T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
31
ISSN:3030-3613
TARBIYASI OGʻIR VA PAST O`ZLASHTIRUVCHI O`QUVCHILAR BILAN
KORREKSION-RIVOJLANTIRUVCHI MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH
Muratova Shaxnoza Ulugʻbekovna
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 275-umumta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan
ishlashni tashkil etish, o’quvchilar faoliyatini stimullashning metodik imkoniyatlari
hamda pedogogik shart-sharoitlari xususida so`z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogika, baholash, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar,
stimullashtirish, rag’batlantirish, ijodkorlik.
KIRISH
Ta’lim tizimi – ijtimoiy-genetik mexanizm bo`lib, u ijtimoiy tajribani avloddan-
avlodga o`tkazadi va shu orqali shaxsni shakllantirishni ta’minlaydi hamda uning
istiqbollarni belgilaydi. Bu tizim odamzod paydo bo`lgan davrlardan buyon amal qilib
kelmoqda. Zero, madaniy-ma’naviy boyliklarsiz, ta’lim tizimisiz jamiyat yashay
olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oliy darajadagi ahamiyat kasb etadigan
ijtimoiy institut bo`lib hisoblanadi.
Amerikalik olim G.Overstritning ta’kidlashicha, xulq-atvorimiz va
xattiharakatlarimiz zamirida biz uchun eng qimmatli bo`lgan orzularimiz yotadi.
Kimnidir u yoki bu ko`rinishdagi xatti-harakatlarni bajarishga undashni o`z oldigan
vazifa qilib qo`yganlar uchun eng yaxshi maslahat shunday: avvalo o`z
suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni uddalay olsa,
butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi.
Muhokama va natijalar.
Bolalar nimani istashadi – bu o`qituvchining olidida
turgan bosh masala bo`lib hisoblanadi. Agar biz sichqonni tutmoqchi bo`lsak,
qopqonga qip-qizil bo`lib pishgan gilosni qo`ymaymiz, balki pishloq bo`lagini
qo`yamiz, ya’ni bunda o`z istagimiz va ta’bimizga ko`ra emas, balki kemiruvchilarning
ta’bidan kelib chiqib ish yuritamiz. Shuni mudom yodda tutishimiz va anglashimiz
lozimki, faqat biz nimani istashimizgina muhim emas, balki bolalar nimani istashlari
ham juda muhimdir. Uni sindirishga va qayta qurishga urinmang: u o`z xohish-istaklari
uchun aybdor emas. Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g`oyasini yodda tuting.
O`qituvchining vazifasi – agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning
yo`nalishini o`zgartirish.
Agar biz bolalarning chekmasligini istasag-u, biroq o`quvchini chekish istagi
tark etmasa, unga har qancha pand-nasihat qilsangiz ham foydasi bo`lmaydi. Bolalarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
32
ISSN:3030-3613
qo`rqitish uchun odatda ko`p misol qilib keltiriladigan “nikotindan o`lgan ot” sizga
yordam bermaydi. Ammo siz o`quvchingizda musobaqada g`olib bo`lish, futbol
jamoasiga qo`shilish yoki sinfdagi bir go`zal qizning nazariga tushish istagi borligini
bilib qolsangiz, unga tushuntiringki, chekish bu borada muvaffaqiyatsizlikka
uchrashiga sabab bo`lishi mumkin.
Qiziqishlar va mayllarni hisobga oling.
Tushunish – kechirish demakdir,
degan hikmat bor. O`quvchini agar o`qituvchi tushunmasa, kim tushunadi?
O`quvchilar orasida hech narsaga qiziqmaydigani bo`lmaydi. Bu allaqachon
hammamiz uchun ma’lum bo`lgan aksioma bo`lsa ham, hamon biz o`quvchilar
qiziqishlarini hisobga olishni o`rganmaganmiz.
O`qish-o`rganish va o`z-o`zini takomillashtirishning kuchli stimuliga nisbatan
qiziqish uyg`otishning juda ko`p qo`shimcha vositalari borligini unutmaslik kerak.
