Mualliflar

  • Fazliddinov Zokir

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96202

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Xonandalik O‘qituvchi shogird o‘quvchi jonli ijro ovoz ijro dasturi An’anaviy xonanda nafas olish qabul qilish diqqat xotira qobiliyati fikrlash.

Annotasiya

Annotatsiya:  An’anaviy  xonandalik  boshqa  mutaxassisliklarga  qaraganda 
ancha  yosh,  o‘zining  yo‘l  yo‘riqlariga  hamda  kuylash,  ijro  etish  va  o‘rgatishning 
umumiy qonuniyatlariga egadir. Ushbu maqolada bolalarni yoshligidan xonandalikka 
tarbiyalash xaqida so‘z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

52

ISSN:3030-3613

O‘QUVCHINI AN’ANAVIY XONANDALIKKA BO‘LGAN MUNOSABATINI

TARBIYALASH METODIKASI

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа

instituti o’qituvchisi

Fazliddinov Zokir

Tel:+998977627374

Annotatsiya:

An’anaviy xonandalik boshqa mutaxassisliklarga qaraganda

ancha yosh, o‘zining yo‘l yo‘riqlariga hamda kuylash, ijro etish va o‘rgatishning
umumiy qonuniyatlariga egadir. Ushbu maqolada bolalarni yoshligidan xonandalikka
tarbiyalash xaqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Xonandalik , O‘qituvchi, shogird, o‘quvchi

,

jonli ijro, ovoz,

ijro dasturi, An’anaviy xonanda, nafas olish, qabul qilish, diqqat, xotira qobiliyati,
fikrlash.


Xonandalikka o‘qish istagini bildirgan nomzodning to‘g‘ri tanlanganligiga

muallimning ishonchi hosil bo‘lishi uchun bolaning ovozi va musiqiy qobiliyati,
jismoniy rivojlanishini va xonandalikka to‘g‘ri tavsiya qilinganligini takroran
tekshirib, u bilan suhbatlar o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi shogirdining
ashulachilikni tanlagani va unda o‘qib ketishiga ko‘zi yetgandan keyingina o‘quvchini
xonandalik yo‘l yo‘riqlarini o‘rgatishga kirishadi. Birinchi mashg‘ulotlarni unga
yoqadigan milliy, yorqin qo‘shiq va ashulalarni kuylab berish orqali o‘quvchini
qiziqtirish hamda xonandalik haqida qiziqarli hikoya qilib berish bilan boshlaydi.
Agarda o‘quvchi oldin boshlang‘ich bosqichda o‘qigan va ma’lum malakalarni
egallagan bo‘lsa bunda ish yanada oson kechadi.

O‘qituvchining bosh vazifasi shogirdida mutaxassislik darsiga va xonandalikka

nisbatan muxabbat uyg‘otishdir. U o‘quvchini qiziqtirish va ta’sir qilish orqali undagi
ruhiy jarayonni (qabul qilish, diqqat, xotira qobiliyati, fikrlash va h.k.) faollashtiradi.
Bunda muallimning mutaxassislik sinfida o‘zi ijro qilib ko‘rsatishi, kontsertlarda
chiqishi, ochiq dars o‘tishi, sinf kontsertlari berishi, mumtoz shoirlarning she’r-g‘azal
devonlari va nota adabiyotlarining rang-baranglaridan tanlab o‘rgatishi, «muammoli
dars» o‘tishi kabi omillarning ahamiyati juda katta.

Darsda katta kurs talabalari ijrosini kichik kursdagilari ham kirib tinglashlari va

buni teskarisini ham qo‘llash katta samara beradi. Bunda talabada o‘qituvchilik
malakalari va ko‘nikmalari shakllana boradi hamda pedagogik amaliyotning birinchi
pog‘onalarini his qiladi. Ayniqsa mashxur ijrochilar kuylagan turli formatdagi elektron
yozuvlarni eshitish, kontsertlariga borib jonli ijrolarini ko‘rib bahramand bo‘lish,
uchrashuvlarda o‘zlari bilan muloqotda bo‘lish o‘quvchi uchun katta ahamiyat kasb


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

53

ISSN:3030-3613

etadi. O‘qituvchi talabaga ijro dasturini (repertuar) tanlashda har bir shogirdining
shaxsiy xususiyatlari, uning xohishi, qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda
ish yuritishi lozim.

