Mualliflar

  • Ulugʻbekova Zulxumor Rashid qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95812

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: psixologik o’zgarishlar psixologiya internet metodlar interaktiv o'quv usullari.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu  maktab  o'quvchilarini  psixologik  xususiyatlarini 
o'rganish,maktab  o'quvchilari  psixologiyasi,  o'quvchilarning  o'zini  tushunish  va 
boshqarishda  yordam  beradigan  bir  nechta  metodlar  va  ularning  vazifalari  haqida 
ma'lumotlar berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

273

ISSN:3030-3613

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILAR PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARINI O'RGANISHNING MUHIM VAZIFALARI

Ulugʻbekova Zulxumor Rashid qizi

Samarqand viloyati Jomboy tumani 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya:

Ushbu

maktab

o'quvchilarini

psixologik

xususiyatlarini

o'rganish,maktab o'quvchilari psixologiyasi, o'quvchilarning o'zini tushunish va
boshqarishda yordam beradigan bir nechta metodlar va ularning vazifalari haqida
ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:

psixologik o’zgarishlar, psixologiya, internet, metodlar, interaktiv

o'quv usullari.

KIRISH

Maktab o'quvchilari psixologiyasida muhim mavzulardan biri o'quvchi

motivatsiyasi va maqsadga yo'naltirishdir. O'quvchilar motivatsiyalari bilan bog'liq
bo'lib, ularga maqsadlarini qo'ymoq, o'z o'zlarini rag'batlantirish va o'zlarini qat'iy vaqt
ichida amalga oshirish yordam berish zarur. Raqamli dunyoda, internet, mobil ilovalar
va onlayn ta'lim platformalari, o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar va muammolar
yaratadi. Maktab o'quvchilari psixologlari, o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan
birgalikda, raqamli boyliklardan foydalanishda hisobga olinadigan o'zgarishlarni tahlil
qilish, ularga maqsadlarini qo'ymoq va motivatsiyalarini oshirishga yordam
berishadi.Boshqa bir muhim mavzu, o'quvchilar orasidagi aloqalar va tashvishlar
bo'yicha psixologik yordam berishdir. O'quvchilar o'rtasidagi munosabatlarning
salomatligi, bullying, stress, hamjihatlik va qaramoqchilik kabi muammolar haqida
qiziqishlarini tahlil qilish, ularni hal qilish va yechish yo'llarini topish psixologlar
uchun muhimdir. Raqamli dunyoda, o'quvchilar orasidagi aloqalar va tashvishlar,
internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalganligi uchun, psixologlar o'quvchilar
va otaonalariga qo'mita qilib, ularning ma'lumotli internet ishlari, tarmoq
munosabatlari va xavfsizlik masalalarida o'quvchilarga yordam berishadi.Maktab
o'quvchilari psixologiyasi, o'quvchilarning o'zini tushunish va boshqarishda yordam
beradigan bir nechta metoddan foydalanadi. Bu metodlar o'quvchilar bilimlarini
oshirish, hissiyotlarini ifodalash, stressni kamaytirish va o'zlarini rivojlantirishni o'z
ichiga oladi. Raqamli dunyoda, interaktiv o'quv usullari, o'quvchi o'z-o'zini
boshqarishni oshirish, o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish imkonini
beradi. Psixologlar va o'qituvchilar, ma'naviy-kelajak psixologiyasi, kognitiv-raqamli
psixologiya va virtual mexanika kabi sohalar bo'yicha yangiliklarga bo'lgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

