T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
53
ISSN:3030-3613
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK MUHITINI YAXSHILASHDA
INFRATUZILMA ROLINI OʻRGANISH
O‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti
magistr 2 kurs talabasi
Abdusaxatov Ma’murjon Muratjonovich
Annotatasiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda Tadbirkorlik muhitini yaxshilashda
Infratuzilma rolini oʻrganish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar :
Jahon iqtisodiyoti, globallashuv, tadbirkorlik muhiti, infratuzilmani
rivojlantirish, kichik biznes, aholi daromadi.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan
iqtisodiy-ijtimoiy beqarorlikning salbiy taʼsiri kichik biznes hamda ishbilarmonlik
muhiti samarali rivojlangan mamlakatlarda nisbatan kuchsiz boʼlmoqda. Аyniqsa,
tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirish jarayonlari eng
ilgʼor tajribalarga
Germaniya, Yaponiya,
Buyuk
Britaniya, Shveytsariya, Kanada, Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Аrab
Аmirliklari va boshqa bir qator davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan
Shuningdek, «jahon tajribasida kichik biznes davlatning koʼmagisiz juda sekin
rivojlanayotganligi ham barchaga maʼlum». Shunday ekan, jahonning deyarli barcha
mamlakatlarida ishbilarmonlik muhitini qulaylashtirish, tadbirkorlarga yaxshi shart-
sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahonda tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirish
jarayonlarining
samaradorligini
oshirishda
raqamli
iqtisodiyot
imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kichik biznesning innovatsion gʼoyalari va
texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi
daromadini oshirish borasidagi imkoniyatlaridan toʼlaroq foydalanish, ishbilarmonlik
muhitini kuchaytirishda turli infratuzilma xizmatlarini yoʼlga qoʼyishning tashkiliy-
iqtisodiy masalalarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekistonning
tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga eʼtiborning
kuchaytirilishi hamda biznes yuritish shart-sharoitlarining tubdan yaxshilanishi
natijasida biznes yuritish hamda ishbilarmonlik muhiti boʼyicha xalqaro reytinglardagi
oʼrni yaxshilanib bormoqda.
«Biznes yuritish» yillik hisobotida mamlakat reytingini yanada yaxshilash
boʼyicha «Yoʼl xaritasi» tasdiqlanib, unga koʼra respublikaning mazkur reytingda 20-
oʼringa erishishini nazarda tutuvchi «Biznes yuritishni yaxshilash – 2022» maqsadli
koʼrsatkichlari ishlab chiqildi. Keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish
zarur boʼlgan dasturiy va maqsadli vazifalar qatorida «…biznes muhitini yanada
yaxshilash biz uchun eng muhim masalalardan boʼlib qoladi». Oʼzbekistonda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
54
ISSN:3030-3613
ishbilarmonlik
muhitini
muvofiq
tarzda
rivojlantirishning
zaruriyati
uni
ragʼbatlantirishda moslashuvchan va taʼsirchan siyosat yuritishni taqozo etmoqda.