Ayniqsa milliy va mahalliy uslub xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qadimgi

ustozona o‘rgatish yo‘llari va hozirgi zamon ilg‘or pedagogik metododologiyasiga
asoslangan turli uslublarni qo‘llashi ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

O‘quvchining xonandalikka ko‘nikish hosil qilishi murakkab jismoniy va ruhiy

jarayon bo‘lib, bunda har bir o‘quvchiga mustaqil yondashish talab etiladi. Ta’limning
dastlabki mashg‘ulotlaridan boshlab shogirdga ovoz uning xususiyatlarini qiziqarli
tarzda gapirib berish juda muhim. Ustoz o‘quvchini qanchalik bu san’atga
muvaffaqiyatli qiziqtira olishi, ovozini to‘g‘ri hosil qilishi va ijro holatida butun tana
a’zolari, mushaklarni erkin tutish va doimo ustoz nazorati ostida bo‘lishi zarur. Bu
davrda o‘quvchilarda yengil va bemalol kuylashga ruhiy ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Bosh, gavda qo‘l va oyoqlarni erkin tutish, o‘tirib ijro qilganida tayanchni saqlash
malakalari singdiriladi.

O‘quvchining jismoniy tuzilishi har xil rivojlanganligi natijasida ovozi, talaffuzi

har bir bolada turlicha bo‘lishi mumkin. An’anaviy xonandalik tajribasida bunday
o‘quvchilarga ustozning tavsiyasiga qarab turli maqomlar safidagi she’rlarni pardalari
bilan turli mashqlar tanlanib, ijro qildirish tavsiya etiladi. Ijrochilik nafasini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yishda o‘quvchi nafas olganda o‘pkaning pastki qismlari to‘lishini sezishi
uchun oldin uni stolga yotqizgan holda tabiiy nafas oldirish va diafragma ishini
tushuntirish, so‘ngra ikkala qo‘l barmoqlarini (ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz, jimjiloq)
qorin va bosh barmoqlarni biqiniga qo‘ygan holda nafas olish va asta sekin ovoz hosil
qilish mashqlarini bajartirish maqsadga muvofiq. Bunda shogirdning o‘pka
qopchalarini pastdan to‘lishi, diafragma mushaklari kengayishi va qisqarishini o‘z
tanasi va barmoqlari orqali sezadi, ko‘radi va kelgusida shunga amal qiladi.

Xususan o‘quvchiga audio, video yozuvlar va ulardan qanday foydalanish,

mashhur xonandalar ijrolarini yig‘ish va muntazam tinglab borish, shogird bilan
ularning ijrolari to‘g‘risida mulohaza va muhokamalar yuritish ta’limda juda yaxshi
samara berishi muqarrar.

Yosh xonanda o‘qituvchilarimizning ichida oqilona dars berib, yaxshi

ko‘rsatgichlarga ega bo‘layotganlari ham bor. Lekin yosh xonandaning ovoz ko‘lamini
aniqlamay turib, ovozni qiynash, ortiqcha zo‘riqtirish va oqibatda ovozi sinib
ketayotgan xonandalarimiz ham topiladi. Bu albatta o‘qituvchini tajribasizligidan kelib
chiqadigan nohush holatdir. Bolalar ovozlari ya’ni, diskantlarni ovoz ko‘lamini e’tibor
bilan tekshirmay turib, ovozni zo‘riqtirish yaramaydi.

