T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
50
ISSN:3030-3613
O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARDA HUQUQBUZARLIK VA
JINOYATCHILIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING DOLZARB
PSIXOLOGIK MASALALARI
Usmankulova Feruza Eshbekovna
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani 27-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Qiziqishlarning shaxs xulq-atvorida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada qiziqishlarning bolalar va o’smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib
chiqishiga ta’siri ochib berishga harakat qilingan. Uni oldini olish omillari ko’rsatib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Qiziqish, o‘smir, jinoyatchilik, o‘z-o‘zini anglash, ehtiros,
xarakter, rivojlanish, korreksiya.
KIRISH
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda
insonning individual xususiyati bеvosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning
dunyoqarashi, e’tiqodlari, idеallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu-
umidlari bilan bеvosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kеchishini
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Qiziqishlarning bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga
ta’siri mavjud ekanligini o‘smirlik sublimatsiyasining noto‘g’ri yo‘naltirilganligi bilan
izohlaymiz. Qiziqish insonni harakatga undaydi. Qiziqishlari turli-tuman o‘smir o‘z
tengdoshlari bilan jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy-huquqiy talablarga qarama-qarshi
bo‘lib, salbiy holatlarga beriluvchanlikni keltirib chiqaradi.
Dastlab qiziqish xarakteridagi salbiy xatti-harakatlar keyinchalik uning
shaxsiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.Qiziqishlar to‘g‘ri tarbiyalansa, ular
o‘smirlarning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. O‘quvchining bilimlari chuqurlashib boradi, u fanlarni o‘rgana boshlaydi,
unda ayrim o‘quv predmetlariga, san’atga, sportning qaysidir turiga zo‘r qiziqish
ortadi. O‘smir juda ko‘p narsalarga; sport, turizm, kino-teatr, badiiy havaskorlik kabi
turli yo’nalishlarga qiziqadi.
Ko‘p hollarda bu qiziqishlar ehtiros xarakteriga ega bo‘ladi. Kun tartibi to‘g‘ri
tashkil qilinsa, vaqt to‘gri taqqoslansa, o‘smir yaxshi o‘qish, maktabdan tashqari xilma-
xilishlar bilan shug‘ullanishi va o‘yin-kulgu uchun yetarli vaqt topa olishi mumkin.
Ilk yigitlik bo‘sag‘asida turgan o‘smirlar uchun kishilarning histuyg‘ulari,
kechinmalariga va ayniqsa, o‘zining ichki dunyosiga, o‘zinio‘zi analiz qilishga
moyillik xarakterlidir. O‘z-o‘zini anglashning - bu o‘zini o‘zi tanish, sifat va
kamchiliklarini, o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini bilib olish, o‘z xatti-harakatlari haqida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
51
ISSN:3030-3613
hisob berish ehtiyojidir. O‘z-o‘zini anglashningeng yuqori darajasi o‘zining hayotdagi
o‘rnini aniq tasavvur qilish, o‘zini shaxs sifatida anglab olishdir.
Dastlabki paytlarda uning o‘zi haqidagi fikrlari ko‘p jihatdan boshqa
kishilarning u haqidagi fikrlaridan iborat bo‘ladi. “O‘z xarakter hislatlaring haqida sen
qayerdan
bilasan”
-
degan
savolga
o‘smirlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
otaonalari,o‘qituvchilari, o‘rtoqlaridan bilib olganlarini aytadilar, ammo keyinchalik
buni o‘zlari seza boshlaydilar. Lekin har qalay, o‘zlaridan ko‘ra boshqa kishilarni
oldinroq baholay boshlaydilar.Ular o‘z fikrlarini g‘olib chiqishini xohlashadilar.
O‘smirlar boshqa kishilarni baholashda bazan shoshma-shosharlik qilib, qat’iy
fikr yuritishga yo‘l qo‘yib qo‘yadilar. Masalan: ular ko‘pincha kishilarni faqat ayrim
xatti-harakatlari va ayrim sifatlariga qarab baholaydilar. Bu bahoni esa butun bir
shaxsga nisbatan tadbiq qiladilar. Natijada kishining qadr-qimmati uning ijobiy va
salbiy sifatlari haqida ko‘pincha noto‘g‘ri xulosa chiqaradilar. Ularning o‘z-o‘ziga
baho berishi ham har doim xolis bo‘lavermaydi. Masalan: ular o‘rtoqlaring qo‘polligi
gapiradilar-u, ammo buni o‘zlarida sezmaydilar. Hamma o‘smirlarham o‘z-o‘zini
tanqid qilish, o‘z xatolarini vijdonan va ro‘yi-rost bo‘yniga olishni uddasidan
chiqavermaydi.