Biznes
subʼektlarining
ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlari,
ularning
iqtisodiy
faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammolar, ishbilarmonlik muhitining ishlashi bilan
aholi isteʼmolining yangilanib borishi va cheksizligi oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik
masalalari dolzarblik kasb etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi PF-6003-son
«Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi
mexanizmini joriy qilish toʼgʼrisida», 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son «Xalqaro
reyting va indekslarda Oʼzbekiston Respublikasining oʼrnini yaxshilashga oid chora-
tadbirlarni tizimlashtirish toʼgʼrisida», 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi farmonlari, 2019 yil 5 fevraldagi PQ-
4160- son «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik
hisobotida Oʼzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʼshimcha
chora-tadbirlar toʼgʼrisida» Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning ilmiy-metodologik jihatlari buyuk
iqtisodchilar tomonidan oʼrganilgan. Bular qatorida А.Smit, Y.Shumpeter, J.M.Keyns,
R.Xizrich, M.Piters, F.Kotler, P.А.Samuelьson, V.D.Nordxaus kabi olimlarning
nomlarini
keltirish
mumkin. Shuningdek,
N.E.Simionova,
А.O.Blinov,
M.M.Maksimtsev, V.Ya.Gorfinkelь, V.А.Shvandar, Ye.M.Kupryakov, V.S.Katьkalo,
А.Yu.Panibratov, А.N.Dyatlov, N.V.Vasilenko kabi rossiyalik iqtisodchilarning ilmiy
asarlarida ishbilarmonlik muhitini tadqiq etishga doir u yoki bu darajadagi mulohazalar
oʼz aksini topgan. Shu bilan birga, aynan ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va uni
nazariy jihatdan yoritishga doir yondashuvlarni asosan xorijlik iqtisodchilar
asarlaridan oʼrganish mumkin. Oʼzbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning
umumiy jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish boʼyicha S.S.Gʼulomov,
Yo.А.Аbdullaev,
M.R.Boltabaev,
M.S.Qosimova,
Sh.J.Ergashxodjaeva,
B.K.Gʼoyibnazarov, А.N.Samadov, А.А.Xadjimuratov kabilarning ishlarini qayd etish
mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar X.P.Аbulqosimov, I.А.Bakieva, Q.Muftaydinovlarning tadqiqot ishlarida
oʼrganilgan. Shuningdek, Sh.I.Mustafaqulov tomonidan ishbilarmonlik muhitini
yaxshilashda investitsiya jozibadorligini oshirishga doir masalalar tadqiq etilgan.
Shunga qaramay bugungi globallashuv jarayonlarida kichik biznesni rivojlantirishning
zamonaviy tendentsiyalarini hisobga olish, uni davlat tomonidan tartibga solish va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
55
ISSN:3030-3613
rivojlantirish yoʼnalishlarini aniqlash, shuningdek, kichik biznesni rivojida
ishbilarmonlik muhitini qulaylashtirishga yoʼnaltirilgan masalalar hali toʼliq
oʼrganilmagan boʼlib, ushbu mavzu doirasida tadqiqot olib borish dolzarbligi namoyon
boʼldi.
Berilgan maqsaddan kelib chiqib, dissertatsiya ishida quyidagi vazifalar belgilandi:
• Tadbirkorlik muxiti hamda infratuzilma tushunchalari va ularning
mohiyati asoslarini yoritib berish;
•
Tadbirkorlik
muhitini
yaratishda
infratuzilmani
rivojlantirishning
obektiv sabablarini ochib berish;
• Tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishning ilgʼor xorijiy
mamlakatlar tajribasini aniqlash;
• Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishning xuquqiy asoslarini yoritib berish;
• Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʼllab
quvvatlanishini asoslab berish;
• Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish yoʼnalishlarini aniqlash.
• Tadbirkorlik infratuzilmasi obektlarini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash
mexanizmlarini takomillashtirish yoʼllarini aniqlashdan iborat.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy
Osiyo: mintaqaviy oʼzaro bogʼliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro
konferensiyada iqtisodiy xavfsizlik va innovatsion faoliyat oʼrtasidagi oʼzaro
bogʼliqlik, mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʼrni toʼgʼrisida hayotiy dolzarb masalalarni
taʼkidlab oʼtdi. Jumladan, “Biz oʼzaro bogʼliqlik, hamkorlik, muloqot va eng asosiysi,
ishonch izchil va barqaror rivojlanish, mintaqalarimiz aholisining turmush darajasi
hamda farovonligini oshirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga aminmiz.
Xulosa o‘rnida, Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishni yengillashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar
tanqidiy qayta koʻrib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan
byurokratik toʻsiq va gʻovlar bekor qilindi. Koʻrilgan choralar natijasida respublikada
ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar
uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi
2.
Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 oktabrdagi
PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 66-son
qarori
,
2017 yil 9 fevral.
3.
G.K.Saidova “Qulay ishbilarmonlik muhiti - tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
garovidir” 9 avgust 2018 y. Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
56
ISSN:3030-3613
kambag‘allikni
qisqartirish
bosh
boshqarmasi
rasmiy
sayti:
http://cityeconomy.uz/uz/about/interaktiv/savol-javoblar
.
4.
Frederic Meunier, Nadia Novik, Cyriane Coste, Erick Tjong “How did starting
a business become easier than ever?”, World Bank Blogs, December 19, 2017.
Site:
https://blogs.worldbank.org/developmenttalk
.