Mualliflar

  • Rajabov Nodirbek
  • Samatov. X

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93341

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Kasb-hunar halol rizq mehnat odobi islom hunar o’rganish ijtimoiy mas’ uliyat yoshlarga targ’ibot.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  inson  hayotida  kasb-hunar  o’rni  va  uning 
jamiyatdagi  ahamiyati  haqida  fikr  yuritiladi.  Halol  mehnat  orqali  topilgan  rizqning 
fazilati,  islomiy  manbalardagi  ko’rsatmalar,  Payg’ambarimiz  (s.a.v)  hayotlaridan 
misollar keltirilgan. Maqolada halol rizq topish madaniyati, odobi, mehnatsevarlik va 
ijtimoiy  mas’ uliyat  masalalari  yoritilgan.  Shuningdek,  yoshlar  orasida  hunar 
o’rganishga bo’lgan e’ tiborni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

66

ISSN:3030-3613

KASB-HUNAR VA HALOL RIZQ TOPISH ODOBLARI

Rajabov Nodirbek

Toshkent Axborot Texnologiyalari

Universiteti Samarqand filiali

KI24-02 guruh talabasi.

Ilmiy rahbar:

Samatov. X.


Annotatsiya.

Ushbu maqolada inson hayotida kasb-hunar o’rni va uning

jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Halol mehnat orqali topilgan rizqning
fazilati, islomiy manbalardagi ko’rsatmalar, Payg’ambarimiz (s.a.v) hayotlaridan
misollar keltirilgan. Maqolada halol rizq topish madaniyati, odobi, mehnatsevarlik va
ijtimoiy mas’ uliyat masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlar orasida hunar
o’rganishga bo’lgan e’ tiborni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

Kasb-hunar, halol rizq, mehnat odobi, islom, hunar o’rganish,

ijtimoiy mas’ uliyat, yoshlarga targ’ibot.

Insoniyat tarixida mehnat va halol rizq topish doimo asosiy qadriyatlar qatorida

bo’lgan. Har bir din, xususan, islom dini mehnatsevarlik, hunar egallash va halol yo’l
bilan rizq topishni targ’ib etadi. Odam (a.s) yaratilganidan boshlab, inson o’z hayotini
mehnat bilan obod qilishga da’vat etilgan. Shunday ekan, har bir musulmon kasb-hunar
egallash, haromdan tiyilish va halol rizq topishga intilishi lozim.

Qadimdan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga katta e’tibor qaratib, ularni,

jinsidan qat’i nazar, hunar va kasb egasi bo’lishiga intilganlar. Ular bolalarning
qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olgan holda tarbiyalashgan. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, bolada mehnatga bo’lgan munosabat, avvalo, oilada shakllanadi.
Insonning voyaga yetishi, shaxs sifatida kamol topishi va umuman, hayotda o’z o’rnini
topishi mehnatsiz mumkin emas. Insoniyat yaralganidan beri mehnat bilan
shug’ullanib kelgan. Avval faqat tirikchilik uchun amalga oshirilgan mehnat, vaqt
o’tishi bilan kengroq maqsadlarga, foyda keltirishga, jamiyatga xizmat qilishdek
sharafli ishga aylangan. Bugungi kunda ham bu mavzu o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Buxorolik olim Burhoniddin Mahmud ibn Sadr ush-Shar’iy yozgan Muhit

asarida keng yoritilgan. Quyida shu kitobda zikr etilgan ayrim mulohazalarga
to’xtalamiz.

Imom Muhammad rahmatullohi alayh Kasb nomli asarini Abdulloh ibn Mas’ ud

roziyallohu anhudagi rivoyat bilan boshlaydi. Unga ko’ra, Payg’ambarimiz sollallohu
alayhi vasallam shunday deganlar: Qandayki ilm talab qilish har bir musulmon uchun
farz bo’lsa, halol rizq ortidan yurish ham farzdir. Alloh taolo bandalari zimmasiga bir
qancha farz amallarni yuklagan. Bu amallarni ado etish esa, o’z navbatida, kasb bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

67

ISSN:3030-3613

chambarchas bog’liq. Shunday ekan, kasb-hunar egallash tahorat kabi zaruriyatga
aylanadi.

Buni tushunish uchun quyidagi jihatlarni ko’rib chiqamiz: farzlarni ado qilish

uchun avvalo insonning salomatligi va kuch-quvvati zarur. Bu quvvat esa oziq-
ovqatsiz bo’lmaydi. Oziq-ovqat topish uchun esa albatta mehnat qilish, ya’ni kasb
qilish kerak bo’ladi. Xuddi shuningdek, tahorat qilish uchun idish kerak, bu idishni
topish ham kasb evaziga mumkin. Namoz uchun avratni yopish shart, buning uchun
esa kiyim zarur, kiyim esa faqat kasb orqali olinadi.