Ma’lumki, bolalar ovozlari yillar davomida ashula aytish natijasida borgan sari

ko‘lami kengayib, ovoz paylari mustahkamlanib boradi. O‘smirlik davriga kelib,
bolalarda ovoz o‘zgarishi kuzatiladi, buni mutatsiya ya’ni, rasidalik davri deb ataydilar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

54

ISSN:3030-3613

Bolalik davrida ovozini yo‘lga qo‘yib olgan xonandalar rasidalik davridan tajribali
ustoz maslahatlari bilan silliq, qiyinchiliksiz o‘tadilar. Shunday holatlar bo‘ladiki
bolalikdagi ovoz ko‘lami yetuklik davrida ham o‘zgarmaydi, ovoz to‘lishishi va tembr
o‘zgarishini aytmaganda. Bu albatta bolalik ovozini yaxshi ishlov berilganligi va rasida
davrining muvaffaqiyatli kechishi oqibatidir.

Bolalik ovozlarini yaxshi tarbiya toptirish uchun ovoz mashqlarini olib borish,

qizdirish yo‘llarini o‘quvchiga yaxshilab o‘rgatish lozim. Bu amallarsiz asar ijrosiga
o‘tmaslik kerakligini uqtirish kerak, hamda shifokor otorinoloringolog ko‘rigidan
muntazam o‘tish kabi muhim masalalarni bajarish lozim. Iloji boricha har bir darsda
shifokor ko‘rigidagi sezilgan o‘zgarishlarni belgilab borish zarur bo‘ladi. Boladagi
o‘pkaning kengayishi ovoz paylarini rivojlanishi doimo nazorat ostida bo‘lmog‘i
lozim. Undan tashqari ovoz ko‘lamini kengayishi asarlar haqidagi ma’lumotlarga
tobora ega bo‘lib borishi, asarlardagi sir sinoatlarni o‘rgana borishi va ustoz tomonidan
kuzatilgan barcha o‘zgarishlar yozib borilishi bo‘lajak xonanda uchun muhim
ahamiyat kasb etadi

Ijro badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi uchun unda xonandaning diqqati, sezgisi,

idroki, tafakkuri, tasavvuri va emotsiyasi (his tuyg‘u va hayajon) hamda eng asosiysi
ovoz ruhiyati faol ishtirok etishi zarur. Bundan tashqari uning shaxsiy ovoz sifati,
tembrining go‘zal va boyligi, pardalarning (intonatsiya) tozaligi, musiqiy qobiliyati va
iqtidori, quvnoqligi va jo‘shqinligi, dunyoqarashi va erkin fikrlashi, xarakteri va
mintaliteti aks etmog‘i lozim. Ushbu shaxsiy sifatlarning barchasi inson ruhiyatining
o‘ziga xos xususiyati, badiiy-ijrochilik ijodining 9 tarkibiy qismi bo‘lib, hali yaxshi
tadqiq qilinmagan musiqiy (psixologiya) ruhshunoslik sohasiga aloqadordir

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

SHAVKAT MATYAKUBOV “An’anaviy xonandalikda o‘qitish uslubiyati

2.

M.Rizayeva, «Yosh xonandalarning kamoloti» Toshkent, 2003-yil

3.

O‘.Rasulov, «An’anaviy xonandalik o‘qitish metodikasi» Toshkent, 2006-yil.

4.

M.A.Hamidova, O.Ibrohimov, D.Mulajonov, «Xonandalik san’ati, Jahon va
O‘zbek milliy an’analari», Toshkent, 2009-yil

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

SHAVKAT MATYAKUBOV “An’anaviy xonandalikda o‘qitish uslubiyati

M.Rizayeva, «Yosh xonandalarning kamoloti» Toshkent, 2003-yil

O‘.Rasulov, «An’anaviy xonandalik o‘qitish metodikasi» Toshkent, 2006-yil.

M.A.Hamidova, O.Ibrohimov, D.Mulajonov, «Xonandalik san’ati, Jahon va

O‘zbek milliy an’analari», Toshkent, 2009-yil