Mualliflar

  • Toshboboyeva Nozima Qudiratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96184

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Yetuk insonni tayyorlashda meditsina psixologiya va falsafiy bilimlarning o‘rni.

Annotasiya

Kasbga  yo‘naltirish  va  ta’lim  jarayoni  ishtirokchilari  tushunchasi  va  uning 
sharxi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga kasbiy maslahat, kasbiy saralsh, kasb tanlash 
masalalari  bo‘yicha  yo‘nalishlar  berish.  Ta’lim  jarayoni  va  kasb  tanlovchilarning 
psixologik,  fiziologik  salomatligi.  Yosh  davrlar  psixologiyasi  va  kasb  tanlash 
masalalari.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

143

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM

SIFATLARI

Toshboboyeva Nozima Qudiratovna

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek

tumani 308-maktab psixologi

ANNOTATSIYA

Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushunchasi va uning

sharxi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga kasbiy maslahat, kasbiy saralsh, kasb tanlash
masalalari bo‘yicha yo‘nalishlar berish. Ta’lim jarayoni va kasb tanlovchilarning
psixologik, fiziologik salomatligi. Yosh davrlar psixologiyasi va kasb tanlash
masalalari.

Kalit soʻzlar:

Yetuk insonni tayyorlashda meditsina, psixologiya va falsafiy

bilimlarning o‘rni.


Kasb–inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgatlik talab etadigan faoliyat

turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba
yo‘li bilan erishiladi. Kasbga yo‘naltirish borasidagi ilk bilimlar va tavsiyalar
maktabdan

to‘plab

boriladi.Kasb

tanlashda

ta’lim

muassasining

va

pedagogpsixologlarning ahamiyati katta.

O‘qituvchi o‘zi tarbiyalayotgan o‘quvchilarga ta’lim berib borar ekan, shu bilan

birga ularni kasb tanlashlariga ham yordam beradi. Bizga ma’lumki, maktabning
kelajakda kasb tanlashga imkoniyati bo‘lgan yoshlarga ta’lim berishdan iborat asosiy
vazifasi -bu o‘quvchilarning fan asoslarini faol, ongli, mustahkam va tizimli ravishda
egallashini ta’minlashdir. Bular asosida o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum bir kasblarni
tanlashlari uchun tavsiyalar berib boradi.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilari bu o‘qituvchi va o‘quvchi hisoblanadi. Bu yerda

ta’lim beruvchi pedagogni va ta’lim oluvchi o‘quvchi nazarda tutiladi. Bular birgalikda
ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki ta’lim olayotgan
o‘quvchi va ta’lim beruvchi o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlari
va jismoniy imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim olishga o‘z
ta’sirini ko‘rsatib boradi.

O‘qituvchi ta’lim berish davomida bolalarning iqtidoridan va qobiliyati va

qiziqishidan kelib chiqib, maktabdan keyingi uzluksiz ta’limni qaysi yo‘nalishiga
ta’lim olish uchun kirishlariga yordam beradi. Maktabdan kasbiy maslahat berish
uchun o‘qituvchi o‘zi ham kasbiy maslahat to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi
kerakligi kelib chiqadi. Kasbiy maslahat bu asosan yoshlarga kasblar haqida ilmiy
asoslangan maslahat berish bo‘lib, u asosan yoshlarni qobiliyati, manfaatlari,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

144

ISSN:3030-3613

qiziqishlari, intilishlari asosida kasb tanlashlariga yordam beruvchi sohadir. Kasbiy
maslahat har bir kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi shuningdek kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojlar, mehnat faoliyati, kasbning ijtimoiy–iqtisoiy va sanitar-gigienik statusi,
kasbga o‘qitish va insonga kasb qo‘yadigan talablar haqida ma’lumotga ega bo‘lish
kerak. Bunda inson psixik xususiyatlariga, meditsina va jismoniy ko‘rsatkichlariga va
kasbga mos kelmaslik to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak.

Kasbiy maslahat yosh davrlariga qarab, ma’lumot darajasiga qarab va unda

ishtirok etayotgan o‘qituvchilariga, ota-onalarining ishtirokiga qarab muvaffaqiyatli
chiqadi.

O‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim berish davomida ularni kasb tanlashlariga

yo‘llanmalar berar ekan shunung bilan birga ularni psixologik va jismoniy salomatligi
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Kasb tanlovchi hisoblangan o‘quvchilar
o‘zlarini ruhan va jismonan sog‘lom ekanliklarini meditsina ko‘rigidan o‘tib
tasdiqlashlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari maktab psixolog-lari va shifokorlari
har doim ularni kuzatib boradilar. Psixik xusuxiyatlari yoshiga qarab rivojlanib
borayotgan o‘quvchi o‘zidagi psixologik xususiyatlarni kuzatish orqali o‘zgarib
borishini bilib boradi. Boladagi diqqat, sezgi, fahm-farosat, xarakter, tafakkur qilish,
qobiliyat va boshqa psixologik xususiyatlar o‘quvchining rivojlanib borishi bilan
o‘zgarib, takomillashib boradi. Ayniqsa bu o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga
tashlanadi. O‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi.
O‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. O‘zini va jismoniy kuchini
boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali, o‘zida kattalarga o‘xshash
tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bular esa uni psixologik jihatidan kattalardek
tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi. Umuman olganda o‘quvchidagi
psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv-fiziologik tomonlari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va jismoniy o‘zgarishlar uning miyasi
bilan, psixofiziologik jarayonlar va nerv-fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Bularni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga xos tomonlarini ham ko‘rsatib
berganlar. Insonni jismoniy va ruhiy sog‘ligini o‘rgangan olimlar qatoriga
I.M.Sechenov, I.P.Pavlovni ko‘rsatish mumkin. Kasb bilan bog‘liq masalalar ko‘proq
keyinchalik K.M.Gurevich nomi bilan bog‘liqdir. K.M.Gurevich kasb masalasi bilan
shug‘ullanar ekan insondagi individual–psixologik xususiyatlarning asosida
psixofiziologik jarayonlar yotishini ko‘rsatib, I.P.Pavlov, B.M.Teplov olib brogan
ishlarga suyangan holda tushuntirib berishga intiladi.

O‘quvchilarni yoshi katta bo‘lib brogan sari undagi xarakter, odatlar o‘zgarib

boradi. Bu uning jismoniy va psixologik taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘ladi.

B.M.Teplov ko‘rsatib o‘tganidek kasb tanlashdagi insonni har xil xatti-harakati,

uning o‘ziga xosligi, uning ishonchi, qiziqishi, bilimi, layoqati, odati, o‘ziga xosligi,
uning ishonchi, qiziqishi, bilim, layoqati, odati, o‘ziga xosligi shaxs psixologik hayoti


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

145

ISSN:3030-3613

bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonda yuz berayotgan jarayonlarning psixologik va fiziologik
tomonlarining asosi bu u yoki darajada sodir bo‘layotgan shartli bog‘lanishlar
hisoblanadi. B.M.Teplov bir xil sharoitlarda ham insonlar bir-biridan ajralib turishini,
bilim olishida, ish bajarishdagi psixofiziologik imkoniyatlari har xil bo‘lishini
ko‘rsatib o‘tdi. Bu jarayon I.P.Pavlov tomonidan nomlangan nerv tizimiga yoki oliy
nerv faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

I.P.Pavlov tasavvuricha nerv tizimini uchta xususiyati mavjud. Bu uning kuchi,

harakatchanligi va muvozanatligidir. Bular nerv tizimining xususiyatlari o‘zaro
munosabatda insonga xos bo‘lgan 4 temperamentni shakllantiradi. Bular sangvinik,
xolerik, flegmatik va melanxolik tiplardir. Bular esa insondagi jismoniy va psixologik
jarayonlarda, ularning holatlarini tushuntirib berishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bu kabi ko‘plab tadqiqotlarda kasb tanlovchining psixologik va jismoniy

sog‘lomligi masalasi ko‘rilgandir. O‘qituvchi o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda
bo‘lganida uning psixologik va fiziologik holatlari ham o‘zgarib boradi. Tanasi sog‘
va ruhi sog‘lom bo‘lgan o‘quvchi o‘zi tanlayotgan kasbni aniq va irodasiga asoslanib
tanlab oladi.

Yosh davrlari o‘ziga xos bo‘lgan psixologik va jismoniy tuzilishni olib keladi.

