Mualliflar

  • Fayzulloyev Avazbek Narzullo o’g’li.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95786

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar. Giyohvandlik va psixotrop vositalari geroin kokain bojxona kontrabanda noqonuniy savdo o’lat vabo narkotik moddalar alkogol tamaki vositalari noqonuniy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  bugungi  kunda  butun  dunyoga  muammoga  aylanib 
borayotgan  giyohvandlik  va  psixotrop  vositalari  yer  yuzida  xavfsizlikka,  inson 
salomatligiga xavf solmoqda. Shuningdek har bir jamiyatning iqtisodiy, siyosiy hamda 
madaniy      sohalariga  katta  xavf  solishga  ulgurgan  giyohvandlik  va  psixotrop 
vasitalarining noqonuniy savdo aylanmasi va bu aylanmaga bilib-bilmay kirib qolgan 
kishilarning bu yo’lga kirishiga nima majbur qilganligi hamda bunday asoslarni oldini 
olish to’g’risida muhokamalar olib boriladi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

62

ISSN:3030-3613

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP

VOSITALARI HAMDA ULARNING TARMOQLARIGA OID MASALALAR.

Fayzulloyev Avazbek Narzullo o’g’li.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

iqtisodiy munosabatlari fakulteti talabasi.

Phone +(998)94 366 25 06

Annotatsiya.

Maqolada bugungi kunda butun dunyoga muammoga aylanib

borayotgan giyohvandlik va psixotrop vositalari yer yuzida xavfsizlikka, inson
salomatligiga xavf solmoqda. Shuningdek har bir jamiyatning iqtisodiy, siyosiy hamda
madaniy sohalariga katta xavf solishga ulgurgan giyohvandlik va psixotrop
vasitalarining noqonuniy savdo aylanmasi va bu aylanmaga bilib-bilmay kirib qolgan
kishilarning bu yo’lga kirishiga nima majbur qilganligi hamda bunday asoslarni oldini
olish to’g’risida muhokamalar olib boriladi.

Kalit so’zlar.

Giyohvandlik va psixotrop vositalari, geroin, kokain, bojxona,

kontrabanda, noqonuniy savdo, o’lat, vabo, narkotik moddalar, alkogol, tamaki
vositalari, noqonuniy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы, связанные с наркоманией

и психотропными веществами, которые в современном мире стали глобальной
проблемой. Обсуждаются их влияние на безопасность, здоровье человека, а
также на экономическую, политическую и культурную сферы каждого общества.
Кроме того, анализируется незаконный оборот наркотиков и психотропных
веществ, представляющий серьезную угрозу, и причины, по которым люди,
осознанно или неосознанно, вовлекаются в эту деятельность. Также приводятся
меры по предотвращению подобных явлений.

Ключевые слова.

Hаркомания и психотропные вещества, героин, кокаин,

таможня, контрабанда, незаконная торговля, мор, эпидемия, наркотические
вещества, алкоголь, табачные изделия, незаконное производство химических
продуктов.

Annotation.

The article discusses issues related to drug addiction and

psychotropic substances, which have become a global problem in today's world. It
examines their impact on security, human health, and the economic, political, and
cultural spheres of society. Additionally, the article analyzes the illegal circulation of
drugs and psychotropic substances, which pose a significant threat, and the reasons
why people, knowingly or unknowingly, become involved in this trade. Measures to
prevent such occurrences are also discussed.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

63

ISSN:3030-3613

Key words.

Drug addiction and psychotropic substances, heroin, cocaine,

customs, smuggling, illegal trade, plague, epidemic, narcotic substances, alcohol,
tobacco products, illegal chemical production.

Kirish

So’ngi yillarda butun dunyoda, xususan mamlakatimizda ham global

muammoga aylanishga ulgurgan va hali hamon o’z yechimi topilmagan, hamda butun
dunyo olimlarini bir joyga to’plashga majbur qilgan masalalardan biri bu
,,Giyohvandlik va psixotrop’’ vositalaridir. Ma’lum qilishimiz joyizki o’rta asrlarda
dunyo aholisiga xavf solgan ,,Vabo’’ va ,,O’lat’’ kabi kasalliklarning o’rnini XXI asrda
,,Giyohvandlik va psixotrop’’ vositalari egallab oldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu
borada yurtimizda ham keng ko’lamli tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan
bu masalaga jiddiy yondashgan holda davlatimiz rahbari tomonidan DXX, IIV, hamda
Milliy Gvardiya kabi soha vakillari bu ishga jalb qilindi. Bundan tashqari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning hududiy komissiyalari
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-oktabrdagi 631-son
qarori qabul qilindi. Bunday islohotlardan so’ng yurtimizda bu kabi muammolar
sezilarli darajada kamaytirildi. Malumotlariga qaraganda Osiyoda Ozbekiston davlati
giyohvandlik moddalarini eng kam istemol qiluvchi davlatlar qatorida turishini faxr
bilan ayta olamiz

