T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
83
ISSN:3030-3613
TAʼLIM TARBIYA JARAYONIDA ILMIY VA UMUMMADANIY
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH.
Mahammadova Ozodaxon Sadriddin qizi.
Andijon davlat pedagogika insituti Pedagogika
pisixalogiya kafedrasi assisenti o'qituvchisi
Kadirova Omadxon Sobirjonovna.
Andijon davlat instituti maktabgacha
taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.
Anotatsiya:
Ushbu maqolada taʼlim va tarbiya jarayonida ilmiy umummadaniy
dunyoqarashni shakllantirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Dunyoqarash,
odamlarning atrof-muhit, inson, jamiyat va tabiat haqidagi tushunchalari, qarashlari va
qiymatlari tizimidir. Taʼlim jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni
shakllantirish orqali yosh avlodning dunyo haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning
mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek,
jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun zarur ko‘nikmalarni egallashiga yordam
beradi.Ilmiy dunyoqarash, insonni ilm-fan, texnika va falsafaning yutuqlari bilan
tanishtirib, ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi. Umummadaniy dunyoqarash esa
shaxsning ma’naviy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni anglab etishi va ularga
asoslanib harakat qilishini ta’minlaydi. Shuning uchun taʼlim jarayonida ilmiy va
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda integratsiyalangan yondashuv zarur, bu
o‘z navbatida shaxsning dunyoqarashini kengaytirib, jamiyatda muvozanatli,
maʼnaviyatli va bilimdon avlodni tarbiyalashga yordam Bundan tashqari maqolada
mifologik dunyoqarash, falsafiy, diniy dunyoqarash hamda milliy ong va mafkura
tushunchalari yoritib oʻtilgan.
Kalit so‘zlar:
Dunyoqarash, Mifologik,ong, mafkura, milliy ong,diniy
dunyoqarash. Falsafiy dunyoqarash.
Kirish:
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va eʼtiqodlar
tizimidir.Mazkur tizim doirasida ijtimoiy gʻoyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy ilmiy,
maʼnaviy axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan
eʼtiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon boʻladi.
Dunyoqarash oʻz mohiyatiga koʻra ilmiy va oddiy dunyoqarash tarzida
farqlanadi.Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini
puxta oʻzlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlik kasb etgan gʻoyalar yotadi.Shaxsiy dunyoqarashini shakllantirish uzoq
muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.Bilim ilmiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
84
ISSN:3030-3613
dunyoqarashning asosi boʻlib hisoblanadi.Bilim olish albatta, yoshlikdan
boshlanadi."Yoshlikda olingan ilm toshga oʻyilgan naqshdir", daydi dono
xalqimiz.Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan
oʻchmaydi.Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al-
Kindiy, Gʻazzoliy, Beruniy, Xorazmiy,Naqshbandiy, Yassaviylarni, Gʻarb allomalari
I.Kant,F.Gagel,L.Feyerbax,A.Shopengaurlarning
nomlarini
tilga
olmasdan
boʻlmaydi.Eng buyuk allomalari, donishmandlar, oʻzlarining noyob asarlari,
taʼlimotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qoʻshganlar.
Dunyoqarash
-faqat insongina xos xususiyat boʻlib, hayvonot dunyosi boshqa
narsa, buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir.Ularda dunyoqarash kishilarning
olam va uning oʻzgarishi rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy,
estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan Dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit
umumlashtirilgan bilimlar toʻplamidir.Kishilar tevarak atrofdagi narsa va hodisalar
toʻgʻrisida qancha koʻp malumotlarga , bilimga ega boʻlsa, ularning dunyoqarashi ham
shu darajada mukammal va puxta boʻladi.Avvalo taʼkidlash lozimki ilmiy dunyoqarash
turlicha boʻladi.Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega boladi.Dunyoqarash
kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, gʻoyalar turkumini hosil
qiladigan, ularni muayyan ijtimoiy guruhlar,sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy
harakatlar, davlatlar maqsadida kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi
oʻz oʻrnini , amaliy faoliyat yoʻnalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat
beradigan koʻp qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi Birinchisi kishilarning kundalik hayotiy
amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida toʻplangan bilimlar, tasavvurlar,
qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisi ilm fan tufayli toʻplangan nazariy bilimlar gʻoyalar
yigʻindisi tashkil etadi.Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlib bir-
birini toʻldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning inikosidir.Unda ijtimoiy turmush aks etadi va
u ijtimoiy tuzumga bogʻliq boʻladi.Dunyoqarashning doimo oʻzgarib rivojlanib turishi
uning tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon boʻladi.Dunyoqarash uchta
mifologik, diniy, falsafiy turlarga boʻlinadi.