274

ISSN:3030-3613

e'tiborlarini saqlab qolishadi.Barcha qo'llanmalar va davomiy ta'lim o'quvchilarga
yordam berishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Psixologlar va o'qituvchilar, o'quvchilarning potensialini egallash uchun

birinchi bo'lib, ularga o'zlarini o'rganish, o'zaro hamkorlik qilish va ma'naviy
rivojlanishni ta'minlash imkonini beradigan usullarni qo'llab-quvvatlaydigan
qo'llanmalarni

amalga

oshirishadi.Umuman

olganda,

maktab

o'quvchilari

psixologiyasi, o'quvchilarning o'zgaruvchan va raqamli dunyoda psixologik
boyliklarga qanday munosabat qilish kerakligini o'rganishga yordam beradi. Shaxsning
barcha psixik ko’rinishlari uning hayoti davomida shakllanib boradi. Insonning
individual–psixologik xususiyatlari deyilganda qobiliyatlar, temperament, xarakter,
emotsiyalar, motivatsion doiralar tushuniladi. Bu psixologik xususiyatlar ajralmas
tarzda mavjud bo’lib o’zaro bog’liq, shartlangan, inson faoliyatida bir–biriga birikib
ketadi. Kishilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda va ular haqidagi
bilimlar amaliy hayotda qo’llanilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, ijtimoiy faoliyat va
qobiliyatlarni to’liq rivoj topishida muhim rol o’ynaydi.

Tarixiy jarayonning ayni bir vaqtda ham mahsuli, ham sub’ekti bo’lgan inson

shaxsi ijtimoiy tuzilishi bilan yonma–yon joylashayotgan va teng huquqga ega bo’lgan
biologik to’zilishni saqlab qola olmaydi. Individ rivojlanishining tabiiy sharoitlari,
uning jismoniy tuzilishi nerv va ichki sekretsiya bezlari sistemasi, jismoniy
tuzilishidagi afzalliklari va nuqsonlari uning individual–psixologik xususiyatlari
shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin biologik omillar kishi shaxsining tarkibiga
singib ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo’ladi.
Shaxs shakllanishida uning ijtimoiy va tabiiy xislatlari birlikni tashkil etadi va
shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir– biriga o’zidan o’zi qarshi qo’yilmaydi.

Psixologiyada shaxsda ikki omil biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida

shakllangan ikkita asosiy kichik struktura mavjudligini ta’kidlaydigan nazariya
sezilarli o’rin egallaydi.Inson shaxsning o’zi «endopsixik» va «ekzopsixil» tuzilishga
ega, degan fikr ilgari surildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi
«endopsixik» to’zilish bamisoli kishining nerv–psixik to’zilishga o’xshash bo’lgan
inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funktsiyalarning o’zaro ichki
bog’liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni
shaxs qanday bo’lmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo’lgan va shaxsga
qarama–qarshi turadigan to’zilishlarning barchasiga munosabati bilan belgilanadi.
«Endopsixika» moyillik, xotira tafakkur va hayol xususiyatlari, irodaviy zo’r berish,
tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi
munosabatlari sistemasini va uning tajribasini, ya’ni uning qiziqishlarini, ideallarini,
moyilliklarini, ustun darajadagi his–tuyg’ularini, shakllangan bilimlari va boshqa
belgilarini o’z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan
belgilanadi, «ekzopsixika» esa biologik jihat bilan bog’liqdir. Shaxsning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

275

ISSN:3030-3613

shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar
ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, ulardan bir qanchalarining fikr va qarashlarini
keltiramiz. Amerikalik ruhshunos S.Xoll

Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga ko’chirdi. Uning fikriga

ko’ra, «irsiyat» filogenezni onogenezda takrorlaydi.

Olimning talqinicha, go’daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa

narsa emas, bolalik esa asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi
kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning
oxiri va tsivilizatsiyaning boshlanishiga teng. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan
boshlanib yetuklik davrigacha romantizmga barobardir. Shveytsariyalik psixolog
E.Klapared S.Xolldan farqli ravishda, ontegenez va filogenezda shaxs psixik
funktsiyasini o’rganish uchun quyidagi holatlarga ahamiyat beradi: a) organizm
ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to’siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga
keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, unda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi.

