Mualliflar

  • Sharopova Lolaxon Erkinjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95777

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: xo‘rlash jabr-zulm qilish zo‘ravonlik qilish ojiz ahvolda qoldirish o‘ziga bo‘ysundirish jismoniy ruhiy jinsiy iqtisodiy tazyiq tazovuz qadr- qimmat.

Annotasiya

Maqolada oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikning psixologik xususiyatlari va 
namoyon  bo‘lishi  shaxs  ruhiyatiga  taʼsir  ko‘rsatishi,  xo‘rlash,  jabr-zulm  qilish, 
zo‘ravonlik qilish, ojiz ahvolda qoldirish yoxud o‘ziga bo‘ysundirish, zo‘ravonlik  -
jismoniy,  ruhiy,  jinsiy  yoki  iqtisodiy  ta’sir  o‘tkazish  yoki  bunday  ta’sir  o‘tkazish 
choralarini  qo‘llash  bilan  tahdid  qilish  orqali  ularning  hayoti,  sog‘lig‘i,  jinsiy 
daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari 
hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik), oiladagi 
munosabatlarga tahdid soluvchi, uni izdan chiqaruvchi, farzandlar tarbiyasiga salbiy 
ta’sir etuvchi salbiy omillar xaqida maʼlumot berilgan.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

103

ISSN:3030-3613

OILADA ZO‘RAVONLIKNING

NAMOYON BO‘LISHI HAMDA SHAXS

RUHIYATIGA SALBIY TAʼSIRI

Sharopova Lolaxon Erkinjonovna

Namangan viloyati Chust tumani MMTBga qarashli 23-umumiy o‘rta taʼlim

maktabi amaliyotchi psixologi

АNNOTATSIYA

Maqolada oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikning psixologik xususiyatlari va

namoyon bo‘lishi shaxs ruhiyatiga taʼsir ko‘rsatishi, xo‘rlash, jabr-zulm qilish,
zo‘ravonlik qilish, ojiz ahvolda qoldirish yoxud o‘ziga bo‘ysundirish, zo‘ravonlik -
jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish
choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy
daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari
hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik), oiladagi
munosabatlarga tahdid soluvchi, uni izdan chiqaruvchi, farzandlar tarbiyasiga salbiy
ta’sir etuvchi salbiy omillar xaqida maʼlumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

xo‘rlash, jabr-zulm qilish, zo‘ravonlik qilish, ojiz ahvolda

qoldirish, o‘ziga bo‘ysundirish, jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy tazyiq,tazovuz, qadr-
qimmat.

KIRISH

Oiladagi zo‘ravonlik - bu bir shaxs tomonidan u bilan yaqin aloqada bo‘lgan

odamlarga nisbatan qilinadigan tahdid yoki takroran zo‘ravonlik xatti-harakatlaridir.
Ushbu muammo bugungi kunda juda keng tarqalgan va o‘tkir ijtimoiy hodisa
hisoblanadi.

Zo‘rlik va zo‘ravonlik tushunchalari farq qiladi.

Qonunchilikni o‘rganish

jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, zo‘ravonlik tushunchasining salmog‘i
og‘irroqdir. Bu harakat odatda ko‘pchilikka nisbatan sodir etiladi va subyektlarning
ko‘pligi bilan farqlanadi. Qonunchilikda zo‘ravonlik termini shavqatsizlik, qurol
ishlatish va qirg‘in solish kabi tushunchalar bilan birga ishlatiladi. Zo‘rlik bu
majburlash, qo‘rqitish bilan jabrlanuvchining sog‘lig‘i, hayotiga qarshi qaratilgan
g‘ayriijtimoiy harakatdir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “zo‘ravon, zo‘ravonlik”
so‘zlarning umumiy tushunchasi berilgan bo‘lib, u qonunga bo‘ysunmaydigan,
birovlarga zo‘rlik qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi zolimlarga xos xatti-harakat, deb
tavsiflangan.

Oilaviy zo‘ravonlik – bu zo‘rlik akti bo‘lib,

jahon miqyosidagi statistika va

umumiy tendensiyalarga nazar tashlasak, bundan asosan ayollar va bolalar jabr
ko‘rayotgani ma’lum bo‘ladi. Lekin bu mutlaq xarakterga ega emas, ya’ni oilada erkak


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

104

ISSN:3030-3613

kishining ham ayoli yoki ota-onaning farzandlar yoxud boshqa oila a’zolari tomonidan
ruhiy bosim ostida yashab kelishi kuzatiladi. Bu ham oilaviy zo‘ravonlikning bir
ko‘rinishi sanaladi. Natijada jabrlangan shaxs jiddiy psixosomatik kasalliklar orttirish
yoki boshqa ayanchli holatlar ro‘y berishi mumkin.

