Mualliflar

  • Tojiboyeva Gulnora Davlatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96182

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: mehnat bozori mehnat resurslari kasb-hunarga o‘qitish professional ta’lim ish beruvchilar xususiy sektor mehnat migratsiyasi ishchi kuchi tashqi va ichki mehnat bozori tadbirkorlik ko‘nikmalari kasbiy malaka tizimi jamiyat shaxs sunʼiy intellekt loyiha menejerlari buxgalter virtual haqiqat dizayneri marketing.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  jamiyatimizning  hozirgi  rivojlanish  bosqichida 
professional ta’lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va 
sifatli kasbga o‘qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati 
yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash 
va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek, 
professional  ta’lim  muassasalari  mehnat  bozorida  yoshlarni  davlat  va  xususiy 
sektordagi  ish  beruvchilarning  ehtiyojlari  asosida  zamonaviy  kasblarga  sifatli 
tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

152

ISSN:3030-3613

KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH ZAMON TALABI

Tojiboyeva Gulnora Davlatovna

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on

tumani MMTB ga qarashli

15-umumta’lim maktabi psixologi

Annotatsiya

: Maqolada jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida

professional ta’lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va
sifatli kasbga o‘qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati
yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash
va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek,
professional ta’lim muassasalari mehnat bozorida yoshlarni davlat va xususiy
sektordagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida zamonaviy kasblarga sifatli
tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so`zlar:

mehnat bozori, mehnat resurslari, kasb-hunarga o‘qitish,

professional ta’lim, ish beruvchilar, xususiy sektor, mehnat migratsiyasi, ishchi kuchi,
tashqi va ichki mehnat bozori, tadbirkorlik ko‘nikmalari, kasbiy malaka
tizimi,jamiyat,shaxs, sunʼiy intellekt,loyiha menejerlari, buxgalter, virtual haqiqat
dizayneri,marketing.

KIRISH

Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi hamda farovonligi, shaxs

manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim
shartidir.

1.

Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi?

2.

Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish mumkin?

3.

Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?

Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar ravishda
sunʼiy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin boʻlgan kasblardan qochish
lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻz
ahamiyatini yoʻqota boshlashi mumkin.
Maʼlum bir ishning dolzarbligiga turli omillar taʼsir qiladi: doimiy rivojlanish, yangi
mashina va robotlarning yaratilishi orqali inson hayotining yaxshilanishi, qoʻl


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

153

ISSN:3030-3613

mehnati orqali bajariladigan bir qancha amallar oʻrnini texnika bajarishi, sunʼiy
intellekt takomillashishi va hakozolar.
Uzoq kelajakda qaysi kasbga talab yuqoriroq boʻlishini avvaldan aytish biroz qiyin.
Biroq yaqin 5 yil ichida yuqori trendda boʻlishi kutilayotgan kasblarni sanab
oʻtishimiz mumkin.

Loyiha menejerlari

Hozirda har bir kompaniya oʻziga tegishli loyihalarini ishlab chiqish jarayonini

boshqarish uchun malakali loyiha menejeriga ega boʻlishni istamoqda. Bugungi
kunda loyiha menejerlariga talab har doimgidanda yuqori. Odatda, kompaniyalarda
bir vaqtning oʻzida bir nechta dasturlar ishlaydi va loyiha menejeri koʻp vazifani
bajarish va bajartirishga masʼul shaxs hisoblanadi. Loyiha menejerlari loyihaning
asosiy maqsadlari va koʻlamini aniqlash, rivojlanishning yaxlit rejasini tuzish, ijro
bosqichida jamoani boshqarish, loyihaning yakuniy yopilishiga bosh-qosh boʻladi.