Shaxsning ekstrovert va introvert xususiyatlari shvetsariyalik medik va psixolog

Karl Gustav Yung tomonidan 1923-yilda asoslab berilgan. Hozirgi kunga kelib
psixologiya fanida shaxsning iqtidor xususiyatlari, qobiliyatlarini aniqlash uchun
Kettel, Spirmen, Bine, Ayzenk, Raven va boshqa testlardan foydalaniladi. Qiziqish
biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan motivdir. Individ uchun qiziqish, sub’ektiv
tarzda olganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy ohangda, ob’ekt bilan
chuqurroq tanishishga, u haqda ko`proq bilish, uni anglab yetishga bo`lgan istakda
namoyon bo`ladi. Qiziqishlar bilishning doimiy qo`zg`atuvchi mexanizmi sifatida
namoyon bo`ladi. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga, miqyosiga va barqarorligiga
ko`ra tasnif qilinishi mumkin. Kishidan ko`proq nimaga qiziqish paydo bo`lishi va
uning bilish ehtiyojlari ob’ektning ijtimoiy qimmati psixologik jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan biri - o`smirlik yoki yoshlarning
faol bilish va mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va maktabdan tashqari ham
saqlanib qolishi mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uyg`otishdan
iboratdir. Qiziqishlar o`zining kengligi bo`yicha ham farq qiladi. bir xil odamlarda
qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo`lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror
ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab ob’ektlarga bo`lingan bo`ladi. Shaxsning
ko`ngildagidek rivojlanishi, ko’zatishlar ko`rsatilganidek, qiziqishlar miqyosining tor
emas, aksincha keng bo`lishini taqozo etadi. E’tiqod shaxsni o`z qarashlariga,
printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko`rishga da’vat etadigan motivlar
tizimidir. E’tiqod shaklida namoyon bo`ladigan ehtiyojlarning mazmuni-bu tabiat,
tevarakatrofdagi olam to`g`risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi
demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy, estetik, ahloqiy, tabiiy-ilmiy va
hokazolar)ning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini tashkil etgan taqdirda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

276

ISSN:3030-3613

kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin. Dunyoqarash sinfiy
xarakterga ega.

Kishining fikrlari va g`oyalari, printsiplari uning butun hayoti mazmuni bilan,

uning qarashlari tizimiga zarur tarkibiy qismi sifatida kirgan bo`ladi, kishi uchun
alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham u bu fikrlar va printsiplarni
qaror topshirishga, ularni himoya qilishga, ularni boshqa odamlar ham ma’qul
ko`rishlariga erishish uchun qat’iyan ehtiyoj sezadi. Psixologiyada shaxsning yo`l-
yo`riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin bo`lgan
faoliyatga tayyorligining, moyilligining o`zi tomonidan anglanilmaydigan holatini
belgilaydi. Masalan: birinchi sinf o`quvchilarining muallimaga nisbatan uning har
qanday hatti-harakatlariga, shu jumladan biron bir boshqa kishida namoyon bo`lganida
bolalarning qarshi harakatini qo`zg`atishi mumkin bo`lgan hattiharakatlariga nisbatan
ham hech qanday tanqidiy yondashish bo`lmaydi. O`z