Oilaviy zo‘ravonlik faqat bir mamlakat va millatga xos illat emas, u bilan butun

dunyo kurashib keladi.

Zo‘ravonlik —jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday

ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i,
jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa
huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat
(harakatsizlik).

Ta’kidlash joizki, oiladagi munosabatlarga tahdid soluvchi, uni izdan

chiqaruvchi, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi salbiy omillardan biri bu –
oiladagi zo‘ravonlikdir va ta’sirli maskan oiladir. Burhoniddin Marg‘inoniy bu borada:
“jamiyatning negizi ham, inson ruhiy-ma’naviy olamining beshigi ham oiladir” [2], -
deb ta’kidlagan edi.

Sharq mutafakkirlarining qoldirgan boy ilmiy-madaniy meroslarida o‘zbek

xalqining oilaturmush qoidalari, undagi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, oila
a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayoni, ayniqsa, er-xotin munosabatlari
to‘g‘risidagi fikr mulohazalar, ta’limotlar mavjud. Mazkur masalalar buyuk allomalar
bo‘lmish Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ismoil at-Termiziy, Ahmad Yassaviy,
Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida keng yoritilgan [3].

Zo‘ravonliklar aynan oilada sodir etilib, oilada oila a’zosining ixtiyori va erkiga

zid ravishda jismoniy kuch ishlatish yoxud ruhiy tazyiq o‘tkazish orqali sodir etilishi
oila turmush munosabatlari doirasida og‘ir turdagi jinoiy qilmishlarning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Oilada shaxsga nisbatan zo‘ravonlik va jabr-zulm qilishda
ko‘pincha shaxsda tajovuzkor hulq-atvor namoyon bo‘ladi.

Oilada turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan zo‘ravonlik yuzaga

kelishida oilada milliy-urf odatlarning yo‘qligi hamda islomda belgilab berilgan ta’lim
va tarbiyaning sustligi sabab bo‘ladi. Shariatda zo‘ravonlik bir necha turlarga
bo‘lingan. Jumladan, “Hidoya” asarida ushbu turlar tahlil etilgan:

qasddan o‘ldirish;

qasdga o‘xshash o‘ldirish;

beqasd (bilmay) o‘ldirish;

beqasdga (bilmasdan) o‘xshash o‘ldirish; – sababli qotillik [4].

Oiladagi zo‘ravonlik oqibatida shaxsning hayoti, sog‘lig‘i uchun xavfli ahvolda

turli darajada tan jarohati yetkazish, jabr-zulm qilish, kaltaklash, qiynash, og‘ir ahvolga
solish kabi omillarning sabab sharoitlari, tasnifi, xulqda moyillik xususiyatlarini ilmiy
amaliy jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiqdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

105

ISSN:3030-3613

Oiladagi zo‘ravonlik shaxsga qarshi jismoniy kuch ishlatish, kaltaklash,

zo‘rlash [5], majbur qilish, ruhiy ta’sir ko‘rsatish [6], jinsiy zo‘ravonlik qilish, nomusga
tegish [7], kabi xatti-harakatlarni sodir etishda namoyon bo‘ladi. Oiladagi zo‘ravonlik
asosan jismoniy yoki ruhiy ko‘rinishlarda sodir etiladi. Psixologik zo‘ravonlik ko‘p
hollarda qo‘rqitish (bir shaxsni ikkinchi bir shaxs tomonidan qo‘rqitib bo‘ysundirish,
o‘zini ko‘rsatish yoxud o‘ziga qaram qilish) shaklida ifodalanadi. Psixologik
zo‘ravonlik asabiylashishning mahsuli bo‘lib, bir shaxsni qo‘rqitib o‘ziga
bo‘ysundirish, shaxsning «ixtiyoriga zid» harakatlarni amalga oshirish yoki «tazyiq
o‘tkazish» maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Misol uchun, ayolni o‘z homilasini
sun’iy ravishda tushurishga majburlash, ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlash,
haqorat qilish jinoyatlari aynan oila turmush munosabatlari doirasida sodir etilib, bunda
asosan ayollarning zo‘ravonlikdan jabr ko‘rishi namoyon bo‘ladi.