Demak, kasb insonni farz amallarga tayyorlovchi asosiy vositalardan biri bo’lib,

mo’min uchun zarur bo’lgan burchdir.

Shuningdek, Alloh taolo O’zining muqaddas Kalomida bandalarni halol rizq

izlashga, ya’ni tijorat va kasb-hunar bilan shug’ullanishga undagan. Jum’a surasining
10-oyatida shunday marhamat qilinadi: Namoz ado qilingach, yer yuziga tarqalinglar
va Allohning fazlidan (rizqidan) izlanglar. Bu oyatdan anglashiladiki, halol mehnat
qilish, tirikchilik uchun kasb bilan shug’ullanish bevosita Qur’oni karimda tavsiya
etilgan bo’lib, bu amr Allohning roziligi sari eltuvchi yo’ldir.

Kasb-hunar bilan shug’ullanish nafaqat tirikchilik vositasi, balki barcha

payg’ambarlarning hayotiy amaliyotida ham muhim o’rin tutgan. Bu esa kasbni
nafaqat dunyoviy zarurat, balki diniy va axloqiy burch sifatida ham ko’rishga undaydi.
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: Bo’zchilikni lozim tutinglar,
zero, otangiz Ibrohim alayhissalom bo’zchi edilar, deb marhamat qilganlar. Bu hadis
kasbning qadimdan payg’ambarlar hayotida qanday ahamiyat kasb etganini yaqqol
namoyon etadi.

Yer yuzida eng avval kasb qilgan zot Odam alayhissalom bo’lib, u kishiga

Jabroil alayhissalom tomonidan bug’doy keltirilib, uni ekish, parvarishlash, o’rib,
yanchib, undan non tayyorlash amallari o’rgatilgan. Bu esa kasb-hunarni insoniyat
tarixi bilan uzviy bog’liqligini isbotlaydi. Nuh alayhissalom duradgorlik bilan, Idris
alayhissalom tikuvchilik bilan, Dovud alayhissalom temirchilik bilan, Sulaymon
alayhissalom savat to’qish bilan, Zakariyyo alayhissalom esa duradgorlik bilan
tirikchilik qilganlar. Iso alayhissalom esa onalari to’qigan kiyimlarni sotib yoki
daladan boshoq terib, kun kechirganlar.

Bu misollar shundan dalolat beradiki, har bir inson hayotda o’z ehtiyojlarini

halol mehnat bilan qondirishi kerak. Hatto payg’ambarlar kabi ulug’ zotlar ham kasb
bilan mashg’ul bo’lgan ekan, demak biz ham bu yo’ldan borishimiz lozim. Alloh taolo
An’om surasining 90-oyatida marhamat qiladi: Ular (payg’ambarlar)ning yo’llariga
ergashing. Bu esa kasb-hunarning naqadar muqaddas va ilohiy yo’l ekanini tasdiqlaydi.

Islom fiqhida ham kasbning darajalari ko’rsatilgan. Eng avvalo, har bir kishi

o’zining kunlik ehtiyojlarini hal qilish uchun mehnat qilishi farzdir. Agar uning
zimmasida oila, turmush o’rtog’i, voyaga yetmagan farzandlari bo’lsa, u holda ularning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

68

ISSN:3030-3613

nafakasini ta’ minlash ham uning burchiga kiradi. Xotin, bola-chaqa, hattoki
kambag’al

ota-onaning

ro’zg’orini

yuritish

ham

insonning

zimmasidagi

mas’ uliyatlardan sanaladi.

Agar inson o’ziga va unga qarashli yaqinlariga kifoya qiladigan darajada rizq

topib, undan ortig’ini jamg’arishni yoki boshqa to’g’ri yo’llarda ishlatishni niyat qilsa,
bu ham joizdir. Faqat bu ortiqcha kasb-fayzga faxr, riyo, kibr aralashmasligi kerak.

Ya’ ni, kasb-hunar bilan halol rizq topish nafaqat dunyoviy zarurat, balki diniy

burch, payg’ambarlar sunnatidir. Bandaning o’z va yaqinlari uchun halol rizq izlashi
Alloh roziligini topishga xizmat qiladi.

