T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
160
ISSN:3030-3613
IJOD PSIXOLOGIYASI, PSIXOLOGIK TAFAKKUR TASNIFI VA
IJODKORLIKNING TURLARI
Nematova Lobar Ramazonovna
Buxoro viloyat G'ijduvon tumani
25- umumiy o’rta ta’lim
maktabi amaliyotchi psixologi.
Annotatsiya:
Psixologik tafakkur bilan insoniyatni qanchalik darajada
yaratuvchi ekanligi, har bir sohada o'zgacha ijod yondashuvi borligi namoyon qilindi
va bir nechta ijodkorlik mezonlari asosida yaqqol o'z aksini topdi.
Kalit so'zlar:
ijodkorlik, psixologik tafakkur, ijodkorlik mezonlari, assotsiativ
fikirlash, ijodiy tasvir, texnik ijodkorlik, inson psixologiyasi.
KIRISH
Barchamizga ma’lumki, turli xil sohalarda psixologik xizmatning rivojlanib
borishi insonlardagi turli xil xususiyatlarni anglab yetish va ijodkorlik ruhini yaqqol
payqashga asos bo'ladi. Psixologik tafakkur bilan insoniyatni qanchalik darajada
yaratuvchi ekanligi, har bir sohada o'zgacha ijod yondashuvi borligi namoyon qilindi
va bir nechta ijodkorlik mezonlari asosida yaqqol o'z aksini topdi. Ijodkorlik nafaqat
yozma tarzda balki boshqa turli xil ko'rinishda: rassomlik, haykaltaroshlik va hattoki
ta'lim sohasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir qatorda ijodkorning ijod
psixologiya har qanday ijodiy asarning yaratilishida qanday ahamiyat kasb etishi
haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lamiz.
MUHOKAMA
Tafakkur- inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo’lib,u obyektiv voqelikning
ongda aks etish jarayonidir. Insoniyatning boshqa mahluqotlardan ustuvor jihatlaridan
bittasi ham tafakkur qilish xususiyatiga ega ekanligi barchamizga ma'lum. Shu
jumladan so'ngi yillarda turli xil sohalar doirasida psixologik tafakkur tushunchasi
keng doirada qo'llanila boshladi. Xo'sh, psixologik tafakkur o'zi nima?Psixologik
tafakkur bu siz bir qarashdayoq bevosita idrok etib bo'lmaydigan xususiyatlar va
atrofdagi dunyo munosabatlari haqida bilim olishga imkon beradi. Shu sababdan ham
psixologik tafakkur shakllari bevosita falsafa va mantiq fanlari bilan uzviy bog'liq deb
hisoblanadi1. Biz insonlar nafaqat ko'rinish, xarakter jihatdan balki psixologik jihatdan
ham bir- bir birimizdan keskin farq qilamiz va shu sababdan har bir insonda o'ziga
yarasha shaxs psixologiyasi mavjud bo'lib bu uning boshqalardan farqli individual
ekanini isbotidir. Shu o'rinda, insoniyatning eng qiymatli qobilyatlaridan biri ijodkorlik
ekani barchamizga ma'lum va har qanday sohada ham ijod muhim omil sanaladi.
Ijodkorlik- bu o’zgalar anglolmagan narsani anglash, yangi g’oyalar asosida takrorlab
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
161
ISSN:3030-3613
bo’lmas bebaholikni yaratish deganidir.Shu o'rinda Hindistonlik Osho taxallusi bilan
tanilgan buyuk faylasufning ijod haqidagi quydagi jumlasiga e'tibor qaratsak: Ijod-
borliqdagi buyuk isyondir. Chindan ham bu ta'rif shu qadar haqqoniy tarzda berilganki
go'yoki har bir ijodkor o'zining ichki dunyosidagi buyuk isyonni butun dunyoga ayon
qilish istagida bo'ladi. Shu bilan bir qatorda nufuzli amerikalik psixolog Avraam
Maslouning fikricha, ijodkorlik har kimga xos, lekin ko'pchilikdagi bunday xususiyat
atrof muhit ta'siri ostida yuzaga chiqolmay qoladi va asta-sekinlik bilan yo'q
bo'ladi.Deyarli barcha inson biron ijodkorlik qobilyatiga ega holda dunyoga keladi
faqat ulg'aygan sari bu xususiyatni o'stirib, rivojlantirib borish lozim. Shu o'rinda
ijodkorlikning ham o'ziga xos bir nechta turlari haqida so'z yuritsak. Ijodkorlik turlari.