Oilaviy munosabatlar doirasida sodir etiladigan zo‘ravonliklarning asosiy qismi

ruhiy (psixik) zo‘ravonliklarni tashkil etadi. Oilada sodir etiladigan zo‘ravonliklar
oqibatida shaxsga ruhiyatiga (psixik) ta’sir ko‘rsatish, qo‘rqitib bo‘ysundirish,
majburlash, xo‘rlash, jabr-zulm qilish, zo‘ravonlik qilish, sirini fosh etishni aytib
qo‘rqitish, uydan haydab yuborishga xarakat qilish, bolalarni kaltaklab alamini ulardan
olish, ojiz ahvolda qoldirish yoxud o‘ziga bo‘ysundirish shakllarida namoyon bo‘ladi.

Oiladagi zo‘ravonlikning kuch ishlatish shakli jabrlanuvchiga nisbatan oila

a’zolari, yaqinlari va boshqa shaxslar tomonidan urish, kaltaklash, yashash joyida
sog‘lom hayot tarzidan mahrum qilish hamda uning ruhiy salomatligining buzulishi va
qadr-qimmatiga zarar yetkazilishida namoyon bo‘ladi [8].

Oilaviy munosabatlarda bolaga tahdid soluvchi harakatlar sifatida “ruhiy

zo‘ravonlik shantaj, tahdid, haqorat qilish va voyaga yetmanganning sha’ni va qadr-
qimmatini kamsituvchi boshqa ko‘rinishdagi ruhiy zo‘ravonlik vositasida bolaning
normal rivojlanishi va uning ruhiy salomatligiga ta’sir etish” [9], tushuniladi.

Oiladagi zo‘ravonlik ko‘pincha ruhiy (psixik) zo‘ravonlik ko‘rsatish shaklida

namoyon bo‘lib, shaxsning ruhiyatini ezish, unga turli jismoniy og‘riqlarsiz azob
berish, tahdid qilish, qo‘rqitish shaklida namoyon bo‘ladi.

Oilada sodir etiladigan zo‘ravonlikda bolalarni kaltaklash, xo‘rlash, zulm

o‘tkazish, o‘ldirish kabilar, masalan, chaqaloqlarning o‘ldirilishi, shafqatsiz va
tahqirlovchi jazolashlar, beparvolik va tashlab qo‘yish, shahvoniy tahqirlash va
bolalarga qarshi zo‘ravonliklar oilada sodir etiladi [10].

Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, oiladagi zo‘ravonlik ko‘pincha tajovuzkorlik

xususiyatlari bilan bog‘liq holda sodir etilishini ko‘rish mumkin.

Zo‘ravonlikning manbai va tabiatini aniqlash ushbu muammoni o‘rganishning

eng muhim jihatini ifodalaydi. Ushbu masala borasida shaxsning bunday hatti-
harakatlarni sodir etishi biologik jihatdan taqozo qilingan va u nasldan naslga o‘tishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

106

ISSN:3030-3613

mumkinligini, shuningdek shaxsdagi tajovuzkorlik xususiyalari ko‘p jihatdan irsiy
xususiyatlarga bog‘liq ekanligini e’tirof etishadi.

Oiladagi zo‘ravonlik ko‘pincha tajovuzkorlik xususiyatlari bilan bog‘liq

holda sodir etilishini insoniy nizolar mahsuli, deb aytish mumkin.

Inson ruhiyatidagi buzilishlar zo‘ravonlikka moyillikning kuchayishiga sabab

bo‘lishi aniqlangan. Psixik buzulishlarda shaxsda tajovuzkor hulq-atvor shakllanishi,
u esa turli hissiy holatlarda, ya’ni qasos, g‘arazli maqsad, ko‘rolmaslik yoki nafrat
oqibatida ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda oila turmush munosabatlari doirasida
sodir etilayotgan jismoniy zo‘ravonlikning quyidagi ko‘rinishlari sodir etilmoqda:
urish, do‘pposlash, turtib yuborish, sochidan tortib sudrash, qiynash, chimchilash,
tepish va boshqa harakatlar bilan og‘riq berish, narsalarni u yoqdan bu yoqqa otish,
pichoq bilan qo‘rqitish yoki jarohatlash, uydan chiqishiga jismoniy qarshilik
ko‘rsatish.

Psixologik zo‘ravonlik jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatish, mol-

mulkini nobud qilish yoki zarar yetkazish va jabrlanuvchi sir saqlanishini istagan
ma’lumotlarni oshkor etish va hokazolar bilan qo‘rqitish shaklida sodir etiladi.

