Mualliflar

  • Yesmurzayeva Oltin Kuvanchevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96185

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Oʻqitish metodi taʼlim texnologiyalari verbal muloqot taʼlim jarayoni shaxs didaktika

Annotasiya

 
 Annotatsiya. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati oʻquvchiga bilim 
berish,  ularni  toʻliq  oʻzlashtirishdan  iborat.  Taʼlim  muassasalarida  pedagogik 
texnologiyalar asosida dars oʻtishda asosiy talab oʻquvchining hayotiy tajribasi, avval 
oʻzlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni koʻzda tutadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

138

ISSN:3030-3613

O’QUVCHI VA O’QITUVCHI MUNOSABATLARINI TASHKIL

ETISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yesmurzayeva Oltin Kuvanchevna

Qoraqalpog'jston Pespublikasi Beruniy

tumani 10 maktab amaliyotchi psixologi


Annotatsiya

. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati oʻquvchiga bilim

berish, ularni toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Taʼlim muassasalarida pedagogik
texnologiyalar asosida dars oʻtishda asosiy talab oʻquvchining hayotiy tajribasi, avval
oʻzlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni koʻzda tutadi.

Kalit so’zlar

: Oʻqitish metodi, taʼlim texnologiyalari, verbal muloqot, taʼlim

jarayoni, shaxs, didaktika

KIRISH

Ushbu muammolarni tahlil qilishdan avval quyidagi maʼlumotlar, tushuncha va

atamalar ustida toʻxtab oʻtish lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati
oʻquvchiga bilim berish, ularni toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Taʼlim muassasalarida
pedagogik texnologiyalar asosida dars oʻtishda asosiy talab oʻquvchining hayotiy
tajribasi, avval oʻzlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida yangi bilim berishni koʻzda
tutadi. Taʼlim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
oʻzining koʻp qirraliligi bilan namoyon boʻlmoqda. “Oʻquvchining ruhiy holatlari,
uning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti?”, degan
savollarning yechimiga bogʻliq. Shu jihatdan olganda, pedagogik texnologiya shaxs
rivojlanishi

bosqichlarini

loyihalashtirish,

tashxislash

va

differensiyalash

imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning taʼlim texnologiyalaridan foydalanish
qobiliyatiga bogʻliq. Uzluksiz taʼlim tizimida zamonaviy pedagogik, axborot
texnologiyalaridan foydalanish oʻquv materiallarini oʻquvchi tomonidan qabul qilish
va oʻzlashtirish samarasini oshiradi.

Shu bois shaxsiy kompyuterlar taʼlim vositasiga aylanmoqda. Bu shaxsiy

kompyuter oʻqituvchining barcha funksiyalarini oʻz zimmasiga oldi, degani emas,
albatta. Balki oʻquvchining shaxsiy kompyuter bilan ishlashi taʼlim jarayonini samarali
tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda har bir sohaning takomillashishi,
rivojlanishi uchun xilma-xil metodlar qoʻllanilayotganidek, taʼlim-tarbiya sohasida
ham turli xil metodlardan foydalanilmoqda.

Shundan tabiat haqidagi fan – tabiatshunoslik darslarini oʻqitishda didaktik

oʻyinli texnologiyalarning metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki
tabiatshunoslik darslarida qoʻllaniladigan metodlarning xilma-xilligi oʻquvchida fanni
bilishga qiziqishini orttiradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

139

ISSN:3030-3613

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Didaktik oʻyinli taʼlim texnologiyasining oʻziga xos jihati, anʼanaviy

taʼlimdagidan farq qilib, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mustaqilligi va oʻquv fani
faoliyatini ta’qiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yoʻnaltirish oʻquv faoliyatini
hamkorlikda tashkil etishni talab etadi. Ularni faoliyatiga ongli ravishda yoʻllash biror-
bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali
oʻquvchilarda fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini orttirish, shaxsning
ehtiyoji, qiziqishi imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish
sanaladi. Bunday darslarni olib borishda oʻquvchining tabiatshunoslik fanidan toʻliq
bilim olishi, axloqli boʻlishi, biror-bir kasb tanlash isteʼdodini ravnaq toptirish,
xalqimizning yaxshi fazilatlarini egallashi uchun avvalo oʻqituvchining ijodiy mehnat
qilishi talab etiladi.