Buxgalter

Daromad va xarajatlarni kuzatishda, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini

taminlashda, investorlarga, menejment va hukumat vakillariga biznes qarorlarini
qabul qilishda zarur boʻlgan miqdoriy moliyaviy malumotlarni taqdim etishga
yordam beruvchi soha buxgalteriya hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini
yuritish korxonaning moliyaviy operatsiyalarini muntazam va batafsil roʻyxatga
olishni anglatadi. Ahamiyatlisi, buxgalterlarga talab doimiy tarzda mavjud boʻladi.
Chet tillaridan birortasini bilsangiz, masofadan turib kattaroq soʻmmadagi maosh
toʻlaydigan bir necha kompaniyada bir vaqtning oʻzida buxgalter sifatida faoliyat yurita
olishingizhammumkin!

Dasturiy taʻminot ishlab chiqaruvchisi (Software manufacturer)

Bilamizki,

ushbu kasb IT (axborot texnologiyalari) sohasidagi juda mashhur va yaxshi haq
toʻlanadigan ishhisoblanadi.

Virtual haqiqat dizayneri(VR designer)

VR minigarnituralar va boshqa gadjetlarga talab katta ekanligi oʻz-oʻzidan ushbu

yoʻnalishda faoliyat yurituvchi dizaynerlarga kelajakda yaxshi daromad topish
mumkin boʻlgan ish oʻrinlarining mavjud boʻlishiga ishora hisoblanadi.

Marketing boʻyicha mutaxassis

Marketing tadqiqotlari-bu kelajakda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan

sohaladan biri sanaladi, sababi kompaniyalar doimiy tarzda yanada koʻproq rivojlanish
va kattaroq natijalarga erishishga intilishadi. Mazkur jarayonlarning samarali tarzda
amalga oshirilishida esa bevosita marketing tadqiqotlarining oʻrni beqiyos
sanaladi.Bunda tovar va xizmatlarini innovatsion usullar bilan targʻib qilish va brend,
imijni yaratadigan, saqlaydigan va obroʻsini oshiradigan kasb egalari ham
marketologlar safiga qoʻshilib ketadi. Kelajagingiz uchun eng yaxshi ish oʻrinlari
haqida oʻylaganingizda, avvalo, kasbning jamiyatda tutgan oʻrni qanday boʻlishidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

154

ISSN:3030-3613

qatʼiy nazar, oʻzingizning qobiliyatlaringiz va qiziqishlaringizni koʻproq inobatga
olganingiz maʼqul. Sababi, har qanday ishni sanʼat darajasida qila olish uchun uni
yaxshi koʻrib bajarish talab etiladi. Aslini olganda, jamiyat uchun keraksiz kasbning
oʻzi yoʻq. Istalgan kasb obroʻsini oshirish unda faoliyat yuritayotgan shaxslarga
bevosita bogʻliqdir, desak, adashmaymiz!

Xalqaro mehnat bozoridagi talab va taklifning o‘zgarishi, globallashuv va

integratsion jarayon tezlashishi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar
inobatga olinsa, shunga mos ravishda zamon talablariga javob bera oladigan ko‘nikma
va malakaga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalasining dolzarbligi
yanada oshadi. Tadqiqot ishini amalga oshirishda mehnat bozorida ehtiyojlaridan kelib
chiqib, yoshlarni zamonaviy va sifatli kasbhunarga o‘qitish tizimi bilan o‘zaro aloqalari
tahlil etilgan. Mehnat bozorida ish beruvchilarning talab va ehtiyojlari asosida iqtisodiy
aloqalarni takomillashtirish yo‘nalishlari solishtirma hamda statistik tahlillar asosida
davlat va xususiy sektorda ish beruvchilarning ishchi kuchiga qo‘yiladigan talablari
tahlil etilgan.

Kasb-hunarga o‘qitishni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini

belgilash, mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lgan va yangi istiqbolli kasblar bo‘yicha
zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
malakali kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish hamda
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil qilish maqsadida
mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi

O‘zbekistonning

2022–2026-yillarga

mo‘ljallangan taraqqiyot

strategiyasida umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarining
davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish
vazifasi belgilangan. Ana shu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar o‘quvchilarning muayyan kasb o‘rganib, maxsus malakaga ega,
raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi,
barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi
kadrlarning salohiyatiga bog‘liq.