Kasb tanlashda bolalarni yoshiga asosan o‘ziga xos bo‘lgan psixologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasbga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Inson
bilimining har xil yo‘nalishlarida: pediatriyada, antropologiyada, psixologiyada
yoshiga qarab klassifikatsiya qilishning har xil ko‘rinishlari mavjud. Inson hayotini
differensiyalashga qarab asosan uning har xil ko‘rinishlaridan foydalanamiz.

Eramizdan avval VI asr-Pifagor klassifikatsiyasi:
-Shakllanish davri (0-20 yosh)
-Yoshlik davri (20-40)
-Kuchga kirgan davri (40-60)
-Qarilik davri (60-80)
Xuddi shuningdek, kasb tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab klassifikatsiyalar

mavjuddir. Deylik D.Syuper klassifikatsiyasi.

1)

O‘sish davri (tug‘ilgandan 14 yoshgacha)

2)

Izlanish davri ( 15 yoshdan 24 yoshgacha)

3)

Egallagan martabasini mustahkamlash (25 dan 44 yoshgacha)

4)Inqiroz davri (65 dan keyingi davr)
Kasb tanlash bilan bog‘liq davrlarga suyangan E.A.Klimov bo‘yicha kasb

klassifikatsiyasi. Bunda E.A.Klimov 9 ta fazani ko‘rsatadi. Bular: *Shakllanmagan
kasb tanlash-bunda bolalarda ma’lum bir kasbga nisbatan qiziqish va havas
ortadi.*Tanlash fazasi-bunda inson kasb tanlashga tegishli masalalar bilan bevosita
shug‘ullana boshlaydi yoki bu majburiy tarzda yuz beradi.*Muxlislik fazasi–bunda
inson kasb tanlash yo‘liga o‘tadi va uni egallaydi (bunda kasb-hunar kollejlari,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

146

ISSN:3030-3613

litseylar, maktablarda o‘qiyotgan talabalar va oliygohlarda kasbni egallab diplomga
ega bo‘lgan mutaxassislar kiradi). *Moslashish fazasi-yosh mutaxassis kollektiv
me’yorlariga moslashadi va har xil kasbiy vazifalarni bajaradi. *Internal faza-bu endi
malakaga ega bo‘lgan o‘z kasbini sevuvchi, mustaqil ravishda kasb bilan bog‘liq
masalani yecha oladigan shaxs. *Usta bo‘llganlik fazasi-bunda ishchi oddiy va eng
murakkab kasbga xos bo‘lgan masalalarni yecha oladi. U o‘ziga xos individual,
qaytarilmas faoliyat turini egallagan bo‘ladi. *Avtoritarlik fazasi- Avtoritet-bu o‘z
kasbini ustasi, nomi chiqqan mutaxassis hisoblanadi. Kasbiy vazifalarni bajarishda
malakaga, bilimga, uddalay olishga, ishni tashkil eta olish bilan bog‘liq bo‘lgan
yordam chilarga ega bo‘lgan shaxsdir. *Shogirdlar yaratuvchi faza-o‘z kasbiga usta
bo‘lgan bu inson shogirdlar orttira oladi va hamfikrlarga ega bo‘ladi.

XULOSA

Kasb tanlashda yana shuni bilish kerakki bolalarni jismoniy tuzilishi va o‘sib

borishining evolyutsion davrlari mavjud. Shulardan kelib chiqqan holda bolalar o‘zlari
yoqtirgan kasblarni tanlab boradilar. Eng muhimi har bir shaxs tanlagan kasblarini o‘z
imkoniyatlarini, psixologik va fiziologijk salomatligiga e’tibor bergan holda tanlasalar
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

F.R.Abduraxmonov. Z.E.Abduraxmonova -Kasb psixologiyasi. Toshkent-
2018

2.

E.A.Klimov. “Kak vibrat professiyu” Moskva, 1990-yil.

3.

Umumiy psixologiya..G‘oziyev.Toshkent-2002

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

F.R.Abduraxmonov. Z.E.Abduraxmonova -Kasb psixologiyasi. Toshkent-

E.A.Klimov. “Kak vibrat professiyu” Moskva, 1990-yil.

Umumiy psixologiya..G‘oziyev.Toshkent-2002