Mualliflar

  • Usarova Muborak Xabibulla qizi
  • Abduraxmanova Matluba Kamoliddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96123

Kalit so‘zlar:

Keywords: Modern educator pedagogical activity knowledgeable skilled spiritual values moral standards.

Annotasiya

Abstract: 
In this article, raising children as well-rounded individuals is considered one of 
the most important tasks of the education system. Spiritual and moral education plays 
an important role in the formation of a child's personality, social relationships, and 
cultural behavior. In particular, the preschool period is one of the most important stages 
in human life, and the spiritual values and moral standards formed during this period 
affect the child's future personal and social success. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

100

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY

TARBIYALASHDA TARBIYACHINING O‘RNI

Usarova Muborak Xabibulla qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

usarovamuborak5@gmail.com

+99894-770-79-20

Abduraxmanova Matluba Kamoliddin qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Abstract:

In this article, raising children as well-rounded individuals is considered one of

the most important tasks of the education system. Spiritual and moral education plays
an important role in the formation of a child's personality, social relationships, and
cultural behavior. In particular, the preschool period is one of the most important stages
in human life, and the spiritual values and moral standards formed during this period
affect the child's future personal and social success.

Абстрактный:

В данной статье воспитание детей как всесторонне развитых личностей

рассматривается как одна из важнейших задач системы образования. Духовно-
нравственное воспитание играет важную роль в формировании личности
ребенка, социальных отношений и культурного поведения. В частности,
дошкольный период является одним из важнейших этапов в жизни человека, а
сформированные в этот период духовные ценности и моральные нормы влияют
на будущую личностную и общественную успешность ребенка.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash

ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.Ma’naviy-axloqiy tarbiya
bolaning shaxsiyati ,ijtimoiy munosabatlari va madaniy xulq-atvorni shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi.Ayniqsa, maktabgacha yosh davri inson hayotidagi eng muhim
bosqichlaridan biri bo‘lib,bu davrda shakllangan ma’naviy qadriyatlar va axloqiy
me'yorlar bolaning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlariga ta'sir qiladi.

Keywords:

Modern educator, pedagogical activity, knowledgeable, skilled,

spiritual values, moral standards.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

101

ISSN:3030-3613

Ключевые слова:

Современный педагог, педагогическая деятельность,

знающий, умелый, духовные ценности, нравственные нормы.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy tarbiyachi, pedagogik, faoliyat, bilimli, mahoratli,

ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me'yorlar.


Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib

topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat bo‘lib, ular kishilarning
jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartib qoidalar
kishilardan jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqqa ega bo‘lishilikni talab qiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan,
uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga
rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi ma’naviy-axloqiy tarbiyani, ma’naviy axloqiy
ongni shakillantirish, bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab uning ma’naviy his-
tuyg‘ulari va axloqiy fazilatlarini shakllantirish jarayoni deb hisoblaydi. Bolalar
bog‘chasida bulawayo ma’naviy tamoyillarga asoslangan bo‘lib, maktabgacha
yoshdagi bolalarning yoshiga qarab belgilanadi va O‘zbekiston kelajagini barpo
etuvchi fuqarolari uchun zarur bo‘lgan ma’naviy axloqiy fazilatlarning asoslarini
shakllantirishdi. Maktabgacha tarbiya yoshi-bu shaxsning dastlabki “ochilish” davri.
Ma’naviy tarbiya ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan, bukattalar, ota-onalar,
tarbiyachilarning fazilatlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan esa - bolalarning xatti-
harakatlari, his tuyg‘ulari va munosabatlarida namoyon bo‘ladigan tarbiyaviy faoliyat.
Shu sababli, tarbiya mazmunini belgilab olgach, turli xil ma’naviy tarbiya uslublarini
qo‘llash orqali ota-ona, tarbiyachi tarbiyaning natijalarini, bolalarning ma’naviy
barkamolligini diqqat bilan tahlil qilib borishlari kerak.

Ma’naviy- axloqiy tarbiyaning mohiyati xulq-atvor,odob-axloq me'yorlari va

qoidalaridir.

