T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
303
ISSN:3030-3613
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT
Qodirova Dildora
- TDYU huzuridagi
M.Vosiqova nomidagi
Akademik litsey o’qituvchisi.
Temur va temuriylar davrida o’lkamizda fan va madaniyat barq urib o’sdi,
rivojlanib va kamol topdi. Fan, madaniyatning qaysi bir sohasi, qaysi bir tarmog’ini
ko’zdan kechirmaylik ona diyorimiz XIV va XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng
oldingi qatorlaridan joy olganligining guvohi bo’lamiz. Temuriylar sulolasi davri jahon
fani va madaniyatining Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad
Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xo’ja Ubaydulloh Ahror, Behzod kabi ulug’ vakillarini
yetishtirib berdi. Ular o’z bebaho asarlari bilan nafaqat o’zbek xalqining buyuk
siymolari qatoridan, balki jahon miqyosidagi allomalar qatoridan munosib o’rin
oldilar.
Amir Temur o’z tarjimai holida bunday yozadi: “Men yeti yoshga to’lganimda
meni madrasaga topshirishdi va qo’limga so’zlar jadvalini tutqazishdi. Men o’qiy
boshladim va erishilgan muvaffaqiyqtlarimdan g’oyat sevinchga to’ldim. Men to’qqiz
yoshga to’lganimda besh vaqt namozni o’rgandim va maktabdagi barcha o’quvchilarga
boshliq bo’lib oldim. Men qatnashgan barcha yig’inlarda ulamolar yaqiniga o’tirishga
harakat qilardim va tiz cho’kib o’tirardim. Kattalarga nisbatan shunday hurmat bajo
keltirishni o’zimga odat qilib oldim.
Amir Temur hukmdor bo’lganidan keyin ham ilmli, ma’rifatli kishilarni o’z
atrofida to’pladi, ilm-fan va madaniyatga homiylik qildi. Amir Temur bu haqda o’z
tuzuklarida: “sakkizinchi toifa – hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar
saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni o’z atrofimga to’pladim… har
qaysisining qissalari va xabarlari, ishlari va so’zlarini eshitib tajribam ortdi. Olamda
bo’layotgan voqealarni ulardan eshitardim va olam ahvolidan xabar topar edim” deb
yozgan edi.
Amir Temur Samarqandda o’z saltanatining qo’rg’oni – Ark qala va undagi
betakror va go’zal binolarni qurdirganki, Ko’ksaroy va Bo’stansaroy deb elda mashhur
bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. Shahar arki ichida bu binolardan
tashqari masjid, ulkan kutubxona, shoxona uy-joylar, Amir Temurning xazinasi va
taxta pul zarblanadigan qora, salahasozlik ustaxonalari, hamda zindon bo’lib, atrofi
qalin va baland devorlar bilan o’ralgan. Amir Temur Samarqandni dunyoning eng
ko’rkam va go’zal shaharlardan biriga yer yuzining “sayqaliga” aylantirishni o’zining
vazifasi deb bildi. Amir Temur davrida Samarqandning dovrug’i doston bo’ldi. Uning
to’rt tomonida to’rt darvozasi bo’lgan. Shahar atrofi qazilgan. Xandaqlar zilol suvlar
bilan o’ralgan edi. Shaharning toza va ozodaligi juda ko’p manbalarda madh etilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
304
ISSN:3030-3613
Muxtasiblar ko’chaga tarvuz-qovun po’choqlzarini hamda boshqa chiqindilarni
tashlab, yo’lovchilar uchun sirg’alish xavfini tug’dirmasligi, oqava suvlar sachrab
odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko’chalarda yoki do’konlarning
oldida mol so’yib atrofni iflostirmasligini, har kim o’z tomonidan yog’adogan qorni
o’zi tozalishini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar.