Shulardan biri bolalarning yorqin obrazlar, va formalarga bo`lgan qiziqishlariga
asoslanadi. Intellekt hissiy kechinmalar ta’siriga tez tushib qoladi va o`quvchi unga
ko`proq ta’sir ko`rsatib turgan xatti-harakatlarni bajarish uchun yo`l va bahona qidira
boshlaydi. Qiyin vaziyatlarda shakldan mazmunga, his-tuyg`udan mantiqqa qarab
borish kerak bo`ladi. Shunday yo`l tutsangiz bolalarni o`z maqsadlaringizga qiziqtirish
imkoniyatingiz katta bo`ladi. O`z g`oyalaringizni dramalashtiring, – deb maslahat
beradi D.Karnegi, – ularni samarali va yorqin shaklda etkazing.
O`quvchilaringizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapirishga harakat qiling,
to`g`rirog`i ishni shundan boshlang. Bolalarning qiziqishlari, fikrlari, baholariga
nisbatan hurmat bilan qarang. Mayli, ko`proq bolalar gapirishsin. Ba’zi bir masalalarda
sizda ma’lumotlar etishmasligidan cho`chimang, o`quvchilar bir muddat sizning
“o`qituvchingiz”ga aylansalar ham mayli. Yodda tuting: sizning maqsadingiz -
o`quvchilarning qiziqishlari yo`nalishini tarbiya va didaktik maqsadlarga tomon
burish.
O`rtacha odamni butun dunyo bo`yicha o`z ismi boshqa barcha ismlardan ko`ra
ko`proq qiziqtiradi. Biz har qancha ta’qiqlab qo`ymaylik, baribir bolalarning
devorlarga, partalarga, daraxtlarga ismlar, laqablarni o`yib yozib qo`yganiga ko`zimiz
tushadi. Bolalardagi bu kuchli istakni stimul o`rnida qo`llaymiz. Sinf doskasiga,
plakatlarga katta-katta harflar bilan alohida ajralib turadigan bolalarning ismlarini
yozinglar, deb topshiriq bersangiz, bolalarda sizning predmetingiz, shaxsingizga
nisbatan qiziqish paydo bo`lishiga erishishingiz mumkin.
O`quvchining niyatini bilishga harakat qiling.
Niyat ehtiyoj asosida paydo
bo`ladi. Masalan, o`quvchi fermer bo`lishni niyat qildi deylik. U har kuni xo`jalikda
biror bir ish qilishni niyat qiladi. U hamma narsani o`ylab qo`ygan, rejalashtirgan, hatto
vaqt byudjetidan bir qismini shu ish uchun ajratgan. O`ylab ko`ring, agar qo`pol
ravishda uning rejalarini buzib qo`ysangiz nima bo`ladi. Agar o`qituvchi o`z ishlarini
belgilab qo`ygan bolaga rejalarini o`zgartirib yuboradigan topshiriq bersa, u
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
33
ISSN:3030-3613
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunday – ikki yo`ldan birini tanlash vaziyatiga tushib
qolgan o`quvchining xulq-atvorida keskin o`zgarishlar paydo bo`ladi.
O`quvchilarga o`z oldilariga qo`ygan niyatlariga erishishlari uchun yordam
berish yo`lini qidiring. Gap shundaki, ko`pincha niyat vaziyatli motivlar ta’sirida
vujudga keladi va o`quvchi bu niyatini amalga oshirishi uchun kuchi etish-etmasligi
haqida o`ylab ham o`tirmaydi. Hayotda bunday voqealarni tez-tez uchratib turish
mumkin. Masalan, o`quvchi onasining zorlanib yalinishlari, ko`z yoshlariga azbaroyi
achinganidan o`z xulq-atvorini o`zgartirishga ahd qiladi. Ammo mavjud vaziyat, muhit
uning imkoniyatlaridan ko`ra kuchliroq, o`ylagan niyatini amalga oshirish uchun uning
kuchi etmaydi. Bergan va’dasining ustidan chiqmaganligi uchun uni ortiqcha
tergamang. Yaxshisi uning ko`nglini ko`tarib, unga aniq va kuchi etadigan maqsadlar
qo`yishga yordam bering. Agar maqsadlar murakkab va unga erishish uchun uzoq vaqt
talab etiladigan bo`lsa, uni amalga oshirish uchun qanday qilib, sekin-asta harakat
qilish lozimligini tushuntirib boring.
O`quvchining hurmatga sazovor bo`lish istagini rag`batlantiring.
