Mualliflar

  • Ismoilov Muhammadismoil Yunusjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95771

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Tanqidchilik ilmiy-tanqidiy faoliyat Oybekning badiiy-estetik qarashlari sotsialistik realizm o‘zbek adabiy tanqidchiligi munaqqid tahlili davrlashtirish.

Annotasiya

ANNOTATSIYA  Ushbu  maqolada  o‘zbek  adabiy  tanqidchiligi  muammolari, 
Oybek  va  uning  tanqidchilikdagi  faoliyati,  Oybek  ilmiy  qarashlarining  o‘zbek 
adabiyotshunosligida o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

134

ISSN:3030-3613

MUSO TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEKNING HAYOT VA IJOD

YO‘LLARI

Ismoilov Muhammadismoil Yunusjon o‘g‘li

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o‘zbek adabiy tanqidchiligi muammolari,

Oybek va uning tanqidchilikdagi faoliyati, Oybek ilmiy qarashlarining o‘zbek
adabiyotshunosligida o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Tanqidchilik, ilmiy-tanqidiy faoliyat, Oybekning badiiy-estetik

qarashlari, sotsialistik realizm, o‘zbek adabiy tanqidchiligi, munaqqid tahlili,
davrlashtirish.

ABSTRACT

This article talks the problems of Uzbek literary criticism, Oybek

and his work in criticsm, the study of Oybek’s scientific views in Uzbek literary studies.

Keywords:

Criticism, scientific and critical activity, Oybek’s artistic and

aesthetic views, socialist realism, uzbek literary criticism, a critic’s analysis,
periodization.


Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib,

shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yili Toshkent
shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa
Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununida
ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qishni davom ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi
Xalq xo‘jaligi institutida tahsil oldi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib,
Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi.

Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan

kirib keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va
Sog’indiq» (1933), «Temirchi Jo‘ra» (1933) poyemalari o‘z davrining she’riy
solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq dostonlari bo‘lib, tarixiy, zamonaviy va
xorijiy mavzularda yaratilgan.

O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘

qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik
tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o‘zbek adabiyotida
birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning
«Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr
yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug‘ Vatan urushida
erishilgan g‘alaba aks ettirilgan. Adibning «Ulug‘ yo‘l» (1967) asari esa «Qutlug‘ qon»
romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini
mahorat bilan ko‘rsata olgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

135

ISSN:3030-3613

Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va

tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator
she’rlarida, «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib»
povestida tasvirladi.

Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh

qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o‘zidir.

Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, davlat va

jamoat arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning
«Yevgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti
namunalarini, arman eposi «Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar
bo‘lgan.

Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga

saylandi va 1950 yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida
ishladi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir.

Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo‘ldi, bir

necha orden va medallar bilan taqdirlandi. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza
nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori ham bo‘lgan. Yozuvchining asarlari
o‘zbek adabiyotining jahon aro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh
yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy
xazinamizdan mangu o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi. Uning eng yaxshi
asarlari jahon adabiyoti xazinasiga ham kirgan. Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida
vafot etdi. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etildi.

XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir,

olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda
Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925
yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo
Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo
Davlat dorilfununini tugatib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi.

Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan

«Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh
qoraymas» kabi epik polotnolar o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir
davrni tashkil etadi.

O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘

qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy»
(1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher
Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida
xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas»
(1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o‘z ifodasini topgan. Adibning «Ulug‘


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

136

ISSN:3030-3613

yo‘l» (1977) asari esa «Qutlug‘ qon» romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda
yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini ko‘rsatishga intilgan.

Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, fikr

va tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklari, qator she’rlari,
«Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat, «Nur qidirib» qissasida
tasvirlagan.

Adibning avtobiografik qissasi «Bolalik» 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh

qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir.

Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist,

tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning
«Yevgeniy Onegin» she’riy romani, Lermontovning «Maskarad», Molerning
«Tartyuf» dramalari, shuningdek, antik adabiyoti namunalarini Oybek tarjimasida
o‘qishga muyassar bo‘lgan.

Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib

saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida
ishlagan. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat

mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotining jahonlararo shuhratini yanada oshirdi.

Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas
asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib
qoldi.

Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik

to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
taqdirlangan (2001).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu bilan birga Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini ham tahlilga tortadi.

Olimning “Hayotiylik bezavol mezon” (1985) kitobidan o‘rin olgan “Quyoshdek
yashagan ichdagi sevgi” nomli maqolasida Oybekning ijodiy va ilmiy faoliyati
o‘rganiladi. Maqola nomini uning she’rlaridan biridagi dilbar misradan oladi. Sababi
Oybekning adabiyotga, ijodga bo‘lgan mehri uning qalbida quyoshdek yashagan edi.
Faqat Oybekkagina xos bo‘lgan uslub, mahorat munaqqid e’tiborini tortadi va o‘z
fikrlarini adibning hatto ilmiy maqola yozishda ham badiiylik va ilmiylikni
uyg‘unlashtira olgani bilan isbotlaydi. So‘ngra shunday xulosaga keladi: Ilmiy
maqolani bu qadar badiiy chechaklar bilan bezash, yozilayotgan masalani, hodisotni
suratlashtirish, jonlantirish, tanqidiy ishni ham imkonicha badiiy asar yanglig‘
o‘qimishli qilish, mantiqiy va obrazli fikrlash orasida hukm surmish sarhadlarni ajib
bir ustalik bilan yoritib, yozayotgan maqolasi to‘qimasiga ifor tuyg‘ularini singdirib
yuborish olim Oybek uslubiga xos bo‘lgan fazilatlardan biridir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

137

ISSN:3030-3613

Munaqqid ta’kidlab o‘tganidek, Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy

maqolalari xuddi badiiy asardek ehtiyoj farzandlari, zarurat hosilasi sifatida maydonga
keldi.

Oybekning qirq olti yoshida og‘ir va bir umrli xastalikka yo‘liqqanida, shunday

ijodiy kuchga to‘lgan edi. Ammo xastalik uning tiliga kishan solib, o‘ng qo‘lidagi
qalamni bir umrga tortib oldi. Oybek ko‘pgina asarlarini, jumladan, ”Bolalik” qissasini
ham oila a’zolariga aytib yozdirdi. Oybekning “Bolalik” qissasi estetik janrda yozilgan.
Asarda bosh qahramonning biografiyasi xalq hayoti, davr hodisalari, ijtimoiy
o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlangan.

Qissada bosh qahramon Musaboyning biografiyasini hikoya qilish orqali o‘sha

yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy manzarasi chizilgan.

Oybek bu qissani yozish bilan birga o‘zining bolalar dunyosini, kichkintoylar

psixologiyasini qanchalik chuqur bilishini namoyish etadi. Chunki bu asarda bolalar
xarakteri va psixologiyasining turli xil, hatto ba’zan ko‘z ilg‘amas darajada nozik
bo‘lgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan.

Oybek xalq tili boyligini ruhini mukammal bilgan va ulardan ustalik bilan

foydalana oladigan san’atkor bo‘lganligi uchun ham “Bolalik”ning tili shirali, sodda
va ravon ekanligini mohirona ifodalagan. Asar tilining bu fazilati, eng avvalo adibning
tabiiylikni ta’minlashi bilan o‘lchanadi.

Ustoz Oybek har bir asarida xalqimiz taraqqiyoti tarixidagi xarakterli davrni

qalamga oladi. Uni butun murakkabligi bilan juda haqqoniy ifodalaydi. Natijada ko‘p
qirrali ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotimiz munavvar ko‘zgu sifatida namoyon
bo‘ladi.