Oiladagi ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik bir-birini taqozo etuvchi ba’zida og‘ir

oqibatlarning kelib chiqishini taqozo etishi bilan dolzarb ahamiyatga egadir. Bunda
qasddan oilaning bir a’zosi tomonidan boshqa a’zosining sha’ni va qadr-qimmatini
kamsitish, ruxiyatiga ta’sir etish, baqirish, haqorat va tuhmat qilish, obro‘sizlantirish,
doimiy tanqid qilish, his tuyg‘ularini so‘ndiruvchi harakatlar qilish, qo‘rqitish,
qarindosh urug‘lar orasida sharmanda qilish, uydan ketishini aytib qo‘rqitish bilan
namoyon bo‘ladi. Bu shaxsda ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqarib, o‘z joniga qasd
qilishgacha olib kelishi mumkin.

Oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi

kunda hayotda iqtisodiy zo‘ravonlikning quyidagi ko‘rinishlari sodir etilmoqda:
asossiz

pul bermaslik, nimaga qancha pul sarflanishini nazorat qilish, o‘zi topgan pulni

tasarruf etish huquqidan mahrum etish; oila byudjetidan foydalanish huquqidan
mahrum qilish holatlari mavjud.

Oilada sodir etiladigan zo‘ravonlikning boshqa ko‘ri-nishlari, xususan bolalarga

zulmkorlik qilish, bolani onadan ajratib qo‘yish, erkak kishining o‘z hukmronligini
o‘rnatishga qaratilgan qilmishlarni e’tiborga olish lozim.

Zo‘ravonlikning yana bir shakli e’tiborsizlik, beparvolik bo‘lib, u jismoniy

nuqsonli, nogiron, ruhiy kasal bolalarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Zo‘rlikning
ushbu shakli o‘ziga qaram bo‘lgan shaxsning qarovsiz qoldirish, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, tibbiy yordam, parvarishlashga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirishni tizimli
ravishda xohlamaslikda namoyon bo‘ladi. Bolaning manfaatlari va ehtiyojlariga
nisbatan befarqlik (zo‘ravonlik) ham harakat ham harakatsizlik yo‘li bilan amalga
oshirilishining yorqin misolidir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

107

ISSN:3030-3613

Oiladagi zo‘ravonlikni quyidagilarga ajratish mumkin:

ayollarga nisbatan zo‘ravonlik;

bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;

qariyalarga nisbatan zo‘ravonlik;

qarindoshlarga nisbatan zo‘ravonliklar.

Demak, zo‘ravonlik – xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki

iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid
qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun
bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan
g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik).

Shuni anglash kerakki, hatto psixologik yoki hissiy zo‘ravonlik asosida amalga

oshirilgan harakatlar ham qadim zamonlardan beri jiddiy jinoyat sifatida qabul
qilingan. Bu haqiqatni bilmaslik oilaviy dramalarga stereotipik munosabat shaklida
xizmat qiladi, unda psixologik zo‘ravonlik tez-tez uchrab turadi, ammo jabrlanuvchi
bu nima ekanligini ham bilmaydi.

Oiladagi zo‘ravonlikning bu shakli qanday namoyon bo‘lishi mumkin? Bular

axloqiy tahdid yoki qo‘rqitishdir. Bu, shuningdek, jabrlanuvchiga noma’qul yoki
bema’ni so‘zlarni ishlatib, uni o‘zi uchun yoqimsiz bo‘lgan turli xil axloqiy sahnalarni
tomosha qilishga majburlash orqali ham namoyon bo‘lishi mumkin. Uy-ro‘zg‘or
buyumlari yoki mulklarini zo‘rlik bilan tortib olish, keyinchalik ularni namoyishkorona
yo‘q qilish zo‘ravonlikning bir turini anglatadi. Tajovuzkor jabrlanuvchining holatiga
uning roziligisiz doimiy psixologik ta’sir ko‘rsatadi, bu uning hayotiga ta’sir qilishi
aniq. Rivojlanayotgan jamiyatda biron sababga ko‘ra oiladagi bunday xatti-harakatlar
odatiy narsa sifatida qabul qilinishi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, chunki bunday
harakatlar uyda ham, jamoat joylarida ham sodir etilishi mumkin.

Oiladagi zo‘ravonliklarning sabablari turli-tuman bo‘lib, ular turli xil

omillarning birgalikdagi ta’siri tufayli vujudga keladi. Zo‘ravonlik xatti-harakatlari
jamiyatning ijtimoiy-madaniy tabiati bilan belgilanishi mumkin deb ishoniladi. Mazkur
munosabatlarni qurish uchun yagona mumkin bo‘lgan va tashqi omillar bilan
mustahkamlangan ta’lim bilan uyg‘unlashgan oilaviy munosabatlarning mohiyati
haqidagi stereotipik g‘oyalarning natijasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, suiiste’mol qilish insonning shaxsiy hayotiy tajribasi natijasidir, uning
asosida nikohdagi xattiharakatlarning stereotipli modeli yaratiladi.