220 gektarni egallagan birgina Afrasiyobning o’zida Amir Temur hukumronligi
davrida 80 ga yaqin hammom, gulay va gavjum 5 ta bozor bo’lgan. Tarixchi sayyoh
ibn Xaqqulning hikoya qilishicha, Samarqandda “oqar suv kirmagan biror ko’cha, biror
hovli deyarli yo’q edi” .Odamlar ko’chalarda ariqlarda oqib turadigan toza zilol
suvlardan ichimlik suvi o’rnida foydalanganlar. Samarqand atrofi bog’i-rog’lar bilan
o’rab olingan va bevisita sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal o’ndan ortiq
bog’lar barpo etilgan. Bular: Bog’i Naqshi Jahon, Bog’i Behisht, Amirzoda Chohruh
bog’i, Bog’i Buldu bog’i, Dilkusho bog’i, Zog’on bog’i, Baland Davlatobod bog’i,
Chinor bog’i, Nav bog’i Jahonnomadir.
Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi qurilish va me’morchilik
ishlarida Sheroz, Isfaxon, Xorazmdan ko’plab me’mor musavvirlar va boshqa
hunarmandlar ishlagan. Lekin asosiy ish boshqaruvchilar mahalliy ustalar va
me’morlar bo’lgan, birinchi galda ularning milliy an’ananaviy suratlari, sa’nat ijodlari
yetakchi o’rinni egallagan.
Ulug’bek ko’proq va asosan buyuk olim va ulug’ mutaffakir, ma’naviy
madaniyatning otashin himoyachisi va jonkuyari sifatida jahon tarixidan joy oldi. U
bobosi Amir Temurning moddiy madniyat bobidagi bunyodkorlik ishlarini davom
ettirdi. U bir vaqtning o’zida Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar barpo
etdi. Tarixchi olimlar B.Ahmedov va A.Ahmedovalarning ma’lumotlari bo’yicha
Samarqandda madrasa qurilishi 1417-yilda boshlanib, 1420-yilda tugatildi.
G’ijdivonda esa madrasa 1433-yilda ishga tushirildi. Madrasalarning eng kattasi
Samarqanddagi bo’lib, u ikki qavat va 50 ta xujradan iborat bo’lgan. Unda 100 dan
ortiq talaba ta’lim olgan va istiqimat qilgan.
Mirzo Ulug’bek dovrug’ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana biri
1420-1429-yillarda qurib bitkazilgan Ulug’bek rasadxonasi(observatoriya)dir. U XV
asrdayoq Samarqandda birinchi astranomik akademiyaga asos solgan siymo sifatida
dunyoga nom taratdi.
Mirzo Ulug’bekning boy ilmiy merosi bugun keng o’qilmoqda va
o’rganilmoqda. Uning “Zijji jadidi ko’ragoni”, “Bir daraja simusni aniqlash haqida
risola”, “Risolaiy Ulug’bek”, “Tarixi arba ulus”, “Rizsolaiy dar ilmiy musiqa” kitoblari
astranomiya, matematika, tarix, musiqa ilmiga qo’shilgan bebaho hissasidir.
Alisher Navoiy Hirotda ko’pgina ilm va san’at to’pladi, ularni har tomonlama
himoya qildi. Abdurahmon Jomiy, Sayid Xasan Ardasher kabi so’z ustalari
Navoiyning yaqin do’stlari va maslahatchilari edilar. Navoiy iste’dodli yoshlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
305
ISSN:3030-3613
tarbiyasiga alohida e’tibor berdi. Tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali, rassom Behzod
va boshqalar Navoiy homiyligida kamolga yetdilar. Navoiy madrasa, kutubxona,
shifoxona, hammom va shunga o’xshash binolar qarildi.
Navoiyning Hirotda qurdirgan “Ixlosiya”, “Nizomiya” madrasalari, “Xoiosiya”
xonaqohi, Marvda qurdirgan “Xisraviya” madrasasi ilm va san’at rivojida katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Xondamirning ta’kidlashicha, u “talabalar faqat o’qish bilan
mashg’ul bo’lsin” deb ularga nafaqalar tayn etgan.
Alisher katta yer va mulk egasi bo’lgan. U yillik daromadining katta qismini
xalq farovonligi uchun har xil qurilishlarga, ochlarni boqish va kambag’allarni
tiyintirish kabi savob ishlarga sariflagan.
