Mualliflar

  • Safarova Nilufar Vohidovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95769

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zi: dual ta’lim kasbiy-hunar ta’limi ishlab chiqarish dual ta’lim asoslari.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada dual ta’limning kelib chiqishi nazariy asoslari shuningdek 
ta’limning  ushbu  turning  maqsad  va  vazifalari,afzallik  va  kamchiliklari  haqida 
batafsil bayon qilingan. Dual ta’limi tizimi   o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini 
birlashtirish orqali mutaxassislarni tayyorlashda kuchaytirishga asoslanadi, bu esa 
o‘quv muassasalari bitiruvchilarining kasbiy mahoratini oshiradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

143

ISSN:3030-3613

DUAL TA’LIM TIZMINI HOZIRGI VAQTDA OLIY TA’LIMDAGI O’RNI

Qarshi davlat texnika universiteti

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi assistent o’qituvchisi

Safarova Nilufar Vohidovna

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada dual ta’limning kelib chiqishi nazariy asoslari shuningdek

ta’limning ushbu turning maqsad va vazifalari,afzallik va kamchiliklari haqida
batafsil bayon qilingan. Dual ta’limi tizimi o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini
birlashtirish orqali mutaxassislarni tayyorlashda kuchaytirishga asoslanadi, bu esa
o‘quv muassasalari bitiruvchilarining kasbiy mahoratini oshiradi.

Kalit so’zi:

dual ta’lim, kasbiy-hunar ta’limi, ishlab chiqarish,dual ta’lim

asoslari.

В данной статье подробно излагаются теоретические основы зарождения

дуального образования, а также цели и задачи, преимущества и недостатки
данного вида образования. Система дуального образования основана на
усилении подготовки специалистов путем совмещения учебного и
производственного процессов, что повышает профессиональное мастерство
выпускников образовательных учреждений.

Ключевые слова:

дуальное образование, профессиональное образование,

производство, основы дуального образования.

This article describes in detail the theoretical foundations of the origin of dual

education, as well as the goals and objectives of this type of education, its advantages
and disadvantages. The dual education system is based on strengthening the training of
specialists by combining educational and production processes, which increases the
professional skills of graduates of educational institutions.

Keywords:

dual education, vocational education, production, foundations of

dual education.

Dual ta’lim shakli professional ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yildi. 2021-2022 o‘quv

yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim, temir yo‘l va qurilish kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in
kadrlarini tayyorlash maqsadida professional ta’lim muassasalariga dual ta’lim shakli
bo‘yicha 3 mingdan ortiq yoshlar o‘qishga qabul qilind. 2022-2023 o‘quv yilida
professional ta’lim muassasalariga 4,5 mingdan ortiq yoshlar dual ta’lim shaklida
o‘qishga qabul qilindi hamda yuqorida aytib o‘tilgan sohalarga qo‘shimcha ravishda
axborot texnologiyalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kabi
sohalarda ham dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim
to’g’risidagi Qonunning 17-moddasida dual ta’lim to‘g‘risida fikr yuritilib, “Dual


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

144

ISSN:3030-3613

ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan
bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim
oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim – bu mutaxassislarni o‘quvchilarning ta’lim infratuzilmasini va
o‘quv jarayonida ish beruvchiga jalb qilgan holda, o‘zaro ta’lim doirasidagi
mutaxassislar tayyorlash uchun asosdir. Kasbiy munosabatlar tajribasi sifatida ikki
tomonlama ta’limni tushunish, ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘nikmalarini
o‘tkazish, mavzu bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning umumiy tamoyillari bilan uzviy
bog‘liq hisoblanadi. Dual ta’lim jarayonida talaba olgan nazariy bilimlarini bir
vaqtning o‘zida korxona yoki tashkilotda amalda qo‘llab, mutaxassislik bo‘yicha
ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi.Bunda talabalarda haqiqiy, ma’lum bir
ishlab chiqarish jarayonini tushunishga qaratilgan nazariy bilim va tushunchalarni
tarqalish qobiliyatini rivojlantiradi. Ilm jarayonida amaliy faoliyatni aniqlashning
prinsipi bilimlarning asosiy maqsadiga asoslanadi.
Dual ta’lim ma’lum bir korxona ehtiyojlariga muvofiq ma’lum bir darajadagi
mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv va ishlab chiqarish sohalarining kelishilgan
o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishning innovatsion
shakli tushuniladi. Bunga misol Qarshi texnika universiteti suv xo’jaligi va
melioratsiya bakalavr yo’nalishi 3-bosqich talabalariga professor-o’qituvchilari
rahbarligida

2024-2025-yil

sentyabr

va

oktyabr

oylarida

dual

amaliyoti Qashqadaryo viloyatida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida,
shiningdek universitetning ilmiy va o’quv laboratoriyalarida dual tizimda
o‘tkazildi.