1. Ilmiy ijodkorlik: allaqachon mavjud bo'lgan narsalarni qidirishni o'z ichiga
oladi, lekin u bizning ongimizda yangidan kashf qilinadi. U dunyodagi hodisalarni va
rivojlanishning turli shakllarini o'rganishga xosdir
2. Texnik ijodkorlik: ilmiy ijodkorlikka yaqin bo'lib, haqiqatdan ham
nazariyotdagi ko'nikmalardan foydalanib, yangi g'oyalarni, amaliy o'zgarishlarni,
kashfiyotlar va ularni yaratishni nazarda tutadi. Bu jarayonda jamiyat uchun yangi
moddiy qadriyatlar yaratiladi.
3. Badiiy ijodkorlik: estetik qadriyatlarni yaratishdan iborat bo'lib, insonda ruhiy
tajribalarni uyg'otadigan tasvirlardir. Bu jarayon ijodkorning botiniy dunyosidagi
holatni qog'ozga ko'chirish demakdir.
4. Pedagogik ijodkorlik: pedagogik faoliyat sohasidagi yangi kashfiyot bo'lib,
bu innovatsiya orqali muammolarni hal etishning noan'anaviy usuli hisoblanadi. Bunda
har bir pedagog o’z zimmasidagi ma’suliyatli vazifaga ijodkorona yondashishi nazarda
tutiladi. Yuqorida sanab o'tilgan ijodkorlik turlari hozirgi kunda har bir insonning
faoliyatida muhim ro'l o'ynaydi. Shu jumladan turli xil sohalardagi ijodkorlarning ijod
jarayonida yana bitta asosiy nuqta ham e'tiborimizni tortmay qolmaydi bu - ijod
psixologiyasidir. Aslida har qanday shaxsning yaratgan ijodiy asarida, u xoh rassomlik
ishi bo'lsin xoh yozma janrdagi biron asar, muallifining o'z tafakkuridagi g'oyalar, turli
xil tasvirlar va boshqalardan farqli jihatlar yaqqol o'z aksini topadi,albatta, bu o'z
o'rnida ijod psixologiyasi bilan uzviy bog'liq ekanini isbotlovchi dalildir. Misol uchun
hayotga hech bir xayoliy tasavvurlarsiz real nigoh bilan qaraydiga ijodkorlarning
asarlarida haqqoniy realizimning guvohi bo'lamiz chunki uning ijod jarayoni to'g'ridan-
to'g'ri o'z psixologiyasi bilan bog'liq holda rivojlanib boradi. Aynan asardagi
tasvirlarning haqqoniyligi kishini go'yoki o'sha muhitda nafas olishiga, atrofdagi
voqea-hodisalarni o'z hayotida sodir bo'layotgandek his qilishiga sabab bo'ladi. Bu
jihatdan har birimiz uchun ijod psixologiyasining asl mohiyatini anglash, u haqda teran
mulohaza yuritish ko'p hollarda qiyinchilik tug'dirmaydi.
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
162
ISSN:3030-3613
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, insoniyatning tafakkur qilish imkoniyati
cheksizdir shu sababdan ham psixologik jihatdan turli xil yondashuvlar asosida har kim
o'zidagi "men" ni shakillantrib boradi. Shunisi yaqqol ayonki har bir shaxs o'z
hayotinging yaratuvchisidir, qanday kasb va qanday yoshda bo'lishdan qat'iy nazar
insoniyat ruhida ijod doim yashaydi biroq buni o'z vaqtida namoyon qilish, yanadan
unga sayqal berish ko'pchilik uchun mushkul ish hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Akromov F., Lutfullayeva N.Pedogogik psixologiya: ma^ruzalar to'plami.
Toshkent: TDIU, 2005.
2.
Shoumarov G'. Ijodkorlikda psixologik tafakkur: ilmiy maqola. Buxoro: Xabarchi
nashriyot, 2010.
3.
Nishonov Z., Alimbayeva Sh. Psixologik ong va tafakkur. Toshkent: Yangi avlod,
2005.