[1]

Barchamizga ma’lumki bugungi kunda yurtimizdagi eng yirik muammolardan
biri bu giyohvandlikdir nafaqat yurtimizda balki butun dunyo mamlakatlarining global
muammosidir. Bizning yurtimiz garchand O’rta Osiyodagi eng tinch o’lkalardan biri
bo’lishiga qaramasdan boshqa davlatlardan turli xil noqoniniy yo’llar bilan
giyohvandlik vositalarini kiritilmaydi deb ayta olmaymiz. Bunday yomon illatlarga
kirib qolganlar soni tobora oshayotganligi albatta achinarli holat. O’zbekiston
Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining malumot berishicha: bu kabi vositalar
inson tanasini tobora holsizlantirib uning ichki azolarini ishdan chiqarishi mumkinligi
va hattoki o’limgacha olib kelinishi isbotlangan

[2]

. Buning natijasida nogironlik, turli

xil surunkali kasalliklar va farzandning o’lik tug’ilishi sabablari bundan mustasno
emas.
- Bugungi kun meditsinasida ma’lum bir miqdorda bunday mahsulotlardan
mutaxasislar nazorati ostida foyadalaniladi turli xil dori preporadlarini tayyorlash
uchun va bunday vositalar bizda mavjud bo’lmaganligi sabali boshqa davlatlardan
eksport qilib qonuniy yo’l bilan olib kelinadi

[3]

. Biroq ba’zi bir shaxslar esa o’z

ehtiyojini qondirish va moliyaviy foyda ko’rish maqsadida bunday vositalarni olib
kelib mahalliy aholiga dastlab arzonga sababi (bunday og’ular o’ziga orgatib qo’yish
xususiyatiga ega bo’lib buni qabul qilgan inson muntazam istemol qilmasa o’lim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

64

ISSN:3030-3613

darajasigacha borishi mumkin) keyinchalik esa qimmat narxlarda va oxir oqibat
istemolchi bu shaxslarga tobe inson bo’lib qolishadi va bu esa ularga ayni muddaodir.
- Bundan tashqari ba’zi bir insonlar esa bunday mahsulotlarni o’z uyida
yetishtirib keyinchalik sotish bilan ham shug’ullanuvchilar afsuski mavjud.
- Ba’zi birlari esa bojxona xizmatchilaridan yashirincha yo’llar (boshqa bir
mahsulotning ichiga yashirish) yo’li bilan boshqa davlatlardan bizning yurtimizga olib
kirgan holatlar ham kuzatilgan

[4]

.

Yurtimizdagi ma’lumotlarga qaraganda so’ngi 5 yil ichida Respublikamiz
hududida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi vositalar noqonuniy
muamalasi uchunjavobgarlika tortilgan shaxslar orasida yoshlar 74 foizga shu
jumladan talabalar 21 foiz, maktab o’quvchilari 6 foizga oshgan.Statistikalarga
qaraganda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan giyohvandlik vositalari istemolchilari 60
foizga ko’paygan

[5]

.

Bu statistikadagi yoshlarning ko’pchiligida tergovlar olib borish natijasida
moddiy yetishmovchilik va tezda boylik to’plash kabi sabablar orqali kirib qolganligi
aniqlandi. Ularning orasida aldov qurboni bo’lganlar ham mavjud ya’niy bugungi
kunda ommalashgan yetkazib berish xizmati ishchilarining buyurtmalar orasiga
yashirincha yo’llar bilan solingan narkotik moddalarni organ hodimlari tomonidan
tintuv ishlari natijasida topilgan holatlar ham kuzatilmoqda. Bu kabi holatlarni oldini
olish uchun yoshlarimiz bunday malumotlardan ogoh bo’lish va boshqalarning
noroziligi bilan ishlab topilgan mablag’ hech qachon unga foyda keltirmasligini
tushuntirish va ularga ko’nikmalar berish uchun maktab, universitetlarda shu kabi
ishlarni olib boruvchi alohida mutaxasislar bilan ishlovchi maxsus bo’lim faoliyat
yuritsa foydaliroq bo’ladi deb o’ylayman.