Hurmate’tibor qozonish istagi hamma odamda mavjud bo`ladi. Ko`pgina bolalar bilim
uchun emas, balki e’tiborga tushish uchun o`qishga harakat qiladilar. Ularni yuqori
darajadagi raqobat muhiti o`ziga tortadi. Agar bu stimul o`quvchi ongida ildiz otib,
o`rnishib qolgan bo`lsa va ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko`rsatsa, undan to`g`ri
foydalanishga harakat qilish kerak.
“Odamlar nazariga tushish” dan umidini uzgan, o`z-o`ziga nisbatan past baho
beradigan o`quvchilarga qanday qilib shu “kasallik”ni yuqtirish mumkin? Bu o`rinda
turli xildagi hissiy-irodaviy sohalarga murojaat qilishga va turli xildagi nostandart
qarorlar qabul qilishga to`g`ri keladi. Masalan, o`quvchiga “dushmanlarini o`ldirish”ga
yordam bering. Ko`pgina odamlar o`zida mavjud bo`lgan qo`rquv va irodasizligi
tufayli o`z imkoniyatlarini, layoqatlarini namoyish eta olmay qolib ketganliklarini
o`quvchiga tushuntiring. Tish doktoriga borib qiynalgandan ko`ra, tishsiz qolgan
osonroq emasmi?!
O`quvchini uni cho`chitadigan muhitda yolg`iz qoldirmang, toki u bunday
vaziyatda yo`l topishni o`rganib olmaguncha. O`quvchi doska oldida javob berishga
qo`rqsa, u bilan yakkama-yakka tarzda mashq qiling. Sizning vazifangiz – o`quvchida
o`ziga ishonch hissini paydo qilishga yordam berish. Faqat shundan so`nggina u
mustaqil ravishda “dushmanlar bilan jangga” kira olishi mumkin. Shuni unutmangki,
xavotirlik darajasi yuqori bo`lgan o`quvchilarning 75% i yangi tanbehlaru kundalik
daftardagi yozishmalarni emas, balki, aynan, sizning qo`llab-quvvatlashingizni kutib
turadi.
O`quvchi xatti-harakatlari oqibatini ko`rsating.
Tadqiqotchi A.Gavrilova
turli yoshdagi o`quvchilarga maxsus tuzilgan matnni o`qib, uni davom ettirishni
topshiradi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
34
ISSN:3030-3613
Bu matnda bir bola o`ziga sovg`a sifatida berilgan kuchukcha o`zining oldingi
xo`jayinini qo`msayotganligini sezib qoladi. Bu vaziyatda bolaning oldida ikki yo`l –
kuchukchani o`z egasiga qaytarish yoki o`zida qoldirish shartidan birini tanlash turibdi.
O`quvchilar matnni davom ettirib, bola bu kuchukchani oldingi egasiga qaytaradimi
yoki o`zida qoldiradimi, shuni yozishlari kerak edi. Bu tajribada ishtirok etgan
o`quvchilarning deyarli hammasi “bola kuchukchani o`zida qoldirishi kerak”, – deb
yozishgan. O`quvchilarda qiyin ahvolda qolgan hayvonlargagina emas, hatto
odamlarga nisbatan ham hamdardlik bildirish hissi yo`qligi aniqlangan.
Bu nimadan dalolat beradi? Axloqiy jihatdan noqislikni, hissizliknimi? Faqat
bunigina emas. Bizning o`quvchilarimiz o`zini birovning o`rniga qo`yib ko`rish, uning
kechinmalarini his etishga o`rganmaganlar. Ular o`z xatti-harakatlarining oqibatlari
haqida o`ylab ko`rish, unga baho berishga odatlanmaganlar. Agar pedagog vaqtida va
ishonarli ravishda o`z o`quvchilarining ko`zini ochib qo`ysa, u o`quvchi xulq-atvorini
yaxshi tomonga o`zgartirishning qo`shimcha va samarali stimuliga ega bo`ladi.