Kasb-hunar egallash nafaqat iqtisodiy mustaqillik, balki insonning jamiyatdagi

mavqei, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Hunarli inson hech qachon xor bo’lmaydi.
Rasululloh (s.a.v) aytganlar:

“Hech kim o’z qo’li bilan topganidan ko’ra yaxshiroq taom yemas. Allohning

payg’ambari Dovud (a.s) ham o’z qo’llari bilan mehnat qilib rizq topardilar.” (Buxoriy)

Halol mehnat bilan topilgan rizq Allohning rizoligiga olib boradi. Qur’ oni

karimda aytiladi:

“Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimizning halol va poklaridan

yenglar...” (Baqara surasi, 172-oyat)

Halol rizq inson qalbiga sokinlik, jamiyatga esa baraka olib keladi. Harom yo’l

bilan topilgan mol esa insonni ijtimoiy, ruhiy va diniy halokatga olib boradi.

Halol mehnat qiluvchi inson quyidagi odoblarga amal qilishi lozim:

Halollik: Har qanday yolg’on, firibgarlikdan yiroq bo’lish.

Adolat: Ishdagi sheriklar, mijozlar bilan adolatli muomala.

Mas’ uliyat: O’z kasbini puxta o’rganib, unga vijdonan yondashish.

Qanoat: Mehnat evaziga topgan narsaga shukr qilish.

Tavakkul: Harakatni qilish, natijani Allohga topshirish.

Shuni ham aytish joizki, bir kishi tushida buyuk zot Abdulloh ibn Muborak

rahmatullohi alayhni ko’radi. Tushida undan so’raydi: Alloh taolo Sizga qanday
muomala qildi? U zot shunday javob beradi: Robbim menga mag’firat qildi, o’zining
yuksak fazli ila menga marhamat ko’rsatdi. Ammo shunga qaramay, uydagimning
ro’parasida yashagan temirchiga berilgan darajaga erisha olmadim.

Bu tushdan ta’sirlangan kishi uyg’ongach, o’ylab qoladi: qanday qilib oddiy bir

temirchi bunday oliy maqomga loyiq bo’lgan? U holni aniqlash uchun surishtiradi va
temirchining xonadonini topadi. Temirchining bevasi bilan suhbatlashib, unga
tushidagi voqeani hikoya qiladi va so’raydi: Eringiz qanday fazilatli ishlarni qilgan
edilar?

Ayol unga shunday deydi: “ Erim oddiy temirchi edi. Kun bo’yi mehnat qilib,

oilamiz uchun rizq topardi. Kechasi esa charchaganidan uxlab qolardi. Ammo qalbida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

69

ISSN:3030-3613

solih bandalar kabi tahajjud o’qish istagi bor edi. Ko’pincha Abdulloh ibn
Muborakning kechki ibodatlarini eslab: “Agar moliyaviy imkoniyatimiz bo’lsa, men
ham tunlari ibodat qilardim”, derdi. Ish vaqtida azonni eshitguday bo’lsa, agar qo’lida
bolg’a ko’tarilgan bo’lsa ham, uni urmasdan qo’yar, so’ng: “Azon yangraganidan
keyin bu bolg’ani ishlatish menga to’g’ri kelmaydi, deb barcha ishini tashlab, darhol
masjidga yo’l olardi.

Bu temirchi haromdan yiroq bo’lib, halol mehnat bilan rizq izlar edi. U nafaqat

rizq topardi, balki Allohning buyruqlariga bo’ysunib, o’zini ibodatga ham bag’ishlardi.
Dunyoviy majburiyat bilan ilohiy chaqiriq to’qnash kelganda, u doimo Allohning
amrini ustun qo’yar edi. Shuning uchun ham u oddiy kasb egasi bo’lishiga qaramay,
Alloh taolo huzurida yuksak darajaga erishdi.

Bu rivoyat Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning so’zlarini eslatadi: Men

dunyo ishlari bilan ham, oxirat ishlari bilan ham mashg’ul bo’lmagan bo’sh
bekorchilarni yoqtirmayman, deb aytganlar. Chunki haqiqiy musulmon uchun dunyo
ishlari ham oxirat bilan bog’liq bo’lishi lozim.

Rizq bu Alloh taoloning bergan ne’mati bo’lib, uni faqat halol yo’l bilan izlash

lozim. Harom yo’llar bilan rizq topishga urinish esa katta gunohdir. Alloh taolo bu
borada Baqara surasining 172-oyatida shunday deydi:

Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo’lsangiz, sizlarga Biz rizq

qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz! (Baqara, 172).

Bu oyat halol rizq tanlash va Allohga shukr qilishning naqadar muhimligini

ko’rsatadi. Temirchining holati esa bizga amalda buni isbotlab beradi: niyat pokligi,
halollik, ibodatga bo’lgan ixlos orqali oddiy inson ham Allohning huzurida ulug’
maqomlarga erisha oladi.