Oʻqituvchi oʻquvchiga nisbatan sergak, ziyrak boʻlib, uning qiziqishi,

qobiliyatini hisobga olib, murabbiylarcha muomalada boʻlishi darkor. Shundan
keyingina darslarda foydalaniladigan didaktik oʻyinli texnologiyalar oʻquvchilarning
bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va qoʻshimcha adabiyotlar ustida mustaqil
ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga
yoʻllash, didaktik oʻyin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda
moʻljalni toʻgʻri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishga zamin
tayyorlaydi.Darslarda foydalaniladigan didaktik oʻyinli texnologiyalar oʻquvchilarning
bilim faoliyatini faollashtirish, darslik va qoʻshimcha adabiyotlardan mustaqil
foydalanish, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga
yoʻllash, didaktik oʻyin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda
moʻljalni toʻgʻri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishga zamin
tayyorlaydi. A.Zikiryayev va boshqalarning fikricha, taʼlim jarayonida didaktik
tamoyillar muammosi barcha davrlarda oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborida boʻlgan.
Ular bu borada mutaxassislarning erishgan yutuqlari bilan birga hozirga qadar taʼlim
tamoyillari tizimining ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmaganini qayd etishgan.
A.Yusupova,

Uzluksiz taʼlimda pedagogik texnologiyaning asosini tizimli yondashuv

loyihalari va shu bilan birga boshlangʻich taʼlimda pedagogik texnologiyadan samarali
foydalanishda nimalarga eʼtibor berish lozimligi koʻrsatilgan. Undan tashqari
maʼlumki, anʼanaviy taʼlimda, taʼlim maqsadi, mazmuni, oʻqitish uslublari, nazorat
natijalarini baholash kabi koʻplab jarayonlar maʼlum bir tizimsiz amalga oshirilgan,
yaʼni ularni bajarish oldidan loyihalashtirilmagan. Boshlangʻich taʼlimda
oʻquvchilarga tayyor maʼlumotlar berib, oʻquvchilar ularni xotiralarida saqlab
qolishlarini taʼminlashdan iborat boʻlgan eski taʼlimda kafolatlangan natijaga erishish
fikri yuritilmagan. Boshlangʻich taʼlimda har bir masalaga chuqur yondashib, oldindan
loyihalashtirilgan maʼlumotlarni faqat oʻqituvchi beribgina qolmay, balki


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

140

ISSN:3030-3613

oʻquvchilarni mustaqil ishlashi, darsda oʻqituvchi bilan fikr almashishishiga eʼtibor
qaratilgan va kafolatlangan natijaga erishish haqida fikr yuritilib, anʼanaviy va
noanʼanaviy taʼlimni taqqoslab, ularning afzalliklari ochib berilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

O.Berdiyeva hozirgi iqtisodiy oʻtish davrida taʼlim jarayonini isloh etishda

muammolar mavjudligi va shu muammolarning bir qismini hal etishda oʻqituvchidan
tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va ijodkorlik talab qilinishi va taʼlim jarayonida yangi
pedagogik texnologiyaning maqsadi, maqsadga erishish uchun undan samara
berilishiga toʻxtalib, yangi mavzuni tushuntirishda oʻqituvchi reja asosida savol-javob,
chizma, kerakli kompyuter vositalaridan foydalanishi lozimligini keltirgan.
Shundagina oʻqituvchining xotirasida mavzu uzoq vaqt saqlanib qolishi toʻgʻrisida fikr
yuritilib, oʻqituvchi dars oʻtishda nimalarga eʼtibor berishi kerakligi haqida
maʼlumotlar keltirgan. R.Safarova va L.Shermatov oʻz asarlarida pedagogika fanining
muammosi va ularni qanday yechish kerakligi toʻgʻrisida toʻxtalganlar. Taʼlim-tarbiya
boʻyicha uning samaradorligini oshirish uchun ilmiy jihatdan shaxsni rivojlantirish va
uning manfaatlarini uygʻunlashtirish, dunyoqarashini moddiy jihatdan rivojlantirish
haqida ham fikr yuritganlar. Bunda oʻquvchi jamiyat taraqqiyotini faol rivojlantirishda
ijtimoiy va siyosiy, texnikaviy apparatlardan foydalanib, oʻz ustida koʻproq ishlashi
lozimligi koʻrsatib berilgan.

Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal,

vizual, studiya, tabiiy, oʻquv anjomlari hamda maktab jihozlari. Verbal vositalarning
asosini axborot tashkil qiladi. Bular soʻzlar bilan ifodalanadigan axborotlar boʻlib,
ularni soʻz orqali ifodalab berish uchun oʻqituvchi uni oʻzlashtirgan boʻlishi, yaʼni shu
axborot haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Boshqacha aytganda, pedagogik
texnologiyalarning verbal vositalari oʻqituvchining bilimlari darajasidagi axborot
hisoblanadi. Shu sababli hozirgi taʼlim jarayonida faqat oʻqituvchi va oʻquvchilarning
ishtirok etishi yetarli boʻlmay qoldi.

Zamonaviy taʼlimni amalga oshirishning yana bir zarur sharti oʻquv fanlari

boʻyicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalaridan tez va
qulay foydalanish imkonini beruvchi turlaridan har bir oʻqituvchi va oʻquvchi erkin
foydalana oladigan sharoit yaratishdan iborat. Yaʼni, hozirda sifatli taʼlim berish uchun
oʻqituvchi oʻquvchiga zarur axborotlarni yetkazib turuvchi xizmatdan iborat faoliyatni
tashkil qilish zarur. Bu yoʻnalish axborot texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga
joriy qilish yoʻnalishi deb nomlanadi. Shu axborotlarni oʻquvchilar tushuna oladigan
mantiqiy shakllarda ifodalash oʻquvchi bilan oʻqituvchining verbal muloqotini tashkil
qiladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning pedagogik jamoada muvaffaqiyatli

joriy qilinishi va yaxshi samara berishi bir qator omillarga bogʻliq. Ularni uchta katta
guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh omillari kiritilayotgan yangilikning mazmuni,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

141

ISSN:3030-3613

sifati va boshqa xususiyatlari bilan bogʻliq. Bunda yangilikning mukammalligi,
tajribada sinab koʻrilganligi va milliy-mahalliy sharoitga mosligini chuqur oʻrganish
va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruh esa yangilikni kiritishga oid
yondashuv bilan bogʻliq omillarni qamrab oladi: Yangilik kiritishning
rejalashtirilganligi, bosqichma-bosqichlilikka amal qilinganligi. Uchinchi guruh
ijtimoiy-psixologik omillar boʻlib, uning tarkibiga yangilikka pedagogik jamoa
munosabati, rahbarlik uslubi va boshqalar kiradi.

Har qanday yangilik kiritilishi, shu jumladan, zamonaviy pedagogik

texnologiyaning joriy qilinishi va zaruriy samara berishi pedagogik jamoa aʼzolarining
yangilikni qanday qabul qilishi, unga boʻlgan munosabatiga bogʻliq. Odatda
yangilikning kiritilishi jarayonida yangilikka nisbatan psixologik gʻov paydo boʻladi.
Psixologik gʻov yangilikka tegishli boʻlgan pedagogik jamoaning oʻz yangiligiga
nisbatan befarq yoki salbiy munosabatida namoyon boʻladi. Kishilarda bunday
psixologik gʻov ochiq yoki yashirin holda uchrashi kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining
koʻrsatishicha, bunday gʻov kishilarning odatdagi faoliyat uslubini afzal koʻrishi,
noaniqlikdan qoʻrqishi, ortiqcha ishlarning paydo boʻlishi, innovatsiyaning zaruriyati
yoki muhimligini tushunmasliklari bilan bogʻliq. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni taʼlim jarayoniga tatbiq etish samaradorligiga pedagogik jamoa
rahbarlarining yangilikka munosabati, boshqaruv uslubi, rahbar va xodimlar
oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xususiyatlari kuchli taʼsir koʻrsatadi.