Oiladagi zo‘ravonlik sabablari shaxsning bolaligidan kelib chiqishi mumkin.

Misol uchun, agar bola bolaligida biron bir shikast yetkazgan bo‘lsa, salbiy tajribani
boshdan kechirgan bo‘lsa, unda u zaif qarindoshlariga nisbatan o‘zining salbiy ichki
komplekslarini namoyish qilishi mumkin. Ijtimoiy va shaxsiy norozilik hissiyotlari
bizni bu holatlarga qarshi kurashishga qodir bo‘lmagan yaqin odamlar hisobiga
o‘tkazilishi bilan birga uydagi ahvolimiz uchun doimiy zarar ko‘rish vaziyatiga majbur


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

108

ISSN:3030-3613

qiladi. Jismoniy xususiyatga ega bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlik bir avlod uchun
takrorlanishi mumkin.

Shunday qilib, masalan, bolaligida uning manfaatlari suiiste’mol qilingan bola

balog‘at yoshida ushbu xatti-harakat modelini oilaviy munosabatlarga o‘tkazishi
mumkin bo‘ladi, ya’ni bolaligimda menga nisbatan shunday harakatlar qilgan
bo‘lsalar, demak, voyaga yetganimda, men ham boshqalarga nisbatan aynan shunday
harakatlarni amalga oshirish imkoniyatiga egaman, degan tushuncha paydo bo‘ladi.
Zo‘ravonlik psixologiyasi uning o‘ziga va shaxsiy e’tiqodiga tegishli bo‘lib qolishi
mumkin.

Oiladagi zo‘ravonlik shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari, haddan tashqari

rivojlangan dominant shaxsiy xususiyatlar va o‘z vaqtida tegishli ma’lumot bilan
qoplanmaydigan fe’l-atvor natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bugungi kunda ichki
zo‘ravonlik tabiatiga oid harakatlarning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida yagona fikr
yo‘q. Biror kishida ruhiy kasalliklarning mavjudligi, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning
ta’siri, ijtimoiy tashkilotning ta’siri va boshqalarni o‘z ichiga olgan ko‘plab nazariyalar
mavjuddir.

Ruhiy zo‘ravonlik xatti-harakatlarining o‘sishi bilan quyidagi ruhiy omillar

o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdilar: to‘g‘ma his-tuyg‘u, xafagarchilik, tajovuzkorlik,
alkogolizm va psixopatologiya ustidan nazoratni tobora zaiflashib borishini aniqladilar.
Sosiologlarning fikricha, jamiyatda qabul qilingan ba’zi madaniy me’yorlar
zo‘ravonlikka olib keladi, masalan, jamiyatning patriarxal ijtimoiy tuzilishi, bu
erkaklar ustunligini qo‘llab-quvvatlaydi va ayollarning xizmatkor mavqyeini belgilab
beradi.

Oiladagi zo‘ravonlik qattiq hayajon, ruhiy zarbalarning mavjudligi bilan

chambarchas bog‘liq. Shunday qilib, masalan, oilada keskinlikning kuchayishiga olib
keladigan va shafqatsizlikka olib keladigan omillar orasida: bolalarni tarbiyalashga har
xil qarashlar, yaqin munosabatlar, homiladorlik, moddiy muammolar, ishsizlik, uzoq
muddatli tibbiy yordamga ehtiyojni sezish hollari keskin vaziyatlarga poydevor
bo‘lishi mumkin. Doimiy ravishda mavjud bo‘lgan dilni tirnash xususiyati qisman hal
qilinmagan muammolar haqida surunkali xavotir, istaklarning imkoniyatlarga nisbatan
mos kelmasligi va jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshi talablar bilan
bog‘liqdir.

Oiladagi zo‘ravonlik muammosi xavflidir, chunki bu odamning psixologik

rivojlanishi, jismoniy salomatligi va o‘zini o‘zi qadrlash hissiyotiga tuzatib
bo‘lmaydigan ma’naviy, ruhiy va jismoniy zarar yetkazadi.

