T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
264
ISSN:3030-3613
O'QUVCHILAR ORASIDA KUZATILAYOTGAN TELEFON VA
GADJETLARGA QARAMLIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK
YECHIMLARI
Qobiljonova Adibaxon Xomidjon qizi
Fargʻona viloyati Quva tuman MMTB tasarrufidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Biz telefonsiz bir kunimizni ham tasavvur qila olmaymiz. Bugungi texnologiyalar
shu darajaga yetdiki, mobil telefon qo’ng’iroq, Instagram, e-mail, Internet orqali
bog’lanishning global vositasiga aylandi. Bundan tashqari telefonda: foto-video
kamera, o’yinlar, dasturlar (programmalar), yon daftarcha, rejalashtiruvchi bo’lim,
soat, matnli, jadvalli tahrirlar, video, MP3 pleyerlar, radio, televidiniye kabi va yana
bir qator qo’shimcha funksiyalari bor. Ammo boshqa tomondan mobil telefon
erkinlikni to’sib qo’yadi, har bir daqiqada sizga qo’ng’iroq qilishadi va sizning
rejalaringiz tubdan o’zgaradi.
Kalit so‘zlar:
mobil telefon, инстаграм, файсбук, e-mail, Internet, tobe’lik.
KIRISH
Bolalar va o’smirlarda telefon tobe’ligi ogohlikni talab etmoqda, chunki
darsda o’qish bilan band bo’lmasdan, ular telefonda o’yin o’ynaydilar, gaplashadilar,
musiqa tinglaydilar, shu bilan birga tanqid ostida bo’lgan rasm va videolavxalar
tomosha qiladilar. Olimlar uyali telefonning inson fiziologik sog’lig’iga ta’siri borasida
izlanishlar olib birishmoqda, lekin unga tobe’lik aniqdir.
Adabiyotlar taxlili. Tobe’lik ( addiksiya ) – ob’yektlar orasidagi munosabat, bunda
bir ob’yekt ikkinchisiga bo’ysunadi, tobe’ bo’ladi.
Addiksiyaning 3 turi mavjud bo’lib bular:
•
Kimyoviy addiksiyalar ( giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm )
•
Biokimyoviy (anoreksiya, bulemiya )
•
Nokimyoviy (ong osti ) – mobil tobe’lik shunga taalluqlidir.
Nokimyoviy addiksiyalarga to’xtalib o’tamiz, chunki mobil tobe’lik ayni shu
guruhdadir, mobil tobe’lik boshqa nokinyoviy addiksiyalar turlariga juda o’xshaydi,
chunki u o’sha prinsip asosida “ishlaydi”. Addiktiv harakatning nokimyoviy shakli
insonning psixologik himoyalovchi mexanizmlari bilan bog’liqdir. Inson qo’llayotgan
himoya har doim qandaydir kelishmovchiliklar, muammolar, noqulay vaziyatlarga
“javob” bo’ladi, himoya tartibli xarakterga ega bo’ladi, shuningdek insonni harakati
modellari
aniq ishlanadi. Masalan, mobil tobe’likda inson barcha noqulay vaziyatlarga bir xildek
qaraydi (masalan, telefonni olib tugmalarni maqsadsiz bosa boshlaydi ). Umuman
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
265
ISSN:3030-3613
nokimyoviy addiksiyalar barcha turlari bir- biri bilan bog’liqligi shundaki, agarda
“o’yinchog’idan” ayirishsa (komp’yuter, telefon, ish, magazin xaridi ) unda
emotsional, so’ng fizik noqulaylik tez rivojlana boshlaydi va odam o’ziga joy topa
olmaydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Odat – avval paydo bo’lgan malakani ( mahoratni ) saqlash va osonlik bilan tiklash
qobiliyatidir. Ongli mavjudotlarda odat faol xarakterga ega: qandaydir o’zgarishni
to’xtovsizligi yoki qaytarilishi ushbu o’zgarishni mustaqil ravishda tiklash ishtiyoqini
yaratadi; jismoniy odat bo’lishi tez-tez mushaklar qisqarishi bilan bog’liq; aqliy odat-
qaytariladigan assotsiatsialar bilan; axloqiy odat-qaytariladigan ishlar bilan bog’liqdir.