Tajribali pedagoglardan biri bilan suhbatlashganimizda, u shunday dedi: “Men
Olimjonga hech qanday bilim, malaka, ma’lumot talab etilmaydigan faoliyat turlari
haqida bir nechta hayotiy misollar keltirishni taklif etdim. Agar shu topshiriqni bajara
olsa, men unga o`z predmetimdan ijobiy baho qo`yishga va’da berdim. Men uchun
kutilmaganda Olimjon mening savolimga javob bera olmasligini aytdi. Demak, bizning
o`zaro suhbatlarimiz unga ta’sir o`tkazibdi. U darslarda ancha yaxshi natijalar ko`rsata
boshladi. Keyinchalik unga e’tibor qaratgan yagona kishi ekanligimni u tan oldi”.
O`quvchining qadr-qimmatini joyiga qo`ying.
O`quvchida tashabbuskorlikni
hamda unda bor bo`lgan barcha ijobiy fazilatlarni uning qadr-qimmatini joyiga qo`yish
orqali rivojlantiring. Agar sharoit shuni talab qilsa, biroz yolg`on ishlatishdan ham
qo`rqmang. Chunki aldash – bu kishiga aynan u o`zi haqida o`ylaganlarini gapirish
demakdir. Siz ishlatgan bu beozor yolg`on tarbiyalanuvchida yangi kuch-g`ayrat
oqimini paydo etishi mumkin.
Agar o`quvchilarning yutuqlariga chin dildan xursand bo`la olsangiz, ularni
qadrlay olsangiz, albatta, juda yaxshi bo`ladi. Ammo pedagoglarimizning qo`l
ostidagilar juda ko`pchilik bo`lganligidan, ba’zan ularning har biri uchun kerakli va
betakror so`zni topib aytish qiyin bo`lib qoladi. Bu o`rinda aktyorlik qilishga to`g`ri
keladi.
Ko`plab tadqiqotlar natijasida o`quvchilarning qadr-qimmatini joyiga qo`yish va
mavjud imkoniyatlarini tan olishning beqiyos samara berishi isbotlangan. Nafaqat
bolalar, balki kattalar ham, ularning qadri-qimmati e’tirof etilishini yaxshi ko`rishadi.
Insonlardagi ana shu zaiflikni e’tiborga olib, har doim ham tanqid qilishdan
ko`ra maqtash afzalroq ekanligini e’tirof etiladi. Shuning uchun ham quruq xushomad
qilishdan qochgan holda, kishidagi ijobiy jihatlarni tan olishga harakat qilish kerak.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
35
ISSN:3030-3613
Shundagina tarbiyalanuvchingizda siz istagandek inson bo`lish imkoniyati
ortadi. “Siz birovga avval o`zingiz olishni istagan narsani bering”, – deb maslahat
beradi D. Karnegi.
Ayniqsa, arzimas narsalarga yopishib olishdan, bo`lar-bo`lmasga tanbeh
berishdan qochish kerak. O`quvchini tushunishga chin dildan harakat qiling, narsalarga
uning ko`zi bilan qarang.
O`quvchining yutuqlarini ma’qullang.
“Obrazli qilib aytganda, yaxshi
bajarilgan ish uchun bolaning elkasidan qoqib qo`yish, uni sidqi dildan mehanatni
davom ettirishga stimullashtiradi”, – deydi amerikalik pedagog A. Dreer. Ma’qullovchi
so`z, imo-ishora, xatti-harakatlarni faqat eng yaxshi o`quvchilarga emas, balki o`quv
mehnatida o`z shijoatini namoish eta olgan barcha o`quvchiga nisbatan yo`llash talab
etiladi. Shunday holatlar ham bo`lganki, o`qituvchining past o`zlashtiruvchi
o`quvchiga bergan oqilona ma’qullovchi bahosi juda katta ijobiy ta’sir o`tkazgan.
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ijodkorlikka yo`llovchi asosiy motiv – bu kishining o`z
faoliyati natijasini yaxshilashga qaratilgan xatti-harakatidir. Bu holat xuddi kishining
o`zi bilan o`zi musobaqalashib, oldin erishgan natijasidan yanada yaxshiroq natijaga
erishish uchun tirishishiga, paydo bo`lgan muammoni nihoyatda ajoyib yo`llar bilan
hal etishga urinishiga o`xshaydi.