Zo‘ravonlik harakatlarining oilada yuz berishi zo‘ravonliklarning eng keng

tarqalganidir. Ko‘pincha, o‘zini namoyon qilgan shaxslar, ular qurbonga aylanib
qolganliklarini tushunishmaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

109

ISSN:3030-3613

Psixologik zo‘ravonlik ko‘pincha hissiy deb ataladi. Ko‘pincha ayollar va

bolalar oiladagi zo‘ravonlik qurbonlaridir. Biroq, hatto insoniyatning zaif yarmi ham
oilaviy munosabatlarda psixologik tajovuzkor rolini o‘ynashi mumkin. Zo‘ravon
oilaviy harakatlarning shakllaridan biri jabrlanuvchiga nisbatan qo‘pol so‘zlarni
ishlatishi, shantaj va tahdid, uy jihozlarini yo‘q qilishi, dahshatli voqyealarni tomosha
qilishga majburlashi va hokazolarni qamrab oladigan ma’naviy qo‘rqitish va
tahdidlarni amalga oshirishi mumkin.

Shunday qilib, oiladagi psixologik zo‘ravonlik, shaxsning ruhiy jarayonlariga,

xulq-atvoriga yoki uning jismoniy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, uning roziligisiz,
shaxslararo aloqa vositalaridan zarar keltirish uchun foydalanish deb ataladi.
Psixologik ta’sirning umumiy vositalariga tahdid, haqorat va ruhiy tazyiq kiradi.

Ko‘pincha, zo‘ravonlik xatti-harakatlari sodir bo‘lganda, jabrlanuvchi bundan

xabardor bo‘lmasligi mumkin. O‘ziga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari qilinayotgan
shaxs, ular normadan oshib ketayotganini tushunmasligi mumkin. Vaziyat,
shuningdek, g‘azab hujumlari o‘rtasidagi davrda, "psixologik zo‘rlash" o‘zini
g‘amxo‘r, yumshoq va mehribon sherik sifatida ko‘rsatishi bilan yanada kuchayishi
mumkin.

Zo‘ravonlik qurbonlari ko‘pincha tushkunlikka tushadilar, ular bezovtalanishga

moyil va ko‘pincha o‘z joniga qasd qilish fikrlariga berilib ketishadi. Zo‘ravonlik
qurbonlari bo‘lgan odamlar, asosan, o‘zini o‘zi salbiy tomondan his qiladi va o‘ziga
nisbatan ishonchsizlik shubhasi bilan qaraydilar. Ularda doimiy ravishda hatarli
munosabatlardan qo‘rqish hissiyotlari va olamdan ko‘z yumish xohishlari asta-sekin
shakllanib boraveradi va oxir oqibat bir kuni ular o‘zlarining joniga qasd qilishgacha
borishlari mumkin. Boshqacha variantni olib ko‘rsak doimiy kamsitish ayolni boshqa
erkak bilan intim munosabatlar o‘rnatishiga majbur qiladi va bu munosabatlar asosida
eri bilan janjal qilish yoki uydan chiqib ketish vaziyatini yuzaga keltiradi. Er unga
nisbatan hiyonat qilgan ayolini affektiv holatda o‘rib o‘ldirib qo‘yish hollarini ham
hisobga olishimiz kerak.

Zo‘ravonlik psixologik harakat sifatida tavsiflanadigan odatiy xatti-harakatlar

qatoriga - xo‘rlashni, e’tiborsizlikni, o‘z sherigini begona odamlar o‘rtasida masxara
qilish, sherikning fikri va uning ishiga beparvolik; to‘liq va jiddiy nazorat, oila va
do‘stlar bilan har qanday bo‘lar bo‘lmas aloqalar haqida o‘lim bilan ogohlantirish; kim
bilan do‘st bo‘lish kerakligi, do‘stlar bilan qayerda uchrashish kerakligi haqida fikrlarni
kiritish; sherikga ruhiy bosim o‘tkazish, asossiz ayblovlar, qichqiriqlar, bolalardan
ajratib qo‘yish, pul yoki boshqa moddiy va nomoddiy imtiyozlar; tahdidlar, tajovuzkor
xatti-harakatlar, sherikning narsalarini yo‘q qilish; zarar yetkazish uchun o‘z aybini rad
etish, ikkitomonlama - zolim oiladagi sherik, omma oldida do‘stona, odobli odam
sifatida o‘zini ko‘rsatishdan iboratdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

110

ISSN:3030-3613

Psixologik zo‘ravonlik jamiyatda juda keng tarqalgan hodisa. Ammo ko‘pincha

bunday xatti-harakatlarning qurboni yonida yashaydigan odamlar zo‘ravonlik
harakatlarini sezmaydilar. Buning sababi, qurbonlar bunday harakatlarni ularga
nisbatan sodir etilganini tan olishdan uyalishadi va boshqa kimsalarga bu harakatlar
to‘g‘risida shikoyat qilishdan qo‘rqishadi.