“Bolalik” asari yozuvchining bolalik davriga to‘g‘ri kelgan. XX asr boshlaridagi

Turkiston hayoti, Toshkent hayoti hikoya qilinadi. Bu masalaning bir tomoni.
Ikkinchidan, Oybek o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhit kartinalarini chizadi. Shuning uchun
unda ham shahar, ham qishloq hayoti, bolalar o‘yinlari, ota-onalari va boshqa yaqinlari
mashg‘ul bo‘lgan kosibchilik mashg‘ulotlari hikoya qilingan. Binobarin, ana shu
hayotni ifoda etuvchi so‘zlar va atamalar keng o‘rin olganligi uchun ham “Bolalik”
qissasining tili Oybekning boshqa asarlaridan farqlanadi. Buning sabablari, eng avvalo,
unda hikoya qilinayotgan odamlar hayoti, voqealar, joylar bilan bog‘liq. Asar
avtobiografik xarakterda bo‘lgani tufayli tasvir etilayotgan voqealar yosh Musoning
oilasi, oiladagi yaqin kishilari, qarindosh urug‘lari, mahalladoshlari, tanish-bilishlari,
birga o‘qiydigan va o‘ynaydigan jo‘ralar hayoti, ular yashaydigan, umrguzaronlik,
tirikchilik qiladigan Toshkent dahalari, guzarlari, mahallalari, bozorlari, ko‘chalari,
atrof qishloqlar, ularda yashaydigan kishilar va ularning kasbi bilan bog‘liq so‘zlar,
iboralar, maqollar asosiga qurilgan.

XULOSA (Conclusion)

Oybek ilmiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar, tadqiqotlar ayrim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

138

ISSN:3030-3613

yoritilmagan jihatlarni ochdi. Adibning badiiy-estetik qarashlari turkumlarga bo‘lindi
va unga ko‘ra Oybek ijodini o‘rganishda yangicha yo‘nalishlar aniqlandi. Tajribali
adabiyotshunoslar, taniqli munaqqidlar o‘z izlanishlarida adib ijodiga oid bir qancha
yangiliklarni aniqlashdi, boshlab qo‘yilgan ishlarni to‘liq o‘rganib adabiyot olamiga
taqdim etishdi. Ularda Oybekning turli yo‘nalishlardagi ijodiy merosi o‘rganiladi.
Oybek dahosini kashf etish, ba’zi o‘rganilmagan masalalar bo‘yicha izlanishlar bundan
keyin ham davom etadi degan umiddamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Mahmudov N. Va boshq. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. T.,1991.

2.

Mahmudov N. Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis). T.:
O‘qituvchi, 1995.

3.

Mahmudov N. Kesimning gapdagi maqomi. //O‘zbek tili va adabiyoti. -T., 2009
№1.B. 44-55

4.

Nurmonov A. Gap haqida sintaktik nazariyalar. -T., 1988.

5.

Rixsiyeva G. Metafora haqidagi diss. Avtoreferati.

6.

Qurbonova M. O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yondashuv va soda gap
qurilishining talqini: Filol. fanlari d-ri dis... avtoref. - T., 2001. - 48 b.

7.

G‘ulomov A. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T.: O‘qituvchi, 1987.

8.

http://www.edu.uz/

9.

http://ziyo.edu.uz/

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Mahmudov N. Va boshq. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. T.,1991.

Mahmudov N. Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis). T.:

O‘qituvchi, 1995.

Mahmudov N. Kesimning gapdagi maqomi. //O‘zbek tili va adabiyoti. -T., 2009

№1.B. 44-55

Nurmonov A. Gap haqida sintaktik nazariyalar. -T., 1988.

Rixsiyeva G. Metafora haqidagi diss. Avtoreferati.

Qurbonova M. O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yondashuv va soda gap

qurilishining talqini: Filol. fanlari d-ri dis... avtoref. - T., 2001. - 48 b.

G‘ulomov A. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -T.: O‘qituvchi, 1987.