Mifologik (yunoncha -mifos-n
aql, rivoyat
,logos
-tushuncha , taʼlimot)
dunyoqarash -ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlangʻich davriga xos boʻlgan xalq
ogʻzaki ijodi naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy
shaklidir."Olam qanday paydo boʻlgan?Quyosh,oy va yulduzlarni kim yaratgan?Bu
sir-sinoatga toʻla borliqning soʻngi qayerda? degan savollar odamzotni azaldan
qiziqtirib kelgan.Ushbu savollarga odamzod topgan dastlabki javoblar miflarda
ifodalangan va ular butun bir mifologik tizimni hosil etgan.Qadimiy turkiy xalqlarda
ham shunday mifologik tizim mavjud boʻlgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
85
ISSN:3030-3613
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan
voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va
tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir.Diniy dunyoqarashning xalq ongiga
singib qalbiga chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki ular oddiy
kishilarning ruhiyatiga moslab ularning hissiyoti tafakkuriga taʼsir etadigan va koʻp
vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obrazlar afzona va rivoyatlar shaklida izhor
qilishidir.Islom taʼlimotida har bir afsona va rivoyatlarida katta hikmat, falsafiy fikr,
maʼno mavjuddir.Shuning uchun ham ular barhayot boʻlib avloddan avlodga oʻtib,
bizning davrimizgacha yetib keldi.Bunday manaviy boylikni ehtiyot qilishimiz lozim.
Falsafiy dunyoqarash
-bu olam haqidagi yaxlit va tizimlashtirilgan bilimlar
yigʻindisidir.Mifologik va diniy dunyoqarash hissiy aʼzolarimiz orqali erishilgan
maʼlumotlar asosida shakllansa falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy aʼzolarimiz tufayli
ilm fan yordamida toʻplagan bilimlar yigʻindisidir.Falsafiy dunyoqarash kishilarga
tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida
maʼlumot beradi.Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni dunyoni va uning
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini bilish esa murakkab ziddiyatli jarayondan
iboratligini takidlaydi.
Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashini yangicha fikrlash ustini
mustahkamlanmasa milliy istiqlol gʻoyasi mazmuni va mohiyati ularga
tushuntirilmagan katta oʻzgarish sodir boʻlmasligi mumkin.Hozirgi muhim dolzarb
masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini oʻzgartirish iqtisodiy siyosiy
madaniy jabhalarida fikrlashni oʻrgatish mustaqilliklikni mustahkamlashda oʻz haq
huquqlarini anglab olish va nooʻxshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi
kurashishga undashdan iborat. Milliy ong va mafkurani shakllantirish hozirgi kun
talabi ekan bu tushunchalar mohiyatini
ham chuqur bilishimiz zarur.
Milliy ong va mafkura
. Ong arabcha "aql"soʻzidan olingan deb takidlaydi
bir qator olimlar.Lekin ong va aql iboralari oʻrtasida farqlar bor. Odamning fikrlash
qobiliyati nazarda tutilganda ong va aql atamalari bildirgan maʼnolar bir biriga mos
keladi,ong ham aql ham odam miyasining mahsulidir."Odam anglaydi, aql yuritadi
fikrlaydi.Ong shuningdek kishining ruhiy ruhoniy siyosiy falsafiy nuqtai nazarlari
diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi.
Milliy ong -bevosita har bir millat yoki elatlarning uzoq tarixiy etnogenez
davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy eʼtiqodlari ,
madaniyati,boshqa xalqlarning oʻzaro taʼsiri tufayli shakllangan dunyoqarashi,
iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy va madaniy manaviy sohalarda faollik darajasi.
Milliy ong Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali
omillaridan biridir.Milliy ongni davr talabi darajasiga koʻtarish uchun davlatimizda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
86
ISSN:3030-3613
katta ishlar amalga oshirilmoqda Bunda taʼlim -tarbiya muassasalarining roli ayniqsa
muhimdir.
Mafkura (arabcha "mafkura"-nuqtai nazarlar va eʼtiqodlar tizimi majmui)-
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy ilmiy qarashlar
fikrlar va gʻoyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning yaʼni keng maʼnoda jamiyat hayotining maʼnaviy
siyosiy imkonidir,uning inson ongida aks etishi inson tomonidan anglanib bir butun
tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy
tayanch boʻlib xizmat qilishidir.
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim oʻrin tutadi.Aqliy
tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti terisidagi bilimlarni berish, uning aqliy
qobiliyati, tafakkurni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat boʻlib,uni
samarali yoʻlga qoʻyish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunda
ham yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri
ekanligiga urgʻu beriladi. Yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadr boʻlib yetishish mavjud ilmiy shuningdek, kasbiy bilimlarini
puxta egallash demakdir.