Oiladagi psixologik zo‘ravonlikni tan olish qiyin vaziyat deb hisoblanadi va buni

isbotlash yanada qiyin.

Oiladagi zo‘ravonlik muammosi jins (gender) bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha

oiladagi zo‘ravonlik ba’zi madaniyatlarda keng tarqalgan erkaklarning tajovuzi va
tajovuzining natijasidir.

Ko‘pincha oilada ayolga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik bolali bo‘lgan barqaror

nikohda, ya’ni normal deb hisoblanadigan oilaviy munosabatlarda ro‘y beradi.
Oiladagi zo‘ravonlikni boshdan kechirgan ayollar haddan tashqari sabr-toqat va
sherigini ko‘p marta kechirishga tayyor. Bunday sabrtoqat va kechirim bolani otasiz
qoldirishni istamasligi, eriga iqtisodiy qaramlik, unga achinish, jamiyatning hurmatini
yo‘qotish qo‘rquvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni kuzatsak, statistik ma’lumotlardan

ko‘rinadiki, turli yoshdagi bolalar oiladagi zo‘ravonlikka duch kelishadi: 77% hollarda
bolalar ota-onadan, 11% - boshqa qarindoshlaridan, 2% - yaqin qarindoshlari
bo‘lmagan odamlardan, masalan, enaga yoki o‘gay ota-onadan azob chekishadi.

Kichik yoshdagi bolaga nisbatan zo‘ravonlik, ota-onalar yoki boshqa kattalar

tomonidan bolani kaltaklash, har xil haqoratlash, tahqirlash, og‘ir tan jarohati etkazish,
jismoniy shikast etkazish va bolaga jarohat etkazishni anglatadi. Zo‘ravonlikning
quyidagi toifalari ajratiladi: beparvolik, hissiy bosim, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik.

Parvarishning etishmasligi bolaga tibbiy yoki ruhiy yordam berishdan bosh

tortish, uydan chiqarib yuborish, ovqatlanishni to‘xtatish, maktabni o‘tkazib
yuborishga ruxsat berish, bolani mutlaq nazoratidan mahrum qilish, maktab faoliyatida
ishtirok etishni taqiqlash, maktabda o‘qish uchun zarur narsalarni bermaslik va h.k.

Ayrim hollarda, oilada bolaga nisbatan jismoniy jazolash qo‘llanilmasligi

mumkin, lekin ularda ruhiy bosim o‘tkazish, uni butkul nazorat qilish va bolaning
fikrini inobatga olmasdan, maktab o‘qituvchisi bilan birgalikda xulqini qoralash.
Tashqi tizimlar (tashkilotlar) ta’siriga tushib, ular bilan birgalikda ish olib borish,
oilada xavotir darajasi bo‘lgan hollarda ko‘p kuzatiladi. Bunday hollarda, oila
a’zolarida o‘z mas’uliyatlarini tashqi tizimga (shaxslarga) o‘tkazish niyatini paydo
bo‘ladi.

Oilada sodir etiladigan zo‘ravonliklarning kelib chiqishiga ko‘pgina holatlarda

jabrlanuvchining xulqi ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundaylarga muntazam ravishda
dag‘-dag‘a qilish, haqoratlash, nomaqbul laqablar bilan chaqirish va og‘zaki


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

111

ISSN:3030-3613

zo‘ravonlikning boshqa ko‘rinishlari, shuningdek, inson sha’ni va qadr-qimmatini
yerga urish, yakkalatib qo‘yish va histuyg‘ularni tan olmaslik kabilar sabab bo‘ladi.

Bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga ruhiy tazyiq o‘tkazish, ya’ni unga laqab

qo‘yish, uni yakkalatib qo‘yish, fikriga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish, uni rad
etish yoki umuman e’tiborga olmaslik, do‘q-po‘pisa bilan qo‘rqitish, yerga urish,
kamsitish, uning hatti-harakatlari ustidan kulish va asabni buzuvchi so‘zlar bilan
muomala qilish kabilar zo‘ravonlikning sodir etilishida asosiy rol o‘ynaydigan
ma’naviy-ruhiy xususiyatlar hisoblanadi.

Zo‘rlik hukm suradigan oilaviy muhitda doimiy ravishda zo‘ravonlik ro‘y

berishini kutish natijasidagi doimiy qo‘rquv va tashvish, u ro‘y berayotganda esa
og‘riq, xo‘rlanish va qo‘rquv, nisbatan kattaroq yoshdagilar guruhlarida esa, ota-ona
tomonidan inkor qilinganlik tufayli yolg‘izlik, ishonchsizlik va ba’zan o‘z-o‘zidan
nafratlanish kabilar mavjud bo‘ladi.