Muvaffaqiyatga intilish istagining kuchliligi ba’zan boshqa maqsadlarni to`sib
qo`yadi va ular erishish qiyin bo`lgan g`oyaga aylanadi. Kompyuter xakerlari
(kompyuterning oldida juda ko`p vaqtini o`tkazadigan yoshlar) – boshqa barcha
ishtiyoqlarni so`ndiradigan xatti-harakat bo`lib, undan bolani boshqa mashg`ulotga
e’tiborini qaratish maqsadida foydalanish mumkin.
Har birimiz o`quvchi muvaffaqiyati ahamiyatini chetlab o`tadigan barcha
steriotiplardan qochib, sinfga kirayotganimizda shuni unutmasligimiz kerakki, agar
yutuqni rag`batlantirishning hissiy ahamiyati, xatolari uchun jazolashning hissiy
ahamiyatidan afzalroq bo`lsa, muvaffaqiyatga intilish shakllanadi va kuchayadi. Agar,
aksincha, jazolashning hissiy ahamiyati rag`batlantirishnikidan ko`ra yuqoriroq bo`lsa,
bora-bora o`quvchida muvaffaqiyatsizlikdan qochish istagi shakllanadi. Shu tariqa
faqatgina ota-onasidan gap eshitmaslik va o`qituvchisini uyaltirib qo`ymaslik
uchungina o`qiydigan o`quvchilar paydo bo`ladi.
Ishingizning ta’sirchanligini oshiring.
Qiyin va uncha o`ziga jalb etmaydigan
o`quv faoliyatini qanday qilib o`quvchilar uchun qiziqarli va istalgan mashg`ulotga
aylantirish mumkinligi to`g`risida novator-pedagoglarda juda qiziqarli g`oyalar
mavjud. Oila tarbiyasi to`g`risidagi qo`llanmada berilgan bir materialdan namuna
keltiramiz. Chunki bu misol qanday qilib bola uchun bajarish uncha yoqimli bo`lmagan
ishga uni stimullashtirish mumkinligini ko`rsatadi.
Idish-tovoqlarni yuvish qiziqarli va obro`li ish deb kim ayta oladi? Ammo
shunday kishilar ham borki, ular uchun idish-tovoq yuvish shunchaki qiziqarli emas,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
36
ISSN:3030-3613
balki sevimli mashg`ulot bo`lib hisoblanadi. Bunday munosabat qanday qilib paydo
bo`lishi va shakllanishi mumkin degan savolga yoshi kattaroq bir ayol shunday javob
beradi: “Men hali yoshgina bola bo`lgan vaqtimda onam agar aqlli qiz bo`lsam, menga
idish-tovoqni yuvishga ruxsat berishini aytar edi. Bunday mukofotni qo`lga kiritish
uchun men o`zimni yaxshi tutishga harakat qilar edim”. Bu o`rinda mukofot sifatida
taqdim etilgan idish-tovoq yuvish ishi, haqiqatdan ham, kichkina qizaloq tomonidan
mukofot sifatida qabul qilingan. Axir, aslida “mukofot” sanalmaydigan narsa bilan
mukofotlashmaydi-ku?
Ishingizning qiziqarli bo`lishida o`quvchilarning xatosi ham, aniqrog`i sizning
xatolarga munosabatingiz ham yordam berishi mumkin. O`quvchilarning xatolaridan
maksimal darajadagi stimulni toping: “Ajoyib xato!”, “Haqiqatga olib boruvchi xato”,
“Rahmat, sening fikring unchalik to`g`ri bo`lmasa ham, u mulohaza yuritishga
undaydi”, O`quvchi kuzatishlarining aniqligi va nozik tomonlarini har jihatdan
ta’kidlang: “Men ham senday bo`lganimda, shunday deb o`ylar edim...”, “Avvallari
men o`ylardimki, ...”. Shunday qilingki, siz bolalarni undagan narsa u qadar qiyin
emasligiga ular ishonch hosil qilsinlar. “Rahmat sizga bolalar, siz bugun menga katta
yordam berdingiz”, – deb darsdan so`ng o`zining 6 yoshli o`quvchilariga
minnatdorchilik izhor etadi, Sh. A. Amonashvilli.
Ba’zida o`quvchilaringizga nisbatan “kerak” degan so`zni ishlating.
Garchand bu stimul maktab amaliyotida uzoq vaqt davomida qo`llanib kelingan
yagona stimul bo`sa ham, uning amal qilish imkoniyatlari hali ham cheklangani yo`q.