Odatiy ishlar ongsiz bo’lib qoladi va ular haqida qancha kam o’ylasak, shuncha tez
amalga oshiriladi.
Mobil tobe’lik – ushbu muammo ilk bor bir necha yil oldin ko’tarilgan edi, ammo
hozirda rivojlangan mamlakatlarda 10 ta odamdan 7 tasida mobil telefon mavjudligi
ushbu muammoni haqiqiy epidemiyaga aylantirdi. Mobil aloqada odat va tobe’likni
ajratish qiyin, ammo ajratish mumkin, balki kerakdir, zarurdir.
Mobil tobe’lik – bu inson xolati, ushbu xolatda telefon ibodat predmetiga aylanadi,
inson o’ylamasdan qo’ng’iroq qiladi, o’zining harakatini anglamaydi, yoki sababini
tushuntira olmaydi. Mobil tobe’lik, internetga tobe’lik kabidir. Bu jonli muloqotdan
qo’rqish va real dunyoda insonda ijobiy emotsiyalar qo’zg’atadigan biror bir narsa
yo’qligi va inson ijobiy emotsiyalarni Internet orqali yoki telefon orqali olishga harakat
qiladi.
Alkogol, tamaki, shirinlik yoki telefonga bo’lgan tobe’lik sabablari bir hildir.
Inson o’z lazzatlarini tashqi dunyodagi biror-bir narsa bilan “bog’lamoqchi” bo’ladi.
Virtual muloqotga kirib ketgan odamlar bolalikdan jonli his-tuyg’ular va muloqotni
qadrlashga o’rgatilmaganlar.
Buyuk Britaniya olimlari mobil telefon egalarini 3 tipga ajrtishadi:
“Kiborglar” – telefonni o’zlarini davomlari, tanalarining bir qismi deb
bilishadi va usiz yashay olmaydilar.
“Protezlanganlar” – bu umuman olganda “telefon”siz yashay oladigan, lekin bunday
holatda o’zlarini noqulay his etadiganlar.
“Bog’lanmaganlar ” – bular uchun telefon qong’iroqlarga ishlatiladigan aloqa vositasi
xolos.
Mobil tobe’lik borligini qanday bilish mumkin
.
-
Doim telefonga intilish. Noqulay vaziyat vujudga kelganda ( kutilmagan
suhbatdosh paydo bo’lishi, yoqtirmagan shaxs, suhbatda nozik mavzuda to’xtalib
o’tish ) inson telefon bilan atrofdagi dunyodan berkinadi. U telefonni shunchaki
hisobni tekshirish, SMSni o’qish yoki yuborish, tugmalarni bosish, vaqtni ko’rish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
266
ISSN:3030-3613
uchun oladi. Ushbu barcha harakatlar insonning noqulay vaziyatga javobidir. Inson
muammoning yechimini topish o’rniga undan qochadi .
-
Tez- tez telefonni o’zgartirish. Bugungi kunda telefonni qo’lqop o’zgartirgandan
ko’ra tezroq almashtiradigan insonlarni kuzatishimiz mumkin.
Insonga ma’qul bo’lgan telefonni o’rnini xuddi shunday, faqat bir-ikki yangi funksiyali
telefon egallashi mumkin, buning uchun odam hamma narsaga tayyor bo’ladi va shu
telefonni sotib oladi. Aloqa uchun telefondan foydalanadigan inson uning yangi
rusumlarini izlamaydi, agar unga mavjud bo’lgan funksiyalar yetarli bo’lsa, aksincha
telefonga tobe’ bo’lgan odam yangisini izlaydi.