Oilaviy zo‘ravonlik holatiga uchragan xotin-qizlar yoki bolalarning huquqiy

hatti-harakatlari qanday bo‘lishi kerak deganda, birinchi navbatda, ular oila – qo‘ni-
qo‘shnilar - maxalla – huquqni himoya qiluvchi organ tizimida murojaat qilib yordam
olishlari mumkin. Ya’ni ular birinchi navbatda mahalla va profilaktika inspektori
yordamiga tayanib, zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olishlari yoki uni
to‘liq bartaraf etishlari mumkin bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, oilada zo‘ravonlik erkakga, ayolga, bolaga va

oilaning boshqa a’zolariga nisbatan zulmkorlik, tajovuzkorlik ko‘rinishlardagi
munosabatda bo‘lishi achinarli holdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А.Мадвалиев таҳрири остида. Тошкент:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. Т.: 2006. Б.165.

2.

Файзиева М., Жабборов А. Оилавий муносабатлар психологияси. –Т:. “Янги
аср авлоди”, 2007. –Б. 7.

3.

Ражабова М. Шариатда жиноият ва жазо. Монография: Т:. 1996. –Б. 76;

4.

4.Бурҳониддин Марғиноний. Ҳидоя. Жилд 2. – Қозон 1886. “Россия
босмахонаси” –Б. 625.

5.

Шаропов

Р.Д. Уголовно-правовое

характеристика физического

насилия:

6.

Афтореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата
юридических наук. –М., 1999. –С. 4-5.

7.

Гребёнкин Ф.Б. Уголовно-правовое значение психологического насилия в
преступлениях против собсвенности: Автореферат диссертации на соискание
ученой степени кандидата юридических наук. –М., 2004. –С. 6.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

112

ISSN:3030-3613

8.

Мощицкая Е.Ю. Виктимологическое характеристика сексуального насилия
несовершеннолетных:

Автореферат диссертации на соискание ученой

степени кандидата юридических наук. –М., 2004. –С. 24.

9.

Назаров А. Оила-турмуш муносабатларида зўравонликни олдини олиш
муаммолари. // Davlat va huquq. –Т., 2004, №4 (20) –Б. 44.

10.

Колмакова О.С. Преступления, посягающие на права ребенка в сфере
семейных отношенийтекст автореферата и тема диссертации по праву и
юриспруденции: преступления, посягающие на права ребенка в сфере
семейных отношений: Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата юридических наук. –М., 2015. –С. 8.

11.

Ерусланова Р.И, Милюхин К.В. Насилие в семье. Учебное пособие. М. 2010.
С.46.



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А.Мадвалиев таҳрири остида. Тошкент:

“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. Т.: 2006. Б.165.

Файзиева М., Жабборов А. Оилавий муносабатлар психологияси. –Т:. “Янги

аср авлоди”, 2007. –Б. 7.

Ражабова М. Шариатда жиноият ва жазо. Монография: Т:. 1996. –Б. 76;

4.Бурҳониддин Марғиноний. Ҳидоя. Жилд 2. – Қозон 1886. “Россия

босмахонаси” –Б. 625.

Шаропов Р.Д. Уголовно-правовое характеристика физического

насилия:

Афтореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата

юридических наук. –М., 1999. –С. 4-5.

Гребёнкин Ф.Б. Уголовно-правовое значение психологического насилия в

преступлениях против собсвенности: Автореферат диссертации на соискание

ученой степени кандидата юридических наук. –М., 2004. –С. 6.

Мощицкая Е.Ю. Виктимологическое характеристика сексуального насилия

несовершеннолетных: Автореферат диссертации на соискание ученой

степени кандидата юридических наук. –М., 2004. –С. 24.

Назаров А. Оила-турмуш муносабатларида зўравонликни олдини олиш

муаммолари. // Davlat va huquq. –Т., 2004, №4 (20) –Б. 44.

Колмакова О.С. Преступления, посягающие на права ребенка в сфере

семейных отношенийтекст автореферата и тема диссертации по праву и

юриспруденции: преступления, посягающие на права ребенка в сфере

семейных отношений: Автореферат диссертации на соискание ученой

степени кандидата юридических наук. –М., 2015. –С. 8.

Ерусланова Р.И, Милюхин К.В. Насилие в семье. Учебное пособие. М. 2010.

С.46.