MUHOKAMA

Pedagogik jamoa aʼzolarining bu yangilik haqida toʻliq zaruriy maʼlumotlar

bilan taʼminlanishi hamda ularning bu munosabatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan
tadbirlar olib borishi zarur. Taʼlim jarayonida didaktik o‘yin texnologiyalari didaktik
o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni
o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. Didaktik
o‘yinli darslar o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unligi,
mazmuni va mohiyatiga ko‘ra syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlik
o‘yini, konferensiyalar va o‘yin mashqlariga ajratiladi. Darsda didaktik o‘yin
texnologiyalaridan foydalanishdan oldin bunday o‘yinga mos keluvchi mavzuni
tanlash lozim. Dars o‘tishda didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanganda dars
davomida didaktik jarayon ketadi.

Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda yo‘lga qo‘yish

o‘quvchilarning bilimini belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o‘qitish
metodlari yordamida tashkil etishdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga
ko‘ra maʼlum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo‘ladi.
Ularning samaradorligi to‘g‘risida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga soladigan
va uni maqsadli yo‘naltira oladigan, o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi
faoliyatini taʼminlash asosida jamiyat tomonidan maktab akademik litsey, kasb-hunar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

142

ISSN:3030-3613

kolleji oldiga qo‘yilayotgan maqsadga nechog‘lik erishilayotganini ko‘zda tutish
kerak. Yoxud o‘qitish metodlari bevosita taʼlim amaliyotida alohida o‘rin tutadi.

XULOSA

O‘qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi

tarzida mavjud bo‘ladi. Bu loyiha amaliyotga o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro tutashuvi
tekisligida, o‘qitishning aniq harakatlar, amallar yoki metodlar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Pedagogik nashrlarda o‘qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish
hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o‘z
o‘rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o‘quvchilar
faolligining yuqori darajasini taʼminlash asosida oldindan belgilangan maqsadga
erishishga qaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Berdiyeva O. Taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. // “Xalq taʼlimi”
jurnali, 2003, 1-son. –16-b.

2.

Zikiryayev A. va boshqalar. Oʻquvchilar bilimini tekshirishda innovatsion
texnologiyalar. // “Xalq taʼlimi” jurnali, 2001, 6-son. –19-b.

3.

Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari muammolari va
yechimlari. // “Pedagogik taʼlim” jurnali, 2000, 3-son. –11-b.

4.

Norbutayev X. Mejpredmetnыe svyazi pri obuchenii prirodovedeniyu. //

5.

“Nachalnaya shkola”. M., 2011, № 11. –S. 25.

6.

Safarova R, Shermatov L. Pedagogikaning taraqqiyot yoʻli. // “Xalq taʼlimi” jurnali,
2002, 2-son. –14-b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Berdiyeva O. Taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. // “Xalq taʼlimi”

jurnali, 2003, 1-son. –16-b.

Zikiryayev A. va boshqalar. Oʻquvchilar bilimini tekshirishda innovatsion

texnologiyalar. // “Xalq taʼlimi” jurnali, 2001, 6-son. –19-b.

Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari muammolari va

yechimlari. // “Pedagogik taʼlim” jurnali, 2000, 3-son. –11-b.

Norbutayev X. Mejpredmetnыe svyazi pri obuchenii prirodovedeniyu. //

“Nachalnaya shkola”. M., 2011, № 11. –S. 25.

Safarova R, Shermatov L. Pedagogikaning taraqqiyot yoʻli. // “Xalq taʼlimi” jurnali,

, 2-son. –14-b.