Mualliflar

  • Ikromova Nilufar Ahrorjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96147

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Jamiyat oila falsafa qadriyatlar ijtimoiy tizim an’ana urf-odat.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyat va oila o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy hujayrasi 
sifatida,  uning  barqarorligi  va  taraqqiyotida  muhim  rol  o‘ynashi  ta’kidlanadi. 
Shuningdek, zamonaviy davrda oilaning tutgan o‘rni, ijtimoiy qadriyatlar, an’ana va 
urf-odatlar bilan bog‘liq masalalar falsafiy jihatdan yoritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

240

ISSN:3030-3613

JAMIYAT VA OILA FALSAFASI

Ikromova Nilufar Ahrorjon qizi

Andijon davlat Universiteti

Matematika va mehanika yo‘nalishi talabasi.


Annotatsiya:

Mazkur maqolada jamiyat va oila o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy hujayrasi
sifatida, uning barqarorligi va taraqqiyotida muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi.
Shuningdek, zamonaviy davrda oilaning tutgan o‘rni, ijtimoiy qadriyatlar, an’ana va
urf-odatlar bilan bog‘liq masalalar falsafiy jihatdan yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Jamiyat, oila, falsafa, qadriyatlar, ijtimoiy tizim, an’ana, urf-odat.

Аннотация:

В данной статье философски рассматриваются взаимосвязи

между обществом и семьей. Семья выступает как основная социальная ячейка
общества, играющая важную роль в его стабильности и развитии. Также
освещаются философские аспекты места семьи в современном обществе, а также
её связь с социальными ценностями, традициями и обычаями.

Ключевые слова:

Общество, семья, философия, ценности, социальная

система, традиции, обычаи.

Annotation:

This article analyzes the relationship between society and family

from a philosophical perspective. The family is regarded as the basic social unit of
society and plays a crucial role in its stability and development. The article also
discusses the philosophical aspects of the family's role in modern times, including its
connection with social values, traditions, and customs.

Keywords:

Society, family, philosophy, values, social system, tradition, customs.

Kirish:

Insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida oila har doim jamiyatning eng

muhim ijtimoiy institutlaridan biri sifatida shakllanib kelgan. Oila nafaqat biologik,
balki ma’naviy, madaniy va axloqiy qadriyatlar shakllanishida asosiy o‘rin egallaydi.
Har qanday jamiyatning barqarorligi, axloqiy muhitining sog‘lomligi, yosh avlodning
tarbiyasi avvalo oiladagi muhitga bog‘liqdir. Shu sababli, oila va jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar, ularning falsafiy asoslarini chuqur o‘rganish, bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur mavzu doirasida oila va jamiyat tushunchalarining mohiyati, ularning

tarixiy va madaniy rivojlanishdagi o‘rni, shuningdek, hozirgi zamon ijtimoiy
muammolari kontekstida oila institutining ahamiyati falsafiy tahlil qilinadi. Bu tahlil
orqali biz jamiyatning mustahkam poydevorini tashkil etuvchi oilaviy qadriyatlar,
an’analar va ularning yangilanish jarayonlarini chuqurroq anglashga harakat qilamiz.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

241

ISSN:3030-3613

Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy

makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan
odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda
jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq
barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat xududidagi
odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu
tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam
va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi. Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan
so’zlar bor. Barchasining o’zaro yig’ilgan, to’plangan degan ma’noni bildiruvchi jam
iborasidir. Masalan: jamoat jam. Odamlar jam bo’lishdi. Jami – o’n nafar. Shuningdek,
jam so’zi qo’shuv ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq
aholisini, biror muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir
guruh kishilari deganidir. Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi.
Jamoatda turli qarashdagi kishilar bo’lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat
yo’lida jam bo’lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz
o’quvchi hammahalla, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so’zining
jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo.

Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan

ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy
va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo’ladigan, ijtimoiy ong shakllarini
belgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To’g’ri, jamiyat taraqqiyoti
tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.

1

Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega

bo’lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy
uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. Jamiyat – tabiatning bir qismi,
ya’ni ijtimoiy borliqg’ bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida
amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor.
Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir.
Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy
mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi.
Birinchi prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha
tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar
birligidan iborat.

Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish

uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni
uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga
harakat qiladi. Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini

1

1Qarang: Ibrohimov A., Sultonov X.,Jњraev N. Vatan tuyg‘usi. T., 1996 y., 94-bet.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

242

ISSN:3030-3613

qondirish quroli, muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat
tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’liqona qondirish
imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor
berilayotganining sababi ham ana shunda.

Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy

ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. Jamiyat ham makro va mikro
jismlar kabi o’z-o’zini tashkillovchi va boshqaruvchi tizimdir. Binobarin, bu tizim
muayyan qonunlar asosida mavjud bo’ladi va takomillashib boradi. Ikki jins yakka
nikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’, qabila, elat (xalq,
millatlarning vujudga kelishi va shu birliklarda o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida
davlatlarning kelib chiqishi, mulkiy munosabatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, har
bir jamiyatning o’z bazis va ustqurmasi bo’lishi, bozor iqtisodi munosabatlari,
(bularning iqtisod nazariyasi va sosiologiya fanlari batafsil o’rganadi) – ana shu
ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida tarixan o’z-o’zidan shakllangan.
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati
bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy
(juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin.

Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar,

bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy
qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini
tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash
shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash
mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish
o’rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki
ehtiyojlar bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.

Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati

to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni
ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon
va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat ayrim
bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, sobiq
Sho’rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning harakati yo’li
shu davlat tugashi bilan to’sib qo’yildi. Yoki talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik
qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy qonunlar O’zbekiston
sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik baxsh etadi.

Prezident Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor iqtisodiga o’tishning

besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o’ziga xoslik baxsh etadi. Umuman


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

243

ISSN:3030-3613

olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir biri bilan dialektik aloqadorlikda
bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi.

2

Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub

mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir
jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va
insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, yni hayotga,
mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat
barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z
himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan
oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada
er va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir.
Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyatimiz sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga
qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va
ayolning

muqaddasligi

to’g’risidagi

g’oyalar

oilaviy

munosabatlarni

takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning madaniy
darajasi ayol va oiladagi ahvol, mavqyei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar.
Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi jihatdan ayolning ma’anviy salohiyati, bilimi,
uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga
oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqyei va rolini
kuchaytirishga qaratilgandir. Oila muammolari ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni
oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy
markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini
takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi. Davlat – jamiyatni
boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir
muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining
muhim yutug’idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy
boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda
davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga
keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan
davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat
kasb etdi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning

o’zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi.
Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar
siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik
jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o’tishga qaratilgandir.

2

2Qarang: Karimov I. Falsafa fanidan va’z (leksiya) matnlari. Toshkent, 2003 yil, 115-116-betlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

244

ISSN:3030-3613

Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi.
Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga
siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli
jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla o’mitalari av
boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson
salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga
qaratilgandir.

Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi.

Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin
uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi
jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli
ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr toqat va muzokaralar
orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy
tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi
negizida qaror topadi.

O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat

asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Demokratik jamiyatda
davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta
boshladi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat
asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-
siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil
etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora
etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila va jamiyat
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik insoniyat hayotining barcha bosqichlarida o‘z aksini
topgan. Oila – shunchaki ijtimoiy birlik emas, balki axloqiy, ma’naviy va madaniy
qadriyatlar maktabi sifatida jamiyatning shakllanishi va rivojida hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda, oila – insoniylikning, mehr-
muhabbatning, mas’uliyat va hamjihatlikning asosiy tayanchidir.

Bugungi globallashuv davrida oilaviy qadriyatlarning saqlanishi va ularni yangi

ijtimoiy sharoitlarga moslashtirish jamiyat barqarorligini ta’minlashda muhim omil
bo‘lib qolmoqda. Shu bois, oila institutini mustahkamlash, uni falsafiy jihatdan anglash
va har bir avlodga ushbu qadriyatlarni yetkazish jamiyatning kelajagi uchun muhim
vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov I.A.

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.

– Toshkent: Ma’naviyat,

2008.

2.

G’ofurov N., Qodirov A.

Falsafa.

– Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

245

ISSN:3030-3613

3.

Nishonov S., Egamberdiyev B.

Oila va jamiyat falsafasi.

– Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2019.

4.

Abduazizov T.

Oila institutining ijtimoiy-falsafiy tahlili.

– Toshkent:

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2017.

5.

Baxtiyorov S.

Zamonaviy jamiyat va oila: muammolar va yechimlar.

Toshkent: Ma’rifat, 2021.

6.

Aristotle.

Politics.

– Translated by Benjamin Jowett. – Oxford University Press,

1995.

7.

Durkheim, Émile.

The Division of Labour in Society.

– New York: Free Press,

1997.

8.

Parsons, Talcott.

Family, Socialization and Interaction Process.

– Glencoe: Free

Press, 1955.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,

G’ofurov N., Qodirov A. Falsafa. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020.

Nishonov S., Egamberdiyev B. Oila va jamiyat falsafasi. – Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2019.

Abduazizov T. Oila institutining ijtimoiy-falsafiy tahlili. – Toshkent:

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2017.

Baxtiyorov S. Zamonaviy jamiyat va oila: muammolar va yechimlar. –

Toshkent: Ma’rifat, 2021.

Aristotle. Politics. – Translated by Benjamin Jowett. – Oxford University Press,

Durkheim, Émile. The Division of Labour in Society. – New York: Free Press,

Parsons, Talcott. Family, Socialization and Interaction Process. – Glencoe: Free

Press, 1955.