Aqliy tarbiya oʻquvchilarni ilm fan, texnika,texnologiya hamda ishlab chiqarish
sohalarida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish ularda ijodiy, erkin, mustaqil
fikrlash koʻnikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
1 Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
2 Ularda ilmiy bilimlarni oʻzlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror
toptirish.3 Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish koʻnikma va malakalarni tarkib
toptirish.4 Bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuygʻusini
shakllantirish.5 Bilimlarni oʻzlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar
(nutq, diqqat,xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish,
qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish,oʻz fikrini
asoslash, mavjud maʼlumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar
chiqarish va hakozolar) ni rivojlantirish.
Aqliy talim va tarbiya birligi asosida shaxsga tafakkur yani ijtimoiy voqea-
hodisalarning ongda toʻlaqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatning yuksak shakli
rivojlanadi. Manbalarning koʻrsatishicha aqliy tafakkurning mavjud darajasini
belgilash bir qator murakkab boʻlib, quyidagi belgilarga koʻra aniqlanishi mumkin:
1
. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2.
Mavjud ilmiy bilimlarni oʻzlashtirib olish jarayoni.
3.
Fikrlash koʻnikmasiga egalik.
4.
Bilimlarni egallashga boʻlgan qiziqish hamda ehtiyotning yuzaga kelganligi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
87
ISSN:3030-3613
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi.
Uning shakllanishida ilmiy qarash va eʼtiqod oʻziga xos oʻrin tutadi. Ilmiy qarash
(yunoncha "ideal"-gʻoya , tasavvur, tushunchalari yigʻindisi)-muayyan hodisa,
jarayonining mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, gʻoya boʻlib u
shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta oʻzlashtirilgan, bilimlarni bir-biri
bilan taqqoslash, solishtirish, predmet,hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish
natijasida yuzaga keladi.
Xulosa:
Taʼlim va tarbiya — inson kamolotining asosiy omili sifatida jamiyat
taraqqiyoti va madaniy yuksalishining negizini tashkil etadi. Ilmiy va umummadaniy
dunyoqarashni shakllantirish esa bu jarayonning markaziy yo‘nalishlaridan biridir.
Bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish davrida inson faqatgina tor soha
bilimlari bilan cheklanib qolmasligi, balki ilmiy fikrlash, madaniy ong, estetik did va
ijtimoiy masʼuliyat kabi universal qadriyatlar bilan qurollangan bo‘lishi zarur. Avvalo,
ilmiy dunyoqarash — bu hodisa va voqealarni sinchiklab o‘rganish, sabab-oqibat
munosabatlarini anglash va asoslangan xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Taʼlim
tizimida bu yondashuvni shakllantirish orqali yosh avlodda mustaqil fikrlash,
muammolarga ratsional yondashish va tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.
Ayniqsa, fanlararo integratsiya, loyiha asosida o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar bu
borada samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.Shu bilan birga, umummadaniy
dunyoqarash — insoniyatning umumiy tarixiy, axloqiy, estetik va maʼnaviy tajribasini
anglash va unga sadoqat bilan qarashni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida bu qarashlar
yoshlarga madaniy meros, milliy qadriyatlar, inson huquqlari, ekologik madaniyat,
tinchliksevarlik kabi tushunchalarni singdirish orqali shakllantiriladi. Madaniyatlararo
muloqot, teatr, muzey, kitobxonlik va boshqa madaniy faoliyatlar yosh avlodning
estetik didi va umuminsoniy qarashlarini boyitadi.
Shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar
va psixologik yondashuvlar orqali o‘quvchining ichki dunyosini chuqur anglab, uni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, shaxsiy rivojlanishini taʼminlashi lozim. Ota-onalar,
maktab va jamiyat o‘zaro hamkorlikda ishlagan holda, yosh avlodni nafaqat bilimli,
balki ongli va masʼuliyatli fuqarolar sifatida shakllantira oladi.
Taʼli va tarbiya tizimida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni uyg‘un holda
shakllantirish — nafaqat shaxs taraqqiyoti, balki barqaror, intellektual va madaniy
rivojlangan jamiyat qurishning muhim shartidir. Bu esa zamonaviy O‘zbekistonning
ilg‘or taraqqiyot sari intilishida asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
B.X.Xodjaev " Umumiy pedagogika" Darslik.- T.:"Sano-standart" nashriyoti,2017-
yil.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_2-to’plam_May-2025
88
ISSN:3030-3613
2.
U.I.Inoyatov,N A.Muslimov, M.Usmonboyeva,D.Inogʻomova. "Pedagogika
"metodik qoʻllanma.-T.: "Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti " 2012-yil.
3.
N.Ataeva va boshqalar. "Umumiy pedagogika ".-T.: " Fan va texnologiya" 2015-
yil.
4.
M.Toʻxtaxodjaeva va boshqalar." Pedagogika ". -T.: "Oʻzbekiston Faylasuflari
milliy jamiyati ".2010-yil.
5.
A.Jumaev, S.Sharipova."Ijtimoiy pedagogika ".T.:"Navroʻz ".2019-yil.