Ular

bolalarning

so‘zlar

tushuntirishlari

darker.

So‘zlarida,munosabatlarida,xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi,ularning xatti-
harakatlari, munosabatlarini nazorat qiladi. Ota-onalar va tarbiyachilar maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbiyalash bu O‘zbekistonning kelajagi, Vatanimizning bo‘lajak
posbonlarini,dunyoda yurtimiz sharafini yuksaltiruvchi iqtisodiy,ma’naviy hayotni
barpo etuvchilarni tarbiya qilayotganlarni,buning ma'sulyatini yaxshi bilishlari
kerak.Ushbu vazifaga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash bo‘yicha ishlar takomillashtirishi kerak. Maktabgacha yoshda
shakillantirilgan his-tuyg‘ular va xulq bolalar o‘rtasidagi,kattalar va bolalar o‘rtasidagi
munosabatlarning butun majmuasiga ta'sir ko‘rsatadi.

Komfutsiy bolalar bilan muntazam ish olib borish,bolalarning ma’naviy axloqiy

darajasini oshiradi; maktabgacha tarbiya tashkilotlarida o‘rgangan qobilyatlarmi
rivojlantiradi va amalga oshirilgan ishlardan quvonadi,kattalar ishlarning natijalarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

102

ISSN:3030-3613

qadrlaydi;ularda umumiy maanfatlari uchun ishtirok etish,birgalikda o‘ynash,barcha
maqsadlarni amalgaoshirish istagi paydo bo‘ladi. Bularning barchasi bola
shaxsiyatining ma’naviy yo‘nalishinibelgilaydi. Bolalarda faol hayotiy pozitsiya
asoslarini shakllantiradi.Bu juda muhimnatijabo‘lib, keyinchalik maktab yoshidagi
ma’naviy-axloqiy tarbiyani muvaffaqiyatli amalgaoshirishga imkon beradi. Har bir
bolaning

ma’naviyaxloqiy

rivoji

uchun

g‘amxo‘rlik-bugungiva

kelajak

tarbiyachilarining kundalik e’tiborini talab qiladi. Bunda bola va bolalar
jamoasinishakllantirish bir vaqtning o‘zida birlashtiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani
amalga oshirishdatarbiyachi yetakchi rol o‘ynaydi.Uning xulq-atvori, bolalar va
kattalar bilanmunosabatibolalarga namuna-misol vazifasini o‘taydi. Maktabgacha
yoshdagi boalani ma’naviy axloqiy tarbiyalashni ota-onalar bolalar bog‘chasibilan
yaqin

aloqada

amalga

oshirishlari

kerak.

Bolalar

bog‘chasi

bolalar

tarbiyasidaqiyinchiliklarga duch kelayotgan ota-onalarga alohida e’tibor berib,
oilalarningbarchaqatlamlari pedagogic madaniyatini yuksaltirish, barcha ota-onalarni
(va iloji bo‘lsa,oilaningboshqa katta a’zolarini ham) peagogik madaniyat bilan
qurollantirishi kerak.Bolalarnima’naviy tarbiyalash usullarini tanlash oldingi bolalik
davrining har bir bosqichidagi asosiyvazifalarni hisobga olgan holda, ularni yoshiga
xos xususiyatlaridan kelib chiqibamalgaoshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
ma’naviy axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:

- madaniy xulq atvor malakalari,kompitensiyalarini rivojlantirish;
- insonparvarlikning ko‘nikmalarini o‘rgatish
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasining mazmuni va

usullari ushbu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi va eng yaqin axloqiy
rivojlanish zonasini taʼminlashi kerak. Misol uchun, agar to‘rt yoshli bola
tengdoshlaridan yordam berishni asosan tarbiyachining maslahati, taʼsiri, topshirig‘i
bilan bajarsa, besh yoshlilar bu yordamni o‘z ixtiyori, farosati bilan ko‘rsata olishi
kerak. Tabiiyki, buning uchun tarbiyachi bolalarni ushbu yanada rivojlangan xatti-
harakatga tayyorlashni oldindan amalga oshirib borishi kerak. Maʼnaviy-axloqiy
tarbiya-bu bolaning shaxsini jamiyatning maqsadlarini va g‘oyalariga mosravishda
rivojlanishi bilan pedagogik taʼsir qilish usuli. Bolalarda insonparvarlikni tarbiyalash
uchun qo‘llanayotgan tarbiya usullari insonparvar boʻlishi kerak. Jamoaviylikni
rivojlantirish uchun bolalarda biror ishni bajarish istagi va qobiliyatini rivojlantirish
birgalikla o‘ynash. Harbir bolaga g‘amxo‘rlik qilish taqozo etiladigan va faoliyatni
tashkil etish zarur.

