kasbiy psixologik
va pedagogik bilimlarni egallash; 2. kasbiy pedagogik malakani egallash; 3. kasbiy
psixologik ko‘nikmalarni egallash; 4. shaxsiy fazilatlar egasi bo‘lish. Biznincha, ushbu
tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan asoslarga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim
jarayonini tashkil etishda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy, psixologik va estetik jihatdan
tayyorlashga e’tibolr berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirgi
zamon rivojlanish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda modellashtirish masalasiga ahamiyat berish
dolzarb bo‘lib turibdi. Unga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim jarayoni o‘ziga xos model
ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak. Chunki modellashtirish to‘rt jihatga ega bo‘ladi: -
model bu o‘quv materiallarini tizimli taqdim etish; - model muammolarni o‘z vaqtida
aniqlash va bartaraf etib borish; - model ta’lim oluvchini hamisha ob’ekt sifatida bilish;
- model yangi ma’lumotlarni o‘z vaqtida o‘quv jarayoniga kiritib borish. Shu jihatdan
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash ishlarini modellashtirib
olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
(2020 yil 23 sentabr) 5-bobida o‘qituvchilarning huquqiy maqomi belgilangan. Mazkur
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
24
ISSN:3030-3613
huquqiy maqomga ko‘ra, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatga quyidagi
asoslarga binoan yo‘naltirilishi kerak: - chuqur kasbiy tayyorgarlik va ma’naviyaxloqiy
fazilatlarga ega bo‘lish; - ta’lim oluvchilar huquqlariga rioya qilish; - kafolatlangan ish
sharoitidan foydalanish; - o‘quv dasturlarini tuzishda mualliflik dasturlarini ishlab
chiqishni bilish; - zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini
erkin tanlash; - innovatsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; - sog‘liqni
saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish; - ta’lim oluvchilarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish. Oliy pedagogik ta’lim
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu huquqlar asosida
faoliyatga yo‘naltirilishi kerak. Ayni paytda, mazkur Qonunda o‘qituvchilarning
quyidagi majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan: ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;, o‘quv
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi,
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
bilan birgalikda olib borishi, o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, tibbiy
ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi. Mazkur majburiyatlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy faoliyatga quyidagi
mexanizmlar asosida yo‘naltirilishi kerak: a) mutaxasssilik fanlarini o‘qitish
jarayonida; b) maxsus kurslar vositasida; v) mustaqil ta’lim vositasida; g) ustoz-
shogird an’anasi vositasida. Bu mexanizmlarga amal qilish bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirish jarayonini aniq tashkil etish imkonini
beradi. Misol uchun, mustaqil ta’lim vositasini olaylik. Pandemiya kabi murakkab
sharoitlar shuni ko‘rsatdiki, oliy pedagogik ta’lim jarayoni hamisha va har qanday
vaziyatda mustaqil ta’limga tayyor turishi kerak.
XULOSA
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi — bu bola hayotidagi ilk yo‘lko‘rsatuvchi, unga
nafaqat bilim, balki tarbiya, axloqiy mezonlar, jamiyatda o‘zini tutish qoidalarini
o‘rgatuvchi asosiy shaxsdir. Bola maktabga ilk bor qadam qo‘yganida, u hayotda yangi
bosqichni boshlaydi. Bu bosqichda unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, qalbiga ishonch,
ongiga bilim, yuragiga esa mehr singdirish o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
Boshlang‘ich sinfda berilgan tarbiya va o‘rgatilgan odatlar bolaning butun hayoti
davomida unga hamroh bo‘ladi. Shu boisdan, o‘qituvchining har bir yondashuvi, har
bir so‘zi va harakati bolaning shaxsiyati, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi va jamiyatga
munosabatida aks etadi.
Bugungi tez o‘zgarayotgan zamonda yosh avlodni faqat bilim bilan emas, balki
kuchli axloqiy poydevor asosida tarbiyalash juda muhim. Bu esa aynan boshlang‘ich
ta’lim tizimiga va unda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga katta mas’uliyat yuklaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
25
ISSN:3030-3613
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi jamiyatning ertangi kunini shakllantirayotganini chuqur
his etgan holda, nafaqat dars o‘tadi, balki har bir o‘quvchining ichki dunyosini
anglashga, uni ijobiy tomonga yo‘naltirishga harakat qiladi. U bolalarda Vatanga
sadoqat, ota-onaga hurmat, bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik kabi yuksak
fazilatlarni rivojlantiradi.
Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nafaqat ta’lim tizimining bir bo‘lagi,
balki butun jamiyat taraqqiyotining, inson kapitalining poydevorini barpo etuvchi
asosiy shaxslardan biridir. Uning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati orqali biz
sog‘lom, bilimli, tarbiyali va ijtimoiy mas’uliyatli yosh avlodni voyaga yetkazamiz. Bu
esa har bir xalqning kelajagini belgilovchi muhim omildir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI:
1.
Abduqodirova M., To‘rayev A. – Pedagogika asoslari. – Toshkent: “O‘qituvchi”,
2018.
2.
G‘ofurov N. – Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Samarqand: “Zarafshon”, 2020.
3.
Yo‘ldoshev Q., Rahimova M. – Umumiy pedagogika. – Toshkent: TDPU
nashriyoti, 2019.
4.
Qodirova G‘. – Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy faoliyati. – Toshkent:
“Fan va texnologiya”, 2021.
5.
Karimova N. – Psixologiya. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
6.
Xamidova D. – Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy ishlar. – Toshkent: “Ilm Ziyo”,
2022.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining **“Ta’lim-tarbiya tizimini yangi
bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”**gi qarorlari va tegishli normativ hujjatlar.
8.
Pedagogik va psixologik jurnallar: “Ta’lim va tarbiya”, “Boshlang‘ich ta’lim”,
“Xalq ta’limi” (so‘nggi yillardagi sonlari).