-
Qo’ng’iroq uchun qo’ngiroq. Agar “shunchaki” keraksiz qo’ngi’roqlar soni
muhim va kerakli bo’lgan qo’ng’iroqlar sonidan ko’proq bo’lsa bu yaxshi emas.
-
SMS uchun SMS. Amalda “qo’ng’iroq uchun qo’ng’iroq” ga o’xshaydi, inson
o’n metr narida turgan do’stiga qo’ng’iroq qilishi mumkin (yoniga borish osonroq
bo’lsa ham). Ayrim odamlar og’zaki suhbatdan ko’ra SMS orqali muloqot qilishni
afzal ko’rishadi.
-
“Telefonlar” va aloqa haqida suhbatlar. Tobe’ odam mavzuni o’zi “sevgan”
mavzuga aylantiradi, telefon rusumlari, ta’rif rejalari mobil madaniyatning boshqa
belgilari haqida baxslashishdan zavq oladi.
Natijalar va muhokama.
Psixologlarda “Mobil tobe’lik”, “SMS – kasallik” degan atamalar paydo bo’ldi.
Chet elda bunga jiddiy e’tibor berilmoqda va tashxislar qo’yib shifoxonalarda
davolashmoqda.
Mobil tobe’lik – inson telefonni har joyda o’zi bilan olib yuradi, telefon quvvati
tugab qolsa yoki sinsa asabiylashadi. U yangi telefonni sotib ololmaslikni tasavvur ham
qila olmaydi, u o’z telefoniga yangi chaqiruv qo’ng’iroqlari va o’yinlarni o’tkazib
oladi. Telefonni o`z jismining bir bo’lagi deb hisoblaydi va usiz o’zini to’la to’kis deb
o’ylamaydi.
SMS – tobe’lik - “tobe’ inson” qo’ng’roq qilish, gaplashish oson va arzon bo’lsa
ham, bir kunda yuztacha ma’lumotni sms qilib yozib yuboradi.
Yangi axborotga o’chlik – inson yangi axborotni qabul qilishga doim tayyor
turadi. Har daqiqa elektron pochta yoki telefonni tekshiradi. Miya bunday ko’p
ma’lumotni qabul qilib, undan eng muhimini ajratib va kerak bo’lmaganini unuta
olmaydi. Natijada u bunday “narkotik”ka tushib qoladi va yangisini talab qiladi.
Statistikaga ko’ra AQShda har ikkinchi o’quvchida mobil telefon bor va
qo’ng’iroqlarga kuniga bir soatdan kam bo’lmagan vaqtini sarflashadi.
Xulosa.
Shunday bo’lsa ham ko’pgina Amerika olimlarini mobil telefon orqali
suhbatlar shaxsiy muloqotni o’rnini egallashi bezovta qilmoqda. Ko’pchiligi shuni
ta’kidlaydiki, bu o’smirlarning ijtimoiy yakkalanishini kuchaytiradi, ushbu yoshda bu
noma’qul bo’ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_1-to’plam_Aprel-2025
267
ISSN:3030-3613
Shunday qilib, mobil tobelik zamonaviy psixologiya fani oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Бережковская Е. Мобильная зависимость //Школьный психолог/– 2006. - №5.
– с. 2-7 3.
2.
Бурдыга В.А. Мобильная зависимость – что это такое и с чем еѐ
«едят»//Журнал Самиздат 24.05.07
3.
Инджиев А. Мобильник. Любовь или опасная связь?/ А. Инджиев. – М.:
Вектор, 2007.
4.
Корягина О.П. Проблемы мобильной зависимости и причины их
возникновения // Вопросы психологии. – 2006. - №1. – с.14-19 7.
5.
Нишанова, З. Т., & Худоёрова, М. (2017). ПРЕДОСТАВЛЕНИЕ
НАДЛЕЖАЩЕЙ ИНДИВИДУАЛИЗИРОВАННОЙ ПОДДЕРЖКИ ДЕТЯМ С
ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ. In
Сборники конференций НИЦ
Социосфера
(No. 26, pp. 60-62). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.