Bolalarni tarbiyalash yakka usul yoki vositalar bilan amalga oshirilmaydi.

Bunda turli xil tarbiya usullarining butun majmuasi qo‘llaniladi. Maʼnaviy axloqiy
tarbiya usullarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin: Birinchi guruh
usullari bolalarning odatiy xatti-harakatlarini shakllantirishni taʼminlaydi. Ularga bola
xulq-atvorining ijobiy shakllariga o‘rgatish usullarini keltirish mumkin.Asosiy sababi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

103

ISSN:3030-3613

bolalar turli vaziyatlarda me‘yorlar va qoidalarga muvofiq harakat qilishlari, masalan,
salomlashish va kechirim so‘rash, xizmat uchun minnatdorchilik bildirish,savollarga
xushmuomalalik bilan javob berish,gullarni parvarish qilish, boshqa bolalarga yordam
berish va o‘zaro yordamlashish, keksalarga g‘amxo‘rlik qilish,kamtarlik o‘rgatiladi.
Bolaxatti-harakatlarining motivatsiyasi uning ongiga, histuyg‘ulariga taʼsir qiladi.
Shusabablimuntazam xulq harakatlarining shakllanishi uchun muntazam o‘rgatib
borish juda muhimdir. Mashg‘ulotlar bolalarni turli xil amaliy tadbirlarga,tengdoshlari
va kattalarga tabiiy hayot sharoitlarida va maxsus yaratilgan, maktabgacha yoshdagi
bolalarni bunday harakatlarga jalbqilishni o‘z ichiga oladi. Masalan, tarbiyachi yosh
bolalarga mehmonlarni kutib olish, mehmonqilishni tavsiya qiladi. Bolalar bunday
holatlarda o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini namoyon qilishlari, ularga eʼtibor berishlari,
kichiklarga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak. O‘rgatish usuli kattalar yoki boshqa
bolalarning namunasi bilan birlashtirilsa, kata taʼsir ko‘rsatadi. Biroq,bolaning katta
ishi yoki tengdoshi namunasiga ko‘ra harakat qilishi uchun,ularga o‘shashni
istashlarini so‘rab, o‘xshashga istakni kuchaytirish kerak. O‘xshash orzusi taqlid orqali
amalga oshiriladi. Agar bola biror kishi haqida to‘lqinlanib, hayrat bilangapirsa, bu
uning o‘sha kishi faoliyati, xarakteridan taʼsirlanganini anglatadi. Bolalar
bog‘chasining tarbiya dasturlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ularning
yosh va individual psixikfiziologik xususiyatlariga moslab jismoniy, aqliy, ma’naviy-
axloqiy, estetiktarbiya berish nazarda tutiladi. Buning uchun har bir maktabgacha
tarbiya tashkilotining harbir ish guruhida tegishli sharoit yaratiladi, guruhda bolalar
hayotini yo‘lga qo‘yish va ularni tarbiyalashda oilalarning normal turmushi hamda
hayotini, xilma-xil faoliyatini, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va maʼnaviy
fazilatlarni tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Maktabgacha tarbiya tashkiloti ozoda, shinam, keng bo‘lib, guruhlar xonalari