“Men”ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi paytidayoq

boshlanadigan va o’zoq davom etadigan hamda sobiq ittifoq psixologi I.S.Kon

“Men”ning kashf etilishi” deb juda o`rinli atagan shakllanish jarayonining

sezgirligi undan tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo`ladigan sezgilardan farqini
anglay boshlaydi. So`ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o`z xususiy harakatlari
jarayoni va natijasida hosil bo`ladigan hursandchilikning katta yoshdagilarning konkret
harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: “Yo`q, men o`zim qilaman!” deydi.
U endi o`zini atrofdagi muhitdan faqat ajratib olgan holda emas, balki o`zini
boshqalarning hammasiga qarama-qarshi qo`ygan holda o`zini birinchi marta o`zining
xususiy harakatlari va hatti-harakatlari sub’ekti sifatida anglay boshlaydi. Bolalarda
bog`cha bilan maktabga borishi oralig`ida va boshlang`ich sinflarda katta yoshdagilar,
ota-onalar va o`qituvchilar yordamida hali o`z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarining
sabablarinianglab yetish darajasida o`zining psixik xislatlariga baho bera olish
imkoniyatlari paydo bo`ladi. Nihoyat o`spirinlik davrida va yoshlik davrida ijtimoiy
hayotga va mehnat faoliyatiga faol qo`shilib ketish natijasida o`ziga ijtimoiy-ahloqiy
jihatdan baho berishning kengaytirilgan tizimi shakllana boshlaydi, o`zini anglab
yetish tugallanadi va “Men”ning siymosi asosan tarkib topadi. Insonning eng yorqin
xususiyatlaridan biri bu gapira olish qobiliyatidir. So’z inson psixikasi mavjudligining
muhim shartidir. Muloqotsiz jamiyat xam mavjud bo’lmaydi. Muloqot bilish va
mehnat faoliyati bilan bir qatorda inson shaxsini shakllantiruvchi muhim faoliyat turi
sifatida qaraladi. Muloqot insonga xos bo’lgan faoliyat turlaridan biridir. Kishilar
o’rtasidagi o’zaro ta’sirning muhim shakli bo’lib xisoblanadi. Muloqot-bu kishilar
o’rtasidagi aloqa. Muloqot mehnat, o’qish yoki o’yin jarayonida kishilarning amaliy
jixatdan o’zaro ta’sir etishi bilan tavsiflanadi. Birgalikda faoliyat muloqot bo’lishini
talab qiladi. Aynan birgalikdagi faoliyatda inson boshqa kishilar bilan o’zaro ta’sirga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_1-to’plam_Aprel-2025

277

ISSN:3030-3613

kirishadi, ular bilan turli tuman aloqalar o’rnatadi, zarur natijaga erishish uchun
birgalikda harakat qiladi.

Bu yerda muloqot faoliyatning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Muloqot

shaxsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega,muloqotsiz shaxsning tarkib topishi
shakllanishi mumkin emas. Aynan muloqot jarayonida tajriba o’zlashtiriladi, bilmlar
to’planadi, amaliy ko’nikma va malakalar shakllanadi, e’tiqod va qarashlarga
erishiladi.

Faqat muloqot jarayonidagina ma’naviy ehtiyojlar,axloqiy siyosiy va estetik

xislar tarkib topadi va xarakter shakllanadi.

XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Har bir kishining shaxsi uning

individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos
birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik–kishining o’ziga xosligini, uning boshqa
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlarning yig’indisidir. Individuallik
temperament va xarakter xususiyatlarida, odamlarda ustun darajadagi qiziqishlarda,
bilish jarayonlariga oid fazilatlarda, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubi va
h.k.larda namoyon bo’ladi. Inson shaxsi o’z individualligiga ko’ra takrorlanmas.
Shaxsning individual–psixologik xususiyatlarini inobatga olish orqali u bilan muloqot
qilish shaxslararo muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o’ziga
xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot
jarayonida kamroq xatolarga yo’l qo’yishni ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik,
mulohazalilik, o’zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti–harakatlariga qarab bilish
qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Карандашев В.Н. Психология введение в профессию. 2- е изд -
М.:Смысл,2003[1]

2.

Nabijonova D. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish psixologiyasi. Toshkent:
2002[2]

3.

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: Mumtoz so`z,
2010[3]

4.

G’oziev E.G`. Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: Noshir , 2010.[4]

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Карандашев В.Н. Психология введение в профессию. 2- е изд -

М.:Смысл,2003[1]

Nabijonova D. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish psixologiyasi. Toshkent:

[2]

Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. “Umumiy psixologiya”. - Toshkent: Mumtoz so`z,

[3]

G’oziev E.G`. Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: Noshir , 2010.[4]