O‘smir atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan sezgir bo‘ladi. Uning
kayfiyatidagi ranjishsababi ana shunda. Tasodifiy muvaffaqiyat yoki kattalarning
maqtab qo‘yishi, o‘smirlarni o‘ziga ortiqcha baho berishiga, o‘ziga haddan tashqari
ishonuvchanlikka, maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto vaqtincha, tasodifiy
muvaffaqqiyatsizlik o‘smirda o‘z kuchiga ishonmaslik ishonchsizlik uyg‘otish,
qo‘rqoqlik, jur’atsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborish mumkin.Shu
xususiyatlar natijasida unda kelib chiqadigan qiziqishlar salbiy xulqiy og’ishishlarga,
turli jinoiy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ota-ona yoki o‘qituvchi o‘smirlar bilan bo‘ladigan munosabatda
alohida e’tiborli va nazokatli bo‘lishi zarur. O‘smirlik yoshida zaif, mustaqil emas,
kichkina deb nom chiqarishninig qo‘rqish xavfi kuchayadi.U o‘zining mustaqilligini
ko‘rsatish uchun, o‘zining nohaqligini tushunib tursa ham, ko‘pincha qaysarlik va
qo‘pollik qilaveradi. Muomalada dag‘allik, talabchanlikva hurmatsizlik o‘quvchiga
yosh bolalarga bo‘lganday muomalada bo‘lish ular yaxshi tushunaman deb hisoblagan
misollar bo‘yicha o‘zlarining mustaqil fikirlarini aytish huquqini mensimaslik ularning
yuqori natijalarga erishishdagi kuch va imkoniyatlariga shubhalanish kabi hodisalar,
odatda o‘smirda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy harakatlarni hosil
qiladi.
XULOSA
O‘smirlar o‘z-o‘zini tarbiyalashga zarurat sezadilar buni ulardan onglilikning
o‘sishi, kattalarga o‘xshashga intilishlari bilan tushuntirish mumkin. Ular ma’lum
darajada o‘zini ishontirish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini nazorat qilish kabi o‘z-o‘zini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
52
ISSN:3030-3613
tarbiyalash vositalariga egadirlar. Ular ayniqsa, jismoniy va iroda sifatlarini o‘stirishga
harakat qiladilar. O‘smirlikda bolalarda burch va javobgarlik tuyg‘ulari yetarli darajada
o‘sgan bo‘ladi.Bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan ma’lum maqsadga erishish
uchun ish-harakatlar qilishga qobil bo‘lib qoladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini
olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 85bet.
2.
Калмыкова э. С., Падун М. А. Ранняя привязанност и эе влияние на
устойчивост к психической травме: Постановка проблемы (Сообщ. 1) //
Психологический журнал. – Т. 23. – М.: 2002. – № 5. – С.
3.
Qarshiboyeva G. Oilada bolalarni xalq og ‘zaki ijodi na’munalari asosida
tarbiyalash //Архив Научных Публикаций JSPI. –2020.
4.
Шарафитдинов А. и др. Проблема застенчивости у ребенка и ее
устранение //Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 64-66.
5.
Шарафитдинов А. и др. Формирование у учеников чувства общности
//Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 66-67
6.
МаджидовДж Б, Маджидова В, ШарофиддиновА. Социальный интеллект как
совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию личности в
обществе.
страницы: 22-24 источник: актуальные вопросы современной
психологии материалы международной научной конференции. 2017
7.
Sharaffitdinov, A., &Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality
for children through samples of folklore. EurasianScientificHerald, 5, 65-
68.
8.
Sharafitdinov Abdulla, QurbonboyevMirazizZulxaydaro‘g‘li Psychological
Characteristics of DecisionMaking in Management Global Scientific Review A
9.
Peer Reviewed, Open Access, International Journal www.scienticreview.com
Volume 1, February 2022 ISSN (E): Pending