Albatta, bu stimulga shaxsiy yo`nalish berish kerak (Sen shunday qilishing kerak,
Azizbek! Axir sen o`g`il bolasan!). O`quvchi qiyinchiliklarni engib, xuddi kattalardek,
matonatli kishilardek ish bajarganligidan zavqlanish hissini tuysin. Bundan tashqari, u
topshiriqni bajarganligidan xursand bo`lishi va faxr-iftixor tuyg`usini his etishi kerak.
Bular, albatta, “kerak” stimuliga qo`shimcha ravishda amalga oshiriladi.
Vaziyatdan foydalaning.
To`g`rirog`i – qulay fursatni boy bermang. Gap
shundaki, ko`pincha, stimulni hayotning o`zi, voqealarning rivojlanish jarayoni o`rtaga
tashlaydi. Bu kutilmagan, to`satdan paydo bo`ladigan stimullar uzoq ishlab chiqilgan
va puxta rejalashtirilgan stimullardan sirayam qolishmaydi. Faqat ularni tezgina
payqab olish, ularga moslashish va ishning foydasiga yo`naltirish kerak bo`ladi, xolos.
Murabboni yashirincha yeb qo`yganligi uchun Tom Soyer xolasi tomonidan
qanday jazolanganligini eslaysizmi? Xolasi unga jazo sifatida devorni bo`yashni
buyurgan edi. Shu payt Tom yaqin orada o`z o`rtog`i Billni ko`rib qoladi va uning
xayoliga ajoyib bir fikr keladi. Shu tariqa tomosha boshlanib ketadi. Tom devorga
diqqat bilan qaradi-da, qo`liga ish qurolini olib, devorga bo`yoqni surtdi va yana
orqaroq borib tomosha qildi. Keyin yana devorga yaqin keldi-da, yana bo`yoq surtdi.
Bill uning jig`iga tegmoqchi bo`lib so`radi: “Nima, xolang jazoladimi?” O`z ishiga
berilib ketgan Tom savolin ochiq qoldirdi. Shunda Bill qiziqib yaqinroq keldi. Tom esa
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
37
ISSN:3030-3613
o`z ishini ishtiyoq bilan davom ettirardi. Shu payt kichkina shumtaka kutgan narsa yuz
berdi, - Bill undan “men ham biroz devorni bo`yay”, – deb ruxsat so`radi. Tom bu
mas’uliyatli ishni undan boshqa hech kim bajara olmasligini aytib, uni uzoq yalinishga
majbur qildi. Oxiri ish shunday tus oladiki, Bill unga eng qimmatli o`yinchoqlarini
sovg`a qilishga majbur bo`ladi. Ammo Tomning qarmog`iga faqat Billgina emas, balki
okrugning barcha bolalari ilinib qolishadi. Ular Tomni o`zlarining o`yinchoqlari bilan
siylab, evaziga devorni bo`yash “baxtiga” musharraf bo`ladilar. Faqat bo`yoqning
tugab qolganligi sababli Tom ishni to`xtatishga majbur bo`ladi.
XULOSA
Aytish mumkinki, bilimlarni o`zlashtirish jarayoni murakkab psixik
operatsiyalar bilan bog`liq. Ayniqsa, kichik maktab yoshi o`quvchilarining bilimlarni
o`zlashtirish jarayonlari o`ziga xos nozik jihatlari bilan boshqa yosh davrlaridan farq
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Karnegi, Deyl. Do’st orttirish va odamlarga ta’sir ko’rsatish. – Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2010. – 720 b.
2.
Overstreet, H. A. 1925. Influencing human behavior. New York: W.W. Norton. 3.
З.Қўзиев. «Синф раҳбари ишини ташкил этиш ва режалаштириш». Т., 1997
йил. 4. 3 Дреер А. Преподавание в средней школе США. –М., 1986. – С. 54.
3.
5. Bakhtiyorovna I. K. Methodological Conditions for the Organization and
Management of Working with Difficult and Idle Students //CENTRAL ASIAN
JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. – 2021. – Т. 2.
– №.
4.
10. – С. 115-119.
5.
Рустамова Г. Б. HISTORICAL-MYTHOLOGICAL BASES OF IMAGES
ASSOCIATED WITH TREES IN FOLKLORE.