Dinimizda har bir insonning o’z mehnati bilan yashashi, boshqalarga qaram

bo’lmasdan, halol rizq topishi targ’ib etiladi. Kuch-quvvati yetarli bo’lgan kishining
ish qilish o’rniga tilanchilik bilan shug’ullanishi diniy jihatdan man qilingan. Ayniqsa,
sog’lom, mehnatga layoqatli erkak va ayollarning ko’chalarda tilanchilik qilishi
nafaqat Islomiy qarashlarga, balki milliy an’analarimizga ham zid hisoblanadi.
Ulamolarimizning ta’kidlashicha, bir kunlik taom topishga qodir odamning sadaqa
so’rashi harom sanaladi. Hanafiy fiqhida esa mehnat qilishga imkoniyati bo’lgan
kishiga sadaqa berish joiz emasligi aytilgan. So’fi Olloyor ham Sabotul ojizin asarida
bu holatni shunday tasvirlaydi: Kimda to’kinlik bo’lsa, tilanchilik qilish haromdir.
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) esa: Beruvchi qo’l oluvchidan yaxshiroqdir, deb
marhamat qilganlar. Atoqli ajdodlarimiz ilm olishga, kasb-hunar egallashga katta
ahamiyat bergan, bilimli va mehnatkash insonlarni hurmat qilganlar. Bugungi kunda
yurtimizda ham yoshlarga kasb o’rgatish, ularni mehnatga yo’naltirish borasida keng
ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Usta-shogird tizimi asosida yoshlarning hunarga
bo’lgan qiziqishi qo’llab-quvvatlanayotgani e’ tiborga loyiqdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

70

ISSN:3030-3613

Bundan tashqari, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni ish bilan

shug’ullanmayotgan kishilarni ko’rib, ulardan sababi haqida so’raganlar. Ular esa:
“ Biz Allohga tavakkul qilamiz, – deb javob berganlar. Shunda Umar roziyallohu
anhu: “ Bu tavakkul emas. Chin tavakkul qilgan inson avval urug’ni yerga qadab, keyin
Allohga ishongan kishi bo’ladi. Hech kim “Ey Alloh, rizq ber' deb, o’zi harakat
qilmasdan o’tirib qolmasin. Osmondan na tilla, na kumush yog’iladi, deganlar.

Shuningdek, ular sadaqalarga suyanib, mehnat qilmaydigan kambag’allarga

qarata: “ Ey faqirlar, savobli ishlar uchun musobaqalashinglar, musulmon jamiyatiga
yuk bo’lib qolmanglar, deb nasihat qilganlar. Said ibn Mansur Ibn Mas’uddan
keltirgan rivoyatda u zot shunday deydi: Men hech qanday foydali ish bilan mashg’ul
bo’lmaydigan kishilarga qarashni yoqtirmayman

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu yana shunday deganlar: Bir kishini ko’rib

unga mehrim tushadi, lekin so’ngra undan biror hunaring bormi deb so’rayman. Agar
“yo’q” desa, u kishiga bo’lgan nazarim o’zgaradi.

Bu rivoyatlardan anglashiladiki, Islom dini har bir insonni kasb-hunar egallab,

jamiyatga foyda keltiradigan ish bilan shug’ullanishga targ’ib qiladi. Bekorchilik esa
tanqid qilinadi. Ilm olish va kasb o’rganish dinimizda faqat tavsiya emas, balki muhim
vazifa sanaladi.

Shu sababli ota-onalar farzandlarining qobiliyat va moyilligini hisobga olgan

holda, ularni yoshlikdan boshlab ilm olish va hunar egallashga yo’naltirishlari, zarur
shart-sharoitlarni yaratishlari muhimdir.

Yosh avlodni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, o’z kasbining mohir egasi

bo’lishga ruhlantirish kerak. Bu ularning diniy burchi bo’lishi bilan birga, jamiyat va
vatan oldidagi mas’uliyatlaridir. Shunday bo’lsa, ular ilm, kasb-hunar, ko’nikma va
malakalari bilan xorijga chiqib aldanmasdan, balki o’z yurti taraqqiyotiga hissa
qo’shadigan, Vatan oldidagi mas’uliyatini his etadigan, porloq kelajakni barpo
etadigan yetuk shaxslar sifatida voyaga yetadilar.