Xulosa qilib aytganda

, dual ta’lim talabalarni bilim, ko‘nikma va

malakalarini oshirib, ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalarining
hamkorligini mustahkamshga xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu tizim Germaniya,
Avstriya, Shveystariya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni
rivojlantirishda juda katta o’ringa ega. Biz bilamizki, Germaniya o’zining ta’lim
tizimiga dual ta’limni bir necha yillar oldin joriy qilgan. Germaniyada dual ta’lim
rivojlanishining asosiy omili qonunchilikda dual ta’lim ishtirokchilarining (korxona,
o’quvchi, ta’lim muassasasi) vazifalari va majburiyatlari aniq belgilab qo’yilgan.
Germaniyada 1,4 million yoshlar dual ta’lim shaklida ta’lim olishadi. Germaniyada
har yili 500 ming o’quvchi dual ta’limda ishtirok etish uchun korxonalar bilan
shartnoma imzolashga erishadi va 74 foiz yoshlar o’qishni yakunlagandan so’ng ish
beruvchi bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishadi.Korxona tomonidan
o’quvchi(lar)ga malakali va maxsus sinovdan o’tgan hamda sertifikatga ega bo’lgan
ustoz biriktiriladi. Hattoki yoshlarni kasbga yo’naltirish va kasblar to’g’risida
tushunchaga ega bo’lishi uchun 7-sinfdan boshlab o’quvchilar korxonalarda yiliga
2-4 haftalik tanishuv (stajirovka) o’tashadi. Yoshlar o’zlari borgan korxona va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

145

ISSN:3030-3613

tashkilotlar faoliyati bilan tanishib, kasblar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgandan
so’ng, o’zi qiziqish bildirgan kasb bo’yicha korxona va tashkilotlar bilan shartnoma
imzolaydi va dual ta’limda tahsil olish uchun ta’lim muassasasiga ushbu imzolangan
shartnoma bilan hujjatlarini topshiradi.
Ta’lim tizimi transformastiyasi jarayonida yangi professional ta’lim tiziming
o’rni va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
1. Professional ta’lim tizimini mehnat bozoridagi ulushi yuqori ekanligidan kelib
chiqib oliy ma’lumot talab etilmaydigan ish o’rinlariga mazkur yangi tizimda
kadrlar tayyorlashni bosqichma-bosqich oshirib borish
2. Professional ta’lim tizimini xalqaro ta’lim tizimi ilg’or tajribalaridan kelib chiqib
takomillashtirib borish choralarini belgilash va amalga oshirishda davlat hamda ish
beruvchilarning ishtirokini kengaytirish.
3. Xalqaro miqyosidagi o’rta bo’g’in kadrlariga bo’lgan ehtiyojni qondirish va
mehnat resurslari eksportida O’zbekiston ulushini yanada kengaytirish uchun
professional ta’lim va xalqaro mehnat bozoridagi ish beruvchilarning to’g’ri
hamkorligini rivojlantirish.
4. Ichki mehnat bozorining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda ayrim
kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlashda davlat
buyurtmasining oshirish;

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1.

O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada
takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 6
sentyabrdagi PF5812-son Farmoni.

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi// Xalq so’zi, 2020 yil 24 yanvar.

4.

Mirziyoev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi 2020 yil
30 sentyabr.

5.

httr://www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik
hujjatlari sayti.

6.

Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik. Qayta
ishlangan va to’ldirilgan 3-nashri. – T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
“FAN” nashriyot davlat korxonasi, 2019. – 140-b.

7.

Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: «Fan va texnologiya», 2013 yil.
- 476 b.

8.

Mejdunarodnaya standartnaya klassifikastiya obrazovaniya (MSKO-2011) //
http://www.uis.unesco.org/Education/Documents/isced-2011-ru.pdf

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada

takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil 6

sentyabrdagi PF5812-son Farmoni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi// Xalq so’zi, 2020 yil 24 yanvar.

Mirziyoev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning

O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi 2020 yil

sentyabr.

httr://www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik

hujjatlari sayti.

Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik. Qayta

ishlangan va to’ldirilgan 3-nashri. – T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

“FAN” nashriyot davlat korxonasi, 2019. – 140-b.

Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: «Fan va texnologiya», 2013 yil.

- 476 b.

Mejdunarodnaya standartnaya klassifikastiya obrazovaniya (MSKO-2011) //