Mualliflar

  • Sa'dulloeva Mohinur Alisher qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96212

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf ta’lim tarbiya o‘quvchi bilim ko‘nikma malaka kompitensiya interfaol yondashuv faollikni oshirish.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim - tarbiya 
berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berish jarayonida o‘zlashtirishi past 
bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib 
olishini  ta’minlash,  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  kompitensiyalarini  shakllantirish, 
bilimlarni  egallashida  yuzaga  keladigan  muammolarni  va  ularni  yechish 
qo‘llaniladigan  metodikalar,  shuningdek  bu  orqali  erishilgan  yaxshi  natijalar  kabi 
masalalar ochib beriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

7

ISSN:3030-3613

FANLARNI PAST O‘ZLASHTIRUVCHI OʻQUVCHILAR BILAN

KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISHNING OʻZIGA XOS

JIHATLARI

Sa'dulloeva Mohinur Alisher qizi

Toshkent shahar Yunusobod tumani

265- makatab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim - tarbiya

berish jarayoni, darsliklarda berilgan bilimlarni berish jarayonida o‘zlashtirishi past
bo‘lgan o‘quvchilarning faollligini oshirish, ularning o‘z tengdoshlari qatoriga yetib
olishini ta’minlash, bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini shakllantirish,
bilimlarni egallashida yuzaga keladigan muammolarni va ularni yechish
qo‘llaniladigan metodikalar, shuningdek bu orqali erishilgan yaxshi natijalar kabi
masalalar ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, ta’lim, tarbiya, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma,

malaka, kompitensiya, interfaol yondashuv, faollikni oshirish.

KIRISH

Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim

maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish
uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu
kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quvtarbiyaviy
jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga
chiqadi.Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va
mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o‘qituvchi dars
jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim.
Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.

Darhaqiqat yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning

yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib
yetishishiga zamin yarata olmaymiz. Eng avvalo, boshlang‘ich ta’lim jarayonida
o‘quvchilarga to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bilim berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida o‘yin

faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi,
ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini
saranjom saqlash, o‘z vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish,
uyga berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. O‘quvchi
tobora mas’uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy
rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

8

ISSN:3030-3613

davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi
xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim
jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan
birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining
xotirasi takomillashadi, tafakkuri o‘sadi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali
konkret xarakterda bo‘ladi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar
haqidagina fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana
boshlaydi. Uchinchiva to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim
tushunchalarni ham o‘zlashtirib oladilar. Bu davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy
kechinmalar yuz beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga

keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o‘quvchi
faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik, iftixor kabi
hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Ammo o‘quvchilar orasida fanlardan orqada qolish,
o‘zlashtirishi past baholanadiganlari ham uchrab turadi. Ushbu o‘quvchilar bilan har
bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi alohida ishlarni olib borishi va ulardagi
kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, imkon qadar bunga yechim topishi zarur. Shunday
ekan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir diplamat, o‘z
kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart.

Har bir boshlang‘ich sinfda dars berish jarayonida fanlarni o‘zlashtirishi past

bo‘lgan o‘quvchilarga duch kelamiz. Bu o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchidan yuqori
malaka talab qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi metodikalari qo‘llashi,past
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning faolligini oshirishi va bu orqali past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning boshqa tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash lozim.
Shundagina har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya
olgan va har bir o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonini amalga oshiradi olgan
hisoblanadi.

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara

beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik
yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning
uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni
qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.

Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim

maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining
imkoniyati hisobga olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘la
“eslab qolib” bajarishdir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur
qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni
mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

9

ISSN:3030-3613

topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi
savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir.

Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o`ziga

xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko`rishadi va nimani istashadi?” degan
savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:

Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda

tanishib oladilar – o`yinlar, hikoyalar, o`zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday
instinkning belgilaridir.

Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo`zg`aluvchanlik, oxiri

ko`rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko`rish, ushlab ko`rish, tatib ko`rishga
intilish sababi ana shunda.

Bolalar o`zini ko`rsatib turgisi keladi, o`zi haqida, o`z taassurotlari haqida

gapirgisi, o`rtoqlashgisi keladi. O`z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana
shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo`ladi – bu bolalar ijodkorligi
instinktidir.

Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g`ayrioddiy narsalarni

to`qib chiqarishni yaxshi ko`rishadi.

Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o`ynaydi.
Boshlang`ich ta’lim jarayonida bo‘sh o‘zlashtirishni vujudga keltiruvchi

omillar, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish ta’lim
jarayonida o‘quvchi o‘zlashtirmasligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora –
tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. bo‘sh o‘zlashtirishning oldini olish
bo‘yicha tadbirlar tizimi har bir o‘quvchi real o‘quv imkoniyatlarining barcha asosiy
tarkibiy qismlarini kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy,
hissiy sohalarini bir vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini ta’minlash,
o‘qishga va jamoaga ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘quvchi real o‘quv imkoniyatlaridan
birining shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bo‘sh o‘zlashtirishning muvafaqqiyatli oldini olishga
olib kelmaydi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni zo‘riqish va turli psixologik ta’sirlardan

asrash,qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni ziyraklik va chaqqonlikka hamda fikrini to‘g‘ri va aniq ifoda
etishga undovchi o‘yinlardan foydalanishi samarali natija beradi. Masalan, “G‘oyib
bo‘lganini top” o‘yinida turli geometrik shakllar yozuv taxtasi yoki magnitli doskaga
tartibsiz joylashtiriladi.O‘quvchilar shakllarni ko‘rib bo‘lgach, o‘qituvchi “Tun”,
deydi. Bolalar ko‘zini yumadi. O‘qituvchi shakllardan bir nechtasini olib, yashiradi va
“Kun”, deydi. O‘quvchilar ko‘zini ochib, qaysi shakllar g‘oyib bo‘lganini aytishi
kerak.l


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

10

ISSN:3030-3613

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o‘qituvchidan

alohida sabot va mas’uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan shug‘ullanish
uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning qiziqishlarini aniqlash lozim.
Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o‘zlashtirishini muntazam monitoring qilib borilishi,
o‘quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg‘ulotlar daftari tuttirish kabi usullar
ham samarali hisoblanadi. Shuningdek o‘quvchilardagi ijobiy o‘zgarishlar
rag‘batlantirilishi muhim.[4].

Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash

qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. Bunda turli ertaklardan foydalanish
mumkin.

O‘qituvchi dars o‘tishda boshqa ko‘plab usullardan ham foydalanishi lozim. Eng

muhimi, ular samara berishi.

Shuningdek, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun O‘qish darslarni tashkil etish

ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali nafaqat o‘quvchining o‘qish savodxonligi
ortadi,shu bilan birgalikda dunyoqarashi ham kengayadi. Ayniqsa,boshlangich sinf
o‘qish darsligida juda ham ko‘plab hikoyalar beriladi.

O‘qish darsida hikoyaning rejasini tuzish uchun quyidagicha xotiranoma juda

foydalidir.

Hikoyani o‘qi.
Uni qismlarga ajrat.
3. Har bir qismdagi asosiy masalalarni top.

4. Har bir qismga sarlavhalar qo‘y.

5. Qismlaming sarlavhalaridan reja tuz.
O‘quv topshiriqlarining har xil turlaridan foydalanish o‘quvchilami ishga. ijodiy

yondashishga va nazariy bilimlami amalda qo‘llashga yordam beradi. Bunga erishish
uchun o‘quvchilaming bilimlarini ulaming dastlabki tushuncha, tasavvur va
ko‘nikmalarini shakllantirgan materiallardan boshqacha materiailar asosida
mustahkamlash va takomillashtirish kerak. Shuningdek, bu materiailar ko‘p variantli
topshiriqlardan tashkil topib, ulaming har biri o‘ziga xos bilishga doir va mantiqiy
topshiriq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 0 ‘rganish mashqlarining ana shunday yoiga
qo‘yilishi o‘quvchilar ongida yangi bogianishlar hosil boiishiga va shunga ko‘ra
materialning yaxshiroq o‘zlashtirilisiga yordam beradi.

Boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar davlat ilg‘or ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Chunki o‘sha o‘quvchi
an’anaviy darslarda,yoki har doim jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan darslarda ta’limni
o‘ziga qabul qila olmagan. Shunday ekan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan dastlab
barcha metodikalari individual qo‘llab,keyin ularni jamoaviy metodikalar va
doimgidek ta’lim-tarbiyada jarayoniga jalb qilish kerak.

XULOSA


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

11

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytsak,boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan

ishlash jarayonini tashkil etishda zamonaviy ta’lim-tarbiyada texnologiyalaridan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shunday ekan, yangi metodikalar fan
foydalanish bilan bir qatorda ta’lim texnologiyalarini ham bu jarayon bilan uzviy
ravishda bog‘lab borishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz shu orqali pedagogik faoliyatga
va o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishga to‘g‘ri yondashgan bo‘lamiz va
passiv o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini o‘z o‘rnida
shakllantirishga erishamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.
– 104 b.

2.

Intizor Jumaniyozova. "Boshlangich ta’lim jurnali.2022-yil 8-apreldagi soni.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". 1997. – 31-60-betlar.

3.

Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi».
«Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.

4.

Musurmonov A. “Ta’lim-tarbiyada xalq og‘zaki ijodidan foydalanish”. T.:
O‘qituvchi, 1993.

5.

Mavlonova. A.R."Umumiy pedagogika".166-bet.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik

– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

– 104 b.

Intizor Jumaniyozova. "Boshlangich ta’lim jurnali.2022-yil 8-apreldagi soni.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". 1997. – 31-60-betlar.

Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi».

«Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.

Musurmonov A. “Ta’lim-tarbiyada xalq og‘zaki ijodidan foydalanish”. T.:

O‘qituvchi, 1993.

Mavlonova. A.R."Umumiy pedagogika".166-bet.