Yurtimizda va umuman insoniyat tarixida eng buyuk ibrat manbai bo’lgan

payg’ambarlar ham, faqat ilohiy risolalarni yetkazish bilangina cheklanib qolmaganlar.
Ular o’zlarining halol mehnatlari, hunar va kasblari orqali ham o’z ummatlariga
namuna bo’lishgan. Masalan, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) savdogar bo’lgan
bo’lsalar, boshqa payg’ambarlar orasida chorvachilik, dehqonchilik, temirchilik yoki
duradgorlik bilan shug’ullanganlari ham bo’lgan. Bu esa islom dinining halol mehnat
va o’z mehnati bilan rizq topishni naqadar ulug’lashini yaqqol ko’rsatadi.

Rizq izlash yo’lida inson turli sinovlarga duch keladi. Ba’zida ko’proq daromad

topish istagi uni nojo’ya, harom yo’llarga boshlashi, boshqalarning haq-huquqiga
tajovuz qilishga undashi mumkin. Biroq dinimizda bunday yo’llar qat’iyan man
etilgan. Harom yo’llar bilan boylik orttirganlar qisqa muddatda natijaga erishgan
bo’lishi mumkin, lekin ularning qalbi halovatdan mosuvo bo’ladi va oxiratda og’ir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

71

ISSN:3030-3613

azobga duch keladilar. Aksincha, halol mehnat qilgan odamning rizqi barakali bo’ladi,
u xotirjam hayot kechiradi. Homid Lifofiy shunday deydi: To’rt narsani noto’g’ri
joydan izladik, lekin ularni to’g’ri manbadan topdik: boylikni mol-dunyoda emas,
qanoatda; rohatni mo’l-ko’lchilikda emas, ozgina molda; lazzatni ne’matda emas,
salomatlikda; rizqni yerda emas, osmondan topdik.

Shu bois, har bir musulmon o’z hayotida kasb-hunar egallab, jamiyatga foydali

bo’lishga, oilasini halol rizq bilan ta’minlashga intilishi lozim. Bu nafaqat moddiy,
balki ma’naviy yetuklikka ham olib boradigan muhim qadriyatlardan biridir.

Bugungi kunda yoshlarga hunar o’rgatish orqali ularning hayotda mustaqil,

ma’naviy barkamol bo’lib voyaga yetishlari ta’ minlanadi. Hunarsiz inson boshqalarga
tobe, ijtimoiy himoyasiz bo’lib qoladi. Shu sabab, oila, maktab va jamiyat yoshlarni
hunarga jalb etishi zarur.

1

Xulosa qilib aytganda, kasb-hunar egallash va halol yo’l bilan rizq topish bu

faqat moddiy emas, balki ma’naviy boylikdir. Har bir musulmon o’z hayotida
halollikni bosh mezon qilishi, o’ziga va boshqalarga foyda keltiruvchi kasb bilan
shug’ullanishi kerak. Shundagina jamiyatimizda baraka, tinchlik va farovonlik qaror
topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Imom Buxoriy, Sahihul Buxoriy hadis to’plami.

2.

Abdulloh Domla, Halollik musulmon ziynati. Toshkent: Hilol-Nashr, 2020.

3.

Al-Gazali, Ihyo Ulumiddin (Din ilmlarini jonlantirish). Toshkent: Adabiyot,
2015.

4.

Ibn Taymiyya, Majmu’ al-Fatawa (Fatvolar to’plami). Riyod: Dar al-Islam,
2013.

5.

Muhammad Ali, Islomda mehnat va halollik. Toshkent: Ilm-ziyo, 2017.

6.

Shamsuddin F. Shams, Kasb-hunar o’rgatish va yoshlarni mehnatga tayyorlash
(Teoriyaviy va amaliy aspektlar). Tashkent: Tajribalar nashri, 2016.

1

Shamsuddin F. Shams, Kasb-hunar o‘ rgatish va yoshlarni mehnatga tayyorlash (Teoriyaviy va amaliy aspektlar). Tashkent: Tajribalar

nashri, 2016.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Imom Buxoriy, Sahihul Buxoriy hadis to’plami.

Abdulloh Domla, Halollik musulmon ziynati. Toshkent: Hilol-Nashr, 2020.

Al-Gazali, Ihyo Ulumiddin (Din ilmlarini jonlantirish). Toshkent: Adabiyot,

Ibn Taymiyya, Majmu’ al-Fatawa (Fatvolar to’plami). Riyod: Dar al-Islam,

Muhammad Ali, Islomda mehnat va halollik. Toshkent: Ilm-ziyo, 2017.

Shamsuddin F. Shams, Kasb-hunar o’rgatish va yoshlarni mehnatga tayyorlash

(Teoriyaviy va amaliy aspektlar). Tashkent: Tajribalar nashri, 2016.