BMT xulosa va tafsiyalari asosida ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasida

giyohvandlik va shunga o’xshash jinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha 2024-2028-
yillarga mo’ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi

[6]

.Bundan tashqari tegishli xodimlar

tomonidan ko’plab hududlarda xususan maktab, universitet hamda jamoat joylarida
turli xil tadbirlar olib borilmoqda. Shuningdek televideniya hamda axborot
telekomunikatsiyalarda bunday illatlardan ogoh bo’lish va ularni oldini olish
to’g’risida ko’nikmalar berlimoqda.Yuqoridagi statistikalarga qaraganda aksariy
holatlarda maktab o’quvchilari ham borligi achinarli holat, shuning oldini olish
maqsadida davlatimiz rahbari 2024-yil 1-fevraldan boshlab yurtimizdagi barcha
maktablarga Milliy gvardiya hodimlarini mas’ul qilib qo’yganligi bunday illatlarning
kamayishi hamda bilimga qaratilgan yirik islohotlardan biri desak adashmagan
bo’lamiz.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

65

ISSN:3030-3613

Giyohvandlikning tarmoqlari - Giyohvandlikning ham turli xil tarmoqlari mavjud
bo’lib: bunga biz alkagol ichimliklari va turli xil tamaki vositalarini aytishmiz mumkin.
Ammo ularga bo’lgan talab esa tobora ortib bormoqda va afsuski bunday mahsulotlar
(alkagol ichimliklari va tamaki mahsulotlari) bizning yurtimizda ham ishlab
chiqariladi. Bunday mahsulatlarni istemol qilgan kishilarda ham giyohvandlik
asoratlarini ko’rishingiz mumkin (alkagol va tamaki vositalariga o’rganib qolish). Bu
turdagi mahsulotlarning talabi hattoki maktab o’quvchilari, ayollar va o’spirinlar
orasida ham avj olmoqda.
Tamaki va alkogol ichimliklarining muammosini hal qilishning yagona yo’li
bu- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dozasini (alkagol va kokain miqdorini)
tobora asta-sekinlik bilan kamaytirishdir. Sababi ularning miqdori keskin kamaytirilsa
bemor organizmi bunga qoniqmaslik holati kelib chiqishi mumkin shuning uchun ham
yurtimizda bunday siyosat yuritilsa giyohvandlikning asosiy tarmoqlaridan biriga chek
qo’ygan bo’lamiz.

Xulosa va takliflar. Giyohvandlik- bu faqatgina shaxsiy muammo emas,balki butun
jamiyatni xavf ostiga qo’yadigan, jiddiy e’tibor talab qiladigan masala.Bu muammo
bilan kurashish uchun faqat davlat va jamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari kerak.
Giyohvandlikka qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlarjamiyatning sog’lom va xavfsiz
bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun giyohvandlikni oldini olish va unga qarshi
kurashish har birimizning burchimizdir.Shu sababdan ham biz bu qora illatni yo’q
qilishimiz uchun faqatgina davlat hodimlarigina emas balki har birimiz mas’ulmiz va
har birimiz javobgarmiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

World Population review 19.02.2024-yil statistik malumotlar

2.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73- farmoni

3.

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi ,, Giyohvandlik
psixiateriyas’’.

4.

Demokrat.uz axborot sayitining ,,Jamiyat va Jinoyat ‘’ 02.11.2024 soni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning
hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil
4-oktabrdagi 631-son qarori.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning
hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil
4-oktabrdagi 631-son qarori.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

World Population review 19.02.2024-yil statistik malumotlar

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73- farmoni

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi ,, Giyohvandlik

psixiateriyas’’.

Demokrat.uz axborot sayitining ,,Jamiyat va Jinoyat ‘’ 02.11.2024 soni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari va

psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning

hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil

-oktabrdagi 631-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari va

psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning

hududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil

-oktabrdagi 631-son qarori.