Navoiy qizg’in ishga berilib, o’zbek adabiy tilini taraqqiy etish, bu tilda badiy
asarlar yaratish, ularda mamlakat va xalq manfatini yoritish vazifasini o’z oldiga
qo’yadi va dastlab lirik sherlar bilan keng shuhrat qozona boshlaydi. 1470-yillarning
boshlarida birinchi devoni “Badoe’ul-bidoya”(“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. 1476-
1483-yillar ikkinchi devoni “Navodirun-nihoya” (“Behad nodirliklar”)ni yaratdi.
Lirikada tajriba orttirib, shuhrat qozongan Alisher endi o’zbek tilida yirik epik
asarlarni, jumladan “Xamsa”ni yaratishga kirishadi. 1483-yilda “Xamsa”ning birinchi
dostoni “Hayrat-ul-abror” (“Yaxshi kishilarning xayratlanishi”), 1484-yilda “Farhod
va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Eti sayyora”) va 1485-yilda “Saddi
Iskandariya” (“Iskandar devori”) dostonlarini yozdi.
Navoiy “Xamsa”si nafaqat o’zbek klassik adabiyotida, hatto jahon
adabiyotining eng buyuk durdona obidalaridan biri bo’ldi.
Umrni zoye etma, mehnat qil mehnatning kaliti bil shiorini maydonga tashlagan.
Alisher o’z vaqti va imkoniyatlaridan nihoyatda samarali foydalanadi. “Xamsa”dan
keyin yana ko’pgina badiy va ilmiy asar yaratib ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa
qo’shdi.
Navoiy doimo qizg’in ish bilan band edi. Feodal-o’zaro toj-taxt talashlari uni
qattiq tashvishga solmoqda edi. 1500-yilning yozida Husayn o’g’li Muhammad
Husayinga qarshi yuradi, jangda g’alaba qilgan Husayn o’g’li bilan yarashadi va u 28-
dekabrda Hirotga kirib keladi. Navoiy betobligiga qaramay shohning istiqboliga
chiqadi. Uning sihati og’irlashadi, behush Navoiyni Hirotga olib qaytadilar. 1501-
yilning 3-yanvarida Alisher Navoiy Hirotda vafot etadi.
Naviy juda katta boy lirik va ko’p ilmiy asarlar qoldirdi. Bu xazinaning asosi
o’zbek tilida yozilgan 45 ming misraga yaqin she’rlardir. Bu “Hazoyin ui-moniy” va
fors-tojik tilida 12 ming misradan ziyodroq she’rlar - Devoniy Fonini tashkil etadi.
Uning hamma asarlarini bugungi kunda har bir inson sevib o’qidi va mutolaa qiladi.
Zahriddin Muhammad Bobur faqatgina hukumdor bo’lib qolmasdan xalq sevgan
shoir ham edi. Uning ijodioti ko’proq lirik asarlari hamda “Boburnoma” bilan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
306
ISSN:3030-3613
xarakterlanadi. Bizga Boburning 100 dan ortiq g’azali va 200 ga yaqin ruboiylari
ma’lum bo’lib, ularda ishq va muhabbat, go’zallik va shodlik kuylanadi.
Amir Temur va temuriylar davrida hukumdorlarning o’zlarini ilm-fan va
madaniyatga intilishi, bu sohada ularning o’zlarini shaxsan homiylik qilishlari XIV-
XV asrlarda yurtimizda fan va madaniyatning yuksalishiga va shu tariqa dunyoda
ikkinchi marta ham O’rta Osiyoda renessans(uyg’onish) ro’y berishiga olib keldi. Bu
davrda Samarqand, Shaxrisabz, Buxoro, Hirot kabi yirik shaharlarda qurilish,
bunyodkorlik va me’morchilik ishlari olib borildi. Baland, yirik obidalar qad ko’tardi,
go’zal bog’lar barpo etildi.
Temuriy shaxzodalardan Shohruh Mirzo, Abu Said Mirzo, Husayin Boyqaro,
Bobur Mirzolar ijodlari bu yurtni jahonga tanitdi. Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Axmad
Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin
Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, Ali Qishchi kabi allomalar jahon sivilizatsiyasiga
o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni
yakqalam qildi. Uning homiligida tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali, rassom Behzod
va boshqalar kamolga yetdilar.