Ma’lumki, bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan asrimizda yoshlarning

har tomonlama puxta bilim egallashi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini chuqur o‘rganishi
dolzarb ahamiyatga ega. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlariga malakali kadrlar yetishtirib
beruvchi muassasalar oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yadi. Zamonaviy kasb-hunarga
ega yoshlar mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi hisoblanadi. Zero, ichki va
tashqi mehnat bozoriga munosib kasb egalarini tayyorlash ham bugun ustuvor masala
sanaladi.

Shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan fuqarolarimiz va

yoshlarni xorijiy ish beruvchilarning malaka talablariga javob beradigan mutaxassislar
tayyorlash maqsadida professional ta’lim muassasalari, “Ishga marhamat”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

155

ISSN:3030-3613

monomarkazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda nodavlat ta’lim
tashkilotlarida kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun yoshlarni ish bilan ta’minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng

samarali yo‘li ularni kasb-hunarga o‘qitish ekani mamlakatimiz tajribasida yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. O‘tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi qatlamini
bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta’limni davom ettirishidan qat’i nazar, ularga
hayotida asqotadigan biror hunarni o‘rgatish, egallagan kasbi bo‘yicha bo‘sh ish
o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

XULOSA

Mehnat bozorining rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining

keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va malakali kadrlarni
tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish hamda mehnat resurslari
balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ayniqsa, mehnat bozoriga ilk bor
kirib kelayotgan yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha
mehnat bozorining aniq talabidan kelib chiqib, kasb-hunarga o‘qitish davlat
buyurtmasini hududiy investitsiya dasturlari asosida yaratilayotgan ish o‘rinilarini
inobatga olgan holda shakllantirish mehnat bozorida 2030-yilgacha mavjud yangi
paydo bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini shakllantirish yoshlar bandligi samaradorligini
oshirish uchun iqtisodiy rag‘batlardan, jumladan, yoshlarni ishga joylashtirish va qabul
qilish, ularni kasbga o‘qitish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash bo‘yicha
xizmatlarini taqdim qilishdan korxonalarning manfaatdorligini oshiradigan soliq
imtiyozlaridan ham foydalanish, yoshlarni ishga qabul qilish uchun qo‘shimcha
kvotalar ajratish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Мирзиёев Ш. “Янги Ўзбекситоннинг тараққиёт стратегияси”. – Тошкент:
“Ўзбекистон” нашриёти, 2021.

2.

Ўзбекистон

Республикаси

Президенти

Ш.М.Мирзиёевнинг

Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси. – Тошкент 2022 йил, 20 декабрь.

3.

Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 20 октябрдаги “Аҳоли бандлиги
тўғрисида”ги ЎРҚ- 642-сон Қонуни. 4.Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23
сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.

4.

Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 28 октябрдаги “Меҳнат кодексини
тасдиқлаш тўғрисида”ги ЎРҚ-798-сон Қонуни.

5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022– 2026
йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги
ПФ-60-сон Фармони.

6.

Абдурахмонова Г. Меҳнат иқтисодиёти. // Ўқув қўлланма. – Тошкент: Инновацион
ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Мирзиёев Ш. “Янги Ўзбекситоннинг тараққиёт стратегияси”. – Тошкент:

“Ўзбекистон” нашриёти, 2021.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон

Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси. – Тошкент 2022 йил, 20 декабрь.

Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 20 октябрдаги “Аҳоли бандлиги

тўғрисида”ги ЎРҚ- 642-сон Қонуни. 4.Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23

сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.

Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 28 октябрдаги “Меҳнат кодексини

тасдиқлаш тўғрисида”ги ЎРҚ-798-сон Қонуни.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022– 2026

йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги

ПФ-60-сон Фармони.

Абдурахмонова Г. Меҳнат иқтисодиёти. // Ўқув қўлланма. – Тошкент: Инновацион

ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020.