mebel,o‘yinchoqlar, pedagogik qo‘llanmalar, gigiyena, pedagogika va estetika
talablariga javob beruvchi jihozlar bilan taʼminlanadi,ular bolalarning yoshlariga
muvofiq bo‘lishi, xonani jihozlash asbob-uskuna hamda buyumlari esa tasdiqlangan
tipovoy jihozlashga mos bo‘lishi lozim. Bolalarning ko‘rish qobiliyatlarini saqlash
maqsadida guruh xonalari turli darajada sunʼiy va tabiiy tarzda yoritilishi lozim. Deraza
pardalari va derazalarga qo‘yilgan o‘simliklar derazadan tushadigan yorug‘likni
kamaytirmasligi keraak. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalardagi
harakterning ijobiy na’munalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy
natijalarga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Xudoyberganov Q.T., Nurmuxamedov T.R. va b. Xodimlar menejmenti. Darslik. //
Toshkent. – 2010.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

104

ISSN:3030-3613

2.

S.V.Yudakova Psixologo-pedagogicheskiye aspektы menedjmenta v sfere
obrazovaniya. Uchebnoye posobiye. Vladimir 2020.

3.

L.M.Bazavluskaya, D.N.Korneev Metodika prepodavaniya

menedjmenta.

uchebno-metodicheskoye posobiye. Chelyabinsk, 2019.

4.

Loxtina T.N. Osnovы menedjmenta obrazovatelnыx organizatsiy. Uchebnoye
posobiye. Irkutsk 2019.

5.

Gʻoziyev E.Gʻ. Menejment psixologiyasi. // Toshkent. – 2001.

6.

Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. Oʻzingni bil, oʻzingni angla. //
Toshkent. – 2013.

7.

Xolbekov A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi. // Toshkent. – “Akademiya”, 2008

8.

Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi. // Toshkent. – “Akademiya”. 2006

9.

Abdurahmonov Q.H., Xolmoʻminov Sh.R., Zokirova N.Q. Personalni boshqarish.
Darslik. – // Toshkent. – “Oʻqituvchi”, 2008. 655 bet.

10.

Imomov A. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. // Toshkent. – “Navroʻz
nashriyoti DUK”, 2016. 192 bet.

11.

Mahmudov I.I., Qoraboev J. Rahbar shaxs psixodiagnostikasi. // Toshkent. —
“Akademiya”, 2013. 120 bet.

12.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. // Toshkent. – “YUNAKSPRINT”, 2006.
232 bet.

13.

Gʻoyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. // Toshkent. – “Oʻzbekiston”, 2012.

14.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 595-
sonli Qonuni – 2019-yil 16-dekabr.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Xudoyberganov Q.T., Nurmuxamedov T.R. va b. Xodimlar menejmenti. Darslik. //

Toshkent. – 2010.

S.V.Yudakova Psixologo-pedagogicheskiye aspektы menedjmenta v sfere

obrazovaniya. Uchebnoye posobiye. Vladimir 2020.

L.M.Bazavluskaya, D.N.Korneev Metodika prepodavaniya menedjmenta.

uchebno-metodicheskoye posobiye. Chelyabinsk, 2019.

Loxtina T.N. Osnovы menedjmenta obrazovatelnыx organizatsiy. Uchebnoye

posobiye. Irkutsk 2019.

Gʻoziyev E.Gʻ. Menejment psixologiyasi. // Toshkent. – 2001.

Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. Oʻzingni bil, oʻzingni angla. //

Toshkent. – 2013.

Xolbekov A.J. Boshqaruv sotsiologiyasi. // Toshkent. – “Akademiya”, 2008

Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi. // Toshkent. – “Akademiya”. 2006

Abdurahmonov Q.H., Xolmoʻminov Sh.R., Zokirova N.Q. Personalni boshqarish.

Darslik. – // Toshkent. – “Oʻqituvchi”, 2008. 655 bet.

Imomov A. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. // Toshkent. – “Navroʻz

nashriyoti DUK”, 2016. 192 bet.

Mahmudov I.I., Qoraboev J. Rahbar shaxs psixodiagnostikasi. // Toshkent. —

“Akademiya”, 2013. 120 bet.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. // Toshkent. – “YUNAKSPRINT”, 2006.

bet.

Gʻoyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. // Toshkent. – “Oʻzbekiston”, 2012.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 595-

sonli Qonuni – 2019-yil 16-dekabr.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари